Referat tayyorlash



Download 1,5 Mb.
bet1/2
Sana30.12.2021
Hajmi1,5 Mb.
#195192
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
Iqtisodiy karta


Mavzu: Sotsial-iqtisodiy atlaslarni tahlil qilib referat tayyorlash

  1. Atlasni tanlab olib (o’qituvchining tavsiyasiga ko’ra) va uning bibliografik ma’lumotlarini yozish (aniq nomlanishi, nashr qilingan joyi va yili, hajmi, formati).

Atlas O’zbekiston Respublikasi “Davyergeodezkadastr” davlat qo’mitasi tomonidan 2017-yil Toshkentda nashr qilingan. Uning to’liq nomi “Dunyoning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” atlasi hisoblanadi.

  1. Atlasning kimlarga mo’ljallanganligi va qo’llanish usullarini aniqlash.

Atlas “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi” buyurtmasi bo’yicha yaratilgan va 9-sinf maktab o’quvchilari uchun mo’ljallangan. Chunki bu atlas o’quvchilar foydalanishi uchun juda qulay, o’lchamlari 22x29 sm, bu esa atlasning o’quvchilarning sumkalariga bemalol sig’ishiga to’sqinlik qilmaydi. Atlas sto’l ustida qulay foydalanish uchun mo’ljallangan. Bu atlasdan o’quvchilardan tashqari talabalar ham foydalanishi mumkin.

  1. Atlasda qabul qilingan masshtablar qatorini, foydalanilgan masshtablar sonini, ularning o’zaro mos kelishini aniqlash.

Atlasda bir qancha masshtablar qatoridan foydalanilgan va ular quyidagilar: 1:80 000 000, 1:120 000 000, 1:160 000 000, 1:230 000 000, 1:5 000 000, 1:4 500 000, 1:3 500 000, 1:5 600 000, 1:7 500 000, 1:2 500 000, 1:7 000 000, 1:20 000 000, 1:6 000 000, 1:13 000 000, 1:14 500 000, 1:23 000 000, 1:4 000 000, 1:7 500 000, 1:15 000 000, 1:10 000 000, 1:30 000 000, 1:40 000 000, 1:25 000 000.

Bundan tashqari atlasda qirqim kartalar uchun quyidagicha masshtablardan foydalanilgan:

1:35 000 000, 1:50 000 000, 1:70 000 000 lik masshtablarda Yevropa qitasi tasvirlangan;

1:15 000 000 lik masshtabda Shimoliy dengiz tasvirlangan;

1:30 000 000 lik masshtabda Fors qo’ltig’i, Alyaska va Gavayi hududlari tasvirlangan;

1:4 500 000 lik masshtabda esa Fransiyaning Korsika hududi tasvirlangan.



Atlasda asosoan foydalanilgan masshtablar soni 23 ta hisoblanadi.Atlasda foydalanilgan masshtablarning o’zaro mos kelishi quyidagicha tasniflanadi:



Masshtablar

Kartalar soni

Tasvirlangan hudud nomi

1

1:80 000 000

10

Dunyo kartalari

2

1:120 000 000

7

3

1:160 000 000

9

4

1:230 000 000

1

5

1:5 000 000

1

Buyuk Britaniya, Irlandiya

6

1:4 500 000

2

Fransiya, Niderlandiya, Italiya, Vatikan, Malta, Monako, San-Marino

7

1:3 500 000

1

Germaniya

8

1:5 600 000

1

Bolgariya, Rengriya, Ruminiya, Slovakiya, Chexiya

9

1:7 500 000

1

Daniya, Norvegiya, Finlandiya, Shvetsiya

10

1:2 500 000

1

Latviya, Litva, Estoniya

11

1:7 000 000

1

Belorus Respublikasi, Moldova, Ukraina

12

1:20 000 000

5

Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Mongoliya, Janubi-G’arbiy Osiyo davlatlari, AQSH, Kanada

13

1:6 000 000

1

Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon

14

1:13 000 000

1

Markaziy Osiyo davlatlari

15

1:14 500 000

1

Hindiston, Bangladesh, Butan, Nepal, Shri-Lanka

16

1:23 000 000

1

Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari

17

1:4 000 000

1

Koreya Respublikasi

18

1:7 500 000

1

Yaponiya

19

1:15 000 000

1

Markaziy Amerika va Karib havzasi davlatlari

20

1:10 000 000

1

Kuba

21

1:30 000 000

1

Janubiy Amerika materigi davlatlari

22

1:40 000 000

1

Afrika materigi davlatlari

23

1:25 000 000

1

Avstraliya, Papua-Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya

  1. Atlasning tarkibiy tuzilishini o’rganish, uning asosiy bo’limlarini aniqlash, ularni mazmuniga qisqacha tavsif berish. Turli maqsadlarda tuzilgan atlaslarning bo’limlari hajmi, mavzularga mos kelishi va farqlanishi ko’rsatish (kartalar tiplari va soni).

Atlas aniq bo’limlarga bo’linmagan, lekin shunday bo’lsa ham atlasni yirik ikkta bo’limga ajratish mumkin: Birinchi bo’limda asosan Dunyo kartalari keltirilgan. Bularga Dunyoning tabiiy, siyosiy, yer, suv va o’rmon resurslari, ekologik muommolari, transporti, aholisining zichligi, til oilalari va xalqlar, dinlar, irqlar kartalari va shunga o’xshash dunyoning boshqa kartalari keltirilgan. Usbu bo’limdagi kartalar analitik tipdagi kartalar hisoblanadi. Mazkur bo’lim atlasning 2-betidan to 33-betigacha bo’lgan kartalarni o’z ichiga oladi. Ikkinchi yirik bo’limda esa mamlakatlarning poytaxti, poytaxt aholisi, hududi, umumiy aholisi, davlat tili, dini, boshqaruv shakli va pul birligi haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan. Ushbu ma’lumotlar asosan 2010-2011-2012-yillardagi ma’lumotlar, ba’zi joylarda esa 2002-2005-2007-2013-yillardagi ma’lumotlarni ham uchratish mumkin. Mazkur bo’limdagi kartalarda qishloq xo’jaligi yerlari sifatli rang usulida ko’rsatilgan. Ushbu bo’lim atlasning 34-betidan boshlanib 56-betida tugaydi. Atlasning betlari soni 60 tani tashkil qilib, shundan 55-beti kartalar bilan band qilingan. Kartalar soni esa 51 tani tashkil qiladi.

  1. Tanlagan atlasning xususiyatlarini aniqlash tarkibidagi kartalarning bir-brini to’diruvchanligini xususiyatlarini baxolash geologik tuproq va ularnig bir-birini bilan muvofiqlanishini ko’rsatish. Atlasning mavzulari bo’yicha bir xil bo’lgan kartalarda qo’llaniladigan generalizatsiya darajasini o’rganish.

Ushbu atlasdagi barcha kartalar bir birlarini to’ldirib boradi, ya’ni biri ikkinchisi asosida yaratiladi misol uchun, “Dunyoning aholi zichligi” kartasidan keyin “Dunyoning til oilalari va xalqlar” kartasi berilgan, demak, til oilalari va xalqlar bo’lishi uchun aholi va aholi kartasi kerak bo’ladi, shu bois barcha katalar birin ketin joylashtirilgan.


  1. Download 1,5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish