Referat mavzu: milliy g'oyaning jamiyat hayoti sohalari bilan bog'liqligi reja



Download 14,54 Kb.
Sana25.01.2022
Hajmi14,54 Kb.
#410820
TuriReferat
Bog'liq
201 nozima referat


NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI "MILLIY G'OYA MA'NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA'LIMI" YO'NALISHI 2-BOSQICH 201-GURUH TALABASI ALLABERGANOVA NOZIMANING "MILLIY G'OYA TARIXI VA NAZARIYASI" FANIDAN "MILLIY G'OYANING JAMIYAT HAYOTI SOHALARI BILAN BOG'LIQLIGI" MAVZUSIDA TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI

REFERAT

Mavzu: MILLIY G'OYANING JAMIYAT HAYOTI SOHALARI BILAN BOG'LIQLIGI

Reja:

1.Milliy g`oya va iqtisodiy hayot. Ijtimoiy hayot sohalari va milliy g`oyaning o`zaro mushtarakligi



2.Milliy g`oya va ma`naviy hayot. Fan va ta`lim sohasidagi yutuqlar, uni ijtimoiy hayot sohalariga tadbiq etish

3.Mustaqillik tufayli jamiyat hayoti sohasida erishilgan yutuqlar. Ularning milliy g`oya maqsadlari bilan uyg`unligi



O`zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini yanada demokratlashtirish, avvalambor, har bir fuqaroning va butun jamiyatning oliy maqsadlarini o`zida mujassam etgan milliy g`oya atrofida jipslasha olishi, o`zini xalq, millatning ajralmas qismi ekanligini anglab yetishiga ham bog`liq. Bugungi kunda fuqarolar iqtisodiy erkinligining oshishi ularning siyosiy erkinligini ham yuksaltiradi, ularni ijtimoiy-siyosiy jihatdan faollashtiradi. Biz intilayotgan barqaror taraqqiyotga erishishda insonlarning turmushi yaxshi bo`lishi, ma`lumotli bo`lishlari, halol daromad topa olishlari, ijtimoiy ta`minotga bog`lanib qolmasliklari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Farovon hayotga erishish uchun odamlar erkin mehnat mahsulidan bahramand bo`lishi, halol yo`l bilan yuqori daromad olish imkoniyatiga ega bo`lishlari zarur.

Milliy g`oya va mafkuraning ijtimoiy-iqtisodiy asoslari mavjud bo`lib, bu mafkura oila va fuqaroni munosib turmush darajasini ta`minlaydigan farovon hayotga erishishga chorlaydi. Milliy g`oya har bir insonni, u qaysi shakldagi mulkchilik asosida mehnat faoliyati bilan shug`ullariniasin, o`z manfaatini xalq va Vatan manfaatlari bilan uyg`un holda ko`rishga da`vat etadi. Milliy g`oya mulkdor odamlar jamiyat ichida, xalq orasida faqat boyligi bilan emas, balki yuksak ma`naviy fazilatlar bilan ham ajralib turishi zarurligi, “shaxsiy va oilaviy farovonlikka erishish imkoniyati har kimning o`z qo`lida”, degan hayot haqiqatini zamonaviy dunyoqarash sifatida shakllantiradi. Milliy g`oya va mafkurada “Har bir fuqaroning farovonligi - butun jamiyatning farovonligi” degan g`oya ilgari suriladi. Milliy g`oya va mafkuraning ijtimoiy-iqtisodiy asoslariga bundan tashqari, mulkning xilma-xilligi, iqtisodiy hayotni erkinlashtirish, bu sohadagi plyuralizmni va sog`lom raqobatni yanada yuksak darajada rivojlantirish kabi masalalar kiritiladi. O`zbekistonda amalga oshirilayotgani barcha islohotlardan ko`zlangan asosiy maqsad mamlakat aholisi, har bir fuqaro, oila uchun insonga munosib hayot va faoliyat sharoitlarini yaratishdan iboratdir. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi masalalarga e`tibor qaratilmoqda. Eng avvalo, xalqning ma`naviy yetukligini, axloqiy barkamolligini ta`minlash, iqtisodiy hayotni chuqur, har tomonlama isloh qilish, mulkchilikning xilma-xilligini joriy etish, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor munosabatlarini qaror toptirish, islohotlarning huquqiy negizlarini yaratish masalalariga e`tibor qaratiladi. Hozirgi davrda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, fuqarolar osoyishtaligi, umummilliy totuvlikni ta`minlash, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, iqtisoqiyotni boshqarishning bozor munosabatlari talablari tabiatiga mos yangi tashkilotlari, muassasalarini vujudga keltirish bugungi kundagi dolzarb masalalardir. Kuchli fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlatni barpo etish bizning pirovard maqsadimiz bo`lsada, ammo, ularning o`zini vujudga keltirish ham ayni ijtimoiy yo`naltirilgan, barqaror bozor iqtisodiyotini yaratish bilan uyg`un tarzda amalga oshiriladigan vazifadir. Islohotlarning dastlabki bosqichida erishilgan natijalar ularning yangi bosqichi ustuvor yo`nalishlari hamda vazifalarini aniqlash mikoniyatini berdi. Mulkning aksariyat qismini davlat tasarrufidan chiqarish, uni xususiylashtirish jarayonlarni chuqurlashtirish, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish, milliy valyuta-so`mning qadrini oshirish, iqtisodiyotda, xususan qishloqda, chuqur tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish, ijtimoiy kafolatlanning ishonchli tizimini ta`minlay olishga qodir fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlatni qurish mazkur ustuvor yo`nalish hamda vazifalar jumlasiga kiradi. Shaxsning mulkdor bo`lish, erkin kasb tanlashi, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, o`zi istagan iqtisodiy faoliyat turi bilan erkin shug`ullanish hamda shunga muvofiq cheklariniagan daromad olish va yaxshi yashash imkoniyatlariga ega bo`lish kabi demokratik ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni amalga oshirishni ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti ta`minlaydi. O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim natijalaridan biri ijtimoiy himoya siyosatining demokratik jamiyatni barpo etishdagi o`rni va ahamiyatining ortib borishi bilan belgilarinioqda. 

Milliy g`oya millat taraqqiyotini, uning barqarorligini ta`minlashning asosiy manbasi hisoblanadi. Chunki millatning muslaqilligmi, uning o`ziga xosligini faqat milliy g`oya, ularning moddiy kuchga aylanishi natijasida ta`minlash mumkin bo`ladi. Milliy g`oya inson va jamiyat hayotiga ma`no-mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmuidir. Milliy g`oya har bir insonning o`zini anglashi jarayonida shakllanib, insonning shaxs sifatida shakllanishi uning o`zini anglashidan boshlanadi. Milliy g`oya insonning kundalik hayotida oddiy urf-odat, an`ana va qadriyatlardan boshlanib, ma`naviy meros, tarixiy xotira va millatning tarixiy tajribasini o`z ichiga oladi. Milliy g`oya oila, millat vakillarining o`zaro munosabatlari, hatti-harakatlari va mentaliteli ta`sirida shakllanib, milliy g`oya tizimida milliy ong, milliy o`zlikni anglash va milliy mentalitet yetakchi o`rin egallaydi. Milliy g`oyaning ta`sir doirasi nihoyatda keng bo`lib, u millatning o`ziga xosligini saqlab turish, millat manfaatlari yo`lida millat vakillarini birlashtirish, uyushtirish va taraqqiyot yo`nalishlarini belgilash kabilarga o`z ta`sirini o`tkazadi. Milliy g`oyaning muhim imkoniyatlaridan yana biri, uning milliy ma`naviy tiklanishdagi manba ekanligida namoyon bo`ladi. Milliy g`oya milliy tiklanishga ma`naviy-ruhiy ozuqa berib, uni harakatga keltiradi. Milliy g`oya millatning ehtiyojiga qarab o`zgarib, rivojlanib va takomillashib boradi. Mliliy g`oya milliy ong, milliy o`zlikni anglash, tarixiy xotira, milliy meros kabilar zaminida, uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida shakllanadi. Milliy g`oyada millat taraqqiyoti, uning orzu-umidlari, maqsadlari, intilishlari, hatti-harakatlari va istiqbolining yo`nalishlari o`z ifodasini topadi. Milliy g`oya ilm-fan, madaniyat, san`at va jamiyat ma`naviy hayotining boshqa sohalariga bevosita ta`sir ko`rsatadi. Jamiyatning ma`naviy hayoti kishilar mavjudligining real, jonli jarayoni, har qanday darajadagi mavjudligi ifodasi bo`lib, u kundalik oddiy tushunchalardan tortib, insoniyatning eng qaynoq ijodi, xayolari, ruhiy olami, hissiy kechinmalarigacha bo`lgan holatlarini o`z ichiga oladi. Jamiyatning ma`naviy sohasida butun ma`naviy hayot emas, balki uning ba`zi qatlamlari yoki maxsus ma`naviy ishlab chiqarish darajasi bilan bog`liq bo`lgan tomonlari kiradi, maxsus amal qiladigan ijtimoiy instilutlar (mafkura va ilmiy muassasalar, teatrlar, kutubxona, muzey, maktab va hokazo) shular jumlasidandir. Bular ma`naviy qadriyatlarni yaratuvchilar va tarqatuvchilardir. Ma`naviy sohaning asosini ma`naviy ishlab chiqarish tashkil etadi. Bu jarayonda g`oyalar, qarashlar, tasavvurlar ishlab chiqariladi. Ma`naviy ishlab chiqarish jarayonida inson tomonidan ilmiy bilimlar, falsafiy ta`limotlar, axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, diniy, badiiy va boshqa qarashlar ishlab chiqariladi. Ma`naviy ishlab chiqarish aqliy va intellektual mehnatga asoslanadi. Ma`naviy ishlab chiqarish jarayoni insondan o`z faoliyatiga ijodiy tarzda yondashishni talab qiladi. Inson tarbiya va ta`lim jarayonida yangi g`oyalar, qarashlar, bilimlarni egallaydi. Unda muayyan g`oyaga asoslangan dunyoqarash, ijtimoiy maqsad, hayotiy yondashuv shakllanadi. Jamiyat ma`naviy hayotining negizini ma`naviy faoliyat tashkil etadi. Ma`naviy faoliyat deganda insonning aqliy, jismoniy, tashkilotchilik va boshqa hatti-harakatlari majmuasi tushuniladi. Bu faoliyat ma`naviy qadriyatlar yaratishga yo`naltiriladi, turli xil san`at asarlari, falsafa, ilmiy tadqiqotlar, axloq va huquqning me`yorlarida, siyosiy g`oyalarda, idealar, orzu va fantaziyalarda o`z ifodasini topadi. Bilim insonning ham aqliy, ham jismoniy mehnati tufayli, shuningdek, odamlarning o`zaro bir-birlari bilan muloqotlari negizida yuzaga keladi. Bilim nafaqat fanga, balki san`atga ham tegishli bo`lib, har bir badiiy asar muayyan bir g`oyaga asoslangan holda o`z qarashlarini bayon qiladi.

Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab ta`lim-tarbiya masalasi davlat siyosatining ustuvor yo`nalishiga aylanib, ta`lim va tarbiya, ilm-fanni rivojlantirish masalasiga katta e`tibor qaratildi. Zamonaviy taraqqiyot bosqichning talablariga to`la javob beruvchi ta`lim tizimini takomillashtirish maqsadida O`zbekistonda “Ta`lim to`g`risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Bu muhim hujjatlar O`zbekistonda yetuk va barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan bo`lib, unda bir qator ustuvor yo`nalishlar belgilab qo`yilgan. Xususan, yoshlarni ma`naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, yoshlarda ma`naviy-axloqiy tarbiya asosida kelajakka nisbatan yuksak ishonch hissini yuksaltirish, yoshlar ma`naviyati va mafkuraviy immunitetni milliy istiqlol g`oyasi asosida mustahkamlashda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanish, yoshlarda Vatanga, xalqqa muhabbat, yurt farovonligi uchun kurashish, insonparvarlik, o`zlikni anglash, milliy g`urur, milliy iftixor, o`zga millat vakillarining qadriyatlarini hurmat qilish kabi fazilatlarni tarbiyalash, mustaqil fikrlash va faoliyat yuritish masalalariga e`tibor qaratilgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi - ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimi, kadrlar tayyorlash milliy modelini shakllantirishdan iborat. Milliy modelning asosiy tarkibiy qismlarini shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta`lim, fan va ishlab chiqarish tashkil qiladi. Fan ilmiy bilimlar tizimi bo`lib, u o`z oldiga ilmiy bilimlar yaratishni maqsad qilib qo`yadi. O`zbekistonda ilm-fanni rivojlantirish islohotlar muvaffaqiyatining garovi va moddiy farovonlik asosidir. Muslaqillik tufayli xalqimizning ko`p asrlik tarixga ega bo`lgan ma`naviy-intellektual merosini o`rganish, jahon ilm-fani va texnikasi yutuqlaridan bahramand bo`lish, dunyoning mashur ilm dargohlarida o`qish-o`rganish imkoniyati vujudga keldi. Ayniqsa, bozor munosabatlariga o`tish, zamonaviy ishlab chiqarishni rivojlantirish, barkamol insonni shakllantirishda ilm-fan yuluqlariga tayanish hayotiy zaruratga aylandi. O`zbekistonning jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o`rin egallashi, taraqqiy etishi, shubhasiz, uning ilm-fan salohiyatiga bevosita bog`liqdir. O`zbekistonda mustaqillik sharoitida mamlakatning ilmiy-intellektual salohiyatini yanada kuchaytirishga katta e`libor qaratildi. O`zbekiston faniga kirib kelgan muhim yangiliklar uning tarkibiy tuzilishidagi o`zgarishlardan tashqari yana quyidagilarda namoyon bo`ladi:

-fanning kompyuterlashtirilishida;

-jahonning global muammolarini hal etishda mamlakatimiz olimlarining faol ishtirok etayotganida;

-ilmiy tadqiqotlarda eng zamonaviy texnika, asbob-uskunalardan va ilg`or metodlardan foydalanilayotganida;

-olimlarimizning jahon tilarni o`rganishga rag`batlantirilishida;

-jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari oliy o`quv yurtlarida mutaxassis-kadrlar tayyorlash yo`lga qo`yilganligida;

-ta`lim-tarbiya tiznnining tubdan isloh qilinayotganida.

O`zbekislonda demokratik jarayonlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma`rifiy sohalardagi vazifalar Prezident Shavkat Mirziyoyevning asarlarida batafsil tavsiflab berilgan.

Hammamiz yaxshi bilamiz, bugungi davr yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar zamonidir,-deydi Shavkat Mirziyoyev, - Dunyodagi rivojlangan mamlakatlar o`z oldiga nafaqat ko`plab mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni bozorga olib chiqishni, balki chuqur bilim va ilmiy yutuqlarga asoslangan innovatsion iqtisodiyotga o`tish vazifasini qo`ymoqda. Ya`ni, o`z iqtisodiyotini mavjud tabiiy resurslarni sarflash evaziga emas, innovatsion mahsulotlar yaratish, o`zlashtirish va ilg`or texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish orqali rivojlantirish taraqqiyotning asosiy omiliga aylarinioqda1.



Mustaqillik sharoitida yoshlarda milliy qadriyatlarning bizga maqbul bo`lgan tomonlarini shakllantirishda, ularga milliy tariximiz, madaniyatimiz, ma`naviyatimiz va dunyoviy fanlardan puxta bilim berishda hamda milliy mafkuradagi asosiy g`oyalarni singdirishda ta`lim tizimi va fan taraqqiyoti muhim o`rin tutadi. Milliy mafkura - millat ravnaqi, xalqimizning farovonligi, jamiyatimizni porloq kelajakka undaydigan katta g`oyaviy kuchdir. U jamiyatdagi barcha kishilarni, ijtimoiy guruhlar, tabaqalarni bitta maqsad sari - O`zbekistonni kelajakda buyuk davlatlar safiga olib chiqishga da`vat etadigan ilmiy g`oyalar majmuasidir.

O`zbekistonning milliy mustaqilligidan so`ng milliy g`oya bizning hayotimiz va dunyoqarashimiz mezoniga aylandi. Biz uchun mustaqillik yurtimizning boy tabiiy boyliklariga egalik qilish, xalqimiz qudrati, salohiyati, aqlu zakovatiga tayanib, O`zbekistonda yashayotgan har bir inson, har bir oila uchun munosib hayot qurish, kelajak avlodlar uchun ozod va obod Vatan qoldirishdir. Istiqlol-millatimiz, mamlakatimizning jahonda obro`-e`tibori, shon-shavkatini dunyoga tarannum etadigan sog`lom avlodni, har jihatdan barkamol va fidoyi o`g`il-qizlarni tarbiyalash, ularni voyaga yetkazish va baxtini ko`rish imkoniyatini yaratdi. O`zbekistonning har bir fuqarosi uchun - millati, irqi va diniy e`tiqodidan qat`iy nazar, farovon hayot kechirish kafolatlani ta`minlarinioqda. Mustaqillik biz uchun davlatchiligimizning poydevorini qurish, milliy ongimiz va ma`naviyatimizni yuksaltirish, milliy g`oya va mafkuramizning asosiy tushuncha va tamoyillarini ishlab chiqib hayotga tatbiq qilish imkoniyatini berdi. O`zbekiston xalqi mustaqillik tufayli o`z taqdirini o`zi belgilash, davlat va jamiyatning siyosiy tizimini mustaqil yaratish, demokratik yo`l bilan saylangan hokimiyat organlari orqali hokimiyatni butun to`laligi bilan boshqarish, ishlab chiqarish va ilmiy-texnik imkoniyatlarga, tabiiy va xom-ashyo resurslariga to`la egalik qilish va ulardan mamlakatimiz manfaatlari yo`lida foydalanish imkoniyatiga ega bo`ldi. Shu bilan birgalikda taraqqiyot yo`li jahon tajribalari, tarixiy an`analar va xalqning o`ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda mustaqil tanlandi. O`zbekistonda milliy davlatchilik an`analariga asoslangan holda huquqiy demokratik davlat qurish va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish asosiy maqsad qilib olindi. Mustaqillik yillarida tariximizni xolisona yoritish, milliy va diniy qadriyatlarimizni qaytadan tiklash, yosh avlodni haqiqiy vatanparvar va yurtparvar etib tarbiyalash, ularga zamon talablari darajasida bilim berish va kasb-hunar o`rgalish, ijodning barcha turlarini rivojlantirish, odamlarning iste`dod va qobiliyatlarini to`la namoyon etish, yurtimiz xavfsizligi, fuqarolar tinchligi va millatlararo totuvlikni ta`minlash masalalariga katta e`tibor qaratildi. Tashqi siyosatda, xalqaro munosabatlarda mustaqil subyekt sifatida ishtirok etish, barcha nufuzli tashkilotlarga teng huquqlilik asosida a`zo bo`lib kirish, boshqa mamlakatlar bilan o`zaro manfaatli shartnoma va bitimlar tuzish asosiy maqsad sifatida belgilandi. Mustaqillik tufayli xalqimiz milliy o`zligini angiadi, ozod xalq va mustaqil davlat sifatida O`zbekistonning ulkan salohiyatini butun dunyoga namoyon etish imkoniyati vujudga keldi. Ozod va erkin hayot sharofati bilan O`zbekistonni jahon tanidi, xalqimizning fidokorona mehnati, yoshlarimizning g`ayrati, azmu shijoati bilan Vatanimizning shon-shuhrati ortib bormoqda. O`zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma`naviy hayot sohalarida islohotlar chuqurlashib, xalqimizning farovonligi ortib bormoqda. O`zbekistonda mustaqillik sharofati bilan inson manfaatlari, xalqning tinchligi va farovonligiga xizmat qiluvchi erkin, ochiq ijtimoiy-siyosiy tizim barpo etishni ta`minlovchi keng qamrovli demokratik islohotlar amalga oshirilmoqda. O`zbekistonda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurishda dunyoda tan olingan demokratik tamoyillarga, rivojlangan davlatlar tajribasiga hamda ko`p ming yillik o`zbek davlatchiligi tarixi va o`ziga xos milliy-ma`naviy, axloqiy qadriyatlarga tayanildi. O`zbekistonda 5 ta siyosiy partiya: “Xalq demokratik”, “Adolat” sotsial-demokratik, “Milliy tiklanish” demoratik, Tadbirkorlar va ishbilarionlar harakati - O`zbekislon Liberal-demokratik, O`zbekiston ekologik partiyalari faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, kasaba uyushmalar tashkilotlari, yoshlar va xotin-qizlar, respublika va xalqaro nodavlat tashkilotlari, jamg`armalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari o`zida mujassamlashtirgan ijtimoiy-siyosiy tizim vujudga keldi. Inson huquqlari bo`yicha Oliy Majlisning vakolatli instituti (Ombudsman) ta`sis etildi. Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat ko`rsatmoqda. Demokratik institutlarning muhim tarmog`i bo`lgan erkin ommaviy axborot vositalari vujudga kelib, takomillashib bormoqda. Mustaqillik tufayli xalqimiz o`lkamizdagi beqivos boyliklarning haqiqiy egasi bo`lib qoldi.

O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining qo`lga kiritilishi boy tariximiz va merosimizni tiklash, ularni xolisona va haqqoniy, adolat hamda tarixiylik nuqtai nazaridan o`rganish va o`qitish imkonini berdi. Mustaqillik tufayli betakror milliy qadriyatlarimiz, ma`naviy-madaniy an`analarimiz, dinu diyonatimiz tiklanib, bugungi kunda xalqimizning o`zaro mehr-oqibat, bag`rikenglik, hamjihatlik kabi oliyjanob ezgu fazilatlari kuchayib bormoqda. O`zbekislon xalqi o`zining qadr-qimmati, milliy davlatchiligi, madaniyati, muqaddas qadriyatlari, tili bilan vagona xalq va mlilat bo`lib, jahon hamjamiyatida o`ziga munosib obro`-etibor qozonishga erishnioqda. Mustaqillik davrida buyuk shaxslar xotirasiga bag`ishlab barpo etilgan yodgorlik majmualari jamiyat ma`naviyatini, milliy g`ururni yuksaltirishga hamda xalqimiz, eng avvalo, yosh avlod, ongiga milliy g`oya tamoyillarini singdirishga xizmat qilmoqda. 
Download 14,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish