Referat mavzu: Tijorat banklarining aktiv-passiv operatsiyalari. Guruh: 8 bh-2020 Bajardi: Nursaxatov Axror


Bank sektori rivojlaninshining asosiy dinamik ko‘rsatkichlari



Download 189,27 Kb.
bet4/10
Sana28.03.2023
Hajmi189,27 Kb.
#922757
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tijorat banklarining aktiv-passiv operatsiyalari axror

Bank sektori rivojlaninshining asosiy dinamik ko‘rsatkichlari



Ko‘rsatkichlar

2010 y

2011 y

2012 y

1.

Xususiy kapital, mlrd.so‘m

4100.1

5334,2

6200

Xususiy kapital, o‘tgan yilga nisbatan, %

18,04

30,1

16,2

2.

Aholi omonatlari, mlrd.so‘m

4446,9

6173

8421,2

Aholi omonatlari, o‘tgan yilga nisbatan, %

48,83

38,84

36,42

3.

YUridik shaxslarni depozitlari miqdori, mlrd.so‘m

13236,3

18042,3

22800

YUridik shaxslarni depozitlari miqdori o‘tgan yilga nisbatan, %

41,59

36,31

26,37

Banklarda barqaror resurs bazasini shakllantirish va uni yanada kengaytirish, aholining bo‘sh pul mablag‘larini bank omonatlariga jalb qilishni yanada rag‘batlantirish va kafolatlashga doir qabul qilingan Prezidentimizning qator Farmon va Qarorlari aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Natijada, banklar tomonidan jalb qilingan jami depozitlar hajmi 2012 yil boshiga nisbatan 31,5 foizga ortdi. Jumladan, aholining banklardagi omonatlari hajmi 34,6 foizga o‘sdi.
“Mustahkam oila” davlat dasturi doirasida tijorat banklari tomonidan aholiga qulayliklarni kengaytirish maqsadida yangi muddatli va jamg‘arma omonat turlari joriy etildi. Umuman olganda, aholiga taklif etilayotgan va uning turli qatlamlari uchun qulay va manfaatli bo‘lgan omonat turlarining soni 250 tadan oshdi.
Bank filiallarida mijozlar bilan bajariladigan omonat operatsiyalarining qonun hujjatlariga va bank ichki siyosatiga muvofiqligini nazorat qilish uchun omonat bo‘linmasi tashkil etilishi shart. Omonat bo‘linmasi, Front-ofis va Bek-ofis tarkibiy tuzilma sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan banklarda «Mijozlarga chakana bank xizmatlari ko‘rsatuvchi bo‘lim», boshqa hollarda bankda omonat operatsiyalarini nazorat qilish bo‘yicha alohida bo‘linma (boshqarma, bo‘lim, sho‘‘ba) sifatida tashkil etilishi mumkin. So‘nggi nazoratchi omonat bo‘linmasi tarkibida faoliyat yuritishi lozim.
Bank omonati shartnomasi omonatchilar va bank o‘rtasida yozma shaklda tuziladi. Bank va omonatchilar o‘rtasida bank omonati shartnomasi, omonat summasi bank kassasiga qabul qilingan yoki omonat hisobvarag‘iga tegishli mablag‘ naqd pulsiz kelib tushgan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Agar omonatga qo‘yilganligi omonat daftarchasi, omonat sertifikati yoki bank tomonidan omonatchiga berilgan, qonunga muvofiq belgilangan bank qoidalarida va bank amaliyotida qo‘llaniladigan ish muomalasi odatlarida bunday hujjatlar uchun nazarda tutilgan talablarga javob beradigan boshqa hujjat bilan tasdiqlangan bo‘lsa, bank omonati shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
Muomala layoqatiga ega bo‘lgan har qanday jismoniy shaxs — o‘z nomiga va boshqa shaxs nomiga omonat qo‘yishi, o‘zining bank omonat hisobvarag‘idagi mablag‘ini o‘zi yoki vakili orqali mustaqil tasarruf etishi, shuningdek, boshqa shaxslar omonat mablag‘larini tasarruf etish uchun vakil bo‘lishi mumkin.Fuqaro omonatchi bo‘lgan bank omonati shartnomasi ommaviy shartnoma deb hisoblanadi.
Omonatchi tomonidan qo‘yiladigan omonatning eng kam va eng ko‘p miqdori har bir bank tomonidan qonun hujjatlariga asosan mustaqil ravishda belgilanadi. Bank qabul qilib olgan omonatlarning qaytarilishini ta’minlash uchun foydalanishi shart bo‘lgan vositalar va usullar qonun hujjatlari va bank omonati shartnomasi bilan belgilanadi.Bank omonatchining talabiga muvofiq omonatning qaytarilishi ta’minlanganligi to‘g‘risida axborot berishi shart. Bank omonatning qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarini bajarmagan, shuningdek ta’minotni yo‘qotgan yoki uning shartlarini yomonlashtirgan taqdirda, omonatchi bankdan omonat summasini darhol qaytarib berishni, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasiga muvofiq unga foizlar to‘lashni hamda o‘ziga etkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.Bank omonati shartnomasi bo‘yicha shartlar qonun hujjatlariga zid bo‘lmasligi va omonat operatsiyalarni bajarishda qiyinchilik va chalkashliklar keltirib chiqarmasligi kerak.
Banklar tomonidan omonatchilarning hisobvaraqlari kreditiga boshqa hisobvaraqlardan kelib tushgan mablag‘larni kiritib qo‘yish uchun haq olishlari taqiqlanadi.Omonatchilar yoki ularning qonuniy vakillari topshirig‘iga binoan bankning omonat hisobvarag‘ida turgan pul mablag‘lari bilan bank operatsiyalari bo‘yicha amalga oshirilgan xizmatlar uchun bank tomonidan vositachilik haqi undirilishi mumkin. Omonatchi bankdagi omonatini bank omonati shartnomasi va boshqa qonun hujjatlari doirasida erkin tasarruf etadi, shuningdek o‘z omonati bo‘yicha foiz, yutuq yoki boshqa shakldagi daromadlarni olish huquqiga ega.Omonatchi birinchi talabi bo‘yicha bankdagi omonatini to‘liq yoki qisman qaytarib olish huquqiga ega.

Download 189,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish