3. Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
Korxonalar o‘zlarida mavjud bo‘lgan asosiy va aylanma fondlardan samarali foydalanishlari lozim, bu ularning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Bunda bir qator ko‘rsatkichlardan foydalanib asosiy va aylanma fondlardan foydalanish holati hamda samaradorligi tahlil qilinadi.
Asosiy fondlardan foydalanish holatini aniqlashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
a) asosiy fondlarning o‘sish koeffitsiyenti. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun asosiy fondlarning yil oxiridagi qiymatini ularning yil boshidagi qiymatiga taqsimlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Bunda: Ko‘ – asosiy fondlarning o‘sish koeffitsiyenti;
AFo – asosiy fondlarning yil oxiridagi qiymati (ming so‘mda);
AFb – asosiy fondlarning yil boshidagi qiymati (ming so‘mda).
b) asosiy fondlarning hisobdan chiqish koeffitsiyenti. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun korxonada yil davomida hisobdan chiqarilgan asosiy fondlar qiymatini yil boshidagi asosiy fondlar qiymatiga taqsimlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Bunda: Kch – asosiy fondlarning hisobdan chiqish koeffitsiyenti;
AFch – yil davomida hisobdan chiqarilgan asosiy fondlarning qiymati (ming so‘mda);
AFb – asosiy fondlarning yil boshidagi qiymati (ming so‘mda).
d) asosiy fondlarning yangilanish koeffitsiyenti. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun korxonada yil davomida ishga tushirilgan asosiy fondlar qiymatini asosiy fondlarning yil oxiridagi qiymatiga taqsimlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Bunda: Ky – asosiy fondlarning yangilanish koeffitsiyenti;
AFit – yil davomida ishga tushirilgan asosiy fondlarning qiymati (ming so‘mda);
AFo – asosiy fondlarning yil oxiridagi qiymati (so‘mda).
e) asosiy fondlarning eskirish koeffitsiyenti. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun asosiy fondlar uchun hisoblangan amortizatsiya summasini ularning o‘rtacha yillik qiymatiga taqsimlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Bunda: Ke – asosiy fondlarning eskirish koeffitsiyenti;
A – asosiy fondlar uchun hisoblangan amortizatsiya summasi (ming so‘mda);
AFq – asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymati (ming so‘mda).
f) asosiy fondlarning yaroqlilik koeffitsiyenti. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun asosiy fondlar boshlang‘ich qiymati va ular uchun hisoblangan amortizatsiya summasi orasidagi farqni ularning o‘rtacha yillik qiymatiga taqsimlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Bunda: Kya – asosiy fondlarning yaroqlilik koeffitsiyenti;
A – asosiy fondlar uchun hisoblangan amortizatsiya summasi (ming so‘mda);
AFbq – asosiy fondlarning boshlang‘ich qiymati (ming so‘mda).
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini aniqlashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
a) mehnatning asosiy fondlar bilan qurollanganlik darajasi. Ushbu ko‘rsatkich asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymatini xodimlarning o‘rtacha yillik soniga taqsimlash orqali aniqlanadi. Uni quyidagi formulalar yordamida aniqlash mumkin:
Bunda: Fq – mehnatning asosiy fondlar bilan qurollanganlik darajasi;
Afq – asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymati (ming so‘mda);
Mr – mehnat resurslarining o‘rtacha yillik soni (kishi).
Bu ko‘rsatkichlar xo‘jaliklarning ixtisoslashishiga, mashina-texnikalar bilan ta’minlanganligiga ko‘ra farq qilishi mumkin. Ushbu ko‘rsatkichning yaxshilanishi ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashtirilishini, avtomatlashtirilishini ta’minlab, jonli mehnat xarajatlarini tejab, mehnat unumdorligi yuksalishiga olib keladi.
b) fond qaytimi. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun korxonada bir yilda ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot qiymatini asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymatiga taqsimlash orqali aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Bunda: YMq – yalpi mahsulot qiymati (ming so‘m);
Afq – asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymati (ming so‘m).
Fond qaytimini ko‘rsatkichi bir so‘mlik asosiy fond evaziga qancha mahsulot yetishtirilganligini ifodalaydi va uning darajasi yuqori bo‘lgani maqsadga muvofiqdir. Ushbu ko‘rsatkichni yalpi daromad va sof foyda orqali ham aniqlash mumkin.
d) fond sig‘imi. Uni aniqlash uchun asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymatini yetishtirilgan yalpi mahsulot qiymatiga taqsimlash zarur. Buning uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Fond sig‘imi ko‘rsatkichi bir so‘mlik mahsulotni yetishtirish uchun necha so‘mlik asosiy fond sarflanganligini ko‘rsatadi.
e) fond rentabelligi. Ushbu ko‘rsatkich korxonada sarflangan ishlab chiqarish fondlarining bir birligi evaziga qancha foyda olinganligini bildiradi va foyda me’yori deb ham ataladi. Uni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
Bunda: Fm – foyda me’yori, foizda;
SF – sof foyda summasi, ming so‘mda;
Ofq – aylanma fondlar qiymati, ming so‘mda.
Foyda me’yori ko‘rsatkichining darajasi yuqori bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Asosiy fondlardan foydalanish holati va samaradorligini tahlil qilishda asosiy vositalarning alohida turlari bo‘yicha ham tahlil qilish mumkin. Masalan, bitta texnikaning bir yilda ishlagan kuni, bajargan ishi va hokazo.
Aylanma fondlardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin:
a) aylanma fondlarning aylanish koeffitsiyenti. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun sotilgan yetishtirilgan mahsulotlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlarning umumiy qiymatini aylanma fondlarning o‘rtacha yillik qiymatiga taqsimlash lozim. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Bunda: SMIq – sotilgan mahsulotlarining, bajarilgan ishlar, xizmatlarning qiymati (ming so‘m);
Ofq – aylanma fondlarning o‘rtacha yillik qiymati (ming so‘m).
Bu ko‘rsatkich xo‘jaliklardagi aylanma fondlarning bir yil davomida aylanish tezligini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich imkon qadar yuqori bo‘lgani ma’qul.
b) aylanma fondlarning aylanish davri. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun bir yildagi kalendar kunlari umumiy sonini aylanma fondlarning aylanish koeffitsiyentiga taqsimlanadi. Bunda quyidagi tenglikdan foydalaniladi:
Bunda: Ad – aylanma fondlarning aylanish davri (muddati), kun;
T – bir yildagi kalendar kunlar soni (365 yoki 366), kun.