Qiyosiy metod - tillarning qarindoshligini hisobga olmay, ulardagi o‘xshashlik (uni "izomorfizm" deyiladi) va farqlanish-larni (uni "allomorfizm" deyiladi) aniqlaydi. Bu metodning asosiy vazifasi ikki va undan ortiq tillarning sistema va strukturasini turli til bosqichlari bo‘yicha qiyoslashdir. Ba`zan bu metodni qiyosiy-tipologik, choғishtirma, kontrastiv, konfronta-tiv nomlari bilan ataydilar. Aslida qiyosiy metod tillarni tipologik o‘rganish metodining bir qismi hisoblanadi. Tillar tipologiyasi o‘nlab va yuzlab tillarni qiyoslaydi, qiyosiy-tipologik metod ikki yoki uch tilni qiyoslash bilan chegaralanadi.
Qiyosiy tilshunoslik tillarni tipologik o‘rganishdan farqlanib, bir yo‘la nazariy va amahy (lingvodidaktik) vazifalarni qamrab oladi [YUsupov U.K. Teoreticheskie osnovғ sopostavitel’noy lingvistiki. Tashkent, Fan, 2007, s. 13]. Tillarni qiyoslashda ulardagi kichik sistemada qanday o‘xshashlik va farqlar borligini tashqi jihatdan (unli va undoshlar soni, kelishiklar soni kabi) farqlarini topib, so‘ngra ulardagi ichki o‘xshash va farqli belgilar aniqlanadi. Odatda ikki tilni qiyoslashni mantiqiy jihatdan binar qiyoslasb deb ham yuritila-di. Tillarni qiyoslashda yaxshiroq o‘rganilgan tilni etalon (andoza) qilib olib, unga to‘ғri keluvchi xususiyatlarni ikkinchi tilda topib tahlil qilinadi. Ba`zan esa biror tipologik belgini qiyoslanayotgan tillarda aniqlashga harakat qilinadi [Arakin V.D. Sravnitel’naya tipologiya angliyskogo i russkogo yazғkov. L.: 1979, s.]. Qiyoslash metodi nazariy va amaliy jihatdan juda foydali bo‘lib, u xorijiy tillarni o‘rganishning lisoniy asoslarini yaratishda katta ahami-yatga ega.
Oppozitsiya - qarama-qarshi qo‘yish, zidlov metodi tildagi birliklarning paradigmatik tasnifi uchun qo‘llaniladi. Tildagi barcha birliklar bir-birlariga qarama-qarshi bo‘lib, o‘zaro so‘z, morfema, so‘z birliklari, turli grammatik konstruktsiyalarni va gaplarni farqlaydi. Oppozitsiya metodi yordamida tildagi birliklar o‘rtasidagi turli qarama-qarshiliklarning umumiy turlarini aniqlash mumkin (bir o‘lchovli - a: b; ko‘p o‘lchovli- a: b:c:d: kabi). Bu zidlovlarning a`zolari o‘rtasidagi munosa-batlarni proportsional va vakkalangan. privativ (+, - belgisi bo‘yicha), poғonali (gradual) (masalan, |i-a|o‘rtada |e|ni "sakrab" o‘tiladi, yoki qaratqich kelishigi bilan chiqish kelishi-gi oppozitsiyasi o‘rtasidagi boshqa kelishiklarni tushirib qoldirishga asoslangan), teng huquqli (ekvipolent) oppozitsiya (masalan, jp-t||t-k|bir hil belgili: portlovchi, jarangsiz) sifatida qaraladi [Bu oppozitsiyalar lisoniy va mantiqiy jihatdan asoslangan. Qarang: Trubehkoy N. S. Osnovi fonologii. M.: I960, s. 31-84.].
Do'stlaringiz bilan baham: |