Boshqa tushumlar. Bozorlarning boshqa tushumlari jumlasiga quyidagilar kiradi: bozorlarning hududida joylashgan va ularning tasarrufida bo’lgan yer uchastkalari, binolar va inshootlarni ijaraga berishdan olingan tushumlar; sotuvchilarga va sotib oluvchilarga xizmatlar ko’rsatishdan olingan daromadlar;
bozor ma’muriyati (yoki uning savdo-xarid korxonalari) tomonidan amalga oshiriladigan qishloq xo’jaligi tovarlarini tayyorlash, xarid qilish va realizatsiya qilishdan olingan daromadlar (dehqon bozorlari uchun); qonun hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa tushumlar.
Ijara to’lovining va bozor ma’muriyati ko’rsatadigan xizmatlar qiymatining miqdorlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |