Soliq solinadigan bazaga tuzatish kiritish
Soliq solinadigan bazaga quyidagi hollarda soliq to’lovchida tuzatish kiritiladi:
tovarlar to’liq yoki qisman qaytarilganda;
bitim shartlari o’zgartirilganda;
baholar o’zgarganda, sotib oluvchi siylovdan (skidkadan) foydalanganda.
Soliq solinadigan bazaga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tuzatishni kiritish bir yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar bo’yicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi.
Soliq solinadigan bazaga tuzatish kiritish ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq yangi hisobvaraq-faktura yoki ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan hol yuz berganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tuzatish kiritish ko’rsatilgan hollar yuz bergan soliq davrida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |