O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
Raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari va matematik usullar kafedrasi
Saonat 4.0 va ijtimoiy soha 5.0 fanidan
REFERAT
Mavzu: Sanaotda internetda foydalanish holatlari.
25-02-2022
Bajardi: Nasimov Adiz
Tekshirdi: Bekzot Janzakov
Samarqand-2022
Sanoatda Internet texnologiyalari Internet — bu standardlashtirilgan protokollardan foydalanuvchi o’zaro bog’langan kompyuter tarmoqlardan tashkil topgan, axborot va kommunikatsiya xizmatlarini ko’rsatuvchi global tarmoq hisoblanadi. Internet bog’lanishlari quyidagi turlarga bo’linadi: 1)Mobil telefon orqali 2)Wifi routerlar(radio to’lqinlar orqali simsiz mahalliy tarmoqni global tarmoq bilan bog’laydi) 3)Analogli bog’lanish ( telefon simlari orqali global tarmoqqa chiqish) 4)Kabel ( Kabel televidineyesi orqali global tarmoqqa ulanish) 5)DSL ( Digital Subscriber Line 2 talik mis sim orqali global tarmoqqa ulanish, bunda bir vaqtning o’zida telefonda gaplashish ham mumkin) 6)Sun’iy yo’ldosh( bunda modem radio to’lqinlar orqali sun’iy yo’ldoshga u esa global tarmoqqa ulanadi) 7)ISDN(Integrallashgan raqamli xizmatlar tarmog’i bunda foydalanuvchi matn, ovoz, video ma’lumotlarini telefon liniyalari yoki boshqa vositalar orqali uzatadi) Bunda ISDN adapter transmissiyaning 2 ta tarafida ham bo’lishi talab etiladi.
Optik tolali kabel bu ingichka shisha yoki plastik toladan iborat bo’lib, ma’lumotlarni almashishda yorug’lik pulslaridan foydalanadi. Shu tufayli ushbu bog’lanish turida yuqori tezlik 2 gigabit sekundiga erishish mumkin. Hozirda 5G texnologiyasining paydo bo’lishi bilan mobil internet ham ommalashmoqda. 4 1. Sanoatda Internet texnologiyalari 2005 yilda jahon aholisining 15%ida internet bo’lgan bo’lsa, 2017 yilga kelib bu ko’rsatkich 50%ni tashkil etdi. 2009 yilda Satoshi Nakomoto tomonidan Bitcoin nomli birinchi kriptovalyuta yaratildi. Ushbu kriptovalyuta blockchain texnologiyasiga asoslanib ishlaydi. Bitcoin sotilayotganda dunyoda barcha kompyuterlar 64 ta raqamli 16 lik sanoq sistemasidagi shifrlangan raqamni topish uchun hisoblashni boshlaydi. Ushbu shifrni birinchi ochgan kompyuterga 6,2 bitkoin yoki 225000 dollar o’tkaziladi. Ammo hozirda bitkoinning kamchiliklari sifatida uzoq tranzaksiya vaqti hamda yuqori energiya sarfi e’tirof etiladi. Bunda 1 bitkoin tranzaksiyasiga o’rtacha 1544 kilovatt soat energiya sarflanadi. 5 1. Sanoatda Internet texnologiyalari Apple, Alphabet(Google), Microsoft, Amazon va Facebook kompaniyalarining barchasi raqamli mahsulot ishlab chiqaradi. 2018 yilgi ma’lumotga ko’ra ularning jami kapitali 3400 mlrd dollar.
Ammo bundan 14 yil avval dunyoning eng boy korxonalari sifatida PetroChina, Exxon Mobile, General Electric va shu kabi neft ham energetika sohasi yetakchilari e’tirof etilardi. Hozirda vaziyat raqamli texnologiyalarni keng joriy qiluvchi korxonalar foydasiga o’zgardi. Bunda radikal innovatsiyalarning roli yuqori bo’ldi.
Avtomatlashtirish bu texnologiyadan inson yordamisiz foydalanish jarayoni hisoblanadi. Big Data katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish ehtiyoji raqamli innovatsiya bo’lgan bulutli hisoblash, machine learning, Internet of Things(IoT) kabi texnologiyalarni yaratilishiga olib keldi. Avtomatlashtirish jarayoni robotlar orqali ham amalga oshiriladi. Masalan, 3D printer texnologiyasini avtomatlshgan tizim deyish mumkin. 1971 yilda Intel 4004 mikroprotsessorida 2300 ta tranzistor bo’lgan bo’lsa, 2016 yilda Intel Xeon Broadwell-E5 mikroprotsessorida 7 mlrd 200 mln tranzistorlar bo’lgan. 9 2. Sanoatda avtomatlashtirish 10 2. Sanoatda avtomatlashtirish Axborot texnologiyalarini rivojlantirishda korxonalarning raqamli mahsulotlarini doimiy ravishda takomillashtirib borish muhim ahamiyatga ega. Bunda korxonalar crowdsourcingdan keng foydalanadi, ya’ni mahsulot yaratuvchisiga oldindan tanish bo’lmagan qobiliyatli insonlarning raqamli mahsulotni takomillashtirishi hisoblanadi. Internet texnologiyalarining rivojlanishi bilan elektron tijorat ham jadal sur’atlar bilan rivojlandi. Amazon, Ebay, Alibaba kabi platformalarda har kuni milliardlab tovarlar sotiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |