Referat mavzu: "Rossiya iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalari"


Rossiyadagi asosiy iqtisodiy islohatlar yo‘nalishlari



Download 59,78 Kb.
bet3/6
Sana28.05.2022
Hajmi59,78 Kb.
#613976
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
referat

4.Rossiyadagi asosiy iqtisodiy islohatlar yo‘nalishlari
Ma’lumki, Rossiya bozor iqtisodiyotiga 1990 yillar boshidan o‘ta boshlagandi. Mamlakatda pala-partish holatda bozor munosabatlariga o‘tilishi mayda korxonalarni, zamonaviylashmagan ishlab chiqarish tizimini, tashqi iqtisodiy aloqalarda tartibsizlik va korxonalarni xususiylashtirishda qiymat va baholash borasidagi mutanosibliklarni keltirib chiqardi. Bu esa mamlakatni ancha obro‘sizlantirdi. Endi Rossiya hukumati oldida bu muammoni hal etish uchun ikkita yo‘l mavjud edi. Birinchidan, iqtisodiy ahvolni to‘la o‘zgartirish uchun aksariyat korxonalarni ishlab chiqarilgan qat’iy tartiblar ostida xususiylashtirishIkkinchidan, bozorni rivojlantirish uchun davlat nazoratini, rolini o‘rnatish.
Davlat byudjeti amalda iqtisodiy siyosatga qaratilgan bo‘ladi. Aksariyat mamlakatlarda davlat byudjeti shitob bilan o‘smoqda. Dunyo tajribasidan ma’lumki, agarda mamlakatda iqtisodiy tahchillik sezilsa, davlat ushbu byudjet hisobidan aholi turmush tarzini ma’lum muddatlargacha barqaror ushlab turadi. Rossiyada esa ko‘pdan buyon davlat byudjetida taqchillik sezilib qoldi va hozirgi kunda u ijobiy holga kelmoqda.
Yangi soliqlar tizimiga o‘tish, korxonalar foydasi va fuqarolardan undiriladigan soliqlar darajasini oshirish byudjetni muntazam ta’minlaydi. Shu jihatdan Rossiyada soliqlar tizimi uch xil – federal, oblastlar va mahalliy. Yaqinda isloh etilgan bu soliqlar tizimi Rossiya byudjetining to‘lishga ko‘mak bera boshladi.
Pul-kredit siyosati-davlatni moliyaviy tartibga solishning g‘oyat muhim usullaridan biridir. U pirovordida jamiyatda makroiqtisodiy barqarorlikka erishishga qaratilgan. Rossiyada pul-kredit siyosatini amalga oshiruvchi muassasa Markaziy Bank (MB) hisoblanadi. U bu siyosatni uch xil vosita orqali boshqaradi: mavjud pul zahirasi, MB ning stavkalaridagi foiz darajasi, tijorat banklari moliyalashtirayotgan mablag‘larni boshqarish.
Davlat qurilishi tofoavutlari nuqtai nazaridan hozirda rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy munosabatlarni boshqarish vazirlik va idoralarga yuklatilgan. Chet el tajribasining ko‘rsatilishicha, bu borada boshqaruv 12-15 ta vazirlikdan oshmasligi kerak. Rossiyada esa buning aksi, bu yurtda davlat boshqaruvi -24 ta federal vazirlik, 18 ta davlat ko‘mitasi, 17 ta federal xizmat, 5 ta federal agentlik, 3 ta federal komissiya va 1 ta boshqarma faoliyat yuritib keladi. So‘nggi yillarda boshqaruv tizimida ham juda katta qisqarish ro‘y berdi va u ijobiy tomoniga o‘zgardi. 
Rossiyada davlat boshqaruvida ma’muriy islohatlarni amalga oshirish uchun bugun zamin yetarli. Buning uchun birinchi navbatda iqtisodiy taraqqiyotda davlat aralashuvini kamaytirish lozim. Bunga erishish uchun esa zarur qonunchilik bazalari ishlab chiqish, korrupsiyaga qarshi kurashish, barqaror raqobat muhitini shakllantirish, xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l berish va sanoatlashtirish faoliyatida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash masalasini hal etish talab etiladi.
Sir emaski, sanoat mahsulotlari rivojlanishi iqtisodiyotning yuksalish omili sanaladi. Rossiyada bu borada ichki talab haligacha past ko‘rsatkichda qolmoqda. Davlat iste’moli uchun real daromadlar va investitsiyadagi asosiy kapitallar o‘sishi ham sezilarli darajaga ko‘tarilmagan.
Har qanday iqtisodiyotning rivojlanishida iste’mol darajasi muhim rol o‘ynaydi. Rossiyada esa aholi har qanday mahsulotga nisbatan kuchli ehtiyoj sezmaydi. Mahsulot ishlab chiqarishni harakatga keltiruvchi kuch-bu asosan investitsiya sanaladi. Investitsiyani mamlakatga kiritish tizimini muqarar yaratgan, ya’ni o‘rta va uzoq muddatga sarmoya kiritilishiga erishgan davlatlar yuksalganini jahon tajribasi ko‘rsatib turibdi. Biroq, Rossiyada xorijliklar uchun sarmoyani joylashtirishga ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy sharoitlar talab darajasida yaratilgan. Ayniksa bu holat 1998 yilgacha juda xunuk manzara kasb etardi. Ammo, 2000 yilga kelib mamlakatga investitsiya kiritish dinamikasi eng yuqori cho‘qqiga chiqdi, natijada sanoat ishlab chiqarish salmog‘i 108,1 % ga o‘sdi. Keyingi paytlarda yana sarmoya jalb etish borasida qator muammolar ko‘ndalang turibdi. Davlat hukumati hozirda bu to‘siqlarni bartaraf etish yo‘larini qidirmoqda.

Download 59,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish