Referat tayyorladi : jamolova z



Download 41,96 Kb.
bet1/2
Sana31.03.2022
Hajmi41,96 Kb.
#519926
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
РЕФЕРАТ




REFERAT
TAYYORLADI : JAMOLOVA Z.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirishning konseptual asoslari


Reja:



  1. O‘zbekistonda komil insonni tarbiyalashning huquqiy asoslari. Yangi tahirdagi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish yo‘nalishlari haqida.

  2. Ta’lim sohasida islohotlarni amalga oshirishning asosiy bosqichlari.

  3. Ta’lim tizimi va ta’lim turlari.

  4. O‘zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlashning milliy modeli.

  5. Ta’lim tizimini isloh qilish yo‘nalishlari.

O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta‘lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bolib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma‘naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarur shartsharoitlarni yaratadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek,‖ Ta`lim – tarbiya sohasining yaxlit , uzliksiz tizimini shakllantirish va mustahkamlash jumladan , umumiy o`rta ta`limdan boshlab o`rta maxsus , kasb – hunar hamda oliy ta`limgacha bo`lgan barcha bosqichlarda yuksak bilimli va malakali kasb tayyorgarligiga ega bo`lgan avlodni tarbiyalash jarayonini takomillashtirish ishlarini izchil davom ettirish lozim
Darhaqiqat, uzluksiz ta‘lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar ma`lumotlarini o‘zlashtiradi, yuksak ma‘naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi.
Malumki, ta`lim – tarbiya insonga borliqni anglash sir asrorlarini tushunish , tinimsiz rivojlanayotgan dunyoga moslashish , dunyoqarashini shakllantirish , nihoyat, jamiyatni insonparvarlantirishga hissa qo`shish imkonini yaratadi. Har qanday davlatning qudrati va rivojlanish darajasini aynan ta`lim tizimi aniqlab beradi . Davlatning ushbu tizimga munosabati, uning kelajagini belgilaydi.
Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta‘lim quyidagi ta‘lim turlarini o‘z ichiga oladi:
-maktabgacha ta‘lim;
-umumiy o‘rta ta‘lim;
-o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi;
-oliy ta‘lim;
-oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim;
-kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
-maktabdan tashqari ta‘lim.
O`zbekiston Respublikasida ta`lim tizimining bunday turlarining har bir bosqichida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday ishlarni tarixan qisqa davr uchun misli ko`rilmagan rivojlanish sifatida baholash mumkin.
Bunday shiddatli rivojlanish bugungi kun uchun yetarlidek ko`rinadi. Lekin , har qanday yangilik boshqa yangilikning kirib kelishiga turtki bo`ladi. Respublikamizda kasb – hunar kollejlari va akademik litseylar tizimini shakllanganligi , ularning kadrlar yetishtirib berishdagi o`rni beqiyos, hatto chet ellarda tan olindi.
Bundan tashqari ta`lim tizimida uzviylik va uzluksizlik masalalarini yuqori darajada ko‘rib chiqilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tarkibiy qismlarining funksiyalari aniq belgilangan va o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni tizimli bajarilishini ta‘minlashni talab etmoqda. Odatda, davlat talablarni bajarilishini statistik tizim orqali baholanib boriladi. Bunday statistik qarash va baholash o‘zining qator ustunliklari bilan ajralib tursada, dinamik tizimlarda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ba‘zi holatlarga e‘tibor bilan qarash imkonini beramaydi.
Shu bilan birga,uzluksiz ta‘lim kasb-hunar kollejlarida amaliy ko‘nikma va bilimlarni berishda, oliy ta‘limning sifati ta‘minlanayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, aynan ushbu kollejlarda malakali mutaxasislarni tayyorlash mumkin. Bu jarayonga oliy ta‘lim muassasalari mutaxasislik fanlari o‘qituvchilarini jalb etish bilan ikki ta‘lim turi o‘rtasidagi integratsiyani jadallashtirish mumkin. Shu bilan birga,oliy ta`limning zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan ikki bosqichli tizimi - bakalavr va magistratura yaratilishi ta`lim tizimida yuksak malakali kadrlar yaratish imkoniyatini berdi. Shu bilan birga amaldagi oliy malakali ilmiy va ilmiy –pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o`tkazish tizimining kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ta`lim tizimidagi o`zgarishlarning mantiqiy davomi sifatida tubdan isloh qilishning ob`ektiv zarurati bugungi kunda yaqqol namoyon bo`lmoqda.
Yetuk qadrlarni tayyorlashda oliy ta‘lim tizimining o‘rni beqiyos ahamiyatga ega ekanligi uzluksiz ta‘limning bu bo‘g‘iniga qaratilayotgan e‘tibordan ham bilib olishimiz mumkin. Buni quyidagi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar miqiyosida ham ko‘rishimiz mumkin:
2011-2012 O‘quv yilidan boshlab barcha oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilariga qat‘iy talab qo‘yildi:
-birinchidan, ular zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini;
-ikkinchidan, xorijiy tillar , ayniqsa, ingliz tilini mukammal bilishi kerak. Bu jihatdan o‘quv dasturlari har bir ta‘lim yo‘nalishining o‘ziga hosligidan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqilib takomillashtirilmoqda.
Ma‘lumki xorijiy tilni bilish allaqachon davr talabiga aylanib ulgurdi. Prezidentimizning 2012yil 10-dekabrdagi ‖Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takommilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖ gi Qarori chet tillarini o‘rganishning kompleks tizimini ya‘ni uyg‘un kamol topgan yuksak ma‘rifatli, zamonaviy tomonidan yuksak fikrlaydigan yosh avlodni shakillantirish , O‘zbekistonning jahon ahamiyatiga integratsiyalashuviga yo‘naltirilgan tizimni yanada kuchaytirishni nazarda tutdi.
Oliy ta‘lim muassasalarining moddiy texnik bazasini modernizatsiya qilish va mutaxasislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha 2011-2016- yillarga mo‘ljallangan dasturni amalga oshirish uchun 277 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilganligi diqqatga sazovordir.
O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar dunyoning barcha davlatlari baholanmoqda. Ko‘plab xorijiy davlatning nufuzli shaxslari bizning ta‘lim tizimimiz to‘g‘risida ijobiy fikrlarni bildirishmoqda.
Xususan, Dortmund texnika universiteti professori Gabriele Mentges ta`kidlaganidek,‖Mamlakatingizda iqtidorli o‘qtuvchi va talabalarni davlat tomonidan keng miqiyosda qo‘llab quvvatlash tizimi samarali yo‘lga qo‘yilgan. Imtiyozli stipendiyalar va mukofotlar joriy etilgan, ko‘rik tanlovlarni muntazam o‘tkazish yaxshi an‘anaga aylangan.
Ayni chog‘da o‘zbekistonlik yoshlar xalqaro olimpiyadalar, san‘at va madaniyat ko‘rgazmalarida hamisha yuqori saviyada qatnashib kelmoqdalar. Ularning hammasi mamlakat raxbarining ta‘lim-tarbiya sohasiga qaratayotgan yuksak e‘tibori, bu borada amalga oshirilayotgan izchil islohatlar va kompleks chora tadbirlar samarasidir‖.Shunday iliq fikrlarni Rene Tollemer, Xalqaro tibbiyot akademiyasi ekspermizasi a‘zosi, Tuluza universiteti professori (Fransiya) , Lyuza Serdeyra, universiteti prorektori (Portugaliya) , Dayen Adachi, Vashington universiteti vitse- prezidenti yordamchisi (AQSh). Ushbu iliq fikrlarning bildirilishi bizning ta‘lim tizimimiz Jahon Hamjamiyati tomonidan tan olinganligini isbotlaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki yurtimizda buyuk ajdodlarimizga munosib izdosh bo‘lish uchun yoshlarimizga barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Buning uchun , davlat boshqaruvi tomonidan , zaruriy ta‘lim yo‘nalishlarini va ular bo‘yicha bilim oladigan mutaxasislarga bo‘lgan ehtiyojni belgilash yangi o‘quv-uslubiy asoslarni yaratish hamda boshqa tashkiliy ishlarni amalga oshirish lozim.
Shunday qilib , Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ asosida mamlakatimiz ta‘lim tizimining imkoniyatlaridan foydalanish , uzluksiz ta‘limni yanada takomillashtirish asosida malakali mutaxassislarni tayyorlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Mazkur ta‘lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. U o‘quvchilikka intilish hisi uyg‘otiladi va uni muntazam ta‘lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta‘limga oilada, bolalar bog‘chasida, mulk shaklidan qat‘iy nazar boshqa ta‘lim muassasalarida olib boriladi. Maktabgacha ta‘limning maqsadi va vazifalarini ro‘yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va hayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar va har qanday jismoniy shaxslar faol ishtirok etishi mumkin.
Kadrlar tayyorlash Milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir: shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim soxasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi; davlat va jamiyat - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari; uzluksiz ta’lim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo`lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko`rsatish muxitini o`z ichiga oladi; fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi; ishlab chiqarish - kadrlarga bo`lgan extiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo`yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
2) Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bo`lishini va hayot o’zgarishlariga moslanuvchanligini ta’minlaydi.
Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta’lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi ko`rish kafolatlanadi. Ta’lim olish jarayonida shaxs davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart. Shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko`rsatish sohasida faoliyat ko`rsatadi va o`z bilimi va tajribasini o`rgatishda ishtirok etadi.
3) Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va rivojlanishining kafillari, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo`yicha ta’lim muassasalarining faoliyatini uyg`unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko`rsatadi.
Davlat va jamiyat quyidagilarga, chunonchi: fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o`z malakasini oshirish hquqlari ro`yobga chiqarilishiga; majburiy va o’rta ta’lim hamda akademik lisey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish yo`nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishga; davlat grantlari yoki pullik-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy o`quv yurtidan keyingi ta’lim olish huquqiga; davlat ta’lim muassasalarini mablag`bilan ta’minlashga; ta’lim oluvchilarning o`qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga; ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo`llab-quvvatlashga; sog`liq va rivojlanishda nuqsoni bo`lgan shaxslar ta’lim olishiga kafolat beradilar.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli salmoqli element sifatida fanni o`z ichiga oladi, bu sohada: tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to`g`risidagi yangi fundamental va amaliy bilimlar shakllanadi, kadrlar tayyorlash tizimida ommalashtirish, o`rganish va foydalanish uchun kerakli ilmiy natijalar jamlanadi; oliy malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi; kadrlar tayyorlash jarayoini ilmiy-tadkikot jihatidan taominlash infrastrukturasi vujudga keltiriladi, ta’limning soxalari bo`yicha axborot bazasi shakllantiriladi; mamlakatimiz ilm-fanining jahon ilm-faniga integrasiyasi sodir bo`ladi, zamonaviy ilm-fan va texnologiyalarning eng muxim muammolarini hal etish uchun ilmiy yutuqlar va kadrlarni xalqaro miqyosda almashinuv amalga oshiriladi.
4) Ishlab chiqarishning talab-extiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo`nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari so`radi, ta’limning muvoziy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi.

Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi vazifalari quyidagilar bilan belgilanadi, chunonchi u: turli saviya va malakadagi mutaxassislarga bo`lgan talab extiyojni shakllantiriladi; o`z ixtiyoridagi moddiy-texnika, moliya, kadr resurslari hamda kadrlarni o`qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun zarur boshqa resurslarni berish bilan uzluksiz ta’lim tizimiga ko`maklashadi; muassis, vasiy, donor, homiy tariqasida ayrim mutaxassislarni va guruhlarni maqsadli tayyorlashni, shuningdek turli tip va darajadagi o`quv yurtlarini moliyalashda qatnashadi: ta’lim va ilm-fanning turli shakllardagi integrasiyasini (muvaqqat ijodiy jamoalar, o`quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmualari, markazlari, texnoparklar, texnopolislar) rivojlantiradi.


Ta'lim to'g'risidagi yangi qonunning asosiy farqlari haqida qisqacha ma'lumot:
Birinchidan, ta'lim olish shakllarining tasnifi kengaytirildi:
• Ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy);
• Nazariy - ta'lim tashkiloti negizida, amaliy - ta'lim oluvchining ish joyida birga olib boriladigan dual ta'lim;
• Oilada ta'lim olish va mustaqil ta'lim olish;
• Katta yoshdagilarni o'qitish va ularga ta'lim berish;
• Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalar (shaxslar) uchun inklyuziv ta'lim;
• Eksternat tartibidagi ta'lim - o'quv dasturlarini mustaqil ravishda o'zlashtirishni o'z ichiga olib, uning yakunlari bo'yicha ta'lim oluvchilardan davlat ta'lim muassasalarida yakuniy va davlat attestasiyalaridan o'tish;
• Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.

Download 41,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish