O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
“ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV” FAKULTETI
«IQTISODIYOT» KAFEDRASI
« Pul va Banklar » fanidan
REFERAT
Mavzu: Kredit turlari va shakillari
Bajardi : Xolmatov Azizbek Alisher o’g’li
Guruh 61a-19
Qa’bul qildi : Qayumov Nozimjon
FARG‘ONA 2022
REJA:
1. Kreditning shakllari va turlari
2. Davlat krediti.
3. Bank krediti
4. Ist’emol (ipoteka) krediti
5. Tijorat krediti
6. Xalqaro kredit
Kreditning shakllari va turlari
Iqtisodiy adabiyotlarda, iqtisodchi olimlar va mutaxassislar tomonidan kreditining turlari va shakllari xususida turlicha fikr yuritiladi va talqin etiladi. Masalan, O’zbekistonlik olima, professor Sh.Abdullaeva kreditning shakllari xususida aniq fikrlarni bayon etmagan bo’lsada, uning turlarini “qisqa muddatli kreditlash” va “uzoq muddatli kreditlash”dan iborat ekanligini ta’kidlaydilar, xuddi shuningdek, rossiyalik iqtisodchi olimlar ham kredit shakllari bo’yicha turlicha fikrlarni ilgari suradilar. Shu bois, ushbu paragrafda kreditning turlariga atroflicha to’xtalishga qaror qildik. Kreditning turlari asosan uning mohiyatini aniqroq tushunish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, ta’kidlash joizki, kreditning nafaqat turlari va shakllari o’rtasida, balki tasniflanishi ham ulardan ajralgan holda
o’rganilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Kredit an’anaviy ravishda qator belgilarga qarab tasniflanishi mumkin.
Xususan, kredit qarzdor va kreditor toifasi bo’yicha (1), kreditni taqdim etish
muddatiga qarab (2) va kreditni berish shakllariga (3) qarab tasniflanadi.
Agar kreditning bu tartibda tasniflanishiga e’tibor qaratadigan bo’lsak,
asosan bunday tasniflanish kredit sub’ektlari o’rtasida vujudga keladigan
iqtisodiy munosabatlar jarayonida yuz beradi. Shuningdek, uning e’tiborli
jihati material qiymatni o’zida aks ettirganligi bo’lib, amaliyotda taqdim etish
bilan bog’liq holatlarni o’zida namoyon etishi hisoblanadi.
Yuqorida qayd etilganlarga va iqtisodiy adabiyotlardagi manbalarga
tayanib, kreditning a) tovar, b) pul va v) aralash shakllari mavjudligini
ta’kidlash mumkin.
Kreditning tovar shakli uning juda oddiy shakli hisoblanib, kredit bilan
bog’liq dastlabki munosabatlar aynan ushbu shakl doirasida rivojlangan.
Federal rezerv tizimi o’sha kuni o’zi so’ngi instansiyadagi kreditor bo’lishi mumkin edi. XVFga rivojlanayotgan mamlakatlarda inqiroz sharoitida ta’minotni aniqlashga ko’p vaqt talab etilishi mumkin. XVFni tashkil etilayotganda, u faqat mamlakat to’lov balansida inqiroz sodir bo’lgandagina kredit berilishi ko’rib chiqilgan. Bundan tashqari kreditlash shartlari hukumat bilan muzokaralarda aniqlashtiriladi. Ko’rinib turibdiki XVF tomonidan kredit ajratilishi uchun bir necha oy muddat o’tib ketadi. Ushbu muddatga kelib, inqiroz anchagina chuqurlashadi va uni bartaraf etish uchun tanada ko’p mablag’ talab etadi, bunda jamg’arma resurslaridan oshib ketish holatlari bo’lgan. Markaziy banklarning XVFdan ko’ra tezroq kredit berishiga yana bir sabab, ularda oldindan kelishilgan holatlar mavjud bo’ladi. Qarzdor bunday banklar tegishli nazorat sifatida sharoitlar, javob yoki past byudjet kamomadini ushlab, agar tez mavjud mablag'larni: avans mablag'larini boshqarish qobiliyatini saqlab qolish uchun likvidlik tez ta'minlash uchun ehtiyoj oxirgi chora harakat qarz beruvchi uchun bir xil talablarini ko'rsatadi.
XVFning kredtilash amaliyotidagi yuqorida sanab o’tilgan kamchiliklar, rivojlanayotgan mamlakatlarning XVF bilan munosabatlardan uzoqlashuviga olib keldi. Mamlakatlar qattiq iqtisodiyotning dasturlari talablarini bajarishni istashmadi, shuningdek ular XVFning inqiroz davridagi mablag’larni taqsimlashdagi ushlanib qolishlardan norozi edi. Mamlakatlar XVFga alternativ sifatida, o’zlari savdo balansidagi muammolarni bartaraf etish uchun turli xalqaro rezervlar yarata boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |