Bu bo’limda asosan O’zbekistonning boshqa hududlarga nisbatan tabiiy o’rnini ajratib ko’rsatishgan va siyosiy-ma’muriy bo’linishlari ham juda yaxshi ko’rsatib o’tilgan. O’zbekiston Respublikasi poytaxti – Toshkent shaxri, aholisi bugungi kunda 2,371 mln kishini tashkil qiladi. Hududi jihatidan esa 448,97 ming km kv ni tashkil qiladi. Shu bilan bir qatorda bu bo’limda quydagilar ham yaqqol ko’rsatib o’tilgan:
11-betida Dunyo xaritasida O’zbekiston
12-13- betlarda O’rta Osiyo tabiiy xaritasida O’zbekiston
14-15- betlarida Siyosiy ma’muriy kartasi
16-17- Tabiiy xaritalari
...............
55- bet Termiz shaxar plani
56- bet Urganch shaxar plani tasvirlangan
Ushbu bo’lim atlasning 10- betdan boshlanib 56- betida tugagan.
Yer ostining geologik tuzilishi va resurslari.
Geomorfologik nuqtai nazardan qaralganda, O’zbekiston Respublikasi hududi tekisliklari, tog’lar va tog’ oralig’idagi botiqlardan iboratliligi haqida yaqqol ma’lumotlarni ko’rib o’rganishimiz mumkin bo’ladi. Tog’ massivlari o’z navbatida keng ko’lamda Ural-Mo’g’ul- Oxota burnali mintaqaning bir qismi bo’lgani Tyanshan tog’li hududining g’arbiy chekkasini o’zida mujassamlashtirilgan. Mundarija bo’yicha kartalar betma bet berilgan :
61- bet Gravitatsion maydon anomaliyalari
Ushbu bo’lim atlasdagi 58 - betdan boshlanib 94 - betda tugagan
Relyef
Bu bo’limda O’zbekiston Respublikasining hududining relyefi yaqqol ko’rsatib o’tilgan. O’zbekiston Respublikasi hududi yer yuzasining tuzilishiga ko’ra ikki qismga bo’lib o’rganilgan ya’ni: tekislik va tog’lik qismlarni misol qilsak bo’ladi. Bu bo’lim atlasning 84-betidan 94- betigacha umumiy kartalarda ma’lumot ajratilgan.
Iqlim.
Bu bo’limda asosan budun bir O’zbekiston Respublikasi hududining ob-havosi shamollari va yomg’irlari haqida yaxshi va aniq ma’lumotlar ko’rsatib o’tilgan. Shu bilan bir qatorda hududlar bo’yicha fasillar almashininishi va oylardagi ob-havo borarsida ko’rsatilgan. Ushbu bo’lim atlasning 96- betidan boshlanib 108- betigacha iqlim to’g’risidagi karta va ma’lumotlarni tashkil qiladi.
Yer usti suvlari
Bo’limda asosan O’zbekiston hududidagi daryolar oqimini hosil qilish va taqsimlanishi iqlimiy omillar birinchi navbatida, atmosfera yog’inlari bilan bog’lanishi haqida to’liq ma’lumotlar berib o’tilgan. Ushbu bo’limga atlasning 110 - betidan 120 - betigacha bo’lgan kartalar kiradi.
Tuproqlar
Bu bo’lim O’zbekistondagi tuproqlarni rivojlanishi va tarqalishidagi murakkab tuzilishi, asosiy tuproq-geografik qonuniyatlarini aniq aks ettiradi. Respublika hududining ko’proq tekis va pasaygan g’arbiy qismlarini cho’l zonasini egallaydi.Ushbu bo’lim 122 - 134-betlarni o’z ichiga oladi.
O’simliklar
O’zbekiston Respublikada tarqlgan flo’ra faunasi haqida to’liq ma’lumot beradi. O’zbekiston bo’yicha o’simliklarning bugungi kunda 3000 dan ortiqroq turi mavjud bo’lib shularni ushbu bo’limda yaqqol tasvirlangan.Ushbu bo’lim 136- betdan 144- betgacha.
Hayvonot dunyosi
Bugungi kunga kelib O’zbekiston Respublikasida O’rta Osiyo tabiiy sharoitining turli-tumanligiga mos ravishda bu yerda uchraydigan hayvonlar ham turli-tuman va ko’p tarqalgan, bu to’g’risida ko’plab aniq va yaxshi ma’lumotlar berib o’tilgan. Ushbu bo’lim 146- betdan 152-betgacha bo’lgan kartalarni o’z ichiga oladi.