Referat Mustaqil ish mavzusi: Sotsiologik tadqiqotlar tashkil etish va o’tkazish


Sotsiologik ma’lumotlarni yig’ish usullari



Download 45,42 Kb.
bet2/4
Sana26.03.2022
Hajmi45,42 Kb.
#510647
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Referat Mustaqil ish mavzusi Sotsiologik tadqiqotlar tashkil et

Sotsiologik ma’lumotlarni yig’ish usullari.


a) Sotsiologik tadqiqotda kuzatish usuli.
Sotsiologik tadqiqotlarda kuzatish – dastlabki empirik ma’lumotlarni yig’ish usuli bo’lib, muayyan maqsadga qaratilgan, oldindan puxta o’ylab, muntazam olib boriladigan, hissiy qabulga asoslangan bo’ladi. Bu usuldan foydalanishning o’ziga xos afzalligi shundaki, tadqiqotchi muayyan darajada tadqiqot olib borilayotgan ob’ektidan mustaqil bo’ladi va unga bo’ysunmaydi. Kuzatish usulidan olinadigan ilmiy ma’lumotlar ob’ektiv, xolis va hayotiy bo’lishi bilan o’zining ilmiy qimmatiga egadir. SHu bilan birga, kuzatish usulidan olingan ilmiy ma’lumotlarda sub’ektiv jihatlar ham bo’lishi mumkin. CHunki, sotsiologik tadqiqot tadqiqotchining ijtimoiy voqelikka, jarayoniga nisbatan qanday munosabatda bo’lishi va qay yo’sinda tavsiflashi asosida boradi.
Kuzatish usulining yana bir muhim jihati uning muayyan darajada chegaralanganligi bo’lib, ko’pincha tadqiq etilayotgan voqelikni qayta kuzatish imkoniyati bo’lmasligidadir. Bu usulning yana bir zaif jihati shundan iboratki, kuzatish orqali tadqiqotchini qiziqtirgan savolga kuzatiluvchining fikr va hukmini bilish juda qiyin. Barcha hollarda kuzatish hozircha faqat so’z bilan ifodalanadi. Ammo, ba’zi xulqiy-ehtirosli munosabatlarni, holatlarni bir tarzda yozish va so’z orqali ifodalash qiyin bo’ladi.
Kuzatish jarayonining xarakteriga qarab uni quyidagi tiplarga ajratib ko’rsatish mumkin: nazoratli /ochiq/ va nazoratsiz /inkognito/, to’la qamrovli /standartlashtirilmagan/ va qamramaydigan / standartlashtirilgan/, dala sharoitida va laboratoriya sharoitida, ichkaridan va chetdan kuzatish.
Nazoratli, ya’ni ochiq kuzatishda kuzatilayotgan guruh oldindan ogohlantirib qo’yiladi, nazoratsiz, ya’ni inkognito kuzatishda esa, aksincha, guruh o’zini kuzatilayotganliklarini sezmaydi.
To’la qamrovli, standartlashtirilmagan kuzatishda u aniq bir harakat rejasisiz amalga oshiriladi, standartlashtirilgan, ya’ni to’la qamramaydigan kuzatishda kuzatishda kuzatuvchi tadqiqot predmeti va jarayoniga nisbatan aniq chegaralangan programmaga asoslanadi.
Dala sharoitida kuzatish ob’ekti qilib sotsial voqelikning u yoki bu tomoni, jarayoni olinadi. Laboratoriya sharoitidagi kuzatishda esa ob’ekt qilib ob’ektiv voqelikki ma’lum bir darajada moslashtirilgan model olinadi.
Ichkaridan kuzatishda tadqiqotchi kuzatayotgan ob’ektda ro’y berayotgan ijtimoiy jarayonlarda bevosita ishtirok etadi va unga bo’ysunadi, chetdan kuzatishda esa tadqiqotchi ob’ektga nisbatan mustaqil bo’ladi va unga bo’ysunmaydi.
Ichkaridan kuzatishga misol qilib Amerika sotsiologi Uilyam Uaytning «Ko’cha burchaklari jamiyati» kitobida yoritilgan /1937/ tadqiqotini olish mumkin. Avtor, Italiya emigrantlari oilalaridan chiqqan yoshlar ichida reketning vujudga kelish jarayonini o’rganish niyatida, shu muhitda uch yarim yil yashagan, ular bilan bir xil hayot kechirgan.
Sotsiologik kuzatish ob’ekti insondir, shuning uchun tadqiqot jarayonida tadqiqotchining maqsadini intuitiv holda his qiilib, o’z xulq-atvori yoki xarakatini o’zgartirishi mumkin. Natijada, olingan ma’lumot sotsiologning talabiga javob bermaydi.
Demak, sotsiologik tadqiqotlarda faqatgina kuzatish usulidan foydalanish bilan cheklanib qolmaslik kerak. CHunki, kuzatish usuli orqali olingan ma’lumotlar, natijalar o’rganilayotgan ob’ekt to’g’risida to’la ma’lumot bera olmaydi. Bu usuldan ko’pincha sotsiologik tadqiqotning dastlabki bosqichlarida, ob’ekt to’g’risida dastlabki tasavvurga ega bo’lish uchun yoki sotsiologik tadqiqotlarning boshqa usullari yordamida olingan ma’lumotlarni, statistik hujjatlarni qo’shimcha ravishda tekshirish maqsadida foydalaniladi.



Download 45,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish