Avvalgi nashr
Yangi nashr
Turi
Kapital hajmi
(million yen)
Ishchilar soni
Ishlab chiqarish
100 dan kam
300 or less
Turi
Kapital hajmi
(million yen)
Number
of Employees
Ishlab chiqarish
300 dan kam
300 dan kam
Ulgurji savdo
30 dan kam
100 dan kam
Chakana savdo
10 dan kam
50 dan kam
Ximzmat ko’rsatish
Ulgurji savdo
100 dan kam
100 dan kam
Chakana savdo
50 dan kam
50 dan kam
Xizmat ko
Rsatish
100dan kam
3.YAPONIYADA DAVLATNING KICHIK VA O’RTA BIZNESNI QO’LLAB – QUVVATLASH
YO’NALISHLARI
Yaponiyada 1964 – yildan boshlab kichik va o’rta biznesning “Oq kitobi” chop etila boshlandi. Unda har
yili korxonalar haqida ma’lumot, o’tga yil sarhisobi va kelasi yil rejalari qayd etiladi. 1970 – yildan boshlab esa,
kichik va o’ta biznesni rivojlantirishda subpudrat aloqalarini rolini oshirish asosiy yo’nalish sifatida belgilandi.
Ularga beriluchi moliyaviy yordamga to’xtaladigan bo’lsak, aslida davlat tashkiloti hisoblansada, Savdo va
sanoat markaziy kooperativ banki o’zining 90% ssuda kapitalini hususiy sektor hisobiga amalga oshiradi. Kichik va
o’rta biznesga moliyaviy ko’mak beruvchi Davlat koorporatsiyasi faqatgina yetakchi 22 ta sohaga kredit va
subsidiyalar ajratadi.
Undan tashqari juda mayda korxonalarga moliyaviy yordam ko’rsatuvchi milliy koorporatsiya ham mavjud
bo’lib, bu kreditlarning muddtai juda uzoq, ammo summasi kichkinadir. Alohida Yaponiya hos bo’lgan usul ham
mavjud bo’lib, bu zayomlarni kafolatlashni kiritish mumkin.
Yaponiyada qaytmas moliyaviy yordam turi ham mavjud bo’lib, unga ilmiy tadqiqot ishlari uchun
sarflanuvchi harajatlar kiritiladi. Budjetdan kichik va o’rta biznesni qo’llab – quvvatlashga bo’lgan harajatlar 80 –
yillarda 0,5%ni tashkil etgan bo’lsa, 1995 – yillarga kelib ular 0,26 % ga 2009 – yilga kelib esa 1,5 % ga
kamaytirilgan.
Yaponiyada konsalting xizmat ko’rsatish keng yo’lga qo’yilgan. Bu bilan Savdo sanoat palatasi
shug’ullanadi. Bu xizmat bepul bo’lib, 2013 yilga budjet harajatlarining 5,7 mln yennii tashkil etdi.
Moliyaviy yordam turi hisoblanuvchi soliq yuki yengillashtirish kichik va o’rta biznesga berilayotgan
yordamning asosiy qismini tashkil etadi. Korporatsiya solig’ining qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanuvchi
korxonalarga 30%ga kamaytirilgani bunga yaqqol misoldir. Kichik korxonalarni uskuna bilan ta’minlash
maqsadida, ular sotib olgan uskuna qiymatining 30% gacha bo’lgan miqdorini , korporatsiya solig’ining 20 % idan
chegirib qolinishi mumkin.
7
Bilamizki, 2013 yil aprel ayidan boshlab, Yaponiya soliq tizimiga o’zgartirishlar kiritildi. Unga ko’ra, yirik
koroxonalarning soliq stavkasi 30% deb, kichik va o’rta korxonalar uchun 20% etib belgilandi. Undan tashqari
quyidagi qoidalar ham mavjud:
Korxona turi
Daromad miqdori
Soliq stavkasi
Yirik korxonalar
30%
Kichik va o’rta korxonalar
Yiliga 8 mln yendan ko’p
15%
Ustav kapitali 100mln yendan
ko’p korxonalar
Yiliga 8 mln yendan ko’p
19%
7
“Business and taxation guide to Japan” Nagamine Mishima, 2013y. 3-bet.
Kichik va o’rta biznesga ishchilarni jalb etish maqsadida 2013 – 2016 yillarda ish haqida darajasini oshirish
ko’zda tutilgan bo’lib, yirik korxonalarda 10% ga, kichik va o’rta korxonalarda esa 20% ga oshishi rejalashtirilgan.
8
Kichik va o’rta biznesga nisbatan olib borilgan soliq siyosati 2006 yil 31 – martidan, 2012 yil 1- apreliga qadar 3
mln yenga kamaytirilgan.
Shunga qaramasdan, Yaponiya korxonalari yiliga 14 marta soliq to’lovlarini amalga oshiradilar, 330 soat
vaqt ushbu hujjatlarni to’ldirishga sarflanadi. Hamda yillik foydaning 49,7 % i soliqlar uchun ishlatiladi.
Yaponiyada mulk solig’i ham mavjud bo’lib, u soliqqa tortiluvchi foydaning 6,585% ga 530 ming yen qo’shib
to’lash bilan amalaga oshiriladi. Undan tashqari yangi oshiluvchi korxonalar uchun ro’yxatdan o’tish va litsenziya
boji ham mavjud bo’lib, u ustav kapitali 70 % ining 0,4%ga tengdir. Ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug’ullanuvchi
korxonalar solig’i 12% ni tashkil etadi.
2012 yilga kichik va o’rta biznesni rivojlantirishda quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Mahalli iqtisodni qo’llash va kichik va o’rat biznesda mahalliy talabni paydo qilish uchun:
Ishlab chiqairishga subsidiyalar
100,7 mln yen
Hududda talab yuqori bo’lagan kichik va o’rta
biznesni tashkil etishga subsidiyalar
20 mln yen
Inson omillarini qo’llab – quvvatlashga bo’lgan
loyihalar
28,2 mln yen
Xorijda savdoni amalga oshirish uchun loyihalar
2 mln yen
Kichik va o’rta korxonalar biznesini jonlantirish maqsadida
Boshqaruv hujjatlarini to’ldirishda maslahat
ishlarini olib borish
40,5 mln yen
Yangi kichik va o’rta biznesni tashkil qilish
289,3 mln yen
Kichik hajmli subpudratchilar loyihalari
0,7 mln yen
Sanoat kichik va o’rta biznesida tadqiqot ishlari
uchun
11,9 mln yen
Korxonalarning xorij bozorida faoliyatini
kengaytirish uchun
3,2 mln yen
Moliyaviy ko’mak
26,5 mln yen
Xodimlar malakasini oshirish va kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil etilgan “Kichik va o’rta biznes
Agentligi” qoshidagi 9 ta universitetda har yili 16000 hodimga ta’lim beriladi. Hozirgacha uning bitiruvchilari soni
560000 tani tashkil etgan.
Bundan tashqari ilmiy tadqiqot va konstruktor ishlari uchun har yili budjet mablag’lari hisobidan 23 mln yen
ajratiladi. Umumiy hisobda kichik va o’rta biznesni qo’llab – quvvatlash uchun budjet harajatlari 2012 yilda 180,2
mln yenni, 2013 yilda esa 181,1 mln yenni tashkil etgan. Bu 2012 yilga nisbatan 0,9 marta , yoki, 0,5 % ga ko’pdir.
Moliyaviy yordamdan tashqari kichik biznesga ishchilarni jalb etish maqsadida 292 ta ish ko’rgazmalari o’tkazildi.
Davlat tomonidan moliyaviy yordamdan tashqari, kichik biznesga subpudratchilar tomonidan kiritilgan
mablag’ 2012- yilda 590 mln yenni tashkil etgan.
8
“ Japan Tax Update” Issue 83// January 2013 by Ministry of Finance. http//: www.pwc.com/jp/tax
Xulosa
Kichik va o’rta biznesmamlakat iqtisodiyotining ajralmas qismidir. Ayniqsa, eksport siyosatini amalga
oshiruvchi Yaponiyani kichik biznessiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Kichik biznes turi uning olib borayotgan faoliyati,
ishchilar soni va kapital miqdoriga qarab baholanadi. Yaponiyaning 1963 - yilda qabul qilinga “Kichik va o’rta
biznes haqida Asosiy qonun” ga ko’ra 300 mln yenda kam kapitalga ega, hamda, 300 kishidan kam ishchi kuchiga
ega korxonalar kichik va o’rta biznes sirasiga kiradi. Kichik biznesni rivojlantirish Yaponiyada avvaldan yo’lga
qo’yilgan bo’lib , uzoq vaqt davomida uning institutsional va huquqiy asoslari tashkil qilib kelindi. Kichik va o’rta
biznes korxonalarini nazorat qilish bilan Iqtisodiyot, savdo va sanoat Vazirligi qoshida tashkil etilga “Kichik va
o’rta biznes Agentligi”ni aytish mumkin. Asosiy davlat organi sifatida Iqtisodiyot, savdo va sanoat Vazirligi, Moliya
Vazirligi faoliyat yuritadi.
Kichik va o’rta biznesni qo’llab – quvvatlashning o’ziga xos yo’nlaishlari mavjud. Yaponiyda asosan
quyidagi yo’nalishlarni ajratish mumkin:
1. Moliyaviy yordam berish, davlat hisobidan subsidiyalar , kreditlar ajratish, soliqlardan chegirmalar taqdim
etish, unda tashqari Yaponiyaga xos bo’lgan zayomlarga kkafolatlar taqdim etish yo’lga qo’yilgan. Bunday
faoliyat bilan Kichik va o’rta biznes moliyaviy korporatsiyasi, Milliy moliyaviy korporatsiya kabilar
shug’ullanib keladi.
2. Konsultativ yordam. Bunda davlat hujjatlarini amalga oshirishda, boshqaruv hujjatlarida va boshqaruv
ishlarida maslahatlar taqdim etiladi. Yordamning bu turi bepul hisoblanib, barchasi budjet mablag’lari
hisobidan amalga oshiriladi.
3. Inson resurslarini rivojlantirish bo’yicha yordam xodimlar malakasini oshirish va malakali kadrlarni
yetishtirish bilan amalaga oshiriladi. Bunda Agentlik qoshida mahsus o’quv yurtlari tashkil etilgan bo’lib,
har yili 16000 ga yaqin hodim qayta tayyorlanadi. Undan tashqari Universitet va Ilmiy tadqiqot
markazlarining ishlab chiqaruvchilar bilan aloqalari yo’lga qo’yilgan bo’lib, milliy innovatsiya tizimiga
muvofiq tarzda, malakali bitiruvchilar korxonalarga ishga yuboriladi.
4. Davlatning venchur kompaniyalarini rivojlantirishga bo’lgan e’tibori, innovatsiyalarni rivojlantirishga
qaratilgandir. Raqobatning muhim omili sifatida, innovatsiyalarni ishlab chiqish nafaqat hususiy mablag’lar
hisobiga, balki davlat mablag’lari hisobiga ham amalga oshadi. Bu mablag’lar qaytmas mablag’lar deb
atalib, ularning hajmi 2012 yilda 23 mln yenni tashkil etgan. Aynan, kerakli tarmoqlarni rivojlantirish
maqsadida ISSV tomonidan yetakchi tarmoqlar ro’yxati tuzib chiqilgan bo’lib, ular 22 tani tashkil etadi.
Yaponiyada kichik biznesni qo’llab – quvvatlash siyosati juda murakkab tashkil etilgan. Har yili “Oq kitob”
nashr qilinib, unda bir yillik rejalar joy oladi. Bunda ko’makning asosiy shakli soliqlarni kamaytirish orqali olib
boriladi. Yirik biznes korxonalariga yillik foyda solig’i 30% qilib belgilangan bo’lsa, kichik biznes korxonalari
uchun bu miqdor 15-19 % miqdorida belgilangan. Subsidiyalar berish, davlat tomonidan berilgan moliyaviy
ko’mak shakli bo’lib, uning asosiy yo’nalishi yangi korxonalarni tashkil etish va yirik korxonalar bilan
subpudrat munosabatlarini tashkil etishdan iborat.
Yaponiyada kichik biznesga doir 40 dan ortiq qonunlar ishlab chiqilgan. Ulardan asosiysi bo’lgan “Kichik
va o’rta biznes haqida Asosiy qonun” ga 1999 – yilda o’zgartirish kiritilgan bo’lib, unda kichik va o’rta biznes
korxonalariga davlat aralashuvini kamaytirish va ular mustaqilligini ta’minlash muhim o’rin kasb etadi.
Bugungi, kunda Yaponiyada korxonalarning 99,7 % i kichik biznes vakili hisoblanadi. Yaponiyaning kichik
biznesni qo’llab – quvvatlash siyosatini o’rganish shu yo’ldan borayotgan O’zbekiston uchun ham muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |