Yerning asosiy qatlamlari va yerning umumiy xajmiga nisbatan foizlari.
1. Ustki qatlam(0-40km), yer massasinig 0.4%. 2.Mantya (40-2890 km) yer massasining 67.1%). 3. Tashqi yadro (2890-5150 km) yer massasining 30.8%)
| 2 700-2900 km chuqurlikda uning ostki yuzasi yaqinida o‘zining xossalari bilan oraliq D' qatlamidan farq qiluvchi qobiqcha (D" qatlami) ajratiladi. Bunda bo‘ylama to‘lqinlar tarqalish tezligining birmuncha pasayishi kuzatiladi va u Yerning tashqi yadrosiga o‘tishdagi o‘zgarishlar natijasi hisoblanadi.
Tashqi yadro bilan bevosita tutashgan D" qatlami uning ta’siriga uchraydi, chunki yadro harorati mantiyaning haroratidan ancha ortiq. Bu qatlam Yer yuzasiga yo‘nalgan va mantiya orqali o‘tuvchi
plyumlar deb ataluvchi issiq massa oqimini tug‘diradi degan taxminlar bor. Ular Gavay orollari, Islandiya va b. kabi yirik vulkanizm viloyatlarini hosil qiladi.
D" qatlamining ustki chegarasi aniqlanmagan, uning sathi yadro yuzasidan 300 km gacha o‘zgarishi mumkin. Bu qatlam soviyotgan yadrodan mantiyaga energiyaning notekis o‘tishini aks ettiradi.
Yer yadrosi sayyora hajmining 17 % va massasining 34 % ni tashkil etadi. Hajm va massa ulushlarining bunday nisbati yadro va mantiya tabiiy parametrlaridagi keskin farq bilan tushuntirilishi mumkin 2.9-rasm).
Vixert – Gutenberg chegarasida joylashgan yadro va mantiya chegarasida bo‘ylama to‘lqinlar tezligining 13,7 dan 8,1 km/s gacha keskin pasayishi, ko‘ndalang to‘lqinlarning so‘nishi va moddalar zichligining 5,5 dan 10 g/sm3 gacha sakrab o‘sishi kuzatiladi. Ko‘ndalang seysmik to‘lqinlar bu chegaradan pastga o‘tmaydi. Seysmotomografiya ma’lumotlari bo‘yicha yadro yuzasi notekis bo‘lib, amplitudasi 56 km gacha boradigan pastliklar va balandliklarni hosil qiladi. Yadroning tuzilishida uch element ajratiladi: tashqi yadro (E qatlami), ichki yadro (G qatlami) va oraliq qobiq (F qatlami).
Qalinligi 2080 km li tashqi yadro ko‘ndalang seysmik to‘lqinlarni o‘tkazmaydi, bu uning suyuq holatdaligidan darak beradi.
Tashqi yadrodagi konveksiya yer magnit maydonini keltirib chiqaradi deb taxmin qilinadi.
Radiusi 1250 km ga teng ichki yadro katta zichlikka ega - 12,1-13,4 g/sm3. Ichki yadroning tarkibi temirnikelli (Fe 0,9, Ni 0,1) hisoblanadi. Bu yerda bosim 360 GPa, harorat esa 6500-6800 °S ga boradi. Tashqi va ichki yadrolar orasidagi oraliq qatlam oltingugurtli temirdan - troilitdan (FeS) tarkib topganligi ehtimol qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |