Referat mavzu: kelajak bilimi yoshlar qo’lida reja: Kirish Yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan davlat siyosati



Download 52,12 Kb.
bet5/6
Sana10.12.2022
Hajmi52,12 Kb.
#883063
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Referat mavzu kelajak bilimi yoshlar qo’lida reja Kirish Yurti

Bilimli yoshlar – yurt tayanchi.
Darhaqiqat, bu allomaning fikrini chaqadigan bo`lsak, bugun farzandlarimiz juda ko`p tillarni bilishi, texnika asboblarini bizdan ko`ra yaxshi bilishi va biz bugun ulardan o`rganayotganimiz albatta, bu yoshlarimizning davr bilan hamnafas intelektual bilimlari kuchliligidan dalolat beradi.
“Barkamol avlodni tarbiyalash insoniyatning eng yorqin orzusi bo`lib kelgan. Biroq dunyo xalqlarining barchasi ham bu haqda o`ylayvermagan. Bunday orzudagi insonlar azaliy ma’rifatga, madaniyatga mansub bo`lgan yurtlarning donishmandlari – eng mo`tabar ziyolilari, hukmdorlari hisoblanganlar. Ularning orasida O`zbekiston deb atalmish muazzam zaminimizda yashagan bobolarimizning o`z o`rni, hurmati bor. Bu jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan haqiqatdir. Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga o`z tariximizdan juda ko`p dalillar keltirishimiz mumkin. Al-Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asaridagi g`oyani yodga oling. Unga ko`ra jamiyatning har bir fuqarosi – mansabi, tutgan o`rni, ya’ni kim bo`lishidan qat’iy nazar Fozil kishi. Fozil inson o`z davlatining barcha qonun-qoidalarini yaxshi biladi, unga amal qiladi, fikrlaydi, o`z kasbining ustasi, lozim bo`lganda Vatani uchun jon fido qiladi. Fozillar shahri aholisi bir-biriga hurmatda bo`ladi. Ota-ona va farzand, ustozu shogird o`rtasida sharqona nazokat, mehr va ehtirom bo`ladi. Avvalo bunday fikr yuritishning o`zi bobolarning ma’naviy darajasi naqadar yuksak bo`lganligini va albatta bunday fikr aytish bu borada ko`p asrlik meroslarni o`rganish natijasida vujudga kelishini ta’kidlash joiz. Demak bizning barkamol avlod tarbiyalash haqidagi niyatimiz uchun ma’naviy asos bor. Millatimiz urf-odatlaridagi, qonidagi ma’rifat tushunchasi, ilm va bilimga intilish xislati bir necha ming yillar davomida shakllangan, sayqal topgan”.
Bugun davrning oʻzi bizdan ­beparvolik, loqaydlik illatlarini tobora uzoqlashtirmoqda. Davlat ­rahbarining shaxsan oʻzi soʻz va fikr erkinligini talab qilgan jamiyat, albatta, taraqqiyotga erishadi.Men butun hayotini ilm-fan, taʼlim-tarbiya, oliy taʼlim sohasi rivojiga bagʻishlagan inson sifatida mamlakatimiz rahbarining ilm-fanga qaratayotgan eʼtiboridan nihoyatda mamnunman. Bu Murojaatnomada ham koʻzga yaqqol tashlanib turibdi. Najot ilm-fan va taʼlim-tarbiyada ekanligini Prezident takror-takror uqtirmoqda. Mana shu haqiqatni anglagan davlatlar, jamiyatlar allaqachon taraqqiyotning eng yuqori choʻqqisini zabt etdi. Ming afsuski, biz bu borada yoʻqotishlarga yoʻl qoʻydik.Yoshlar hayotidagi bugungi muammolarning sababi nima? Shubhasiz, yigit-qizlar bandligi taʼminlanmaganida, ularning boʻsh vaqti mazmunli tashkil etilmaganida, taʼlim-tarbiya sifati zamon andozalariga mos­lashtirilmaganida.
Kuni kechagi videoselektor yigʻilishida ham ayni shu masalalarga eʼtibor qaratilib, joriy yilda 500 ming nafar oʻQil-qizni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish zarurligi taʼkidlandi. Tuman va shaharlarda anʼanaviy yoki masofaviy oʻquv kurslarini koʻpaytirish, ishsizlarni ushbu tizim orqali kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitib, bandligini taʼminlash boʻyicha topshiriqlar be­rildi.
— Bir million soʻm bersak ham, 10 million bersak ham, faqat oʻqitish kerak. Butun ­dunyoda avval oʻqitmasdan pul bermaydi, — deya taʼkidladi davlat rahbari.
“Ishga marhamat” monomarkazlari hamda kasb-hunar kollejlarini asbob-uskuna bilan jihozlash, kasb standartlarini ishlab chiqish va oʻqituvchilar malakasini oshirish vazifalari belgilandi. Buning uchun Osiyo taraqqiyot bankining 93 mil­lion dollar kreditini jalb etish moʻljallangan.
Maʼrifatparvar Ismoilbek ­Gasprinskiy yozadi: “Agar biz muayyan tarixiy sharoitlar tufayli boshqa ­xalqlardan orqada qolgan ekanmiz, bu hali bizni milliy-madaniy yuksalish huquqidan mahrum etmaydi, aksincha, u tomon yana-da kattaroq Qayrat bilan intilishga majbur etadi... Buni bizdan xalqimizning tarixi, taqdiri ­talab etadi. Ulugʻ vazifalardan va ulugʻ intilishlardan qoʻrqmang! Ular ulugʻ voqealarni tayyorlaydi va ulugʻ shaxslarni yetkazadi...»
Bundan bir asrdan ziyod vaqt oldin barcha turkiy xalqlarga qilingan bu daʼvat bugungi kunlarimizga qanchalar hamohang!
Bugun Prezident millatni maʼrifat tomon boshlamoqda. Buning uchun hech narsani ayamasligini taʼkidlamoqda. Ilm-fan Oʻzbekiston uchun taraqqiyot strategiyasi ekanligini oʻtgan toʻrt yil davomida barchamiz tushunib yetdik. Aniqroq aytganda, yurt ­rahbari bizni mana shu haqiqat ­atrofida birlashtirdi. Bugun maʼrifat millat bayrogʻiga aylandi. Faqat maʼrifat yoʻli bizni yuksaltirishini anglab yetdik. Aslida ham barcha koʻrgiliklarning, xorliklar va zorliklarning, mutelik, qullikning bosh sababi ilmsizlikdir.
Oʻtmish, bugun, kelajak uchun ham xalq nafaqat savodli, balki bilimdon boʻlishi zarur. Faqat bilim bizni dunyo xalqlariga yaqinlashtiradi, teng­lashtiradi. Faqat bilim bizning jahon sahnidagi munosib oʻrnimizni belgilaydi. Murojaatnomaning bosh maqsadi ham ilmli boʻlib, mamlakatni taraqqiy ettirishdan iboratdir. ­Prezident oldimizga qoʻyayotgan vazifalar mohiyatini anglash uchun ham, ijro etish uchun ham zamonaviy bilimlar bizga suv bilan havodek zarur.
XX asr avvalida maʼrifatparvar olimlardan yana biri Gʻilmon Karimov shunday fikrlarni ilgari suradi: “Biz uchun eng goʻzal ish ilm va taʼlim-tarbiya ishidir. Eng muqaddas intilish ilmga, taʼlim-­tarbiyaga intilishdir. Chunki insonni inson etgan bilim va mehnatdir. ­Bilim madaniy turmush-tamaddunga yetishish vositasidir...”
Mazkur haqiqatni ushbu hikmat yana-da mustahkamlaydi: “bugun dunyoda yashash uchun xalqlar koʻp bilishi va koʻp harakat qilishi lozim...” Bu bizning xalqimizga ham qarata aytilgan. Jahon taraqqiyotining eng boshida turganlar, dunyo siyosatini belgilovchilar, nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki bilim borasida ham yuksak pogʻonalarga erishishgan. Murojaatnoma xalqimiz manfaatlarini taʼminlash bilan birga, ilm-maʼrifatli boʻlishi yoʻlida tashlangan ulkan va muhim qadamdir.
Sunʼiy ravishda, maʼlum bir muddat odamlarni farovon yashatsa boʻladi. Lekin davomli, baxtli va farovon, toʻkin va boy yashash uchun ilm kerak. Buni anglamaslik kelajakka xiyonatdir.
Prezidentimiz Murojaatnomada Abu Ali ibn Sinoning “Dovyurak va botir insonlar kelajakda sodir boʻladigan qiyinchiliklardan qoʻrqmaydi”, degan hikmatini keltirdi. Bu bejiz emas. Oʻz oldimizga qoʻygan ulugʻvor maqsadlarni amalga oshirish yoʻlida uchraydigan toʻsiqlardan qoʻrqmasligimiz kerak. Bu yoʻl millat uchun hayot-mamot yoʻlidir. Oʻzbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida taraqqiyotning shunday bosqichiga keldiki, endi orqaga yoʻl yoʻq, bu yoʻlda faqat kelajak bor, erta bor. Faqat taraqqiyot, rivojlanish, yuksalish, ilm-fanning yuksak choʻqqilari, bepoyon ufqlari koʻrinadi...
Xalqning buyukligi, kuch-qudrati koʻp holatlarda tabiiy boyliklari, iqtisodiy imkoniyatlari bilan oʻlchanib kelgan. Aslida, eng sharafli mezon va oʻlchov ilm va hunardir. Bularga ega boʻlgan xalq eng ulugʻ va eng ­buyukdir.
Murojaatnoma elimiz ruhiyatini koʻtardi. Prezident oʻz xalqini qanchalar qadrlashini, eʼzozlashini ifoda etdi. Oʻtgan 2020-yilning mashaqqatlarini unutishga undadi. Ruhi baland millat marrani yuksak oladi. Ajdodlar oldidagi burchini anglagani kabi kelgusi vazifalarga ham masʼuliyat bilan qaraydi.
Bunda, albatta, yoshlar mamlakatimiz ravnaqining asosiy tayanchi va suyanchi oʻlaroq hal qiluvchi kuch boʻlib maydonga chiqishi lozim. Bu yoʻlda nafaqat yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga masʼul sohalar vakillari, balki mahalla faollari, sektorlar rahbarlari, hokimlaru vazirlar, xullas, el-yurt taqdiriga oʻzini daxldor bilgan har bir inson bir tanu bir jon boʻlib, hamjihatlikda, jipslashib harakat qilmogʻimiz shart.
Davlat rahbari bugun bizdan aynan shuni kutmoqda. Barchani yurtimizda uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ulugʻvor Qoya asosida birlashishga, bu yoʻlda Qayrat-shijoatni namoyon etishga undamoqda.Zero, dunyo taraqqiyotidan hech bir jabhada ortda qolishga haqqimiz yoʻq.

Download 52,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish