Yelvizak va zaxdan saqlaning
Umurtqa pog‘onasi osteoxondrozining oldini olish maqsadida quyidagi tavsiyalarga amal qilish lozim:
bir joyda uzoq vaqt muqim o‘tirishdan saqlaning va ish oralig‘ida o‘n-o‘n besh daqiqa dam olib, harakatli yengil mashqlarni bajarib turing;
agar uzoq yo‘lga ketayotganda transportda tik turishga to‘g‘ri kelsa, qorin mushaklarini taranglashtiring, shunda umurtqa pog‘onasiga og‘irlik tushmaydi;
dam olayotganingizda ham uzoq vaqt gavdangizni egib o‘tirmang va uni tik tutib o‘tirishga harakat qiling;
tunda uxlaydigan to‘shagingiz biroz qattiqroq bo‘lgani ma’qul;
belni yelvizakdan, sovuq va zaxdan asrang. Izg‘irinli kunlarda belga junli bog‘lama (bandaj) yoki siqib turuvchi moslama (korset) taqib yurish foydalidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |