Referat tayyorladi: A. Tursunov Qabul qildi: N. Jumayev qarshi 2020 mustaqil ish mavzusi


magnit maydon kuchlanganlik vektori



Download 0,52 Mb.
bet5/5
Sana31.12.2021
Hajmi0,52 Mb.
#203339
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ish 1

magnit maydon kuchlanganlik vektori deb ataladi va H harfi bilan belgilanadi.
B magnit induksiya vektori bilan H magnit maydon kuchlanganlik vektori orasidagi bog‘lanishni aniqlaylik. Bunda magnetiklarning magnit maydonda magnitlanishidan foydalanamiz.

Tajribalarning ko‘rsatishicha, tashqi magnit maydon ta’sirida magnetiklar turlicha magnitlanadi. Magnetiklarning magnitlanganlik darajasini xarakterlash uchun magnitlanish vektori degan kattalik kiritiladi va uni J harfi bilan belgilanadi.


Magnitlanish vektori deb, bir jinsli magnitlangan magnetikning birlik hajmidagi atomlar yoki molekulalar magnit momentlarining geometrik yig‘indisiga teng bo‘lgan kattalikka aytiladi. Agar magnetikning magnitlanishi bir jinsli bo‘lmasa, berilgan nuqtadagi magnitlanish vektori:


(2)
ifoda bilan aniqlanadi, bu yerda V — qaralayotgan nuqta atrofida olingan cheksiz kichik hajm, Pm — alohida atom yoki molekulaning magnit momenti, yig‘indi V hajmda joylashgan barcha molekulalar bo‘yicha olinadi.

SI da magnitlanish vektorining birligi



Tegishli hisoblashlarning ko‘rsatishicha, magnit maydon induksiyasi, magnit maydon kuchlanganligi va magnitlanish vektori orasidagi bog‘lanish quyidagicha ifodalanadi:
(3)
Vakumda J=0 bo’lganligi uchun :
(4)

Bundan, vakuumdagi magnit maydon kuchlanganlik vektori magnit induksiya vektori bilan bir xil yo‘nalgan, lekin undan μ0 marta kichik bo‘lgan kattalikdir, degan xulosaga kelamiz.


(4) ifodadan magnit maydon kuchlanganlik vektorining SI dagi birligini aniqlash mumkin:


Demak, μ0 ning son qiymati 4π · 10-7 ga tengligini e’tiborga olsak, (4) dan vakuumda magnit maydon biror nuqtasining kuchlanganligi bo‘lsa, uning induksiyasi B0 = 4π · 10-7 T ga teng bo‘lishi kelib chiqadi.

Odatda, muhitning J magnitlanish vektorini B magnit induksiyasi bilan emas, balki H magnit maydon kuchlanganligi bilan bog‘lash qabul qilingan. Tajribalarning ko‘rsatishicha, J magnitlanish vektori H kuchlanganlik vektoriga to‘g‘ri proporsional ekan:


(5)
bu yerda X — o‘lchamsiz va berilgan magnetikni xarakterlovchi kattalik bo‘lib, uni magnit qabulqiluvchanlik deb ataladi (5) ifodani (3) ifodaga keltirib qo‘yamiz:

bunda (6)
O‘lchamsiz kattalik
µ=1+X (7)
ni muhitning nisbiy magnit singdiruvchanligi (yoki kirituvchanligi) deyiladi.

X magnit qabul qiluvchanlik ham musbat, ham manfiy qiymatlarga ega bo‘lishi va shu sababli, µ nisbiy magnit singdiruvchanlik birdan katta yoki kichik bo‘lishi mumkin.

(7) ifodadan µ ning qiymatini (6) ga keltirib qo‘ysak,


(8)

munosabatni olamiz. µ0 magnit doimiysi (yoki vakuumning absolut magnit singdiruvchanligi) bilan µ nisbiy magnit singdiruvchanlikning ko‘paytmasi bo‘lgan


µa = µµ0 (9)
kattalik muhitning absolut magnitsingdiruvchanligi deb ataladi. (9) ifodadan ko‘rinadiki, muhitning µa absolut magnit singdiruvchanligi µ0 magnit doimiysi birligi kabi birlikka ega ekan.

(4) va (8) ifodalarni o‘zaro taqqoslab,


B=µB0 (10)

ekanligini ko‘ramiz.

Demak, muhit (magnetik)ning µ nisbiy magnit singdiruvchanligi muhitdagi magnit maydon induksiyasi vakuumdagi magnit maydon induksiyasidan necha marta katta ekanligini ko‘rsatadi.
Orbital va spin magnit momentlarini jamlashdan ularning to’la kompensatsiyalanishi sodir bo’lishi mumkin, u holda atomning natijaviy magnit momenti nolga teng bo’ladi. Bunday kompensatsiya sodir bo’lmasa, qattiq jismlarning magnit xususiyatlari har xil bo’lishi mumkin. Magnit qabul qiluvchanlikning absolyut qiymati va ishorasiga qarab, barcha jismlarni uchta kata guruhga: diamagnetiklar, paramagnetiklar va ferromagnetiklarga bo’lish mumkin

Diamagnit jismlar:

Atomlari doimiy magnit momentiga ega bo’lmagan moddalar (Be, C, He, Mg) diamagnit xususiyatiga ega bo’ladilar. Diamagnit xususiyati, modda atomlari elektronlarining orbital harakatlarini tashqi magnit maydon tasirida o’zgarishi hisobiga paydo bo’ladi.

Bu o’zgarish barcha jismlarga xos bolib, juda kuchsiz bo’ladi va nisbatan kuchli paramagnit va ferromagnit xususiyatlar bo’lgan holda ko’rinmay qoladi. Shu sababli diamagnetizm, toza ko’rinishda, atomlarning natijaviy magnit momenti nolga teng bo’lgan moddalarda kuzatiladi.

Magnit singdiruvchanligi vakuumning magnit singdiruvchanligidan kichik bo‘lgan moddalar diamagnit moddalar yoki diamagnetiklar deb ataladi ( µ < 1). Bular jumlasiga vismut, surma, qo‘rg‘oshin, kumush, mis, oltin, suv, argon, geliy, neon, kripton, ksenon va barcha organik moddalar, masalan, qand, kraxmal va boshqalar kiradi.
Paramagnit jismlar:

Atomlarda energetik holatlari elektronlar bilan to’la egallanmagan qobiqlar mavjudligi natijasida paramagnetizm sodir bo’ladi. Pauli prinsipiga asosan, har bir kvant holatni faqat spinlari bir-biriga qarama-qarshi yo’nalgan ikkita elektron egallashi mumkin. Bu elektronlarning natijaviy spin momenti nolga teng. Agarda atom toq sonli elektronlarga ega bo’lsa, u holda ularning bittasi juftlashmagan bo’ladi va atom doimiy magnit momentiga ega bo’ladi. Bunday holat H, K, Na, Ag atomlarida kuzatiladi.

Elektronlar soni juft bo’lganda, atomda ikkita holat kuzatiladi: barcha elektronlar juftlashgan va natijaviy spin momenti nolg teng bo’ladi; ikkita yoki bir necha elektronlar juftlashmagan bo’lsa, atom doimiy magnit momentiga ega bo’ladi.

Agar atomlar magnit momentlarining o’zaro ta’siri nolga teng yoki juda kichik bo’lsa, bunday atomlardan tashkil topgan jism paramagnit bo’ladi

Magnit singdiruvchanligi vakuumning magnit singdiruvchanligidan ozgina katta bo‘lgan moddalar ( µ > 1) paramagnit moddalar yoki paramagnetiklar deb ataladi. Paramagnetiklar jumlasiga aluminiy, platina, natriy, xrom, marganes, temir tuzlarining eritmalari, kislorod, havo va boshqalar kiradi.
Ferromagnetik jismlar:

Ferromagnetik moddalar kuchli magnit xossalariga ega bo’lgan moddalar bo’ladi.

Magnit singdiruvchanligi vakuumning magnit singdiruvchanligidan ko‘p marta katta bo‘lgan moddalar ( µ >> 1) ferromagnit moddalar yoki ferromagnetiklar deb ataladi. Bunday moddalar jumlasiga temir, cho‘yan, po‘lat, nikel, kobalt, qator magnit qotishmalari va boshqalar kiradi.

Ularning asosiy xossalari quyidagilardan iborat:



  1. Ferromagnetiklarning µ magnit singdiruvchanligi yoki magnit qabul qiluvchanligi X maydon kuchlanganligiga bog’liq bo’ladi.

  2. Ferromagnetiklar qoldiq magnetizmga ega bo’ladi, ya’ni ular tashqi magnit maydoni bo’lmaganida ham magnitlangan holda bo’la oladi. Qoldiq magnetism modda qayta magnitlanganda B magnit induksiyasining H magnit maydon kuchlanganligining o’zgarishidan orqada qolish mumkin yoki magnit gisterezisi sababchisi bo’ladi

Ferromagnetik moddalar Kyuri nuqtasi deb ataladigan TK temperaturadan yuqorida paramagnetikka aylanib qoladi.

Xulosa:


Magnit maydonnig xarakteristikasi, spiraldan tok oqizib suniy elektromagnit hosil bolishi va shu elektromagnit ichiga magnetiklarni harakatlantirganimizda elektr toki hosil bo’lishini organdim.

O’z atrofimizdagi elektr energiyasiham shu prinsip asosida olinadi. Masalan: Gidro Elektr Stansiysi, Issiqlik Elektr Stansiyasi, Atom Elektr Stansiyasi va Shamol gineratorlari bularning barchasida induksion tok olinadi. Induksion tok oʻzgaruvchan magnit maydonida joylashgan yoki magnit maydonida harakatlanayotgan utkazgich (magnetik) konturida elektromagnit induksiya hodisasi tufayli hosil buladigan elektr toki. Bu barchasi olimlarning magnit maydon, magnetiklar va magnetizm haqidagi bilimlarini hayotga to’g’ri tadbiq etishganligi bilan bog’liqdir. Biz yosh avlod ham bu bilimlarni yanada mukammal o’rganib yangi foydali ishlarga qo’l uramiz.



FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. M.H. O‘LMASOVA, Fizika 2-kitob, «O‘QITUVCHI»,Toshkent,2004y

  2. Q.P. Abduraxmanov, V.S. Xamidov, N.A. Axmedova, FIZIKA, Toshkent,2018y

  3. http://library.ziyonet.uz

  4. https://uz.wikipedia.org

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish