Реферат мавзу: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy



Download 330,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana26.11.2019
Hajmi330,83 Kb.
#27188
TuriРеферат
  1   2   3
Bog'liq
ozbekiston tarixi fanining predmeti uni organishning nazarij-metadologik asoslari manbaalari va ahamiyati. markazij osiyo zhahon tsivilizatsiyasining azhralmas qismi


 

АНДИЖОН ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК ИНСТИТУТИ  



 

 

 

РЕФЕРАТ 

 

МАВЗУ: 

O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-

metodologik  asoslari,  manbalari  va  ahamiyati.  Markaziy  Osiyo  jaxon 

sivilizatsiyasining ajralmas qismi 

 

Текширди:    

 

Ф.Комолова 

 

Бажарди:    

 

СХМ 1/3 Гайббердиева Нилуфар 

 

 



 

 

 



 

КУЙГАН - ЁР-2014 

 

 

Mavzu. O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning 



nazariy-metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati. Markaziy Osiyo jaxon 

sivilizatsiyasining ajralmas qismi 

 

Reja: 

1.  I.Karimovning  “Tarixiy  xotirasiz  kelajak  yo'q”  asarida  vatanimiz 

tarixini yoritish va o'rganish asoslarining ishlab chiqilishi. 

2.  O'zbekiston  tarixi  predmeti  va  uni  o'rganishning  ahamiyati. 

O'zbekiston  tarixini  o'rganishning  nazariy-metodologik  asoslari  va  uni 

o'rganish tamoyillari. 

3.  O'zbekistonda  ibtidoiy  jamiyat  va  uning  davrlari.  (Paleolit,  mezolit, 

neolit, eneolit va bronza davrlari manzilgohlari). 

4.   Urug’chilik jamoasining shakllanishi. 

5.  Zardushtiylikning  vujudga  kelishi.  «Аvesto»  -  vatanimiz  tarixini 

o'rganishda muhim manba. 

 

 

1.  I.Karimovning  “Tarixiy  xotirasiz  kelajak  yo'q”  asarida  vatanimiz 



tarixini yoritish va o'rganish asoslarining ishlab chiqilishi. 

 

O’zbekiston  o’z  mustaqilligini  qo’lga  kiritgandan  so’ng  dastlabki 

kunlardanoq  mustaqillikni  mustahkamlashning  ulkan  vazifalari  qatorida  milliy 

istiqlol  mafkurasini  yaratishdek  dolzarb  vazifa  ham  kun  tartibi  masalalaridan  biri 

edi. CHunki endigina  mustaqillikka erishgan xalqimizning. ongida, tushunchasida 

hali  malum  bir  shubha,  qo’rquvga  o’xshash  holatlar,  sho’rolar  davri  va  komfirqa 

mafkurasining qoldiq va asoratlari saqlanib qolgan edi. qolaversa yangi,  mustaqil  

O’zbekiston  davlatining  ham  o’ziga  xos,  xalqni  to’g’ri  yo’ldan  ozod,  erkin, 

istiqlolga  boshlab  boruvchi  milliy  istiqlol  mafkurasi  ham  yaratilishi  shart  edi. 

Barchamizga malumki milliy mafkuraning o’ziga xos teran ildizi, asoslari bo’lishi 

kerak.  Bu  o’rinda  albatta,  ishni  avvalo  yashab  turgan  mamlakatimizning, 

xalqimizning  tarixini,  ajdodlarimiz  bosib  o’tgan  ham  sharafli,  ham  mashaqqatli 

yo’l  va  ular  yaratgan  moddiy-manaviy  meros  tarixini  o’rganishdan,  qolaversa, 

sho’rolar hukmronligi davrida tariximizni soxtalashtirilgan, o’chirilgan tomonlarini 

haqqoniy,  xalqona,  adolatli  yoritib,  elimizga  elon    qilishdan  boshlash  zarur  edi. 

SHuning  uchun  ham  yurtboshimiz  I.  Karimov  mustaqilligimizni  dastlabki 

kunlaridanok  tariximizni,  o’tmishimizni  mukammal  o’rganishga  alohida  etibor 

karatdi.  CHunki,  tarixni  o’rganish  va  bu  orqali  o’zligimizni  anglash-milliy 

mafkuraning  ajralmas,  tarkibiy  qismi  ekanligini  unutmasligimiz  kerak. 

O’tmishimizni  o’rganib    o’zligimizni  anglash  bilan  bir  qatorda,  ajdodlarimiz 

haqida,  ularning  tariximizdagi  o’rni  va  kelajak  avlodlar  uchun  bajarib  ketgan 

oliyjanob–ishlari  haqida:  o’tgan  mutafakkirlarimizning  iqtidori,  ijodi  jahon 

miqyosida  bo’lganligi  haqida,  shuningdek  ko’p  ming  yillik  bosib  o’tilgan 

yo’llardagi  boshdan  kechirilgan  urushlar,  bosqinlar,  qaramlik  davrlari-bularning 

bari haqidagi malumotlarni bilish xalqimiz ongida, tushunchasida juda katta ijobiy 

o’zgarishlar  yasaydi.  Milliy  g’urur,  milliy  faxr,  iftixor  tuyg’ularini  vujudga 

keltirish  bilan  birga,  ayni  vaqtda  milliy  istiqlol  mafkurasi  haqidagi  tushuncha  va 

bilimlarni ham tezroq o’zlashtirilishini osonlashtiradi. 



 

 Milliy istiqlol o’zbek xalqining asriy orzusi, armoni edi. Bu yo’lda minglab 

Vatan, yurt fidoyilari aziz jonlarini qurbon qildilar. Milliy mustaqillikning qo’lga 

kiritilishi katta yutuk, uning kadriga yetish, mustahkamlash, avaylab saqlab qolish 

mushkul  vazifa.  Xar  qanday  mamlakatning  qudrati,  uning  milliy  mustaqilligi, 

davlat chegaralarining daxlsizligi-o’sha mamlakat fuqarolarining o’z yurtiga mehr-

muhabbatli  qilib  tarbiyalanganliklari,  Vatan  mustaqilligi  va  milliy  istiqlol  uchun 

kurashda zarur bo’lsa jon fido qilishga ham tayyor bo’lishdek olijanob fazilatlarga 

ega  bo’lishliklariga  bog’liqdir.  Bu  fazilatlarni  mehnatkashlar  ommasi,  yurtimiz 

kelajagi  -  yoshlar  ongida  qaror  toptirish  va  shakllantirishda  Vatan  tarixini 

o’rganishning o’rni va imkoniyatlari cheksizdir.  

«O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi» - degandi I. Karimov. 

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining eng ulug’ nematlari Vatan 

tarixini xech qanday buyoklarsiz, amalda xayotda qanday bo’lgan bo’lsa, shunday 

holisona  o’rganish  imkoniyatiga  ega  bo’ldik.  Sovet  hokimiyati  yillarida 

O’zbekiston  maktablari  O’rta  maxsus  va  oliy  o’quv  yurtlarida  Vatan  tarixini 

o’qitish masalasiga umuman e’tibor berilmadi. 

Ajablanarlisi  shundaki,  sho’rolar  hokimiyati  yillarida  mamlakatimizning 

haqiqiy,  tom  ma’nodagi  Vatan  tarixi  holisona  yaratilmadi.  Maktablar  va  o’quv 

yurtlarida o’qitilgan darslik adabiyotlarda esa tariximiz soxtalashtirildi. Bu tarixiy 

kitoblarning  ko’pchiligida  o’zbek  xalqining  milliy  manfaatlari  oyoq  osti  qilindi, 

ulug’ rus millatchiligi,  «Katta va ulug’ og’a» manfaatlari yetakchi mavqega ega 

bo’lib,  hamma  voqea  va  hodisalarlar  unga  bo’ysundirildi.  Natijada  o’zbek 

xalqining  ma’naviy  hayotiga  putur  yetdi,  xalqning  siyosiy  ongi  o’tmaslashdi, 

ijtimoiy-siyosiy voqealarga befarqlik, loqaydlik hissi ko’chaydi. 

Rusiya  mustamlakachilari  qariyb  135  yillik  hukmronliklari  davomida 

o’lkamiz  xalqlari  o’rtasida  ruslashtirish  siyosatini  olib  bordilar,  xalqimizni 

tarixidan,  o’z  ona  tilidan,  dinidan  judo  qilish  yo’lini  tutdilar,  shaklan  milliy, 

mazmunan  sotsialistik  madaniyat  bayrog’i  ostida  milliy  urf-odatlarimiz,  ahloq-

odob va madaniyatimizga xuruj qildilar. O’zbekistonni Markazning xom  – ashyo 


 

yetkazib  beruvchi  bazasiga  aylantirdilar,  kommunistik  partiya  bunday  siyosatni 



SSSR  hududida  yashovchi  barcha  jumhuriyatda  va  sotsialistik  hamdo’stlik 

mamlakatlarida yurgizgan. 

Kommunistik  partiyaning  yurgizgan  ulug’  davlatchilik  mafkuraviy  siyosati 

xalqimiz  va  millatimiz  taqdiri  uchun  ayanchli  oqibat  va  natijalarga  olib  keldi. 

Vatan  tarixini  bilmaslik,  o’zbek  xalqining  milliy  qadriyatlari  va  urf-odatlaridan 

uzoqlashish  oqibatida  jamiyatda  shunday  avlod  vakillari  shakllandiki,  ularning 

aksariyatida  milliy  ong  va  milliy  g’urur  tushunchalari  so’nib  ketdi.  Ularning 

ongida O’zbekiston taqdiriga, o’zbek millati taqdiriga, madaniyatimiz, tariximiz va 

tilimiz,  dinimiz  taqdiriga  loqayd  va  befarqlik  munosabatlari  g’oyasi  ustivor 

mavqeni  eg’alladi.  Millat  istikboli  uchun  vaziyat  shu  darajada  haloqatli  nuqtaga 

yetdiki, O’zbekiston Respublikasi o’zining davlat mustaqilligiga erishgandan keyin 

ham,  o’z  taqdirimizni  o’zimiz  hal  qilish  imkoniyatiga  ega  bo’lganimizdan  so’ng 

ham  Vatan  tarixini  o’qitishga  qarshi  yo’l  tutuvchilar  ham  bo’ldilar.  Ular  o’z 

«g’oyalari»ni  asoslashga  intilib,  «O’zbekiston  tarixini    jahon    xalqlari  tarixi 



bilan  birga  qo’shib  o’qitish  kerak»,  «O’zbekistan  tarixi-bu  maktab  fani»

«Oliy  o’quv  yurtlarida  O’zbekiston  tarixining  o’rniga  O’zbekistonning 

ijtimoiy-siyosiy tarixini o’qitish lozim, jahon  xalqlari tarixini o’qitishga o’tish 

darkor», Oliy  o’quv yurtlarida umuman “O’zbekiston tarixini o’qitishga extiyoj 

yo’q» kabi fikrlarni o’rtaga tashladilar. Albatta bu milliy g’oyasizlik, milliy g’aflat 

va milliy vijdon inqirozining tub o’zagida o’z ona tarixidan bexabarlik yotadi. Bu 

esa  qullik,  tobelik  va  mustamlaka  muteligining  asosiy  ayanchli  kurinishidir. 

Darhaqiqat,  qullik,  tobelik  va  mustamlaka  muteligi  asorati  g’oyalaridan  ozod 

bo’lish uchun milliy ongni, tafakkurni, milliy vijdonni shakllantirmok kerak ekan, 

milliy ongni, milliy tafakkur va milliy vijdonni qaror toptirmok uchun nima qilmoq 

kerak. Buning uchun  ona  xalqimizning haqiqiy, tom  ma’nodagi  tarixini  o’rganish 

va  o’rgatish  lozim.  Xristian  ilohiyotchisi  A.Avgustian  «g’aflatda  yotgan  xalqni 



uyg’otish  uchun  avvalo  uning  tarixini  uygot»  deganda  haq  edi.  CHunki  tarix  

xalq  xotirasi,  vatanimizning  o’tmishi,  avlodlar  sevib,  e’zozlab,  o’rganib  saboq 



 

oladigan hayot maktabidir. XII asr allomasi SHaxobiddin Muhammad an-Nasaviy 



ona tarixning inson hayotidagi o’rniga yuksak baho berib bunday degan edi: 

Kimki tutmas qalbida tarixni, 

U inson ham emas, olim ham emas. 

Biroq kimki uqsa o’tmishini, 

Ko’p boyitar o’z turmushini. 

Tarix odamlarni o’ylatadi, bo’lib o’tgan tarixiy hodisalar va voqealarni tahlil 

qilish,  fikrlash  va  ulardan  amaliy  hayotiy  xulosalar  chiqarish  asosida  dasturiy 

harakatlar  yo’llanmasini  belgilashga  yordam  beradi.  Milliy  o’zlikni  anglashda, 

milliy  birlikni  shakllantirishda  shajaramiz  ulug’ligi  va  pokligini  bilishda,  dono 

xalqimizning  jahon xalqlari orasida tutgan  o’rniga  munosib  baho  berishda, uning 

boy  hayotiy  tajribalaridan  kengroq  foydalanishda,  xalqimizning  olijanob, 

hurriyatparvar  va  erkparvar  an’analarini  izchil  o’rganish  va  yanada  boyitishda, 

xullas barkamol haqiqiy inson shaxsini yaratishda Vatan tarixining o’rni benihoya 

kattadir. Vatan tarixi mustaqil davlatimiz ijtimoiy hayotida faol katnasha oladigan, 

idrokli va qobiliyatli, o’zining tarixiy ildizlarini anglashga qodir, yurtiga, vataniga, 

ona  xalqiga  cheksiz  mehr-muhabbat  his-tuyg’ulari  bilan  to’lib-  toshgan  avlodni 

kamol  toptirish,  ularning  ongida  milliy  istiqlol  tafakkuri  va  harbiy  vatanparvarlik 

g’oyalarini shakllantirish qurolidir. 

Vatan ostonadan, inson yashab nafas olib turgan go’shadan, insonni kindik 

koni to’qilgan xonadon tuprog’idan boshlanadi. SHu bois, inson ilk bor nafas olib, 

ulg’ayib voyaga yetgan ona zaminga mehr-muhabbat va sadoqatda bo’lishi, uning 

har bir hovuch  muqaddas tuprog’ini ko’ziga tutiyodek  surtishi,  unga  nisbatan bir 

umr farzandlik hissi bilan yashashi uning uchun ham farz ham karzdir. 

O’zbekiston  Prezidenti  Islom  Karimov  Vatan  tarixining  barkamol  insonni 

shakllantirishdagi o’rniga yuksak baho berib, «Tarixga murojaat kilar ekanmiz - 

bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi 

bulmaganidek,  o’z  tarixini  bilmagan  xalqning  kelajagi  ham  bo’lmaydi»,  - 

degan  edi.  O’tmishni  bugun  yaratib  bo’lmaydi,  o’tmish  bugunni  yaratadi. 

Tarixdagi  har  bir  ijtimoiy  yuksalish  jamiyatning  o’z  merosiga,  o’z  o’tmishiga 


 

bo’lgan  munosabatini  isloh  qilishdan  boshlangan.  o’tmishga  bo’lgan  har  qanday 



ijodiy  murojaat  esa  hamisha  inqilobiy  o’zgarishlarga  zamin  tayyorlagan,  o’tmish 

aqidalari bugun uchun xizmat qilgan. Biroq, o’tmishga murojaat  qilishdan avval, 

unga bo’lgan munosabatni halol, to’g’ri yo’lga solish kerak. Busiz tarixni holisona 

yaratish  mumkin  emas.  XXI  asr  bo’sag’asida  Vatanimiz  tarixida  yangi  davr 

boshlandi.  O’zbekiston  o’zining  davlat  mustaqilligini  qo’lga  kiritdi.  Dunyo 

xaritasida yana bir mustaqil davlat - O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi. 

Har  bir  xalq,  har  qaysi  mamlakat  o’zining  uzoq  va  betakror  tarixiga  ega 

bo’lganidek, O’zbekistonning, o’zbek xalqining tarixi ham boy va sermazmundir. 

Tarixiy  voqealarni  o’rganishda  ilmiy,  nazariy-metodologik  asoslarga 

tayanishning  ahamiyati  juda  katta.  SHo’rolar  davrida  uni  o’qitish  va  o’rganish 

ishlari  marksistik  metodologiyaga  bo’ysundirildi.  Har  qanday  voqeani  yoritishga 

komfirqa  mafkuraviyligi,  partiyaviylik,  sinfiylik  nuqtai  nazaridan  yondoshildi. 

Oqibatda  ko’pgina  tarixiy  voqea-hodisalar  soxtalashtirildi,  o’tmish  koralandi, 

ma’naviy  merosimiz,  milliy  qadriyatlarimiz  haqoratlandi.  YOsh  avlodga  ularni 

jirkanch  illat,  xurofot,  eskilik  sarqitlari  deb  o’rgatildi.  Tarix  faqat  jangu  -  jadal, 

urushlardan iboratdek qilib o’rganildi. 

O’zbekiston  tarixi  avvalo  Markaziy  Osiyo  mamlakatlari  tarixi  bilan, 

qolaversa  bashariyat  tarixi  bilan  chambarchas  bog’langan.  Qadim  zamonlardan 

yaqin yillargacha Vatanimiz O’rta Osiyo minta-qasidagi ko’pgina davlatlar bilan - 

Afg’oniston,  Eron,  SHimoliy  Hindiston  kabi  mamlakatlar  bilan  yagona  iqtisodiy 

va madaniy makonda bo’lib keldi. 

Bu  katta  hududda  yashovchi  urug’,  qabila,  qavm,  elatlar  etnik  jihatdan 

doimo  o’zaro  ta’sir  va  aloqada  bo’lganlar,  qo’shilish  jarayonini  boshdan 

kechirganlar,  ularning  ijtimoiy,  siyosiy,  iqtisodiy,  ma’naviy  hayoti  bir-biri  bilan 

o’zviy bog’liq o’tgan. SHu sababli O’zbekiston tarixini qo’shni mamlakatlar tarixi 

bilan  bog’liq  holda  o’rganish  taqozo  etadi.  Qozoq,  qirg’iz,  qoraqalpoq,  turkman, 

tojik, fors, afg’on, hind, arab va boshqa xalqlar tarixini qanchalik yaxshi bilsak, u 

O’zbekistonni  xalqlari  tarixini  shunchalik  chuqur,  har  tomonlama  o’rganishga 

imkon yaratadi, ko’maqlashadi. 


 

Tarixiy  voqea,  hodisalarlarni  o’rganish,  tahlil  etish  va  yoritishda  holisona, 



haqqoniy,  adolatli  yondoshuv  muhim  metodologik  qoidadir.  Xolislik  qoidasini 

tarixiy  voqea,  hodisalarlarni  o’rganayotganda,  ular  bilan  bog’liq  bo’lgan  barcha 

faktlarning  xech  bir  istisnosiz  butun  majmuani  birga  olib  tekshirishni,  aniq 

haqqoniy dalillarga asoslanib ishlashni talab qiladi. Tarixiy hodisalarlarni bir butun 

holda o’zaro aloqada va munosabatda deb tekshirish lozimdir. 

Tarixni  o’rganishda  tarixiylik  metodologiyasi  muhim  ahamiyatga  ega. 

Tarixiylik qoidasi voqea, hodisalarlarni o’z davrining aniq tarixiy sharoitidan kelib 

chiqqan  holda  o’rganishni  taqozo  etadi.  Voqea-hodisalarlarni  o’rganishda  tarixiy 

bog’lanish,  tarixiy  rivojlanish  jarayoniga  e’tibor  qilmoq  zarur.  Har  bir  voqea, 

hodisalarni  boshqa,  voqea-hodisalarlar  bilan  bog’lab  o’rgangandagina  mazkur 

voqea-hodisalarning umumiy tarixiy jarayonidagi o’rnini to’g’ri aniqlash, belgilash 

mumkin bo’ladi. Har-bir voqea-hodisalarga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, 

bo’lagi deb qaramoq zarur. Har bir hodisalarga qanday tarixiy sharoitda, muxitda 

paydo  bo’lganligini  bu  hodisalar  o’z  taraqqiyotida  qanday  asosiy  bosqichlarni 

o’tganligini, keyinchalik u qanday bo’lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining 

asosiy talabidir. 

Tarixiylik metodologiyasi xalqning o’tmishini, hozirgi zamon va kelajagini 

yagona  tabiiy  tarixiy  jarayon  deb,  o’tmish  Hozirgi  zamonni  tayyorlaydi,  hozirgi 

zamon  kelajakni  yaratadi,  degan  taraqqiyot  qonuni  asosida  qaraydi.  O’tmishni, 

ajdodlarimiz  tarixini  qanchalik  yaxshi  bilsak,  anglab  yetsak,  hozirgi  zamonni, 

mustaqilligimiz  mazmunini  shunchalik  mukammal  tushunamiz,  kelajakni  to’g’ri 

tasavvur etamiz. 

Tarixiy  jarayonni  o’rganishda  ijtimoiy  yondashuv  printsipiga  rioya  etish 

zarur  bo’ladi.  Ijtimoiy  yondoshuv  metodologiyasini  tarixiy  jarayonlarni  aholi 

barcha tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda o’rganishni taqozo etadi. 

Voqealarni  alohida  bir  ijtimoiy  tabaqa-kambag’allar,  yo’qsillar  yoki  mulkdor, 

boylar  manfaati  nuqtai  nazaridan  turib  tahlil  etish,  yoritish  bir  tomonlama 

yondoshuv bo’lib, u tarixni soddalashtiradi, to’g’ri xulosaga olib kelmaydi. 



 

Mamlakatimiz tarixini o’rganishda milliy qadriyatlar, xalq an’analari va urf-



odatlarini, din, islom dini tarixi, odamlarning diniy e’tiqodlari, diniy ta’limotlar va 

ularning  asoschilari  faoliyatini    tahlil  qilishga,  yoritishga  tsivilizatsion 

munosabatda  bo’lib,  ularni  hurmatlash,  e’zozlash  nuqtai  nazaridan  yondoshmok 

kerak.  Xayot    xalqning  necha  ming  yillar  davomida  yaratgan  ma’naviy 

madaniyatini  ahloqiy  mezonlarini  ikkiga  –  ekspluatatorlik  madaniyati  va  ahloqi 

hamda ekspluatatsiya qilinuvchilar madaniyati va ahloqiga bo’lish va birinchisini 

qoralashdan  iborat  bol’sheviklarcha  yo’riqnomaning  naqadar  zararli  ekanligini 

ko’rsatdi.  Ma’naviy  merosga  bunday  yondashuv  ma’naviy  qashshoqlanishga, 

milliy  qadriyatlarning,  urf-odatlarning  oyoq  osti  qilinishiga,  ko’pgina  olimlar, 

ma’rifatparvar ziyolilar, ruhoniylarning badnom qilinishiga olib kelganligini xech 

kachon  unutmaslik  kerak.  Tarixni  o’rganishda  yuqoridagi  metodologik  qoidalar 

bilan  bir  qatorda  faktlarni  takkoslash,  mantiqiy-qiyosiy  xulosalar  chiqarish, 

davrlashtirish,  sotsialistik  tadqiqotlar  o’tkazish,  statistik,  matematik  va  boshqa 

usullardan ham foydalaniladi. 

 


10 

 

2.  O'zbekiston  tarixi  predmeti  va  uni  o'rganishning  ahamiyati. 



O'zbekiston  tarixini  o'rganishning  nazariy-metodologik  asoslari  va  uni 

o'rganish tamoyillari. 

 

Tarixni  o’rganishning  muhim  nazariy  metodologik  asoslari  bor.  Bulardan 

biri  dialektik  metod.  Insoniyat  hayoti,  jamiyat  taraqqiyoti  dialektik  jarayondir. 

Dialektika  olam  yagona  va  yaxlit,  unda  sodir  bo’ladigan  hodisalar,  voqealar 

umumiy va o’zaro bog’lanishi, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo’ladi, 

deb  taolim  beradi.  Dialektik  metodologiya  har  qanday  mamlakat  tarixini  jahon 

xalqlari  tarixi  bilan  bog’liq  holda  o’rganishni  taqozo  etadi.  Negaki,  har  bir  xalq 

tarixi milliylik, o’ziga xos betakror xususiyatlari bilan jahon tarixi, butun insoniyat 

taraqqiyoti bilan umumiy bog’lanishidadir. 

Darhaqiqat,  O’zbekiston  tarixi  avvalo  Markaziy  Osiyo  mamlakatlari  tarixi 

bilan,  qolaversa  bashariyat  tarixi  bilan  chambarchas  bog’langan.  Qadim 

zamonlardan  yaqin  yillargacha  Vatanimiz  O’rta  Osiyo  mintaqasidagi  ko’pgina 

davlatlar:  Afg’oniston,  Eron,  SHimoliy  Hindiston  kabi  mamlkatlar  bilan  yagona 

iqtisodiy  va  madaniy  makonda  bo’lib  keldi.  Bu  katta  hududda  yashovchi  urug’, 

qabila,  qavm,  elatlar  etnik  jihatdan  doimo  o’zaro  taosir  va  aloqada  bo’lganlar, 

qo’shilish  jarayonini  boshidan  kechirganlar,  ularning  ijtimoiy,  siyosiy,  iqtisodiy, 

maonaviy  hayoti  bir-birlari  bilan  uzviy  bog’liq  o’tgan.  SHu  sababli  O’zbekiston 

tarixini qo’shni mamlkatlar tarixi bilan bog’liq holda o’rganish taqozo etiladi. 

Tarixiy  voqea,  hodisalarni  o’rganish,  tahlil  etish  va  yoritishda  holislik-

haqqoniy,  adolatli  yondoshuv  muhim  metodologik  qoidadir.  Xolislik  qoidasini 

tarixiy  voqea,  hodisalarni  o’rganayotganda  ular  bilan  bog’liq  bo’lgan  barcha 

faktlarning  hech  bir  istisnosiz  butun  majmui  bilan  birga  olib  tekshirishni,  aniq 

haqqoniy dalillarga asoslanishini talab qiladi. 

Tarixni  o’rganishda  tarixiylik  metodologiyasi  muhim  ahamiyatga  ega. 

Tarixiylik  qoidasi  voqea-hodisalarni  o’z  davrining  aniq  tarixiy  sharoitidan  kelib 

chiqqan  holda  o’rganishni  taqozo  etadi.  Voqea  -  hodisalarni  o’rganishda  tarixiy 

bog’lanish,  tarixiy  rivojlanish  jarayoniga  eotibor  qilmoq  zarur.  Har  bir  hodisa 


11 

 

qanday tarixiy sharoitda, muhitda bo’lganligini bu hodisa o’z taraqqiyotida qanday 



asosiy  bosqichlarni  o’tganligini,  keyinchalik  u  qanday  bo’lib  qolganligini  bilish 

tarixiylik qoidasining asosiy talabidir. Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik 

nuqtai  nazaridan  turib  baho  bermoqchi  bo’lsak,  birinchidan,  u  qachon,  qanday 

tarixiy  sharoitda  paydo  bo’ldi,  ikkinchidan  u  o’z  taraqqiyotida  qanday 

bosqinchilarni bosib o’tdi, uchinchidan, u hali ham mavjudmi?, hozir qay ahvolda, 

qanday bo’lib qoldi?, degan savollarga aniq javob berishi zarur bo’ladi. 

Tarixiylik metodologiyasi xalqning o’tmishini, hozirgi zamon va kelajagini 

yagona  tabiiy  jarayon  deb,  o’tmish  hozirgi  zamonni  tayyorlaydi,  hozirgi  zamon 

kelajakni yaratadi degan taraqqiyot qonuni asosida qaraydi. Insoniyat ana shunday 

umumiy yo’ldan borayotgan ekan, porloq hayot, turmush qurmoqchi bo’lgan avlod 

tarix  fani  orqali  o’z  o’tmishini  yaxshi  bilmog’i  lozim.  O’tmishni,  ajdodlarimiz 

tarixini  qanchalik  yaxshi  bilsak, anglab    yetsak, hozirgi  zamonni, mustaqilligimiz 

mazmunini  shunchalik  mukammal  tushunamiz,  kelajakni  to’g’ri  tasavvur  etamiz. 

SHuningdek, hozirgi  zamonni bugungi  avlodning bunyodkorlik  faoliyatini to’g’ri 

idrok etish o’tmishni, tariximizni chuqur anglashga ko’maklashadi. 

Insoniyat  taraqqiyotining  ma’lum  bosqichida  urug’chilik  tuzumi  yemirilib, 

xususiy  mulkchilik  kelib  chiqib,  urug’  jamoalari  turli  ijtimoiy  tabaqalarga 

bo’lingach, tarixiy voqea va hodisalar ana shu tabaqalarning manfaati bilan bog’liq 

holda  kechadigan,  har  bir  ijtimoiy  tabaqa  o’z  manfaati  nuqtai  nazaridan  harakat 

qiladigan,  ularning  manfaati  bir-biri  bilan  to’qnashadigan  bo’lib  qoldi.  Bunday 

vaziyatda  sodir  bo’lgan  voqealarni,  tarixiy  jarayonni  o’rganishda  ijtimoiy 

yondoshuv  printsipiga  rioya  etish  zarur  bo’ladi.  Ijtimoiy 

yondoshuv 

metodologiyasi  tarixiy  jarayonlarni  aholi  barcha  tabaqalarining  manfaatlarini 

hisobga  olgan  holda  o’rganishni  taqozo  etadi.  Voqealarni  alohida  bir  ijtimoiy 

tabaqa-kambag’allar,  yo’qsillar  yoki  mulkdor,  boylar  manfaati  nuqtai  nazaridan 

turib  tahlil  etish,  yoritish  bir  tomonlama  yondoshuv  bo’lib,  u  tarixni 

soxtalashtiradi, to’g’ri xulosaga olib kelmaydi. 

Ijtimoiy  yondoshuv  printsipi  davlat  arboblarining,  siyosiy  kuchlar, 

partiyalar,  turli  uyushmalar,  ular  yo’lboshchilarining  tarixiy  taraqqiyot  darajasiga 



12 

 

ko’rsatgan ijobiy yoki salbiy taosirini, jamiyatni u yoki bu yo’ldan rivojlanishidagi 



rolini bilib olishda muhim axamiyatga egadir.  

Mamlakatimiz  tarixini  o’rganishda  milliy  qadriyatlar,  an’analari  va  urf-

odatlari,  islom  dini  tarixi,  odamlarning  diniy  eotiqodlari,  diniy  taolimotlar  va 

ularning asoschilari faoliyatini tahlil qilishga, yoritishga tsivilizatsion munosabatda 

bo’lib, ularni hurmatlash, eozozlash nuqtai nazaridan yondoshmoq kerak. Xalqning 

necha ming yillar davomida yaratgan ma’naviy madaniyatini, axloqi, mezonlarini 

ikkiga - ekspluatatorlik  madaniyati va axloqi hamda ekspluatatsiya madaniyati va 

ahloqga  bo’lish  va  birinchisini  qoralashdan  iborat  lenincha  yo’riqnomaning 

naqadar  zararli  ekanligini  ko’rsatadi.  Ma’naviy  merosga  bunday  yondoshuv 

maonaviy  qashshoqlashuvga,  milliy  qadriyatlarning,  urf-odatlarning  oyoq  osti 

qilinishiga,  ko’pgina  olimlar,  maorifatparvar,  ruhoniylarning  badnom  qilinishiga 

olib  kelganligini  hech  qachon  unutmaslik  kerak.  Tarixni  o’rganishda  yuqoridagi 

metodologik  qoidalar  bilan  bir  qatorda  faktlarni  taqqoslash,  mantiqiy-qiyosiy 

xulosalar  chiqarish,  davrlashtirish,  sotsiologik  tadqiqotlar  o’tkazish,  statistik, 

matematik va boshqa usullardan ham foydalaniladi. 

Xullas,  biz  O’zbekiston  tarixi  fanining  Prezidentimiz  aytganlaridek 

“davlatga,  xalqqa,  jamiyat  taraqqiyotiga  xizmat  qilishi  lozimligini  unutishga  aslo 

haqqimiz yo’q”. 

Prezidentimiz  “Fidokor”  gazetasi  muxbiri  bilan  bo’lgan  suhbatlarida  komil 

insonni yaratishda, milliy g’oya va milliy mafkurani shakllantirishda tarix fanining 

roliga  yana  bir  bor  yuqori  baho  berib  shunday  dedilar:  “...Milliy  mafkurani 

shakllantirishda eng katta manba - bu xaqqoniy yoritilgan tarixdir. Tarixni bilmay 

turib, mafkuraning falsafiy negizlarini anglab bo’lmaydi.” 


Download 330,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish