Referat Mavzu: Mafkuraviy tahdid va ularga qarshi kurash Bajardi: Xamidov Xoʻjaroʻzimurod buxoro 2023



Download 12,6 Kb.
Sana08.02.2023
Hajmi12,6 Kb.
#909266
TuriReferat
Bog'liq
2 5368416770166106485 (1)(2)


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot Texnologiyalari Fakulteti
Referat
Mavzu: Mafkuraviy tahdid va ularga qarshi kurash

Bajardi: Xamidov Xoʻjaroʻzimurod


BUXORO - 2023

Mafkuraviy tahdid va ularga qarshi kurash

1. Diniy ekstremizm va fundamentalizm


2. Buyuk davlatchilik va agressiv millatchilik
3. Missionerlik
4. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash

1)Diniy ekstremizm va fundamentalizm

Ma’lumki, O‘zbekiston davlati mustaqillikning ilk kunlaridanoq o‘zining dinga munosabatini aniq va qat’iy belgilab oldi. Davlatning dinga munosabati “Inson e’tiqodsiz yashay olmaydi”, “Dunyoviylik – dahriylik emas” degan aniq tamoyillar asosida belgilandi. Bu tamoyil bosh qomusimiz Konstitutsiya hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda o‘zining huquqiy ifodasini topgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida 16 diniy konfessiyaga mansub 2 238 diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2064 tasi islomiy, 157 tasi xristian, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari, bittadan Krishnani anglash jamiyati va Budda ibodatxonasidir. Bulardan tashqari konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda.

Diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat’i nazar, faoliyat borasida bir xil huquqqa egadirlar. Ushbu diniy tashkilotlarning emin-erkin faoliyat olib borayotgani ham yurtimizda hukm surayotgan diniy bag‘rikenglikning amaliy ifodasidir.

Ayniqsa, respublikada mavjud dinlar orasida islomning mavqei nihoyatda katta. Xususan, hozirgi kunda O‘zbekiston aholisining soni 31 mln.dan oshgan bo‘lib, ular 130 dan ziyod millatga mansub hisoblanadi. Fuqarolarning 94% dan ziyodi islom diniga e’tiqod qiladi. Shu bois, islom dini davlatimiz tub xalqlarining tarixiga, o‘tmish merosiga, madaniyatiga, ruhiyatiga chuqur singib ketgan. Prezident I.A.Karimov ta’kidlagani kabi: “… biz o‘z millatimizni mana shu dindan ayrim holda aslo tasavvur qila olmaymiz… Xalqimizning ming yillik tarixini, bugungi ma’naviy hayotini, dinu diyonatimizni muxtasar ifodalab aytish mumkinki, Alloh bizning qalbimizda, yuragimizda”. Islom dini qadriyatlari mamlakatimizdagi ro‘y berayotgan ma’naviy yangilanish jarayoni va milliy g‘oya mezoni shakllanishining eng muhim omillaridan biridir.Bugungi kunda dinga bo‘lgan qiziqishning kuchayib borishi globallashuv jarayonlarining o‘ziga xos in’ikosi deyish mumkin. Zero, globallashuv dunyoni bir butun va yaxlit qila borishi bilan bir qatorda, uning hosilasi sifatida alohida olingan millat va jamiyatlar darajasida o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan intilishning chuqurlashuviga ham zamin yaratmoqda.

2)Buyuk davlatchilik va agressiv
millatchilik

Koʻp millatli mamlakatlarda tarixiy taraqqiyot jarayenida davlatda yetakchi mavqeni egallagan, oʻz millatini "oliy" millat deb eʼlon qilgan hukmron millat mafkurasi va siyosati, shovinizm va millatchiliyutt bir turi. Millim va koʻp millatli davlatlar hamda mustamlaka imperiyalari tashkil topayotgan davrda vujudga kelgan. Hukmron "buyuk" millatlar siyosati boshqa millat va elatlarni asoratga solish, ayovsiz ishlatish, iqgisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda kamsitishga qaratilgan. Maye, Rossiya imperiyasida yashovchi mazlum xalqlarga, jumladan Turkiston xalklariga nisbatan Buyuk davlatchilik shovinizmi shahriga asoslangan siyosat amalga oshirildi, ularning kad. madaniyati, maʼnaviyati, ilmmaʼrifati, dini va urfodatlari oyoq osti qilindi. Shoʻrolar zamonida mazkur siyosat turli mafkuraviy usullar bilan, mas, "baynalmilallik" shiori ostida davom ettirildi.Bugungi kundagi radikal harakatlar oʻziga millatchi tus berishi tufayli „millatchilik“ yoki „natsionalizm“ tushunchalari etnik, madaniy va diniy toqatsizlik bilan koʻp bogʻlanadi. Bunaqa toqatsizlik millatchilikda moʻtadil oqimlar tarafdorlari tomonidan qoralanadi.

Koʻpincha OAVda „millatchilik“ soʻzi ostida etnik millatchilik va unnig bir millatni boshqa millatdan ustun qoʻyishga urgʻu beradigan shovinizm va ksenofobiya kabi keskin shakllari nazarda tutiladi. Millatlar aro nizoni yuzaga keltirish va etnik diskriminatsiya kabi etnik millatchilikning koʻplab koʻrinishlari xalqaro qonunbuzarliklarga kiradi

3) Missionerlik

Globallashuv sharoitida mafkura poligonlarida inson qalbi va ongini zabt etishga bo`lgan harakatlar tobora kuchaymoqda. Zero, global miqyosda g`oyaviy - mafkuraviy tahdid sifatida namoyon bo`layotgan missionerlikning kuchayishi dunyo jamoatchiligi ongi, ruhiyati va ma`naviyatiga jiddiy ta`sir o`tkazmoqda. Bu haqda fikr yuritganda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev qayd etganidek: “Barchamizga yaxshi ma`lumki, hozirgi kunda dunyo shiddat bilan o`zgarmoqda. Insoniyatning taqdiri va kelajagiga tahdid solayotgan xavf-xatarlar tobora kuchayib bormoqda”,-deya ta`kidlagani bejiz emas. Zero, bugungi kunda missionerlik zamirida taraqqiyot sari intilayotgan mamlakatlarning davlat suvereniteti, konstitusion tuzumga qilinayotgan tajovuzlarni mafkuraviy qo`llab quvvatlash, mafkura poligonlarida olib borilayotgan kurash uchun juda katta sarmoyalarni safarbar etishayotganligi kuzatish mumkin.Bugungi kunda dunyoda vujudga kelayotgan tahlikali vaziyatga baho berar ekanmiz, xalqaro xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlarning ko`lami kengayib, geosiyosiy raqobatning oshib borayotgani, g`oyaviy-mafkuraviy ekspansiyaning faollashuvini namoyon etmoqda. Mana shunday murakkab sharoitida mamlakat xavfsizligi va jamiyat barqarorligiga, uning manfaatlariga, millat kelajagiga raxna soladigan har qanday kuchga qarshi kurashda biz faqat xalqimizning aql-zakovati, bukilmas irodasi va salohiyatiga, o`z kuch va imkoniyatlarimizga tayanib mafkuraviy tarbiya vositasida doimo ogoh, sezgir va hushyor bo`lish mas`uliyatli muqaddas vazifamiz ekanligini anglash bugungi davr va bugungi zamon taqozo etmoqda.

4) Mafkuraviy tahdidlarga qarshi


kurash
Bugun tez surʼatlar bilan oʻzgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan shiddatli va ayni paytda oʻta murakkab zamonda yashamoqdamiz. Boisi yer yuzining qaysidir bir chekkasida yuz bergan voqeadan bir necha soniya ichida butun dunyo ahli xabar topmoqda. Jahon miqyosida axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga intilish globallashuv sharoitida oʻzining mustaqil fikriga ega, texnika imkoniyatlaridan unumli va ratsional foydalanuvchilar uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochdi. Internet tarmogʻining dastlabki vazifalari avvalida texnologik uzilishlarni bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratilgan edi. Vaqt oʻtishi bilan “Butundunyo oʻrgimchak toʻri” inson ehtiyojlari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda turli mazmundagi axborotlar, koʻngilochar dasturlarni oʻzida mujassam etgan misli koʻrilmagan qulayliklarni yaratdi. Bu esa, oʻz navbatida, internetning keng ommalashuviga olib keldi. Shu bilan bir qatorda, inson ongiga salbiy taʼsir oʻtkazishga qaratilgan tajovuzlar, mamlakatning axborot boshqaruv tizimini izdan chiqarishga urinishlar ham ortdi. Darhaqiqat, hozir dunyoning bir qancha davlatlarida yadro quroli ishlab chiqarish boʻyicha harakatlar davom etayotgan boʻlsa, bir qator mamlakatlarda esa axborot xurujlarini uyushtirish ustida ish olib borilmoqda. Ayniqsa, maʼnaviy tahdid va yoshlar ongini egallashga qaratilgan axborot xurujlari kun sayin avj olmoqda. Baʼzi bir gʻarazli kuchlar tomonidan bu borada turli usul va uslublardan foydalanib kelinmoqda. Axborot xurujlarining yolgʻon axborot tarqatish, ijtimoiy ongni manipulyatsiya qilish, milliy-maʼnaviy qadriyatlarni yemirish, mentalitetga mutlaqo yot boʻlgan qadriyatlarni targʻib etish, xalqning tarixiy xotirasini buzish va oʻzgartirish, kiberterrorizm kabi turlari keng tarqalmoqda. Ularning aksariyati yoshlar ekanini hisobga olsak, bu holat barchamizni yanada ogoh va sergak boʻlishga undaydi.
Download 12,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish