Referat
Mavzu:
M.Ulug’bekning geografik ilmiy merosi
Reja
Ulug`bekning bolalik va yoshlik yillari
Mirzo Ulug`bek davridagi tarixiy jarayonlar
Mamlakat obodonchiligi yo`lida
Ulug`bekning ilmiy va madaniy merosi
Mirzo Uluqbekning "Ziji jadidi Kuragoniy" asari
Mirzo Uluqbek qaqida buyuk allomalarning fikrlari
Mirzo Ulug`bek Tarag`ay
Ulug`bek Sohib Qiron Amir Temurning nabirasi, Shoxruhning to`ng`ich o`g`li bo`lib, onasi Gavharishod og`a nufuzli qipchoq amirlaridan Qiyosiddin tarxonning qizi edi. U jahongir Temurning Iroq va Ozarbayjonga qilgan harbiy yurishi vaqtida 1394 yil 22 martda Sultoniya shahrida tug`iladi.
Ulug`bekning bolalik va yoshlik yillari
Ulug`bek Sohib Qiron Amir Temurning nabirasi, Shoxruhning to`ng`ich o`g`li bo`lib, onasi Gavharishod og`a nufuzli qipchoq amirlaridan Qiyosiddin tarxonning qizi edi. U jahongir Temurning Iroq va Ozarbayjonga qilgan harbiy yurishi vaqtida 1394 yil 22 martda Sultoniya shahrida tug`iladi.
Temurning hohishi bilan bolaga Muhammad Tarag`ay deb nom qo`yadilar. Lekin u yirik olim va fan arbobi bo`lgani tufayli ko`prok Ulug`bek ismi bilan mashxur bo`ldi.
Temur saroyida hukm surgan an'anaga binoan, shahzodalar bobosining katta xotini Saroymulkxonim tarbiyasiga topshiriladi. U yoshligidan o`tkir zehnli, kuchli xotirali, teran fikrli, qat'iyatli bo`lib yetishdi.
Ulug`bekning bolalik yillari haqida ana shuni ham aytish kerakki, u hamisha bobosining diqqat e'tiboriga sazovor bo`lgan. Temur butun muhabbatini ziyrak, hamma narsani bilishga harakat qilgan nabirasiga qaratadi va uning tarbiyasiga zo`r e'tibor berdi.
Ulug`bek bilimdon va tajribali murabbiylar ya'ni astronomiya ilmining bilimdoni Salohiddin Muso ibn Mahmud qozizoda Rumiy raqnamoligida fan asoslarini ayniqsa astranomiya ilmini puxta o`rgandi. Ular Ulug`bekni diniy va dunyoviy ilmlarning asosi bilan yaqindan tanishtirdilar. Bir qator manbalarda keltirilishicha, 1397-98 yiliyoq, kelajakda katta shoir va olim bo`lib yetishgan shayx Orif Ozariy ham Ulug`bekning murabbiysi qilib tayinlangan edi.
Ulug`bek juda yosh bo`lishiga qaramay, davlat kengashlariga, mas'ul qabul marosimlariga ham kiritilar va hamisha bobosining chap tomonida o`tirar edi. Demak, Temur bu nabirasini davlat ishlarini boshqarishga ham tayyorlab borgan.
Ulug`bekning yoshligi Movorounnahrda markazlashgan yirik davlat yuzaga kelgan sharoitda, bobosi Temurning harbiy yurishlari davrida o`tdi.
Temur Ulug`bekni ko`pincha bu yurishlarda o`zi bilan birga olib yurdi. Masalan, 1398 yili Hindistonga, 1399-1404 yili Turkiyaga, 1404 yili Xitoyga qilgan yurishlarida Ulug`bek bobosi yonida bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |