Referat mavzulari ro’yxati


Yog’och tolali plitalar turlari va xususiyatlari



Download 3,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/137
Sana21.04.2022
Hajmi3,3 Mb.
#570220
TuriReferat
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   137
Bog'liq
PARDOZ UMK

Yog’och tolali plitalar turlari va xususiyatlari. 
Yog’och tolali plitalar deganda, 
yog’ochni ketma-ket tolasimon massaga maydalash, qoliplash berish va issiqlik bilan 
qayta ishlash yo‘li bilan olinuvchi yirik o‘lchamli plita yoki listlar tuShuniladi. 
Yog’och tolali plitalar turli xususiyatlar bilan ishlab chiqariladi, bu xususiyatlar 
ularni faqat issiqlik izolyasiya materiallar sifatidagina emas, balki konstruktiv, bezak 
va akustik maqsadlarda ishlatishga imkon beradi. 
Mustahkamlik, hajmiy og‘irlik, g’ovak va boshqa xossalarga ko‘ra, yog’och 
tolali plitalar ikki guruhga bo‘linadi: 
a) izolyasion, yuqori g‘ovak, vakuum-qoliplash va quritish yo‘li bilan Yog’och 
tolali massadan olinadi; 
b) qattiq, yuqori zichlikka ega, yog’och tolali massadan vakuum-qoliplash va 
issiq presslash yo‘li bilan olinadi. 
Izolyasion plitalar izolyasion va izolyasion-bezaklilarga, qattiq plitalar esa 
yarim qattiq va juda qattiqlarga bo‘linadi. 
Hajmiy og‘irlik. Plitalarni alohida turlarga kiritish uchun asosiy ko‘rsatkich 
sifatida hajmiy og‘irlik xizmat qiladi. Izolyasion guruhga kiruvchi plitalarda barcha 
issiqlik izolyasion materiallarda qabul qilingani kabi, hajmiy og‘irlikning yuqori 
chegarasi; qattiq(presslangan) plitalar guruhida – hajmiy og‘irlikning quyi 
chegarasining mumkin bo‘lgan qiymatlari o‘rnatiladi.
Alohida tur plitalar uchun tashqi belgi – bu zichlik darajasiga bog‘liq bo‘lgan 
qalinlikdir; zichlik qanchalik kam bo‘lsa, plitalar shunchalik qalin bo‘ladi. Izolyasion 
plitalar 8 dan 25 mm gacha, qattiq plitalar esa 3 dan 8 mm gacha qalinlikka ega. 
Plitalar uzunligi va bo‘yi ham zichlik darajasiga bog‘liq: eng zich plitalar katta 
mustahkamlik va katta o‘lchamga ega. Qattiq plitalar uzunligi 3600 mm gacha va eni 
1800 va 1600 mm bo‘lishi mumkin. Bu o‘lchamlar chegaraviy emas va kattalashishi 
ham mumkin.
Yog’och tolali plitalarning katta o‘lchamlari ularning qurilish mahsulotlari 
sifatidagi afzalliklaridan biridir. Shunga ko‘ra, yog’och tolali plitalarni devorlar uchun 
ishlatish katta mehnat sarfi talab qilmaydi va qurilish montaj ishlarini industrlashga 
yordam beradi: xonadagi devorni o‘rnatish uchun odatda xona balandligiga teng 2-3 
uzunlikdagi plitalarni qo‘yish talab qilinadi. 
Yog’och tolali plitalarning fizik-mexanik xususiyatlar harakteristikasi quyidagi 
jadvalda keltirilgan.


78 
Yog’och-tolali plitalar xususiyatlar ko‘rsatkichlari 
3-jadval 
Xususiyatlar 
Plita turlari 
izolyasion 
izolyasion 
bezakli 
yarim 
qattiq 
qattiq 
juda qattiq 
Hajmiy og‘irlik 
kg/m
3
250 dan ortiq 
emas 
350 dan ortiq 
emas 
400 dan 
kam emas 
850 dan 
kam emas 
950 dan 
kam emas 
Bukishdagi 
mustahkamlik 
chegarasi kg/sm
2

kam emas 
12 
20 
150 
400 
500 
Issiqlik 
o‘tkazuvchanlik
0.06 
0.08 
K u z a t i l m a g a n 
koeffitsienti 
kkal/m•soat•grad 
Hajmiy og‘irligi 150 kg/m
3
gacha bo‘lgan izolyasion plitalarda bukishdagi 
mustahkamlik chegarasi 4 kg/sm
2
dan kam emas va issiqlik o‘tkazuvchanlik 
koeffitsienti 0,047 kkal/m•soat•grad dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Plitalarni ishlatish 
chegaraviy harorati 100
0
C ga teng. 
Issiqlik izolyasiya va akustik maqsadlar uchun yog’och tolali plitalarning ikki 
turi mo‘ljallangan: izolyasion va izolyasion-bezakli. Qattiq guruhga kiruvchi yog’och 
tolali plitalarni qurilishda bezak va konstruktiv materiallar, hamda mebel ishlab 
chiqarishda ishlatiladi. 
Issiqlik texnik xossalar. Yog’och tolali plitalarni issiqlik o‘tkazuvchanligi, 
boshqa materiallar singari, ularning g‘ovakligiga bog‘liq: g’ovak oshishi bilan issiqlik 
o‘tkazuvchanlik kamayadi. Hajmiy og‘irligi 250 kg/m
3
bo‘lgan issiqlik izolyasion 
plitalar g‘ovakgi taxminan 80% ga yaqin. Qattiq plitalar g‘ovakgi izolyasion plitalarga 
ko‘ra, taxminan 2 marta kichik. Mayda va shu bilan birga bir tekis taqsimlangan 
g’ovak bunday plitalardagi past issiqlik o‘tkazuvchanlikning asosiy sababchisidir. 
Yog’och tolali izolyasion plitalar issiqlik o‘tkazuvchanligi ularning namligiga bog‘liq. 
Qurilishda pardoz ishlari uchun ham foydalaniladi. Yog’och juda sifatli va 
ko’rkam materialdir. 
Hozirgi vaqtda Uzbekistonda yog’och zahiralari juda kamdir. Shuning uchun 
chet el davlatlardan yog’och materiallari olib kelinadi. Pardozbop materiallar 
yog’ochdan turli xil dizayn ko’rinishidagi buyumlar tayyorlanadi. Ular binoga chiroy 
va ko’rkamlik baxsh etadi. 


79 
Ularga: parket pollar ham kiradi. Parket pollar ham har xil bo’ladi: parket 
doskalar, mozaikali parketlar, parketli shitlar va donali parketlar. Ular dub, buk, yasen, 
klenlardan olinadi. 
Parket doskalar 1200:300 mmgacha uzunlikda va 145:202mm eniga, qalinligi 
25:18mm dan ishlab chiqariladi. Ustki qismi qattiq yog’och bilan qoplanadi. Yuzasi 
laklanib tekislanadi. Ular asosan yog’och qoldiqlaridan qilinadi. Parket doskalar pollar 
kabi yog’och balkali plitalarga yoki temirbeton yopmalarga yotqiziladi. Ular yaxshi 
tovush izolyasiyasida xizmat qiladi. Mozaikali parketlar hozirgi paytda keng tarqalgan 
yopma poldir. Bu xil parketlar ishlab chiqarish oddiyligi va iqtisodiy samaradorligi, 
turli xil bezaklari bilan pol uchun xizmat qiladi. Ular tushalganda kvadrat shaklida 
bo’ladi. 400x400mm, 480x480mm, 600x600mm. Ular ikki xil ko’rinishda bo’ladi: 1. 
Ustki qismida kraft-qog’oz yopishtirilgan xolda, ular tushalgandan keyin yuzasi olib 
tashlanadigan yoki parket pol tushalgandan keyin yuzasi olib tashlanmaydigan qilib 
tushaladi. Mozaikali parket pol asosi yaxshi tukilgan va bir xil o’lchamda bo’lishni 
talab qiladi. U sement qumli tushamaga suv va kley aralashmasi bilan yopishtiriladi. 
Ularning o’lchamlari yog’och materialdan chiqqan ortikcha yog’ochlardan turli 
me’morlarga pol kurinishini har xil turlarda, kompozitsiyasini boyitishga yordam 
beradi. Shuning uchun o’lchami katta bo’lmagan parketlar har xil ko’rinishdagi archa 
shaklida, shashka shaklida va har xil ranglarda foydalanilishi mumkin. 
Parket shitlar parket doskalar kabi turli xil o’lchamda iglab chiqariladi. Bu tur 
parketlar mehnatni ko’p talab etganligi va iqtisodga tejamliligi bo’lganligi sababli 
qurilishlarda kamroq ishlatiladi. Shitlar yuza qismi va asosdan iborat. Ustki qismi 
ortiqcha yog’ochdan qilinadi, asosi esa fanerlar yoki yog’och plitalardan qilinadi. 
Konstruksiyasiga qarab ular har xil reykalardan tashkil topgan va asosi perpendikulyar 
reykalardan qilingan tiplarda bo’ladi. 
Parket shitlar ramkali va reykali asoslari qalinligi 30-40mm, chunki ularga yaxshi 
forma yetkazilganda qulay bo’lishi uchun yog’och plitalardan tashkil topgan asosli 20-
30 mmli bo’ladi. Ular sementli qum ustida yaxshi yotqiziladi. 
Reykalarning qalinligi asosi ikki reykali shitlar uchun 40 mm bo’lishi kerak. 
Ularning ustki qismi qimmatbaho yog’ochdan bezatiladi. 
Donali parketlar yuqori sifatli va qimmatbaho yog’ochdan qilingan materialdir. 
U to’g’ri burchakli o’lchamlari, uzunligi 150: 500 mmgacha, eni 30: 90 mm, qalinligi 
15: 18mm bo’ladi. Ularning ustki qismi shunday chiqarilganki, ular yotqizilgandan 
keyin tozalanadi va tekislanadi. Toza pol ostidagi asos betonli, yog’ochli va boshqa 
xillar bo’lishi mumkin. Yog’ochli asosga parketlar mix bilan qoqiladi va boshqa xil 
asosga ega, kley yoki mastika bilan yopishtiriladi. Donali parket qurilish talablariga 
buncha yaxshi javob bermaydi. 
Qurilishda yog’och materialdan ya’ni yunib tayyorlangan pardoz uchun 
ishlatilgan buyumlar ham foydalaniladi. Bularga: metall va yog’ochdan yasalgan 
zinapoyalarga va balkonlarga tutkichlar, pol uchun plintuslar, deraza va oynalarga 
nalichniklar, tushama devor va potoloklarga, deraza osti doskalar. Yunib tayyorlangan 
detallar yumshoq barglilar olxa, beryoza, osinalardan qilinadi. Bu materialar 
uzug’ligiga kengayadigan qilib chiqariladi. Ularni lestvennitsa, el, pixta va tersisdan 
qilinishiga yo’l qo’yilmaydi. Ikki xil profillilar tavsiya qilinadi, 74 mm.li va 54 mm.li. 
Plintuslar 4 xil bo’ladi. Ikkita bo’yicha uzaytirilgan (54mm) va ikkita qisqa (38, 25 
mm). 
Deraza va eshik romlariga tutqichlar qilinadi. Ular asosan qarag’aydan qilinadi. 
Ular 2 xilda: keng 74mm gacha va ingichka 34 mm gacha qilinadi. Ular maxsus 


80 
aralashmalarga to’yintiriladi, laklanadi va bo’yaladi. Ular turli yog’ochlardan balki 
qoldiq reykalardan qilinadi. Deraza osti doskalari sosna va eldan tayyorlanadi. Ular 2 
xilda chiqariladi. Uzunligi 700x1600mm gacha, qalinligi 34mm va uzunligi 1900:2800 
mm gacha, qalinligi 42mm. Deraza osti doskalari yopishtirilgan bruslardan 
tayyorlanadi. 
Oldindan yunib tayyorlangan detallar - tutqichlar, plintuslar, nalichniklar va 
deraza osti doskalar ikki marta bo’yaladi. Fanerlar yupqa yog’och qatlamlari tolalarini 
bir-biriga tik quyib yYelim bilan yopishtirib tayyorlanadi. Bu qatlamlar yuqori sifatli, 
tanasi to’g’ri bo’lgan qattiq, zirk daraxti, terak hamda qaragaydan ishlanadi. Maxsus 
dastgohlarning keng va juda o’tkir pichogi yordamida aylanib turuvchi haridan yupqa 
qatlam faner shponi ishlanadi. Fanerning o’lchamlari 72,5x183sm, qalinligi 0,15: 1,2 
sm bo’ladi. Faner tayyorlashda ishlatiladigan yYelim xossalariga qarab u suvga 
chidamsiz va suvga chidamli xillarga bo’linadi. Suvga chidamlisi qayin daraxtining 
shponidan tayyorlanadi, bunday fanerning shponlari maxsus sintetik smolalardan 
olingan yelimlar bilan yopishtiriladi va 7, 9, 11 qatlam bo’ladi. Oq qayin yog’ochdan 
ishlangan shponlarni pakelit yelimlari bilan yopishtirib fanerlar olinadi. Ular BFS, 
BFV-1, BFV-2 markalarga bo’linadi. 
Organik issiq izolyasiya materiallariga tolali plitalar (DVP) fibrolit, torf 
plitalar, qamish plitalar va ko’pchitilgan plastmassalar kiradi. 

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish