Referat Predmetning prerekvizitlari (Prerequisite): o‘rganilayotgan predmetni o‘zlashtirish uchun mo‘ljallangan bilim, ko‘nikma va malakalar Predmetning postrekvizitlari



Download 1,39 Mb.
bet11/24
Sana02.08.2021
Hajmi1,39 Mb.
#136358
TuriReferat
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
Samarqand davlat universiteti-fayllar.org

Birinchi qoida. MTT va tarbiyachilarning oila va jamoatchilik bilan

olib boradigan ishlari asosida ota-onalarning obro‘sini oshirish va

mustahkamlashga yo‘naltirilgan harakat va tadbirlar turishi kerak. Ota- onalar bilan maslahatlashganda, hech vaqt «qilishingiz kerak», «majbursiz» kabi jumlalarni ishlatmaslik ma’qul. CHunki ko‘pchilik ota-onalar o‘z majburiyatlarini yaxshi biladilar, faqat amaliѐtda ular ana shu bilganlarini qanday amalga oshirish muammosiga duch kelish-lari mumkin. Tarbiyachi va ota- onalarning o‘zaro munosabatlarining yagona to‘g‘ri shakli – bu o‘zaro hurmat. Qachonki, nazorat shaklida tajriba almashish, maslahat va birgalikda muhokama, yagona qaror shakllantirilsa, ikkala tomon uchun ham qoniqish hosil qiladi. Bunday munosabatlarning qimmati shundaki, tarbiyachilarda ham, ota-

onalarda ham shaxsiy javobgarlik hissini, talabchanlik, fuqarolik burchini rivojlantiradi.

Ota-onalarning ish joylariga «Rivojlanish haritasi», «Ochiq jur-nal» kabilarni olib borish kutilgan natijalarni bermaydi. Ota-ona-lar bilan suhbatda «qora ro‘yxat»dagi ma’lumotlardan foydalanish ham yaxshi foyda bermaydi, chunki birinchidan, ota-onalarda bolala-ridan norozilik paydo bo‘ladi, ikkinchidan talim muassasasiga nisbatan ularda salbiy munosabat shakllanadi. Keyin ota-onalar ta’lim muassasasiga borgisi kelmasligi, ular bolalari haqida ѐmon fikr aytganliklari uchun ko‘ngli tortmasligini aytib arz qiladi. Ba’zan bunday holat oilada ota-ona munosabatlari ѐmonlashuviga

ham olib keladi. Oxir-oqibat bolada ta’lim muassasasiga nisbatan ham, tarbiyachilarga nisbatan ham salbiy munosabat hosil bo‘ladi. Tarbiyachi tarbiyaviy ish shakl va metodlarini tanlashda qabul qilingan qaror va talab bolalar ko‘z oldida ota-onaning obro‘sini mustahkamlash va oshirishga imkon berishini hisobga olishi kerak.



Ikkinchi qoida. Ota-onalarning tarbiyalovchi imkoniyatlariga ishonish, ularning pedagogik madaniyati darajasi va tarbiyalashdagi faolligini oshirish. Ko‘pchilik ota-onalar psixologik jihatdan barcha talablarni qabul qilishga tayѐr bo‘lishsa ham, biroq shunday ota-onalar borki, bolalarni tarbiyalashga mas’uliyat bilan ѐndashish va bu jaraѐnni chuqur tushunishga doir etarlicha ma’lumotga va pedagogik tayѐrgarlikka ega emas.

Uchinchi qoida. Pedagogik takt, oila haѐtiga nojo‘ya aralashishga yo‘l

qo‘yilmasligi. Tarbiyachi – rasmiy shaxs, biroq u o‘z faoliyatida oila haѐtining maxfiy tomonlariga, «boshqalar»dan sir saqlanadigan tomonlariga ham daxldor bo‘ladi. YAxshi tarbiyachi oila uchun begona bo‘lmaydi, ota-onalar ѐrdam qidirganlarida ularning bu vaziyatdan chiqishlariga ishonadi, maslahat beradi. Oila qanday bo‘lishi, ota-onalar tarbiyachilar bilan qanday bo‘lishlariga qaramasdan, tarbiyachi hamma vaqt uddaburon, ѐrdamga tayѐr bo‘lishi kerak. Oila haqidagi hamma narsaga yaxshi tomondan e’tibor qaratishi, tarbiyada ota-onalarga ѐrdam ko‘rsatishi kerak.



To‘rtinchi qoida. Oilaviy muammolarni hal qilishga doir qaror qabul qilishda ko‘tarinki ruh va kayfiyat, bolaning ijobiy sifatlari, oila tarbiyasining kuchli tomonlari, shaxsning muvaffaqqiyatli rivojlantirishga tayanish. Tarbiyalanuvchining harakterini shaklla-nishi qiyinchiliklarsiz, qarama-qarshi-liklarsiz kechmaydi. Agar bu jaraѐn shaxs rivojlanishi qonuniyatining namoѐn bo‘lishi sifatida idrok etilsa, u holda mazkur qiyinchilik, qarama-qarshilik, kutilmagan natijalar tarbiyachining sarosimaga tushib qolishiga olib kelmaydi. Hammamizga yaxshi ma’lumki, yuzaga kelgan pedagogik vazifalarni hal etishning o‘nlab usullari mavjud, biroq ulardan faqat biri mazkur aniq vaziyat uchun to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Ana shuning uchun ham maktabgacha pedagogikaga tayѐr ko‘rsatma sifatida emas,

shaxsga samarali ta’sir etishning umumiy qonuniyatlari haqidagi fan

sifatida qarash kerak. MTT va oila o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishda mudira, pedagoglar jamoasi va ota-onalar birgalikda faol ishtirok etishlari lozim. SHundagina bola tarbiyasida kutilgan natijalarga erishish mumkin.

Ota-onalar bilan ishlashda quyidagi alohida ish shakllaridan

foydalaniladi: suhbatlar, maslahatlar, oilalarga borish, ayrim ota-onalarni bog‘chaga taklif etish, alohida esdaliklar va ko‘chma papka-lardan foydalanish.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish