Davlat qarzini o‘zlashtirish yo‘nalishlari
Qayd etilishicha, 2020 yildan boshlab O‘zbekiston nomidan yoki davlat kafolati ostida yangi jalb qilinadigan qarzi hajmiga yillik limitlarni qonuniy belgilash amaliyoti joriy qilindi. Xususan, «2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq 2021 yil uchun O‘zbekiston nomidan va davlat kafolati ostida ichki va tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik yangi bitimlarning cheklangan sof hajmi 5,5 mlrd AQSh dollari, shundan Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun — 2,2 mlrd AQSh dollari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun — 3,3 mlrd AQSh dollari miqdorida belgilangan.
2021 yil 1 iyul holatiga O‘zbekiston nomidan umumiy qiymati 972 mln dollar miqdoridagi 8 ta tashqi qarz bitimi imzolangan. Jumladan:
budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun — 330 mln dollar;
sog‘liqni saqlash, aholini toza ichimlik suvi va kanalizatsiya bilan ta’minlash, chorvachilik, kimyo sanoatini rivojlantirish va boshqa muhim ijtimoiy va strategik ahamiyat kasb etuvchi loyihalarni moliyalashtirish uchun — 642,0 mln dollar.
Mazkur mablag‘lar nufuzli xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining imtiyozli shartlardagi uzoq muddatli (40 yilgacha) kreditlari hisobidan jalb qilingan.
2021 yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston Respublikasining kafolati taqdim qilinmagan. Yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi nomidan umumiy qiymati 2,24 trln so‘m miqdorida davlat qimmatli qog‘ozlari joylashtirilgan.
Davlat tashqi qarzining tarmoqlar kesimida taqsimoti
Birinchi yarim yillik yakuniga ko‘ra jami davlat tashqi qarzining 21,6 foizi (4,7 mlrd dollar) davlat budjetini qo‘llab-quvvatlashga, 14,1 foizi (3,1 mlrd dollar) elektr-energetika sohasiga, 12,5 foizi (2,7 mlrd dollar) energetika sohasiga, 11,6 foizi (2,5 mlrd dollar) transport va transport infratuzilmasiga, 9,2 foizi (2,0 mlrd. Dollar) uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalariga yo‘naltirilgan.
2021 yil 1 iyul holatiga, mlrd dollar
|
Osiyo taraqqiyot banki
|
5,0
|
Jahon banki
|
3,8
|
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi
|
2,2
|
Xitoy davlat taraqqiyot banki va boshqalar
|
2,2
|
Xitoy eksimbanki
|
2,0
|
Xalqaro investorlar
|
1,7
|
Islom taraqqiyot banki
|
0,9
|
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki
|
0,6
|
Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg‘armasi va boshqalar
|
1,0
|
Boshqa xalqaro moliyaviy tashkilotlar
|
2,4
|
Kreditorlar oldidagi qarzdorlik bo‘yicha xarajatlar davlat korxonalari tomonidan investitsion loyihalarni moliyalashtirish natijasida tushgan mablag‘lar hisobidan so‘ndirilishi ko‘zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |