OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
Buxoro davlat universiteti
Fizika-matematika fakulteti
REFERAT
Mavzu: Imitasion modellashtirish.
Tekshirdi: Sh. Imomova
Bajardi: S. Otajonova
Buxoro - 2021
Reja:
1. Model tushunchasi, imitatsion modellashtirish.
2. Imitatsion modellashtirishning asoslari.
3. Imitatsion modellashtirish bosqichlari.
Model tushunchasi, imitatsion modellashtirish.
Sistema yoki boshqaruv masalalarini o‘rganayotgan tadqiqotchi tomonidan o‘rganilayotgan sistemaning modelini qurish jarayonini intuitiv (hissiy) san’ant deb qarash mumkin. Modellarni qurish uchun ishlab chiqilgan ixtiyoriy qoidalar to‘plami eng yaxshi xolatda bo‘lg‘usi model uchun karkas yoki boshlang‘ich punkt bo‘lishi mumkin. Modellashtirish jarayonini aniq atamalar yordamida tashkil qilishda biz intuitsiyaga asoslangan va ilgari modellashtirish bilan shug‘ullangan mutaxassislarning bilimlarini sistemaga solishga xarakat qilamiz. Baxtga qarshi, barcha ilmiy izlanishlarning natijalari olingan natijalarni to‘g‘ri ekanligini isbotlashga qaratilgan mantiqiy tuzilmalar ko‘rinishida bayon qilinadi va umumlashtiriladi. Bu mantiqiy tuzilmalar tadqiqotlar olib borilgan sharoitlarga xar doim xam mos kelavermaydi. Birorta xam ilmiy xisobotda keyinchalik tuzatilgan xato muloxazalar, falstartlar xaqida biror jumla topib bo‘lmaydi. Bunday xisobot va maqolalarda faqat xodisalar ketma-ketligi va tadqiqotchining izoxlari keltiriladi xalos.
Albatta, modellarning tajribasiz quruvchisi uchun adabiyotlarda mantiqiy qurilgan retrospektiv ma’lumotlardan boshqa xeq narsa keltirilmaganligi uchun, u bu ma’lumotlarni tadqiqot jarayonini ifodalash uchun qabul qiladi. Ishlari kitoblarda aytilganidek (ko‘ngildagidek) ketmayotganligini ko‘rganidan keyin u o‘ziga ishonchni yo‘qotadi. Modellarning tajribali quruvchi esa model ishlab chiqish bilan bog‘liq muloxazalar qurish jarayoni adabiyotlarda keltirilganidan ancha farq qilishini biladi.
Aftidan, modellashtirishning asosiy samarali metodikasi modellarni sinchkovlik bilan tanlab olishdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Odatda, juda sodda modeldan boshlab, murakkab vaziyatni to‘laroq ifodalovchi mukammalroq modellarga ketma-ket o‘tib boriladi. YAxshi tuzilgan strukturalarga o‘xshashlik vaassotsiatsiyalar mukammallashtirish jarayoni uchun boshlang‘ich material bo‘lishi mumkin. Bu jarayon real vaziyat va model o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, aloqadorlik va teskari aloqalarni e’tiborga olish bilan bog‘liq. Modelni yaxshilash va real ob’ekt tug‘dirayotgan ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni uzluksiz ravishda bir-biriga bog‘langan bo‘ladi. Tajribalar o‘tkazish va modelning xar variantini baholash oqibatida modelning yangi tajriba va qayta baxolashlarni talab qiladigan yangi varianti yuzaga keladi.
Modelni matematik ko‘rinishda ifodalashga erisha olgan tadqiqotchi modellarni yanada mukammallashtirishi mumkin. Ammo, model bunday ifodalash mumkin bo‘lmay qolganidan keyin, tadqiqotchi uni soddalashtirishga va abstraksiyalashga xarakat qiladi.
SHunday qilib, modellashtirish san’ati muammoni tahlil qilish qobiliyati, abstraksiyalash yordamida uning muhim xususiyatlarini ajratib olish, sistemaning asosiy xarakteristikalarini ifodalovchi farazlarni tanlash va yaxshilash, so‘ngra modelni amaliyot uchun foydali xolga kelguncha mukammallashtirishdan iborat bo‘ladi.
Model quruvchi quyidagilarni amalga oshira olishi lozim: - umumiy masalani soddaroq ichki masalalarga ajratib olish; - maqsadni aniq ifodalash; - o‘zshashliklarni qidirib topish; - quyilgan masalaga mos keluvchi maxsus sonli namunalarni ko‘rib chiqish; - ma’lum bir belgilashlarni tanlash; - ko‘rinib turgan munosabatlarni qayd etish; - agar modelni matematik ifodalash mumkin bo‘lsa, bnga erishish va uni kengaytirish. Aks xolda modelni soddalashtirish.
Umuman aytganda, modelni quyida ko‘rsatilgan amallarning biridan foydalanib soddalashtirish mumkin: - o‘zgaruvchi miqdorlarni konstantalarga aylantirish; - ayrim o‘zgaruvchilarni yo‘qotish yoki birlashtirish ;
Do'stlaringiz bilan baham: |