Referat tayyorladi: qosimov sherzod tekshirdi: Toshkent 2022



Download 95,38 Kb.
bet3/3
Sana08.04.2023
Hajmi95,38 Kb.
#925798
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
BUGALTERIYA MARUZA Qosimov Sherzod BIA-95-2

Hisobning sodda va tushunarli bo‘lishi. Sodda va hamma uchun tushunarli hisobni tashkil etishdan asosiy maqsad uning murakkablashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda hisob ma’lumotlaridan keng xalq ommasi foydalana olishini ta’minlashdan iborat.
Hisob ko‘rsatkichlari bilan reja ko‘rsatkichlari solishtiruvchanligi. Korxona, muassasa, tashkilotlarda mulkchilik shaklidan qat’iy nazar o‘z oldiga joriy va kelgusi reja ko‘rsatkichlarini tuzib oladi. Xuddi shu ko‘rsatkichlar bilan hisob ko‘rsatkichlari birligi katta ahamiyat kasb etadi.
Hisobning o‘z vaqtidaligi, aniqligi va obyektivligi. Bu talab negizida xo‘jalik faoliyatlarida kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni hujjatlarda aniq va to‘g‘ri qayd etishda obyektiv yondashuvni talab etadi. Hisob ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish, ya’ni hisob ishlariga taalluqli har qanday hodisa sodir bo‘lganda, albatta, o‘z vaqtida hujjatlarda aks ettirmoq zarur.
Tejamliligi va hammabopligi. Bozor sharoitida bu talab chegaralangan bo‘ladi. Tejamlilikni nazarda tutganda, axborotni uni hosil qilish sarflari bilan solishtirish asosida uning muhimligidan kelib chiqish lozim. Axborotlar hammabop tushunarli tarzda bayon etilishi lozim.
Buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan tamoyillari (BHUQT). Buxgalteriya hisobi fani o‘zining predmetini o‘rganishda umumqabul qilingan tamoyillarga asoslanadi. Umumiy qabul qilingan buxgalteriya tamoyillari buxgalterlar tomonidan buxgalteriya ma’lumotlarini ichki va tashqi foydalanuvchilarga taqdim etishning yo‘llari va standartlarining umumiy tarmog‘i deb ta’riflanadi. BHUQT AQSHda faoliyatini boshlagan bo‘lib, Amerika po‘lat korporatsiyasi moliyaviy hisobotini chiqarishni va auditorlar ma’lumoti 1983-yilda berilishni boshlagandan beri amal qilib kelmoqda.
BHUQT buxgalteriya qoidalari va ish tartibini o‘z ichiga oluvchi yo‘l-yo‘riqlar yig‘indisidan iborat, shuningdek, tijorat va notijorat tashkilotlarida sodir bo‘ladigan har bir ishni hisobga olish va xabar berishni ham o‘z ichiga oladi. Firmalar o‘rtasida qarorlar qabul qilish va taqqoslamalarni ichki va tashqi foydalanuvchilar tomonidan moliyaviy hisobotlarning tushunilishi kafolati maqsad qillib olingan. BHUQT moliyaviy hisobot va auditda keng qo‘llaniladi (Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil. “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 2014. 8-bet).
Respublikamizda amal qilayotgan qonuniy va me’yoriy hujjatlarda buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari turlicha berilgan. “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunga binoan:
– uzluksizlik;
– ishonchlilik;
– ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari deb e’tirof etilgan (O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni, 3-moddasi, 13.04.2016-y).
BHMSga binoan buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillariga:
– hisoblash;
– ikkiyoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish;
– uzluksizlik;
– xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholash;
– ishonchlilik;
– ehtiyotkorlik;
– mazmunning shakldan uzunligi;
– ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi;
– moliyaviy hisobotdagi betaraflik;
– hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi;
– aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi;
– tushunarlilik;
– ahamiyatlilik;
– jiddiylik;
– haqqoniy va xolis taqdim;
– tugallanganlik;
– izchillik;
– o‘z vaqtida taqdim etish kabilar kiritilgan (“Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos” nomli BHMS. O‘zR Adliya vazirligi tomonidan 14.08.1998-yilda 475-son ( AV ro‘yxat raqami 475-1-son, 9.09.2016-y) bilan ro‘yxatga olingan).

Xulosa

Yuqorida aytilganlardan shuni xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobi predmetining asosiy mazmuni xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda foydalanadigan resurslarni samarali boshqarish uchun zarur bo‘lgan axborotni shakllantirishdan iborat. Shu mablag‘larning sarflanishi, ishlab chiqarish hajmi va faoliyat natijalarini ratsional hamda to‘g‘ri boshqarish hozirgi vaqtda muhim ahamiyat kasb etadi.


Yuqoridagi tamoyillarga asoslanib, yuritilgan buxgalteriya hisobi va tuzilgan moliyaviy hisobot barcha foydalanuvchilarning korxona moliyaviy xo‘jalik faoliyati haqida to‘liq, tushunarli ma’lumot olish va tegishli xulosa chiqarishni ta’minlaydi.
Download 95,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish