Реферат мавзу: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy



Download 330,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana26.11.2019
Hajmi330,83 Kb.
#27188
TuriРеферат
1   2   3
Bog'liq
ozbekiston tarixi fanining predmeti uni organishning nazarij-metadologik asoslari manbaalari va ahamiyati. markazij osiyo zhahon tsivilizatsiyasining azhralmas qismi


 Agar haqiqiy tarixiy jarayon nuqtai nazaridan Vatan tarixiga yondashadigan 

bo’lsak, u quyidagi katta davrni o’rganadi: 

1 .Vatanimiz tarixining eng qadimgi davri.  

2. Vatanimiz tarixining O’rta asrlar davri. 

3. Vatanimiz tarixi Rusiya bosqini va mustamlakachiligi davrida.  

4. Vatanimiz tarixi sho’rolar hokimiyati davrida. 



13 

 

5. Vatanimiz tarixi mustaqil taraqkiyot davrida. 



Bu katta davrlar o’z navbatida bir necha kichik davrlarga bo’lib o’ganiladi. 

Vatan  tarixini  yoritishda  kaysi  manbalar  asos  bo’lganligi  ham  g’oyat  katta 

o’rin  tutadi.  SHo’ro  hokimiyati  yillarida  yozilgan  O’zbekiston  tarixiga  oid 

adabiyotlar  uchun  marksizm  -  leninizm  klassiklarining  asarlari,  KPSS  hujjatlari, 

Kommunistik  partiya  va  sho’ro  davlati  rahbarlarining  ma’ruza,  nutq,  maqola  va 

asarlari,  Rusiya,  Rim  tarixchilari,  adiblari  va  olimlarining  asarlari  asosiy  manba 

o’lib  xizmat  qilgan.  O’tmish  tariximiz  va  madaniyatimizning  durlari  hisoblangan 

Beruniy,  Xorazmiy,  Ibn  Sino,  Forobiy,  Ahmad  Farg’oniy,  YUsuf  Xos  Hojib, 

Mahmud  Qoshg’ariy,  Narshaxiy,  Navoiy,  Ulug’bek,  Nizomiddin  SHomiy, 

SHarafuddin  Ali  YAzdiy,  Xondamir,  Zahiriddin  Muhammad  Bobur,  Muhammad 

Solih  va    boshqa  juda    ko’plab  dunyoga    mashhur  alloma  va  mutafakkirlarning 

qimmatli asarlari va meroslari esa deyarli e’tibordan chetda qolgan. Vatan tarixini 

yaratish va o’rganishda quyidagi manbalar asos bo’lishi mumkin. 

1.  Qadim  zamonlardan  to  shu  kunga  qadar  ulug’  ajdodlarimiz  buyuk 

allomalar  va  dono  mutafakkirlar,  shoirlar,  yozuvchilar    qoldirgan  ma’naviy  boy 

asarlari. 

2. 

Turli  hujjatxonalarda  saqlanayotgan  qo’lyozma  asarlar,  hujjatlar, 



ashyolar. 

3.  Kutubxonalarda  saqlanayotgan  yozma  kitoblar,  ilmiy,  badiiy  memuar 

asarlar, darsliklar, qo’lyozmalar, risolalar, to’plamlar. 

4.  Har  xil  muzeylarda  saqlanayotgan  ko’rgazma  zallari  hujjatlari,  birinchi 

navbatda arxeologiyaga oid qazilma yodgorliklari. 

5. Muzey-shaharlar, tarixiy obidalar, yodgorliklar. 

6. Kino, fotohujjatlar. 

7.  O’zbekiston  hukumati  rahbarlari  asarlari,  hukumatimiz  tomonidan qabul 

qilingan  turli  hujjatlar,  qonunlar,  qarorlar,  farmonlar,  shuningdek,  mahalliy 

matbuotning  barcha  vositalari  (teleradio,  gazeta-jurnallar)  ma’lumotlari  ham 

muhim manba hisoblanadi. 


14 

 

 “O’zbekiston  tarixi”  fanining  hozirgi  mustaqilligimizni  mustahkamlash, 



komil insonni tarbiyalashdagi roli mislsizdir. SHuning uchun ham Prezidentimiz I. 

Karimov  tarix  fani  taqdiriga  qiziqib,  uni  rivojlantirish,  buning  uchun  esa  tarixiy 

tadqiqotlarni to’g’ri yo’lga solib yuborish ishida tashabbus ko’rsatmoqdalar. 

Maolumki,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “O’zbekiston  

Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Davlat  va  jamiyat  qurilishi  akademiyasi 

qoshida  “O’zbekistonning  yangi  tarixini  yaratish  markazini  tashkil  etish 

to’g’risida”gi Farmoni, 1996 yilning 16 dekabrida esa O’zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasining  “O’zbekistonning  yangi  tarixi”ni  tayyorlash  va  nashr 

etish to’g’risida" qarori e’lon qilindi. Bu qarorda Vatan tarixini yoritishning ilmiy-

metodologik yo’nalishlari ko’rsatib berildi. Bu yo’nalishlar quyidagilardan iborat: 

-  xalqimiz  o’tmishidagi  millat  taqdiri  bilan  bog’liq  bo’lgan  tarixiy 

jarayonlarni chuqur ilmiy tadqiq etish, holisona yoritish

-  O’zbekistonning  yangi  tarixini  yozishda  tarix  bosqichlari  va  ijtimoiy-

siyosiy  taraqqiyoti  uzluksiz  jarayon  ekanligini  nazarda  tutish,  tarixiylik  va 

vorisiylik tamoyillariga amal qilish

-  O’zbekiston  xalqining  buyuk  tarixiy  merosga  ega  ekanligi  va 

umumbashariyat  qadriyatlariga  munosib  hissa  qo’shganligini  eotirof  etgan  holda 

o’ziga  xos  davlat  qurilishi  anoanalari  va  ularga  nisbatan  fikrlar,  qarashlar  xilma-

xilligini hisobga olish; 

- “O’zbekistonning yangi tarixi”ning har bir qismi va bo’limlarini yozishda 

biryoqlama, sub’ektiv yondoshuvlarga yo’l qo’ymasdan holisona tadqiqot usuliga 

amal qilish;  

-  “O’zbekiston  tarixi"ga  oid  voqea-hodisalarni  yoritishda  uning  ko’xna 

Turoni-zamin, Turkiston tarixining tarkibiy qismi bo’lganligini yodda saqlash: 

-  O’zbekiston  tarixi  dunyoning  turli  mintaqalarida  sodir  bo’lgan  ijtimoiy-

tarixiy  voqea-hodisalar  hamda  jahon  taraqqiyoti  jarayonlari  bilan  uzviy  bog’liq 

ekanligini va ularning bir-biriga o’zaro taosirini hisobga olish; 

- tadqiqot yaratishda eski kommunistik-bolpshevistik mafkura aqidalariga va 

o’tmishni soxtalashtirishga yo’l qo’ymaslik, tarixiy jarayonlarni holisona baholash


15 

 

-  yoshlarni  milliy  istiqlol  g’oyalari,  vatanparvarlik  va  umuminsoniylik 



ruhida tarbiyalashda tarixiy voqea-hodisalarning ahamiyatini eotiborga olish. 

O’zbekiston 

Respublikasi 

Vazirlar 

Mahkamasining 

“O’zbekiston 

Respublikasi  Fanlar  Akademiyasi  tarix  instituti  faoliyatini  takomillashtirish 

to’g’irisida”gi    1998  yil  27  iyulda  eolon  qilingan  qarori  Respublikamizda  tarix 

fanining qaytadan tiklanishi va rivojlanishida tarixiy voqea bo’ldi. 

Qarorda  Vatanimizda  tarix  fanining  rivojlanishini  taominlaydigan  ishlarni 

tashkiliy  jihatdan  qayta  qurish,    texnikaviy  jihozlash,    kadrlar  tayyorlash;  bu 

ishlarni mablag’ bilan taominlash chora-tadbirlari belgilangan. Bu chora-tadbirlar, 

asosan,  bir  narsaga  -  “O’zbek  xalqi  va  uning  davlatchiligi  haqqoniy  tarixini 

o’rganish,  mamlakatimiz  va  chet  ellarda  mavjud  tarixiy  manbalar  tahlili  asosida 

olingan ilmiy  natijalarning  jahon  miqyosidagi  eotirofiga erishish, ularga  tayangan 

holda  ilmiy,  ilmiy-ommabop  asarlar,  darsliklar,  turli  adabiyotlar  yaratish  va 

mazkur  bilimlarni  keng  yoyish  hamda  tarix  sohasida  yuqori  malakali  kadrlar 

tayyorlash”ni  taominlash  va  bu  ishda  Fanlar  Akademiyasi  Tarix  instituti 

faoliyatining bosh maqsadi bo’lishi kerak, deb ko’rsatilgan. 

SHuni alohida taokidlash joizki, yirik davlat arbobi va isteododli olim Islom 

Karimovning  bir  qator  kitoblarida  va  nutqlarida  iqtisod  va  siyosatga, 

ma’naviyatning  turli  sohalariga  bo’lgani  kabi  Vatan  tarixiga  ham,  o’tmishimizga 

to’g’ri  munosabatda  bo’lish  zarurligi  haqida  ham  qimmatli  fikrlar  bor.  Masalan, 

yuqorida  taokidlaganimizdek,  u  o’zining  “O’zbekistonning  o’z  istiqlol  va 

taraqqiyot  yo’li”  kitobida  shunday  deb  yozadi:  “Tarixga  murojaat  qilar  ekanmiz, 

bu  xalq  xotirasi  ekanligini  nazarda  tutishimiz  kerak.  Xotirasiz  barkamol  kishi 

bo’maganidek, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi”. 

“Xalqimizning  otashqalb  farzandi”  kitobida  I.A.Karimov  o’zining  Vatan 

tarixiga  qarashlarini  izchilik  bilan  rivojlantirib,  quyidagilarni  yozgan:  “Bugungi 

zamon  bahosini  berish  uchun  avvalambor,  kechagi  kunga  -  o’tmishga  nisbatan 

qanday munosabatda ekanimizga baho berish kerak”.  

I.A.Karimovning “O’zbekiston - kelajagi buyuk davlat” kitobidagi bir fikrga 

diqqat qilish joizdir. Hech mubolag’asiz aytish mumkinki, quyidagi so’zlar tarixchi 


16 

 

-  tadqiqotchilarimiz  izlanishlari  uchun  metodologik  asos  bo’la  oladi:  “Biz  yangi 



hayot  uchun  bel  bog’ladik,  biroq  o’tmishga  malomat  toshlarini  otmadik. 

Halqimizning  o’tmishga  tosh  otish  -  gunohi  azim,  degan  asl  aqidasini  yodda 

tutdik...  o’tmishni  taftish  qilish  yoki  uni  inkor  etish  -  o’z  ildizimizni  o’zimiz 

kesishimiz bilan barobar ekanligini yaxshi angladik...” 

Bu gaplarni tarixchilarimiz, baozi ijodiy ziyolilarimiz ham o’qib, ham uqib 

olishlari kerak, chunki ilgari ular bunga amal qilmadilar va hozir ham to’la amal 

qilayotirlar, deb bo’lmaydi. 

SHuning  uchun  ham  Prezidentimiz  1998  yilning  iyunp  oyi  oxirlarida  bir 

guruh  yetakchi  tarixchilar  hamda,  ziyolilarning  ayrim  vakillari  bilan  suhbat 

o’tkazdilar.  Bu  suhbat  “Tarixiy  xotirasiz  kelajak  yo’q”  degan  sarlavha  bilan 

“Muloqot” jurnalining 5-sonida va alohida risola sifatida nashr qilindi. 

Prezidentimiz  suhbatda  Vatan  tarixining  bir  qator  dolzarb  muammolari 

haqida so’z yuritdilar. Bular asosan quyidagicha: 

1.  Vatan  tarixini  yaratishning  yagona  kontseptsiyasi  yo’q.  Obro’li  tarixchi 

olim fikri ilmiy hukm bo’lib qolmoqda. Munozara, turli fikrlilik yo’q. 

2. Bugun xalqning holis tarixi yaratilmagan, bor qo’llanmalar talabga javob 

bermaydi. 

3.  O’zbek  davlatchiligining  rivojlanish  bosqichlari  konkret  ko’rsatilmagan. 

O’zbek  millatining  shakllanish  tarixini,  davlatchiligimizning  paydo  bo’lishi 

asoslarini ko’chmanchi xalqlarga bog’lashga intilish kuchli. 

4.  O’zbek  davlatchiligi  asosi  tubjoy  xalqlardan,  masalan,  Xorazmdan 

boshlanganligi, bunga “Avesto” guvoh ekanligi baralla aytilmadi. 

5.  Tezda  jiddiy    tadqiqotlarni  tuzish  kerak,  bu  ma’naviyatimiz  uchun  ham, 

siyosat  uchun  ham  kerak,  chunki  u  tarix  ma’naviyatni  shakllantirishga,  siyosatga 

xizmat  qiladi,  yangi,  holisona  yozilgan  tarixsiz  siyosatda  xatolarga  yo’l  qo’yish 

mumkin. 


Prezidentimiz,  avvalo,  yangi  Vatan  tarixini  yaratish  ishi  orqaga  surilib 

kelinayotganligidan  qoniqmaganliklarini  bildirdilar,  olib  borilayotgan  tadqiqot 



17 

 

ishlari  talabga  javob  bermasligini  aytdilar.  Bunga  asosiy  sabab  Vatan  tarixini 



yoritishning yagona kontseptsiyasi yo’qligi, dedilar. 

Komil  insonni  tarbiyalashda  Vatan  tarixining  roliga  Prezidentimiz  alohida 

urg’u  beradilar.  “O’zlikni  anglash  tarixni  bilishdan  boshlanadi”,  -  deb  yozadi 

Prezidentimiz “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” risolasida. 

“Ma’naviyatni  tiklash,  tug’ilib  o’sgan  yurtida  o’zini  boshqalardan  kam 

sezmay,  boshini  baland  ko’tarib  yurishi  uchun  insonga,  albatta,  tarixiy  xotira 

kerak.  Tarixiy  xotirasi  bor  inson-irodali  inson.  Takror  aytaman,  irodali  insondir”. 

YAna “Inson uchun tarixdan judo bo’lish - hayotdan judo bo’lish demakdir”. 

Ona  Vatanimiz  tarixining  nomlanishi  masalasida  ham  olimlar  o’rtasida 

turlicha  fikr  va  qarashlar  bor.  So’nggi  yillarda  fanimizning  nomi  o’qitilish 

ob’ektiga moslangan holda «Vatan tarixi», «O’zbekiston tarixi», «Tarix», nomlari 

bilan atalmokda. Vatanimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritib jahon hamjamiyatiga 

qo’shilgan  ekan,  tariximizning  komil  insonni  tarbiyalashdagi  o’rni  benihoya 

kattadir. SHu jihatdan olganda: 

Birinchidan, Vatan tarixi yosh avlod ongida g’oyaviy-siyosiy, nazariy-ilmiy 

dunyo  qarashni  shakllantirishi  lozim,  voqea  va  hodisalarlarga  tarixiy  nuqtai 

nazaridan  yondashadigan  har  tomonlama  yetuk  barkamol  Insonni  tarbiyalash 

kerak. 


Ikkinchidan,  Vatan  tarixi  fani  mustaqil  O’zbekiston  yoshlari  ongida  milliy 

vijdonning  uyg’onib  shakllanishiga  ko’m  aqlashadi.  YOshlar  ajdodlarimiz 

taraqqiyot  yo’lining  tarixiy  tajribasini  o’rgangandagina,  ularda  istiqlol  tafakkuri, 

hozirgi  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  turmushni  o’tmish  bilan  qiyoslash  hamda 

kelajakka  nazar  solish  malakasi  shakllanadi,  milliy  jihatdan  uyg’onadi.  Milliy 

o’zlikni anglamasdan, milliy tafakkurni shakllantirmasdan turib baynalminalchilik 

haqidagi har qanday g’oya va qarashlar mantiqsiz ekanligini anglaydi. 

Uchinchidan,  Vatan  tarixi  fani  yoshlarimizni  otashin  vatanparvarlik 

an’analari  ruhida  tarbiyalaydi.  Tarix  fanining  deyarli  har  bir  mavzusi  bu  borada 

boy imkoniyatlarga egadir. 



18 

 

Turtinchidan, Vatan tarixi yosh avlodni ulug’  xalqimizning olijanob milliy 



qadriyatlari  va  ahloqiy  fazilatlari.  Halollik  va  poklik,  odillik  va  adolatlilik, 

insonparvarlik  va  rostgo’ylik,  mehnatsevarlik  va  kamtarlik,  iymonlilik  va 

e’tiqodlilik  ruhida  tarbiyalaydi.  Vatan  va  xalq  oldidagi  burchga  sadoqatni  qaror 

toptiradi. 

Beshinchidan,  Vatan  tarixi  fani  yoshlarimizni  baynalminalchilik  ruhida 

tarbiyalash  qurolidir.  YOshlarimiz  bu  fanni  o’qish,  o’rganish  va  mutoalaa  qilish 

jarayonida  O’zbekiston  jahon  hamjamiyatining  ajralmas  tarkibiy  qismi  va  bir 

bo’lagi  ekanligini  tushunib  oladilar.  O’zbekiston  azaldan  ko’p  millatli  mamlakat 

ekanligi, o’zbek xalqi va buyuk allomalarimiz, fan va madaniyat arboblarimizning 

jahon    taraqqiyotiga  ko’shayotgan  munosib  hissasi  bilan  qonuniy  suratda 

faxrlanadilar. 

«Tarixiy  xotirasiz  kelajak  yo’q»  -  nomli  risolasida  I.  Karimov 

ta’kidlaydiki, «Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb 



e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo ongi yuksak, mustaqil fikrlay 

oladigan,  hulq-atvori  bilan  o’zgalarga  ibrat  bo’ladigan  bilimli,  ma’rifatli 

kishilarni  tushunamiz.  Ongli, bilimli  kishini  esa  oldi-qochdi  gaplar  bilan aldab 

bo’lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko’radi.  O’z fikr-o’yi, 

xulosasini  mantiq  asosida  qurgan  kishi  yetuk  odam  bo’ladi».  Darhaqiqat, 

qimmatli  fikrlar.  Tariximizni  bilish,  o’tgan  mutafakkirlar,  olimlar,  daholar,  xalq 

qahramonlari  haqidagi  ma’lumotlarni  o’rganish  albatta  kishilarimiz  tafakkurida, 

ongida,  xususan  biz  kelajakni  ularsiz  tasavvur  qilolmaydigan  yoshlarimiz 

tushunchalarida  keskin  ijobiy  o’zgarishlar  paydo  qiladi.  Uylab  ko’raylikchi, 

o’tmishda  hududimizga  bosqinchilik  bilan  kelgan  chet  el  bosqinchilariga  qarshi 

kurashgan, o’z hududi va elini ozodligi uchun jonini tikkan xalqning asl farzandlari 

-  To’maris,  Zarina,  SHiroqlar,  Spitamen,  Muqanna,  Torobiy,  Abu  Muslim, 



Jaloliddin  Manguberdi,  Temur  Malik,  mo’g’ul  istilochilari  sulolalarini  tugatib, 

markazlashgan  yirik  turk  imperiyasini  tuzgan  Temur,  chorizm  mustamlakasiga 

qarshi kurashgan milliy ozodlik harakati rahbarlari yetimxon, Po’latxon, Dukchi 

Eshonlar,  sho’rolar  hukmronligiga  qarshi  istiqlolchilar  harakati  namoyondalari-


19 

 

bularning  barchasining  jasoratdan  iborat  bo’lgan  faoliyatlari  nahotki  kishilarimiz 



qalbida  vatanparvarlik  ruhini,  o’z  yurtini  va  elini  sevish  va  e’zozlash  kabi 

fazilatlarini  ko’chaytirmasa,  nahotki  tariximizda  o’chmas  iz  qoldirgan  yirik 

olimlar,  shoirlar,  sarkardalar  (ularning  yuzlab  nomlarini  keltirishimiz  mumkin) 

faoliyatlari, ijodlari dunyo  miqyosidagi  ahamiyatga  ega bo’lgan va hozir ham  o’z 

qimmatini yo’qotmagan ishlari haqidagi ma’lumotlar odamlarimizda milliy g’urur, 

milliy iftixor, shuningdek, o’shalarga munosib bo’lishdek his-tuyg’uni uygotmasa. 

Bulardan xabardor bo’lish ayniqsa, yoshlarimizda ularga va ular qoldirgan-moddiy 

va  ma’naviy  merosga,  o’tmish  an’analariga  sodik  qolishdek  xususiyatni 

kuchaytiradi. 

Barchamizga  ayonki,  ma’naviy  barkamol  odamlar  xalq  taqdiri  va 

farovonligi,  Vatan  taqdiri  va  uning  ravnaqini  o’ylaydilar.  Ular  mutelikda, 

qaramlikda yashashni istamaydilar. SHuningdek, insonning insonligi uning pok va  

halolligi,  fidoiyligi  bilan  o’lchanadi.  SHuning  uchun  tariximizga  nazar  tashlasak, 

ota-bobolarimiz  hamisha  halol  bo’lishga,  fidoiylik  ko’rsatishga  da’vat  etib 

kelishgan.  Halol  bilan  haromni  farqlash  to’g’risida  nasihat  qilishgan.  SHuning 

uchun  Turkiston  hududida,  xususan  O’zbekistonda  uzoq  o’tmishdan  boshlab, 

ayniqsa  ta’lim-tarbiya  uchun  mo’ljallangan  kitoblarda  ilmi  odob,  husni  odob 

yo’nalishlariga  alohida  e’tibor  qilingan.  Diniy  yo’nalishlarda  esa  bolalarni 

yoshligidan 

boshlab, 

barcha 

insoniy 


fazilatlarni 

ma’nosini 

o’zida 

mujassamlashtirgan  hadislarni  o’qitish,  o’rgatish,  yodlatishga  harakat  qilingan. 



Demak,  shunday  xulosa  qilishimiz  mumkinki,  tarix  -  bu  buyuk  ustoz,  tarix  -  bu 

tarbiyachi, tarix  - bu  hayotiy  saboqlar  yig’indisi. Tarixni  o’rganish  - bu  beminnat 

o’qituvchiga  shog’ird  bo’lishdir.  SHuning  uchun ham  yana  bir  bor  ishonch  bilan 

aytamizki,  barkamol  insonni  yetishishida  O’zbekiston  tarixi  fanining  bilishni 

ahamiyati, o’rni ulkandir. 

Xulosa  qilib:  “Modomiki,  o’z  tarixini  bilgan,  undan  ruhiy  quvvat  oladigan 

xalqni  yengib  bo’lmas  ekan,  biz  haqqoniy  tariximizni  tiklashimiz,  xalqimizni, 

millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, 

yana bir bor qurollantirish zarur”. Bu vazifalarni bajarish uchun nima qilish kerak. 


20 

 

Vatan tarixi fanining vazfalarini Prezidentimiz lo’nda qilib ko’rsatdilar. “Fanning 



vazifasi  kelajagimizning  shakli-shamoyilini  yaratib  berish,  ertangi  kunimizning 

yo’nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qanday bo’lishini ko’rsatib berishdan 

iborat  deb,  tushunaman.  Odamlarga  mustaqillikning  afzalligini,  mustaqil 

bo’lmagan  millatning  kelajagi  yo’qligini,  bu  tabiiy  qonuniyat  ekanini  isbotlab, 

tushuntirish berish kerak. Fan jamiyat va taraqqiyotni olg’a siljituvchi kuch, vosita 

bo’lmog’i lozim”. Tarixni bilish davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi zarur, - deb 

ko’rsatadi I.Karimov. 

       


21 

 

3.  O’zbekistonda  ibtidoiy  jamiyat  va  uning  davrlari.  (Paleolit,  mezolit, 



neolit, eneolit va bronza davrlari manzilgoxlari). 

 

 

Qadimgi  taraqqiyot  (tsivilizatsiya)  tushunchasi.  Qadimgi  taraqqiyotning 

shakllanishi.  Qadimgi  odamlarning  dastlabki  makonlari.  Selengur,  Ko’lbuloq, 

Teshiktosh va boshqa manzillar. Olov va o’q-yoyning kashf etilishi). 

«Sivilizatsiya»  so’zi  nisbatan  yaqinda,  2  asr  muqaddam,  frantsuz 

ma’rifatchilari tomonidan ilmiy iste’foga kiritilgan, ular bu ibora orqali hur, ozod, 

odil, huquqiy tizimga ega grajdanlik jamiyatini ifoda qilganlar. Lotincha «civilis» 

Qadimdan grajdanlik, ya’ni harbiylashmagan jamiyat ma’nosida tushunilgan. 

Keyinchalik  bu  so’z  turlicha,  keng  mazmunda  ishlatiladigan  bo’lib  ketdi. 

Masalan, Amerikalik antropolog L. Morgan, uning ketidan nemis olimi F. Engels 

odamzod  tarixidagi  tsivilizatsiyani  yovvoyilik,  vaxshiylik  va  yarim  vaxshiylik 

davridan  keyin  kelgan  ijtimoiy  tizimi  shakllangan,  ijtimoiy  tabaqa  va  sinflar, 

Davlatlar,  xususiy  mulkchilik  tashkil  topgan  inson  jamiyati  rivojining  muhim 

bosqichi sifatida anglaganlar. Ingliz tarixchisi A. Toynbi tsivilizatsiyalarni hududiy 

madaniy-tarixiy taraqqiyot ko’rinishi deb hisoblagan. 

Sivilizatsiyaning  boshlanish  nuqtasi  va  asosiy  ob’ekti-bu  insondir.  Odam 

tabiat  ne’matlaridan  o’z  extiyoji  uchun  foydalanishga  va  uning  ustidan  o’z 

hukmronligini  o’tkazishga  intiladi.  TSivilizatsiya-bu  odamning  komillik, 

yetuklikka  intilish  belgisidir.  Al-(Forobiy  «Fozil  shahar  aholisining  maslagi» 

asarida  shunday  deydi:  «har-bir  inson  tabiatan  shunday  tuzilganki,  u  yashash  va 

oliy  darajadagi  yetuklikka  erishishga  harakat    qiladi».  Alloma  o’zining  boshqa 

risolasida  «Davlatning  vazifasi-insonlarning  baxt-saodatga  olib  borishdir.  Bu  esa 

ilm va yaxshi ahloq yordamida qo’lga kiritiladi», deb ta’kidlaydi. 

YUsuf Xos Hojib o’zining mashhur «Qutadg’u bilig» kitobida jamiyatning 

muvofiqlashtirish, uyg’unlashtirish, unga takomil baxsh etishning insonning asosiy 

burchi  deb  biladi.  Buning  uchun  avvalo  ilm  va  uni  xayotga  tatbiq  etish 

muhimligini uqtiradi. Uning suyukli qahramoni aql va bilim egasi bo’lgan. Alisher 

Navoiy komillikni insonni ma’rifatli bo’lishida, yuksak ma’naviyatida, adolatning 



22 

 

tantanasida  va  nihoyat,  xalq  va  yurtboshining  o’zaro  sadoqatidadir,  deydi. 



Frantsiya  donishmandlari  aql  va  adolatga  asoslangan  jamiyatni  tsivilizatsiyaga 

erishgan  mamlakat  deb  hisoblaganlar.  Mashhur  nemis  olimi  Gegel  esa 

tsivilizatsiyani  ma’naviy-ruhiy  madaniyatning  moddiy-texnik  asosi,  deb 

tushungan. 

Ko’rinib turibdiki, tsivilizatsiya zamirida aql-zakovat, farosat, xayotga ijodiy 

yondashish,  betinim  mehnat  kabi  fazilatlar  mujassam.  SHuning  uchun  ham 

ko’pchilik lug’atlarda tsivilizatsiya so’zi ijtimoiy taraqqiyot, moddiy va ma’naviy 

madaniyat darajasi deb talkin etiladi. 

Ko’p tarixshunoslarning fikricha, tarixni o’rganishga yondashish anchagina 

holis va ob’ektivdir. Jahonning asosiy qitalari kabi Markaziy Osiyo hududida ham 

ibtidoiy jamiyat rivojlanishining ma’lum bosqichlari mavjud. Paleolit eng qadimgi 

va  uzoq  asrlarni  o’z  ichiga  olgan  tosh  davridir.  Undan  keyingi  mezolit  davri 

miloddan  avvalgi  12-7  ming  yilliklarni  o’z  ichiga  oladi,  o’ng  neolit-miloddan 

avvalgi  6-4  ming  yilliklar,  eneolit  (mis-tosh)  davri-miloddan  avvalgi  4-3  ming 

yilliklar, bronza davri-miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklar va temir davri-miloddan 

avvalgi 1-ming yillikning boshlarini o’z ichiga oladi. 

Sayyoramiz  tarixida  eng  buyuk  voqea-odamzodning  hayvonot  dunyosidan 

ajralib  chiqishi  bo’lgan.  Bir  qancha  olimlar,  xususan  U.  Islomov,  odamlarni 

maymundan  emas,  balki,  maymunsimonlar  oilasiga  kirgan  jonzotlardan  uzoq 

vaqtlar  davomida  shakllangan,  degan  taxminni  qo’llaydilar.  SHarqiy  Afrikaning 

Olduvay  daryosi  o’zanida  eng  qadimgi  odam  suyaklari  topilgan.  Bu  suyaklar  1 

mln.  700  ming  yil  avval  yashagan  kishiga  mansub.  Antropogenez  fani 

odamzodning  paydo  bo’lish  davri  taxminan  5  mln.  yilni  o’z  ichiga  oladi  deb 

hisoblaydi. Neandertal kiyofali odamning tarkalishi miloddan avvalgi 100-40 ming 

yilliklarga  oiddir.  Zamonaviy  kiyofali  odamlarning  (kroman’onlarning)  paydo 

bo’lishi miloddan avvalgi 40-30 ming yilliklarga to’g’ri keladi. 

Qadimgi odamlarda ongning paydo bo’lishi, fikrlash qobiliyatining vujudga 

kelishi  juda  uzoq  va  g’oyat  murakkab  jarayon  bo’lgan.  Bu  haqda  olimlarda  turli 

muloxazalar  mavjud,  ammo  aniq  bir  narsa  ayonki,  yashashga  intilish,  jon  saqlab 


23 

 

qolish, tirikchilik qilish qadimgicha fikr qilishga, qiyoslash va takkoslashga majbur 



etgan. 

Hozirgi  zamon  odamiga  o’xshash  kishilar  shakllanganiga  ham  uzoq  ming 

yillar utibdi. Es-hushli odam (Homo Sapiens) ning shakllanish jarayoni murakkab 

sharoitlarda muhim boskichlardan o’tgan. Bu davrda eng muhimi anglash vositasi 

bo’lgan  inson  miyasining  shakllanishi  edi.  Ko’pchilikka  ma’lumki,  inson  miyasi 

maymunlar miyasiga qaraganda 4-5 marta kattadir. Bilamizki, har-bir mahluq sezgi 

organiga  ega. Lekin, faqat  odamzod  atrof   muhitni  anglash, idrok  etish, xulosalar 

chiqarish,  tabiatning  ayrim  elementlarini  o’z  manfaatlariga  moslash,  qulayliklar 

yaratishdek nodir ne’matga sazovor bo’ldi. 

Mezolit  davrida  jahonning  ko’p  qit’alarida  tektonik  o’zgarishlar:  yirik 

ekologik  tanazzul  yuz  berdi,  zilzilalar  bo’ldi,  muzliklar  eridi.  SHu  bois  tabiiy 

sharoit  ko’p  hududlarda  keskin  o’zgardi,  odamlarning  katta-katta  guruh  bo’lib 

iqlimi  durustroq  joylarga  ko’chishlari  bo’ldi  (shu  jumladan  Markaziy  Osiyoga 

ham).  YAngi  sharoitga  moslashish  esa,  kishini  yanada  faolroq  bo’lishini  taqozo 

qildi.  Ma’lumki,  o’q-yoy,  kamon  mezolit  davrining  mevasidir,  uning  tarixiy 

ahamiyati  barchaga  ayon.  Inson  tirikchilikning  yangi  manbalarini  izlaydi. 

Maxsulotni  sun’iy  ravishda  yetishtirishni  o’rgana  boshlaydi.  Boshoqli  donlar, 

xonaki  mol,  qo’y-echkilar,  ishlab  chiqarishni  yangi  qurollari  ko’p  mintaqalarda 

mezolit  va  neolit  davrining  mahsulidir.  Ko’pchilik  olimlar  ana  shu  asrlarni 

tsivilizatsiyaning 

dastlabki 

muhim 


qadamlari 

davri 


deb 

hisoblaydilar. 

Tadqiqotchilarning  ayrimlari  esa  «neolit  inqilobi  tsivilizatsiyalar  tarixining 

boshlanishi»  degan  xulosaga  keladilar.  Ularning  fikricha  dastlabki  tsivilizatsiya 

markazlari  Old  Osiyo  va  yaqin  SHarq  bo’lgan,xususan  Nil,  Frot,  Dajla,  so’ng 

Hind,  keyin  YAntszi  vohalari  tilga  olinadi.  Qadimshunos  olimlar  A.Amalrik  va 

A.Mongayt  fikricha,  Misr  inson  hayotining  ta’minlagan  va  madaniyatni  vujudga 

keltirgan  yurt,  eng  qadimgi  ziroatchilik  vatanidir.  Dehqonchilikni  paydo  bo’lishi 

kishilarga  boshqa  yumushlarni  amalga  oshirish  imkonini  yaratdi  va  asta  sekin 

hunarmandchilik rivojlana boshladi. 



24 

 

Markaziy  Osiyoning  qulay  geografik  sharoiti  ibtidoiy  davrning  dastlabki 



bosqichlaridanoq  kishilar  diqqat  e’tiborini  o’ziga  tortib  kelgan.  Hozirgi 

O’zbekistonning  Zarafshon,  Surxondaryo,  Qashqadaryo  bo’ylaridan,  Farg’ona 

vodiysi  va  uning  tog’  yon  bag’irlari  hududlaridan,  Ohangaron  va  CHirchiq 

daryolari atrofidan shuningdek Janubiy  Qozog’istonning, Qirg’iziston va Janubiy 

Turkmanistonning tog’ va tog’ oldi tumanlaridan ibtidoiy jamoa tuzumining barcha 

davrlariga oid  yodgorliklari  topilgan.  O’rta  tosh davriga  mansub ibtidoiy  kishilar 

manzilgohlari  Markaziy  Osiyoning  ko’p  joylarida  uchraydi.  Demak,  aholi  bu 

paytlarda  yurtimizda  keng  tarqalgan  bo’lib,  kishilar  turmushida  va  mehnat 

qurollarida  yangi  unsurlar  paydo  bo’la  boshlagan.  Endi  ular  ibtidoiy  tudadan 

urug’chilik jamoasiga o’ta boshlaydilar. Ana shu davrda o’lkamizda hozirgi zamon 

odamlariga  o’xshash  kromanonlar  paydo  bo’ldi.  Ular  tinimsiz  mehnat  natijasida 

aqliy  va  jismoniy  jihatdan  rivojlandilar  va  biologik  xususiyatlari  o’zgarib  bordi. 

Mehnat    qurollari  takomillashadi,  nutq  madaniyati  o’sib,  fikrlash  ancha  oshadi. 

Olov sun’iy tarzda yaratiladi, ovchilik ancha rivojlanib keng hududlarga tarqaladi. 

Qadimshunos  olimlar  U.Islomov,  A.Askarov,  A.Sagdullaev  o’z 

tadqiqotlarida  mintaqamiz  tarixining  eng  asosiy  sanalari  to’g’risida  to’xtalib, 



quyidagi muhim voqealarga diqqatni tortadilar. 

O’zbekiston  hududida  odamzodning  paydo  bo’lganidan  1  million  yilga 

yaqin  vaqt  o’tgan.  Eng  qadimgi  ajdojlarimizning  izlari  Farg’ona  viloyati  So’x 

tumani  Selungur  g’oridan  topilgan.  Olimlar  uni  «Fergantrop»  ya’ni  Farg’ona 

odami  deb  atadilar.  Surxandaryo  viloyati  Boysun  tumani  Teshiktosh  goridan 

neandertal odam bolasining qabri topilgan. U bundan yuz ming yil burun yashagan 

deb taxmin qilinadi». 

Odamzod tarixida bundan 40-35 ming, yil oldin ona urug’i (matriarxat) davri 

boshlandi.  Ona  urug’i  yuqori  paleolit,  mezolit,  neolit  va  eneolit  davrlarida 

hukmronlik  qilgan.  SHu  davrlarning  ilk  bosqichida  yevropali,  negrsimon  va 

mo’g’ulsimon  irqlar  shakllandi.  Bu  jarayonda  har  bir  urug’  va  irq  tarkalgan 

mintaqalarning  tabiiy-geografik  sharoitlari  o’z  ta’sirini  ko’rsatgan.  Bundan  35-12 

ming  yil  muqaddam  yurtimizda  tarixiy  san’at  vujudga  kela  boshladi.  O’q-yoy 


25 

 

mezolit  davrining  dastlabki  bosqichida  ixtiro  etilgan.  Demak  bu  kashfiyot  12-10 



ming yil burun paydo bo’lgan va insoniyat tarixida katta o’rin tutgan. 


Download 330,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish