Referat mavzu: ishlab chiqarish jarayonlari fan: iqtisodiyot nazariyasi bajardi: amanbayev abbos (mmt-83)



Download 199 Kb.
bet2/3
Sana30.12.2021
Hajmi199 Kb.
#97853
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
Ishlab chiqarish omillarining mohiyati

2. Tabiiy omil

Ishlab chiqarish jarayoni har doim u yoki bu darajada tabiiy resurslardan foydalanishga asoslangan. Keng ma`noda jamiyat va inson tabiatning ajralmas qismidir va tabiatdan tashqarida o`z faoliyatini olib bora olmaydi. Tabiiy resurslar  ishlab chiqarishning muqarrar sharti sifatida uning o`sishi uchun tabiiy negiz bo`lib xizmat qiladi. Ular, shuningdek, jamiyat milliy boyligini yaratishning muhim manbaidir. Ingliz iqtisodchisi U.Petti: "Mehnat-boylikning otasi, yer esa uning onasi", – degan edi.

Yer har qanday jamiyat, har qanday mamlakatning beqiyos boyligidir. U bitmas-tuganmas xazina bo`lib, kelgusi avlodlarga ham qoladigan asosiy merosdir. Shuningdek, yer qishloq xo`jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi hamdir. Yerga ikki jihatdan, birinchidan, hudud, ikkinchidan, tirikchilik manbai, o`simlik va hayvonot dunyosi hayoti uchun zarur bo`lgan tuproq, inson uchun oziq-ovqat, sanoat uchun xomashyo etishtirib beradigan ekin maydonlari sifatida qarash lozim.

O`zbekistonning yer resurslari xilma-xil. Qizilqum va boshqa cho`llarda cho`l-qum tuproqlari katta maydonni egallaydi. Bunday tuproqlar asosan qumdan iborat bo`lib, zich qatlam hosil qilmaydi, chirindi (gumus) qismi 1 foizga ham etmaydi. O`zbekistonning tekislik qismidagi cho`l zonasida sur-qo`ng`ir, cho`l-qum, taqir tuproqli yerlar uchraydi.

Respublikamiz umumiy yer maydonining 5 million gektardan ortiqrog`i dehqonchilikda foydalaniladi. Bu asosan sug`oriladigan va lalmi yerlardir. Qolgan qismi yaylov va ozroq qismi tog` va o`rmonlardan iborat.

Sug`oriladigan yerlarning katta qismi Farg`ona va Zarafshon vodiylari va Amudaryoning quyi oqimini egallagan. Lalmi erlarninng katta maydonlari Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent va Jizzax viloyatlarida joylashgan.

O`zbekistonning suv resurslari daryolar, sel oqimi, kanallar, ko`l va suv omborlaridagi suvlardan tarkib topadi. Uning asosiy manbai daryolar bo`lib,  O`zbekistonning bosh suv o`zanlari Amudaryo va Sirdaryo hisoblanadi.   Ikkala daryoninng suvi ham respublika hududidan tashqarida hosil bo`ladi. Ulardan tashqari yirik daryolar jumlasiga kiruvchi Norin, Qoradaryo, So`x, Chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo va Sheroboddaryolar ham mavjuddir. Bu daryolarning ko`pchiligi o`zlarining o`rta va quyi oqimlari bo`yicha O`zbekiston hududidan o`tadi. O`zbekistonda hammasi bo`lib 50 ga yaqin daryo bo`lib, ulardan 10 tasining uzunligi 150 km dan oshadi. O`zbekistonning tog` va tog` oldi rayonlarida sel oqimi (toshqini) ko`plab uchraydi. O`zbekistonda suv xavfi kuchliroq rayon Farg`ona vodiysi hisoblanadi. Bu erda har yili, ba`zan yiliga bir necha marta sel bo`ladi. Ko`pchilik sel toshqinlari aprel va may oylariga to`g`ri keladi. Chunki bu oylarda tog`da juda ko`p yog`in-sochin bo`ladi. Sel oqimi har yili minglab gektar ekin maydonlarini vayron etadi. Shuning uchun ham tashqi xavf kuchli tog` oldi rayonlarida sel oqimini ushlab qoladigan qurilmalar (suv omborlari) qurilgan. Hosil bo`lgan suv zahiralaridan keyinchalik ekinlarni, ayrim yaylov maydonlarini sug`orishda foydalaniladi.        

Ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun yerdan, yer osti boyliklaridan, o`rmonlardan, suvdan va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish lozim. Mamlakatdagi xo`jalik yuritish tizimi ulardan oqilona va ehtiyotkorlik bilan, tejab-tergab foydalanish uchun imkoniyat yaratishi va ishlab chiqarish ishtirokchilarini shunday ish olib borishga undashi lozim. Tabiiy resurslarni saqlash va ko`paytirishdan butun jamiyat manfaatdordir.

Tabiiy resurslarning bir qismini, avvalo, foydali qazilma konlarini qayta hosil qilib, tiklab  bo`lmaydi. Ular yer ostidan qazib chiqarilgan sari tugab boradi. Boshqa tabiiy boyliklarni: tuproq, suv, o`rmonlar, hayvonot dunyosini tiklash uchun ko`plab mablag` sarflash talab qilinadi (masalan, tuproqqa o`g`it solinadi, yer tekislanadi, chiqindilardan va zararli moddalardan tozalanadi, suv resurslarini tiklash uchun ishlatilgan suv tozalanadi, o`rmonlarni tiklash uchun ko`chat o`tqaziladi va h.k). Demokratiya tamoyillariga asoslangan jamiyatda tabiatni muhofaza qilish barchaning ijtimoiy burchiga aylanadi. Tabiiy resurslardan, jumladan, yerdan noshudlik bilan, tabiatga zarar yetkazgan holda foydalanish o`z mazmuniga ko`ra jamiyat boyligini nobud qilishdir, chunki bu ijtimoiy ishlab chiqarish o`sishining moddiy negiziga putur yetkazadi.    

Iqtisodchilar tabiiy resurslarni ikki toifaga ajratadilar. Bular haq to`lab o`zlashtirib olinadigan va tekinga o`zlashtirilib olinadigan resurslardir.  Tabiiy resurslar haq to`lab o`zlashtirib olinganda, firma yoki resursning iste`molchisi uning samarasini to`la ravishda o`zi o`zlashtiradi. Bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida haq to`lab o`zlashtiriladigan tabiiy resurslar qatoriga birinchi navbatda er kiradi. Erni haq to`lab qo`lga kiritgan fermer unda etishtirilgan g`alla yoki paxtani to`la ravishda erkin tasarruf qiladi. Foydali qazilmalar (neft va gaz konlari)ning egalari   qazib olingan mahsulotni yoki konning o`zini sotishlari mumkin. Tabiiy resurslar haq to`lab o`zlashtirilganda, raqobatli bozor sharoitlarida ulardan samarali, tejab-tergab foydalanishga erishiladi.

Tabiiy resurslarning ikkinchi toifasini, hatto, bozor munosabatlari to`la qaror topgan iqtisodiyotda ham, yuqorida aytib o`tilganidek, tekinga o`zlashtirib olinadigan resurslar tashkil etadi. Bu resurslardan foydalanish jarayonida jamiyat uchun muayyan muammolar yuzaga kelishi mumkin. Gap shundaki, mazkur resurslar  alohida firma yoki shaxslar uchun tekin resurslar bo`lib maydonga chiqadi, lekin ular butun jamiyat uchun bepul emas. Haq to`lab o`zlashtiriladigan resurslar qo`lga kiritilishida resurs egasining mazkur resursga oid xarajatlari qoplab boriladi. Tekin o`zlashtiriladigan resurslar bo`yicha esa bunday bo`lmaydi va natijada tashqi oqibat (samara) yoki qo`shimcha oqibat deb ataladigan hodisa yuz beradi. Masalan, havoga zaharli gazlar chiqarilishi aholi salomatligiga zarar etkazadi. Bunga yo`l qo`ygan firma tabiiy resurs-havodan tekinga foydalanadi va ayni paytda iqtisodiyotning boshqa sub`ektlarining bundan ko`rayotgan zararini qoplab bermaydi. Yoki oqar suvlarga zaharli chiqindilar tashlanganda, daryo yoki soy ifloslanadi, baliqlar nobud bo`ladi, boshqa kishilarning suvdan foydalanish imkoniyatlari qisqaradi. Ko`rinib turibdiki, tabiiy resurslardan bepul foydalanish natijasida kelib chiqayotgan tashqi oqibat asosan salbiy xarakterda bo`ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida salbiy tashqi oqibatli tovarlar ko`proq, ijobiy  tashqi oqibatli tovarlar esa kamroq ishlab chiqariladi.

Pol Samuelson va Villyam Nordxaus ta`kidlashlaricha, AQShda tabiiy resurslardan foydalanishga asoslangan ishlab chiqarishning iqtisodiyotdagi ulushi 1987 yilda 4 foizni tashkil etgan. Bozor orqali qo`lga kiritiladigan tabiiy resurslarning to`rtdan uch qismidan fermer xo`jaliklari va neft-gaz sanoatida foydalanganlar.

O`zbekiston iqtisodiyotining xomashyo va agrar xarakteri tufayli tabiiy resurslardan foydalanishga asoslangan tarmoqlar ulushi juda yuqori. Xususan, hozircha qishloq xo`jaligi iqtisodiyotimizning yetakchi tarmog`i ekanligicha qolmoqda. Aholi farovonligi va mamlakatning eksport imkoniyatlari ko`p jihatdan mana shu tarmoqdagi ahvolga bog`liq.

Qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan samarali foydalanish mamlakat uchun alohida ahamiyatga ega. Odatda, bu resurslar iqtisodiy o`sishni  va aholi farovonligini ta`minlashda muhim o`rin tutadi. Biroq, ayovsiz foydalanish natijasida ular bir kun tugashi va ularning o`rnini bosa oladigan resurslarni topish juda ham qiyinlashib qolishi mumkin.

Ba`zi iqtisodchilar qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslarga texnika taraqqiyoti natijasida maqbul o`rinbosarlar topilishi muqarrar, deb hisoblaydilar. Masalan, neftdan olinadigan suyuq yoqilg`i o`rniga ko`mirdan olinishi mumkin bo`lgan suyuq yoqilg`i kelishi mumkin. Uglevodorod  qazilma  boyliklar ishlatib  bo`lingach, quyosh energiyasiga yoki atom energiyasiga, hatto, termoyadro energiyasiga o`tilishi mumkin. Energiyaning oxirgi uch manbalari tugalmas xarakterdadir.  

Shu bilan birga hozirgi paytda iqtisodiyotda va ijtimoiy hayotda atrof- muhitni muhofaza qilish tarafdorlarining qarashlari tobora ustun mavqega ega bo`lib bormoqda. Ularning fikricha, iqtisodiy o`sishning zarur darajasini saqlab turish uchun energiya va boshqa tabiiy resurslarni, shu jumladan, aholi joylashmagan hududlar va asriy o`rmonlarni ijtimoiy kapitalning alohida ko`rinishi sifatida asrash lozim. Hozirgi avlod kelajak avlodlarga imkoni boricha kapital aktivlarning ko`proq zahirasini qoldirishi zarur. Bu aktivlar faqat yuksak texnologiyali korxonalar, laboratoriyalar, kutubxonalar va inson kapitalidangina iborat bo`lmay, balki tabiiy resurslarni ham o`z ichiga olishi darkor.              

  


Download 199 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish