Referat mavzu: Og ’ ir xirurgik bemorlarda kiyim kechak va oqliklarni



Download 23,94 Kb.
Sana25.01.2022
Hajmi23,94 Kb.
#408425
TuriReferat
Bog'liq
OG\'IR XIRURGIK BEMORLARNI


O’ZBEKISTON SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI

REFERAT

Mavzu: Ogir xirurgik bemorlarda kiyim-kechak va oqliklarni almashtirishning oziga xos xususiyatlari, yotoq, yaralarni oldini olishda shifokorning tutgan orni



Bajardi: Toxtanazarov Mahmudjon

Og’ir xirurgik bemorlarda kiyim–kechak va oqliklarni almashtirishning o’ziga xos hususiyatlari, yotoq, yaralarni oldini olish. Bolalar toza tutilishi, ko’rinishi chiroyli bo’lishi lozim. Tibbiy hodim bola sochini tarashi, tirnog’ini olishi, lozim bo’lsa kiyinishiga yordam berishi shart. Maktab yoshidagi bolalar umumiy rejimda bo’lsa o’zlari ertalab va kechqurun yuvinishi, tishini, qulog’ini yuvishi shart. Lozim bo’lsa bolaga tish cho’tkasidan qpnday foydalanishni tushuntirish kerak. Erta va maktabgacha yoshdagi bolalarga g’amshira yordamlashishi kerak: masalan, qiz boallarni sochini shaxsiy tarog’i bilan tarashi, ertalab va kechqurun tashqi jinsiy a’zolarini iliq suvda oldidan orqaga qarab, orqa teshikka qarab yuvishi lozim. Xaftasiga bir marta tirnoqlarni tekshirishi, 7-10 kunda bir marta vanna qabul qildirishi kerak. Vanna qabul qilgan kuni o’rin-ko’rpalarini, kiyimlari almashtirilishi kerak. Lozim bo’lsa yotoq choyshablari va ichki kiyimlarini tez-tez almashtirish kerak O’rin-ko’rpa tarkibi. Krovat palataga shunday joylashtirilishi kerakki, unga har tomondan bemalol bora olinishi, bosh tomonni devorga qaragan bo’lishi lozim. Qo’shni krovatlar bilan orasi kamida 1,5 m bo’lishi kerak. Krovat setkasi yaxshi tortilgan bo’lishi, yuzasi tekis, ustiga to’shak tashalgan, uning ustidan toza choyshab tashalib chetlari to’shak ostiga buklangan bo’lishi kerak, choyshab chetlari osilib, o’ralib yotmasligi kerak. Agar bemor choyshab ustida ovqatlansa, choyshabni qoqib qaytadan yoyish lozim. Paxta, par yostiqlar ustidan toza yostiqjild kiygizish kerak. Ko’rpa toza, yengil, issiq bo’lishi, yaxshi dezinfeksiyalanishi lozim. Yoz oylvarida bemorlar matoli ko’rpalardan foydalanishi mumkin. Ko’rpa ustiga ko’rpajild kiygizili shart. Bolalar va keluvchilar boshqa krovatlarda o’tirishi mumkin emas. Ota-onalar stulda o’tirishlari kerak. Ba’zi bemorlarga, ya’ni umurtqa pog’onasi, bo’g’imlar, ichki a’zolar patologik joylashganda (adashgan buyrak) krovat setkasi ustidan taxta, uning ustidan to’shak tashlanadi. Og’ir bemorlar uchun maxsus funktsional krovatlar ishlatiladi, ularda bemorga kerakli holatlarni berish mumkini (masalan, yarim o’tirgan holat). Funktsional krovat panelli ramadan, ikkita suyanchiqdan, ikkita yon panjaradan, krovat usti stolidan va korzinadan tashkil topgan. Krovat paneli uchta harakatlanuvchi seksiyadan iborat: bosh, chano-son va oyoq. Yon panjaralar olinadi va yosh bolalarni himoya qilishi, shuningdek vena ichiga uzoq vaqt dori yuborishda bola qo’l-oyog’ini bintlashda yordamchi vazifani va h.o. bajaradi. Krovat usti stoli patnis va ikkita oyoqchadan tashkil topgan bo’lib, bevosita bemor yuzi oldiga krovat ustidan qo’yiladi, agarda bemor yarim o’tirgan holatda bo’lsa. Tuvak uchun korzina bo’ladi. Har bir krovat yonida tumbochka bo’lib, bola shaxsiy gigiyena anjomlari, kiyimlari, o’yinchoqlari, kitoblar turadi. Tumbochka holatni hamshira nazorat qilib turadi. O’rin-ko’rpa va kiyimlarni almashtirish 7-10 kunda bir marta vanna qabul qilingandan keyin amalga oshiriladi, lozim bo’lsa tez-tez ham almashtirilishi mumkin. Katta yoshli bolalar ahvoli qoniqarli bo’lsa o’zlari kiyinishadi, kichik yoshdagilarga hamshira yoki kichik tibbiy xodim yordamlashadi. Og’ir, yotoq rejimdagi bemor kiyimlari almashtirilganda hamshira kuylak chetlaridan ushlaydi, olddin boshidan, kekeyin qo’lidan chiqarib yechintiradi. Toza kiyim shunga teskari ravishda kiygiziladi. Agarda bemor qo’li shikastlangan bo’lsa oldin sog’ qo’lidan, keyin kasal qo’ldan yechiladi. Kuylakni oldin kasal qo’lga, keyin sog’ qo’lga kiygiziladi. Odatda bemor kiyimini almashtirganda oqliklarini ham almashtirishadi. Agar bemor o’tira olsa, uni krovatdan stulga o’tirg’izib, hamshira oqliklarni almashtiradi. Yotoq rejimdagi bemorlarni oqliklarini almashtirishni ikki xil usuli bor: 1) eski choyshab bosh tomondan pastga qarab o’rab kelinadi va olinadi. Ikki tomondan bintga o’hshab o’ralgan toza choyshab bemor dumg’azasi ostiga qo’yiladi va krovatga uzunasiga yoyiladi; 2) bemor bola krovat yoniga suriladi va eski choyshab uzunasiga o’raladi, ochilgan sohaga yangi choyshab yoyiladi va bemor uning ustiga o’tkaziladi, keyin eski choyshab olinadi va yangisi yoyiladi. Eski oqliklar va kiyimlar alohida yig’iladi va qopqoli plastmassa idishlarga yoki polietilen qoplarga solinadi va alohida xonaga olib chiqiladi. Bo’lim bekasi boshqa xalat kiyadi va kleyenka fartik takadi, oqliklarni saralaydi, kasalxonaning markazlashgan kirxonasiga, undan kir yuvish xonasiga yuboradi. Oqliklarni almashtirgandan keyin palata poli va boshqa jihozlar 1 % kal’siy gipoxlorid eritmasiga namlangan lattt bilan artib chiqiladi. Bo’limda bir sutkaga yetadigan oqliklar zahirasi bo’lishi kerak. Oqliklarni markaziy isitish batareyalarida quritish va qayta ishlatishga yo’l qo’yilmaydi. O’z vaqtidan o’tib va noto’g’ri almashtirilgan oqliklar yotoq yaralar rivojlanishiga sababchi bo’ladi. Yotoq yaralarni oldini olish. Gigiyenik vanna qabul qila olmaydigan, uzoq vaqt yotoq rejimda yotadigan bolalarni terisini parvalishlash alohida ahamiyatga ega. Teri dezinfeksiyalovchi eritmaga (yarim spirtli eritma, odekalon, oshxona uksusi, kamfora spirti va h.o.) namlangan sochiq yoki yumshoq mato (doka) bilagn artiladi. Sochiqni bir uchi namlanadi va quloq orqasi, bo’yin, yelka, ko’krak qafasi, dumba, qo’ltiq osti va chov burmalari, qo’l-oyoqlar artiladi. Keyin quruq tomoni bilan yana o’sha sohalar artib quritiladi. Yotoq yara — yumshoq to’qimalar (teri va teri osti qavati) nekrozidir. Ko’pincha yotoq yaralar nimjon bolalarda dumg’aza, kurak, son suyagi boshi, tirsak, tovon sohalarda, ya’ni yumshoq to’qima o’rin va suyak orasida bosilib eziladigan sohalarda uchraydi. Yotoq yaralarni rivojlanishiga terini noto’g’ri parvalishlash, yomon va noto’g’ri yoyilgan choyshab sababchi bo’lib, ular teri va teri osti qavatida qon aylanishini buzadi. Oldin teri oqaradi, keyin qizaradi, shishadi va epidermis ko’chadi. Pufakchalar va teri nekrozi hosil bo’lishi mahalliy o’zgarishlarni kuchayganidan va yotoq yaralarni erta belgilarini tibbiyot xodimi to’liq baholamaganidan dalolat beradi. Og’ir holatlarda nafaqat yumshoq to’qimalar, balki suyak usti pardasi, hattoki suyak ham zararlanadi. Infeksiyani qo’shilishi sepsisni rivojlanishiga olib keladi. Yotoq yaralarni oldini olishga har kuni bemor bolani yonga aylantirish (agar ahvoli ko’tarsa), choyshabni yig’ilib qolgan sohalarini to’g’rilash, ovqat qoldiqlaridan tozalash, terini dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan artish kiradi. Uzoq vaqt yotadigan og’ir bemorlar ostiga kichik choyshab bilan o’ralgan rezina (shishirilgan) aylanalar qo’yiladi. Uni shunday qo’yish kerakki, dumg’aza aylana o’rtasida bo’lishi kerak. Agar terida qizarish paydo bo’lsa qon aylanishini yaxshilash uchun quruq sochiq bilan sekin artiladi. Ultrabinafsha nurlantirishdan foydalaniladi. SHilingan teri sohalari sovuq suvda bolalar sovunida yuviladi, spirt bilan artiladi, keyin tal’k yoki oddiy pudra sepiladi. Pufakchalar brilliant yashili bilan artiladi, quruq bog’lam qo’yiladi. Nekrozni chegaralash uchun shifokor o’lgan to’qimalarni kesib olib tashlaydi, yara 1% kaliy permanganat eritmasiga namlangan steril salfetka bilan o’rab qo’yiladi. Keyinchalik hamshira kuniga 2-3 mahal bog’lamni almashtiradi va yara holati to’g’risida shifokorga xabar berib turadi. Yara tozalanishiga qarab mazli (Vishnevskiy mazi, sintomitsin emul’siyasi va h.o.) bog’lamlar qo’llaniladi. Bolalarda yotoq yaralarni paydo bo’lishi yomon parvarishdan, bo’lim tibbiy xodimlarini past tibbiy madaniyatidan, o’z vazifalariga sovuqqonlik bilan yondashishidan dalolat beradi. Og’ir bemorlarni o’rin-ko’rpasini almashtirish Maqsad. Yotish sharotini yaxshilash (davo chora-tadbirlaridan biri); yotoq yaralarni oldini olish; bemorni shaxsiy gigiyenasiga rioya qildirish. Ko’rsatma. Bemorni yotoq rejimi. Kerakli anjomlar. Toza, katta, tikinsiz choyshab; toza ko’rpajild, ikkita yostiqjild. Bajarish texnikasi: Og’ir bemorni o’rin-ko’rpasini almashtirishni bo’ylama usuli: - bemorni yon tomonga bura olishda qo’llaniladi 1. Toza choyshabni 2/3 qismini uzunasiga valik qilib o’raladi. 2. Ko’rpa olinadi, bemor boshi sekin ko’tariladi va yostiq olinadi. 3. Bemorni yuzini teskari tomonga qilib yon tomonga aylantiriladi. 4. Bo’shagan sohadagi eski choyshab krovat o’rtasigacha o’raladi (bemor ostigacha). 5. Bo’shagan sohaga valik qilib o’rab tayyorlangan toza choyshab yoyiladi. 6. Bemorni yuzini o’zimizga qaratib boshqa tomonga aylantiriladi. 7. Bo’shagan sohadan eski choyshab to’liq olinadi va toza choyshab yoyiladi, chetlari tortilib hamma tomondan to’shak ostiga tiqiladi. 8. Bemor chalqancha yotqiziladi, toza yostiqjildli yostiqlar qo’yiladi. 9. Ko’rpajild almashtiriladi, bemor ko’rpa bilan o’raladi. Og’ir bemorni oqliklarini almashtirishni ko’ndalang usuli: - primenyaetsya, kogda patsiyenta nel’zya povernut’ na bok, no mojno posadit’ ili pripodnyat’ verxnyuyu chast’ tulovisha (rasm.2). 1. Choyshab yumaloq qilib kengligi bo’yicha 2/3 qismda o’raladi. 2. Kichik tibbiy xodimdan bemorni ko’tarish so’raladi, bemor yelka va kuraklar sohasidan ushlagan holda. 3. Yostiq olinadi, eski choyshab yumaloq qilib bemor orqa sohasigacha o’raladi. 4. Toza choyshab yumaloqlanadi va bemor orqa sohasiga o’raladi. 5. Yostiqqa yangi yostiq jild kiygiziladi va bemor yotqiziladi. 6. Kichik tibbiyo xodimdan bemor tos sohasini ko’tarish so’raladi. 7. Eski choyshab o’rab oyoq sohalarigacha olinadi va o’rniga yangi choyshab yoyiladi, bemor yotqiziladi. 8. Kichik tibbiy xodimdan bemor oyoqlarini ko’tarish so’raladi. 9. Eski choyshab o’rab olinadi va o’rniga yangi choyshab yoyiladi, bemor yotqiziladi. 10.Yangi choyshab hamma tomondan to’shak ostiga tiqib chiqiladi. 11.Ko’rpajild almashtiriladi, bemor o’rab qo’yiladi. Bemorlarni yuvintirish Maqsad: Gigiyenaga rioya qilish, yotoq yaralarni, bichilishlarni oldini olish. Ko’rsatma: Siydik qopini kateterlash, siydikni tahlil qilishga olish, ginekologik manipulyatsiyalar. Yotoq rejimdagi hamma bemorlar ertalab, kechqurun va har ichi kelgandan va siygandan keyin yuvintiraldi. Kerakli anjomlar: Taglik kleyenka; metall yoki plastmassa sudna; “Yuvintirish uchun” yozuvli Esmarx krujkasi; (+35...+38°S) iliq suv; 5% kaliy permanganat; kornsang; suv; buyraksimon lotok; rezina qo’lqop. Bemorlarni yuvintirish texnikasi: 1.Esmarx krujkasiga su solinadi va bir necha tomchi 5 % kaliy permanganat eritmasidan tomiziladi, to och-pushti rang bo’lguncha. 2.Qo’lqop kiyiladi. 3.Bemorga chalqancha yotish so’raladi, tizzalaridan bukiladi, sonlari ochiladi. 4.Kleyenka to’shaladi, sudna qo’yiladi. 5.Kornsngga paxta qistiriladi. Bunda uning o’tkir qirralari paxta bilan yopilgan bo’lishi shart. 6.Chap qo’lga iliq dezinfeksiyalovchi eritmali idish olinadi, bemor soniga ozgina quyiladi va so’raladi: “Sizga issiq emasmi?”. Agar suv harorati qoniqarli bo’lsa, manipulyatsiya davom ettiriladi. 7.Iliq dezinfeksiyalovchi eritma bilan jinsiy a’zolar yuviladi. O’ng qo’lga paxtali kornsang olinadi, jinsiy a’zolar oldindan orqa teshikka qarab yuviladi. Oldin kichik uyatli lablar, keyin katta uyatli lablar, chov soha, qov usti yuviladi.Ohirda orqa teshik yuqoridan pastga qilib yuviladi. 8.Kornsangdan iflos paxta olib tashlanadi, toza paxta qo’yiladi va teri quritiladi, huddi yuqoridagi ketma-ketlikda. 9.Sudna olinadi, bemorga krovatda o’rnashib yotishiga yordam beriladi. Erkaklar ham yuqoridagi ko’rsatmalar bo’yicha yuvintiraladi. Yuvintirishda “markazdan pereferiyaga” prinsipiga amal qilish kerak, ya’ni olat boshidan chov sohaga qarab. Izoh. Yarim yotoq rejimdagi bemorlarga bidedan foydalanish o’rgatiladi, agarda u bo’limda bo’lsa. Terini parvarishlash Uzoq vaqt yotoq rejimda bo’lgan bemorlarni terisini parvarishlash katta ahamiyat kasb etadi. Terini ter, yog’ bezlari sekreti yoki boshqa sekretlar bilan qoplanishi kuchli qichishishga, terini ikkilamchi infitsirlanishiga, ba’zi sohalarda (oyoq barmoqlari orasi, dumba, qo’ltiq osti bukilmalari) zamburug’ kasalliklarini, yotoq yaralarni rivojlanishiga olib keladi. Qarshi ko’rsatma bo’lmasa haftasiga bir marta gigiyenik vanna yoki dush qabul qilinadi. YOtoq rejimdagi bemorlarni terisi spirt, odekolon, oshxona uksusi qo’shilgan iliq suv bilan namlangan tampon bilan har kuni artiladi. Ayniqsa bunda ter bezlari ko’p sohalar (ko’krak bezi osti, chov-son burmalari va h.o.) yaxshilab artiladi. Qo’llar har ovqatlanishdan oldin, oyoqlar haftasiga 2-3 marta yuviladi. Oraliq va jinsiy a’zolar sohasi har kuni yuvilishi lozim. Og’ir bemorlarda bu kunora o’tkazilishi shart. Bunda idishdan iliq suv yoki kaliy permanganat kuchsiz eritmasi quyiladi va paxta tampon bilavn oldindan orqa teshikka qarab yuviladi. Ayollarda bu ketma-ketlik alohida qoidalar bo’yicha o’tkaziladi (har gal yangi tampon ishlatiladi ): chov burmasi; katta uyatli lablar sohasi; katta va kichik uyatli lablar burmasi; qin. Shu tartibda bu sohalar quritib artiladi. Erkaklarda balanopostitni oldini olish maqsadida olat kertmak terisi ochiladi va olat boshi yuviladi. Qindan ajralma chiqqanda Esmarx krujkasiga maxsus qin uchligi ulanadi va sprinsirlash – qin devorlarini, bo’shlig’ini iliq suv, natriy gidrokarbonatning kuchsiz eritmasi, kaliy permanganat yoki natriy xlorning izotinik eritmasi bilan yuvish ishlatiladi. Og’iz bo’shlig’ini parvarishlash Shaxsiy gigiyena qoidalarida og’iz bo’shlig’ini parvarishlar asosiy o’rin egallaydi. Og’ir bemorlarda, asosan yuqori tana harorati bilan bemorlarda immunitet tushib ketadi va og’iz bo’shlig’idagi borp bo’lgan mikroblar ko’payishiga yaxshi sharoit yuzaga keladi, natijada tishlar (pul’pit, periodontit, parodontoz), milk (gingivit), tanglay shilliq qavati (stoma-tit) zararlanadi, og’iz burchagi yoriladi, lab qurub qoladi. Ularni oldini olish maqsadida bemor kuniga ikki marta tishini yuvishi lozim, har ovqatlangandan keyin og’zini chayishi shart. Og’ir bemorlar og’zini 0,5% natriya gidrokarbonat, natriy xloridning izotonik eritmasi, kaliy permanganatni kuchsiz eritmasi bilan chayiladi. YAayish Jane shpritsi yoki rezina ballon yordamida bajariladi. Bunda suyuqlik nafas yo’liga tushmasligi kerak, bemor yarim o’tirgan holatda, boshini biroz oldinga egib yoki yotgan bo’lsa boshini yon tomonga burgan holda bo’lishi lozim. Suyuqlik yaxshi ketishi uchun og’iz burchagini shpatel bilan ochib turamiz. Og’iz bo’shlig’ining, halqum, mindalinlarning ba’zi kasalliklarida og’iz va halqum shilliq qavatidan surtma olamiz. Bu steril tampon bilan olinib, steril probirkaga solinadi. Sochlarni parvalishlash Sochlarni yaxshi parvarishlamaslik, doimiy yuvmaslik ularning siniga moyilligini oshiradi, tushishi, qo’noq paydo bo’lishiga olib keladi. Yog’li sochlarni haftasiga bir marta, quruq va normal sochlarni esa 10-14 kunda bir marta yuvish tavsiya etiladi. Og’ir bemor sochi yotoq joyida yuviladi. Bunda krovat bosh tomoniga tog’ora qo’yiladi, bemor boshi ko’tariladi va orqaga qiyshytiriladi. Soch yuvish uchun bmshoq suvdan foydalaniladi (qaynatilgan yoki 1 litr suvga 1 choy qoshiq natriya tetraborat qo’shilgana. Sovun bilan fvmasdan, sovun ko’pigi bilan yuvish lozim. Soch yuvilgandan keyin sochiq bilan asta artiladi, kalta sochda ildizidan boshlab, uzun sochda aksincha uchidan boshlab taraladi. Bunda shaxsiy taroqladan foydalaniladi. Soch kesiy oyda bir marta o’tkaziladi. Tirnoqlarni ham doimo nazorat qilib turish lozim, tirnoq ostiga kirgan kirlarni tozalash, haftasiga bir marta tirnoqni olish shart.
Download 23,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish