23
6-diagramma.
Banklar tomonidan ajratilgan kreditlar qoldig'i 4,1 trln. so'mga yoki 35,6 foizga
oshib, 2012 yil 1 yanvar holatiga 15,7 trln. so'mni tashkil etdi. Ta'kidlash lozimki,
ajratilgan mazkur kreditlarning 85,3 foizi ichki manbalar hisobiga berilgan bo'lib,
tashqi qarzlar asosan uzoq muddatga, faqat iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini
modernizatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-
quvvatlash bo'yicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb
qilinmoqda. Banklarning umumiy kredit portfelida uzoq muddatli kreditlarning
ulushi esa 75,4 foizni tashkil qilib, ularning hajmi 36,2 foizga oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: