Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari o’qitish metodikasi yo’nalishi kecki ta’lim 203-guruh G’anijonova Dilnavozning O’zbek tilining sohalarda qo’llanilishi fanidan yozgan referati.
REFERAT
Bajardi: G’anijonova Dilnavoz
Tekshirdi: O. Qurbonova
SOHANING FAOL VA NOFAOL TERMINLARI
Reja:
1.Sohaviy nofaol terminlar
2.Faol terminlar
3.Hozirgi qoʻllanilayot terminlar
Nofaol so‘zlar. Adabiy tilga o‘xshab shevalar ham rivojlanib, yangi so‘zlar hisobiga boyib, o‘zgarib boradi. Bunday o‘zgarish, ko‘pincha, shevalar lug‘at tarkibida ro‘y beradi. Bu ijtimoiy hayotda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Ayniqsa, jamiyatda ro‘y beradigan har xil o‘zgarish sababli zamon talablariga javob bermagan so‘zlar iste’moldan chiqadi, ularning o‘rniga boshqalari kirib keladi. Demak, til, jumladan, uning shevalarida ham yangilanishlar, eskirishlar sodir bo‘lib turadi. Bular davr talabi bilan bog‘liqdir. Ba’zi so‘zlar qo‘llanish doirasining kengayish va aksincha, ayrimlarining passiv qatlamga o‘tishi bu jarayonni yanada tezlashtirishi mumkin. Ta’kidlash kerakki, bular hammasi nisbiy hodisadir. Sababi zamonaviylik va eskirganlikning o‘zi ham davrga ko‘ra nisbiy hisoblanadi. Eskirgan so‘zlar vaqti kelib, yana faollashishi va aksincha yangi so‘zlar tezda muomaladan chiqib ketishi mumkin. Buni faqat adabiy tildagina emas, shevalarda ham kuzatilayotganligini ta’kidlash kerak.
Arxaizmlar eskirgan so‘z tiplaridan biri bo‘lib, zamonaviy narsa va hodisalarning eskirib qolgan nomlaridir. Agar istorizm hodisasida predmet yoki hodisaning o‘zi ham, nomi ham eskiradigan bo‘lsa, arxaizm hodisasida esa predmet va hodis zamonaviy bo‘ladi, ularning nomi yoki nomlaridan biri eskiradi, iste’moldan chiqadi, natijada narsa yoki predmetlar, hodisalar nomlari yangisi bilan atalaoshlaydi. Xullas, bunda, asosan, hozirda hayotda mavjud bo‘lgan narsalarni ifodalashda kamida ikkita so‘z ishtirok etadi, ulardan biri faol ishlatilsa, ikkinchisi, passiv leksik qatlamga o‘tadi va asta-sekin eskiradi, faqat tarixiy davr kaloritini berish maqsadidagina qo‘llanishi mumkin. Shevalarda bir paytlar faol ishlatiladigan soqta so‘zi o‘ynaladigan kartani anglatgan. Keyingi davrda karta so‘zining aktiv qo‘llanishi natijasida soqta so‘zi passiv leksik qatlamga o‘tib, iste’moldan chiqa boshlagan. Shuni alohida ta’kdlash kerakki, arxaik so‘zlar shevalarda tarixiy so‘zlarga nisbatan ko‘pchilikni tashkil qilmaydi. Sababi shevalarda eski so‘zlar o‘rnini yangisi egallanishi jarayoni juda sekinlik bilan o‘tadi. Adabiy tilda bo‘lganidek, shevalarda ham so‘zlarning iste’moldan
chiqishi,ularning o‘rnini boshqasi egallashi jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liqdir. So‘zlarning arxaizmga aylanishida ikki xil holatni kuzatish mumkin. Birinchisida, so‘z o‘zi eskirib, uning o‘rniga zamon taablariga mos keladigan boshqa so‘z ishlatilsa, ikkinchisida so‘zlar ma’nolaridan biri eskiradi, boshqa ma’nolari esa saqlanadi. Shevalarda har ikkalasiga ham duch kelinadi. Narsa, hodisa nomidan biri eskirgan so‘zlar-leksik arxaizmlar shevalarda ko‘pchilikni tshkil qiladi. Qadimgi davrdan to hozirgacha shevalarda arxaizmga aylangan leksemalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Satil (chelak), talak (omborxona), madrapxana (xojatxona), tuzuv (taqinchoq), kaparat (magazin), lazim (ishton), dukart (qaychi), tirnaq (fundament), savax (ip), shangil//sarxum (kurshka), alam (bayroq), bandirga(chorraxa), karman (shlyapa), diyzil (avtobus), dabil‘ng‘ir (og‘ solinadigan idish) va hakazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |