Lamblioz (lambliosis) Kasallik qo‘zg‘atuvchilari — lambliyalar (Lamblia intestinalis) vegetativ shaklda (trofozoit) uchraydi va sistalar hosil qilish qobiliyatiga ega. Vegetativ shakli faol va harakatchan b o ‘lib, ular noksimon shaklda ko‘rinadi. Tanasining oldingi qismi to ‘mtoq, orqa qismi esa o ‘tkir b o ‘lib, uzunligi 9— 18 m km b o ‘ladi. Tanasining oldingi qismida so!rg‘ich disklar mavjud. U lar 2 ta yadro va 4 juft xivchinlarga ega. Xivchinlari qisman sitoplazmadan o ‘tgan bo‘lib, b o ‘yalganda yaxshi ko‘rinadigan ikkita bo‘ylama tutam hosil qiladi. Harakati xarakterli b o ‘lib, parazit doim o o ‘z o ‘qi atrofida yon tomoni bilan aylanib harakat qiladi. Preparatda xona haroratida lambliyalar tez nobud b o ‘ladi. Oziqni butun tanasining yuzasi bilan so‘radi. Uzunasiga b o ‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. S istalar — lam bliyalarning harakatsiz shakllari hisoblanadi. Uzunligi 10— 14 m km , oval shaklda, qobig‘i nisbatan qalin. Lugol eritmasida sarg‘ish-qo‘ng‘ir rangga b o ‘yaladi. Bo‘yalgan yetuk sistada 4 ta yadroni k o ‘rish mumkin. Lam bliyalar ingichka ichakning yuqori b o ‘lim larida hayot kechiradi, so‘rg‘ich disklari yordam ida vorsinkalarga yopishib oladi. U lar o ‘t pufagida yashay olmaydi, chunki o ‘t suyuqlig‘i t a ’sirida nobud b o ‘ladi. Ularning duodenal zondlash vaqtida ko‘p topilishi lambliyalarning o ‘n ikki barm oq ichak devorlaridan tushganligi bilan tushuntiriladi. Vegetativ shakllari odatda najas bilan chiqmaydi, ammo ular ich ketganda najasda paydo boNishi mumkin. Lambliyalar ichakning pastki b o ‘limlariga tushganda noqulay muhitga uchraydi va u yerda yashay olmasdan sistalarga aylanadi, ular esa odatda najas bilan ajralib chiqadi. Sistalar tashqi m uhitda yaxshi saqlanadi, havo namligi va haroratiga qarab tashqi muhitda bir oygacha saqlanishi mumkin. Quritilganda tezda nobud b o ‘ladi. O d am kasallikni iflos q o ‘llari, o ‘yinchoqlar, oziq-ovqat m ah - sulotlari va suv orqali yuqtirishi mumkin. Sistalar ichakka tushib, vegetativ shakllarga aylanadi. Bitta sistadan ikkita vegetativ shakl hosil b o ‘ladi. Lambliyalar keng tarqalgan b o ‘lib, ayniqsa bolalarda ko‘p u c h raydi. Ular organizmga ko‘p m iqdorda tushganda ichak shilliq pardalarini m exanik t a ’sirlashi va m a ’lum darajada so‘rilishning buzilishiga sabab b o ‘lishi mumkin. Bunda qorinda kuchli b o ‘lmagan og‘riq, qorin dam b o ‘lishi (m eteorizm ) va quldirashi, ich kelishining buzilishi, ishtaha pasayishi, ko‘ngil aynishi, b a ’zan esa o ‘ng qovurg‘a ostida ogbriq kuzatilishi mumkin. Ayrim hollarda lambliyalar organizm dagi boshqa ichak va o ‘t y o ‘llari kasalliklarining qayta zo ‘rayishiga sabab b o ‘ladi. Lambliyalarni kasallik yuqtirgan kishilarda aniqlash odatda oson. Agar najas shakllangan holda b o ‘lsa, u vaqtda surtm ada mikroskop yordam ida sistalar aniqlanadi. Lugol eritmasida b o ‘yalgan surtm a parallel tekshiriladi. Yangi suyuq najasda va duodenal zondlash orqali olingan materialda harakatchan vegetativ shakllami aniqlash mumkin. Najasda sistalarning topilishi tashxis q o ‘yish u ch u n yetarli tasdiq hisoblanadi, shuning uchun vegetativ shakllarini aniqlash maqsadida materiallarni tekshirishning hojati qolmaydi. A m m o ko‘p hollarda koproskopiya usuli va duodenal zondlash usullarini birga olib borish lambliozning aniqlash chastotasi (soni)ni oshiradi. Profilaktikasi boshqa ichak invaziyalari profilaktikasi bilan bir xildir.