Referat Mavzusi: Miqdoriy va hajmiy Tahlilning uslublari Reja: Miqdoriy va hajmiy analizning mohyati va uslublar



Download 1,43 Mb.
bet2/3
Sana06.09.2021
Hajmi1,43 Mb.
#166324
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
REFERART kimyo

Kimyoviy analiz tekshiriladigan namuna bilan maxsus tanlan­gan va tayyorlangan reaktivlar orasidagi kimyoviy reaksiya nati­jasida ro‘y beruvchi hodisalarni va hosil bo‘luvchi moddalar xos­sasini kuzatishga asoslangan.

Fizik-kimyoviy va fizik-texnik asbobiy (instrumental) usullar namunaning fizikaviy xossalarini (elektronlar potensiali, tok kuchi, spektrlarning yutilishi, sochilishi, chiqarilishi va boshqalar­ni) alohida asboblar yordamida o‘lchashga asoslangan.

1.2 Analitik tarozilar

Tarozilar kimyoviy analizda ishlatiladigan asosiy asboblardan biri hisoblanadi. Analiz qaysi usul bilan bajarilmasin, uning nati­jasi tekshirilayotgan moddaning ma’lum miqdoriga keltirilishi, masalan, uning og‘irligiga nisbatan foizlarda ifodalanishi kerak. Shuning uchun analizni boshlashdan oldin moddaning tekshirish uchun kerakli miqdori tarozida tortib o linadi.



Analitik tarozi BA–200 ning (1-rasm) asosiy qismi – shayin (teng yelkali richag) bo‘lib, vertikal strelka bilan ta’minlangan, tarozi pallalari tebranganda strelkaning pastki uchi kolonkaning pastki qismiga o‘rnatilgan darajalarga bo‘lingan shkala bo‘ylab harakat qiladi. Shayinning ikki uchida, markaziy prizmadan bir xil masofada qirralari yuqoriga qaragan ikkita boshqa prizma o‘rnatilgan. Tarozi pallalari ilgaklar yordamida shayinga osilib turadi, ishlamagan holatida maxsus moslama — arretir orqali qo‘zg‘almas holatda ushlab turiladi. Bu moslama dastasi soat strelkasiga teskari buralganda, moslama pastga tushadi, tarozi ish­lash holatida bo‘ladi.

Bu tarozilarda tortish mumkin bo‘lgan maksimal og‘irlik 200 g. Analitik tarozi toshlari maxsus qutichaga solib qo‘yiladi (2-rasm). Qutichada 50, 20, 10, 5, 2, 1 g massali tarozi toshchalari bilan bir qatorda 10 mg dan 990 mg gacha mayda toshchalar ham bo‘ladi. Mayda toshlarni pallaga qo‘yish uchun tarozida avtomatik asbob bor. Bu tarozi qutisining o‘ng tomoni tashqarisiga o‘rnatilgan du­maloq dasta orqali har ikki tomonga buraladigan ikkita tashqi va ichki diskdan iborat moslamadir. Tarozida 100 mg dan 900 mg gacha bo‘lgan toshchalar plastinka shaklida va 10 mg dan 90 mg gachasi halqachalar shaklida bo‘ladi.

Strelkaning shkaladagi holatini ko‘rsatuvchi veytograf asbobi – tarozi strelkasiga mahkamlangan mikroshkalaning kattalashtiril­gan tasvirini yorug‘ ekranda ko‘rsatuvchi optik moslama yordamida milligramm va uning ulushlari hisoblab topiladi.

Moddani to‘g‘ridan to‘g‘ri tarozi pallasiga qo‘yish aslo yara­maydi, chunki bunda tarozi buziladi. Shuningdek, moddani qog‘oz varag‘iga solib tortish ham yaramaydi; tortiladigan modda byuks deb ataladigan va qopqog‘i silliqlangan stakanchaga (byuksga) yoki soat oynasiga (5–6-rasmlar), tigelga, probirkaga va boshqa idishlarga solib tortiladi.

Tortish natijalari to‘g‘ri bo‘lishi uchun tortilayotgan buyumning harorati tarozi harorati bilan bir xil bo‘lishi lozim. Tortiladigan buy­umning harorati tarozi haroratiga kelishi uchun buyumni tarozi yoniga kamida 20 minut qo‘yib qo‘yish kerak. Qo‘yib qo‘yilgan buyum havodan sezilarli miqdorda suv bug‘ini o‘ziga shimib olmasligi va natijada og‘irligi oshmasligi uchun u eksikatorga qo‘yiladi.

dasta har ikki tomonga buraladigan ikkita diskdan iborat bo‘lib, bu disklarga raqamlar yozilgan bo‘ladi. Tashqi diskni burash bilan plankaga 100, 200, 300, ... 900 mg toshlarni osib qo‘yish mumkin. Bu esa tarozining o‘ng pallasiga 0,1, 0,2, 0,3 ... 0,9 g og‘irlikdagi toshni qo‘yish bilan baravar. Xuddi shu yo‘l bilan kichik diskni burab plankaga 10, 20, 30, ... 90 mg li toshlar osib qo‘yiladi, ya’ni tarozining o‘ng pallasiga grammning yuzdan bir ulushlari qo‘yiladi.

oddiy tarozida og‘irlikni o‘lchash uchun yangi modeldagi BAO–200, A–200 tipdagi elektromagnit avtotarozilar ham tatbiq qilinadi. Ularning tortish aniqligi 200 g yuk qo‘yilganda 0,1 mg gacha, 100 g gacha yuk qo‘yilganda 0,01 mg gacha va 20 g gacha yuk qo‘yilganda 0,001 g gacha bo‘ladi va h.k. (3–4-rasmlar).

O‘lchash operatsiyasi juda sodda va 15 sekunddan ortiq vaqtni egallamaydi. O‘lchanadigan predmet (narsa) tarozi idishiga solinib, eshigi yopiladi, tarozi ishga tushiriladi va 10–15 sekunddan keyin tarozi shkalasida hamma og‘irlikni ko‘rsatadigan son paydo bo‘ladi.

Bunday tarozilarda o‘lchashda o‘lchash xatosi yuqorida ko‘rsatilgan tarozilardagidan katta bo‘lmaydi.

1.3 Miqdoriy kimyoviy analiz usullari

Kimyoviy analiz usullariga quyidagilar kiradi: 1) tortma (gravi­metrik) analiz; 2) hajmiy (titrimetrik) analiz; 3) gaz analizi. Miq­doriy analizda ham sifat analizida qo‘llaniladigan ionlar reaksi­yasidan foydalaniladi. Masalan, agar xlorning (to‘g‘rirog‘i, xlorid ionining) miqdorini aniqlash kerak bo‘lsa, u eritmadan kumush ioni ta’sirida cho‘ktiriladi:




Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish