Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalar
Nukus filiali
“Kompyuter injinering “ yo`nalishi Akademik yozuv fanidan yozgan
Referat
Mavzu: Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalarning qo’llanilishi
Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalarning qo’llanilishi
Kirish.
Asosiy qisim
1. Uslublar tasnifi .Imliy uslub va ommabop(publistik) uslub.
2. Atamalar haqida tushuncha. AKT sohasiga tegishli bir nechta maxsus atamalar .
3. Ilmiy-ommabop uslub. Ilmiy-ommabop uslubdagi maqola namunasi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Hurtmatli o’quvchi ! Siz tanishib chiqmoqchi bo’layotgan bu refaratimda men quyidagilarni sizga yoritib berishga harakat qilaman. Asosan men Ilmiyommabop uslubning o’zigina emas, balki, uslublar tasnifi haqida hamda o’sha uslublar haqida qisqa ma’lumot berib o’taman. Keyin esa sizga atamalar , maxsus atamalar haqidagi ma’lumotlarni beribgina emas, AKT sohasiga tegishli maxsus atamalar lug’ati bilan tanishtiraman. Ko’rinib turibdiki,bu referat mavzusi ham ilmiy ham adabiyotshunoslik ham AKT sohasiga tegishli bilimlar bilan yoritilib beriladi. AKT sohasida sizga tanish bo’lgan , nafaqat AKT sohasi balki siz hayotda ishlatadigan va ko’p eshtgan so’zlarni AKT sohasiga bog’lagan holda izohlab o’taman. Va sizni ilmiyommabop uslub bilan tanishtirib, sizga AKT sohasiga tegishli ilmiyommabop uslubdagi maqolaga namunasini taqdim etaman. Oxirigi aniq natijani siz xulasadan olishingiz mumkin.
1.Uslublar tasnifi .Imliy uslub va ommabop(publistik) uslub. O’zbek tili uslublarini vazifaviy jihatdan tasnif qilish ikki omilga – til va tildan tashqarida bo’lgan omillarga tayanadi. Bu uslublarning N.A.Baskakov, A.Sulaymonov, A.Shomaqsudov, G’.Abdurahmonov, B.O’rinboyev, S.Muhamedovlar tomonidan tavsiya etilgan variantlari mavjud bo’lib, ularda asosan beshta uslub – so’zlashuv, ommabop, ilmiy, rasmiy va badiiy uslublar e’tirof etiladi. Ular haqida bilimga ega bo’lish o’quvchilarga ona tilimizning nutq jarayonidagi imkoniyatlarini o’rganishga ko’maklashadi. Rasmiy uslub Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar,xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqiruv qog’ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e’lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning asosiy belgisi : jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo’lishi. Bu uslubda ham so’zlar o’z ma’nosida qo’llanadi, ko’pchilikka ma’lum bo’lgan ayrim qisqartma so’zlar ishlatiladi, har bir sohaning o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi, qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi, yuklatilsin, tayinlansin kabi so’z va so’z birikmalari ko’plab uchraydi.Rasmiy-idoraviy uslubda ko’pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko’rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Rasmiy uslub hozirgi o’zbek tilining davlat-ma’muriy, huquqiy muassasalarida, rasmiy diplomatik munosabatlarida namoyon bo’ladigan ko’rinishidir. Qonun matnlari, farmonlar, farmoyishlar, buyruqlar, xullas barcha rasmiy ish qog’ozlari ana shu uslubda shakllanadi. Bu uslubning og’zaki va yozma ko’rinishlari, binobarin, ushbu ko’rinishlarining o’z me’yorlari mavjud. Jumladan, aniqlik. Ushbu uslubda shakllangan matnda noaniqlikka, izohtalab o’rinlarga yo’l qo’yilmasligi lozim. Fikr va mazmun sodda, aniq va tushunarli tilda bayon qilinishi kerak. Shu o’rinda rasmiy uslubda yozilgan matnlar uchun barcha morfologik vositalar va kategoriyalarning qo’llanilishi bir xil darajada emasligini ta’kidlash ham maqsadga muvofiq. Masalan, sonlar va olmoshlar bu uslubda boshqa so’z turkumlariga qaraganda ikkinchi darajali omil hisoblanadi.
Rasmiy uslubning sintaktik alomatlari ham matnda darhol ko’zga tashlanadi.Unda darak gaplar, uning ayniqsa qo’shma gap shakli ko’p ishlatiladi. Yoyiq va murakkab so’z birikmalari mahsuldor hisoblanadi, murakkab tipdagi nomlar keng qo’llaniladi.Gap tuzilishida o’zbek tilidagi odatdagi me’yorga amal qilinadi va yuqorida sanalgan jihatlari bilan ilmiy uslubga o’xshab ketadi.
Ilmiy uslub Fan-texnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Mantiqlilik aniqlik bu uslubga xos xususiyatlardir. Ilmiy uslub aniq ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta’riflar)ga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi. Misol uchun: Yomg„ir – suyuq tomchi holidagi atmosfera yog„ini. Tomchining diametri 0,5-0,6 mm bo’ladi. Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so’zlar o’z ma’nosida qo’llanadi,qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar,kirish so’zlar, kirish birikmalar, shuningdek, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi.
Ilmiy uslub ilmiy asarlar uslubidir.Til birliklarining fan sohasida,ilmiy bayon jarayonida ishlatilishi mazkur uslubning shakllanishiga asos bo’ladi. Ilmiy tafakkur fikrlashning o’ziga xos usuli ekanligi,obyektiv borliqni idrok etishda faqatgina dalil va faktlarga tayanish,fikriy izchillik kabi ekstralingvistik omillar ham nutqning ushbu turning shakllanishida,binobarin,nutqiy me’yorning o’ziga xos turining yuzaga kelishida muhim omil sanaladi.Yuqorida bu kabi xususiyatlarning mushtarakligi bilan rasmiy uslubga yaqinligi aytib o’tilgan edi. Ilmiy uslubning janr xususiyatlari ham keng. Monografiya, risola, darslik, o’quv qo’llanmasi, o’quv-metodik qo’llanma, dastur, ma’ruza matnlari,taqriz va referat singarilar uning ana shu janr ko’rinishlari hisoblanadi. Garchi ularning har birining bayon usuli va uslubi ma’lum darajada bir-birlaridan farq qilsa-da, til birliklaridan foydalanish me’yoriga ko’ra umumiylikni tashkil etadi.
Ilmiy uslubga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat: 1.Aniqlik. Har qanday ilmiy bayon, xulosa, shubhasiz, aniqlikni talab qiladi. Shuning uchun bu uslubda so’zlarni aniq, asosan bir ma’noda qo’llash, sinonimik qatordagi variantlardan masalaning mohiyatini birmuncha aniq ifoda etadigan variantini tanlash, hech bo’lmaganda,neytral variantini qo’llash taqozo etiladi . 5 2.Obyektivlik. Ilmiy adabiyotlarda bu uslub doirasida til materiali fikrning haqqoniyligi, obyektivligiga xizmat qilishi lozimligi uqtiriladi. Ma’lum bo’ladiki, haqqoniylik, obyektivlik nihoyatda murakkab jarayon bo’lib,uning reallashuvida faqatgina til birliklariga tayanib ish ko’rish qiyin.Uni vaziyat,suhbatdoshlarning bir-birlarini bilishi va tushunishi kabi ekstralingvistik omillar ham belgilashi mumkin. 3.Mantiqiy izchillik ilmiy bayon uslubining o’ziga xos xususiyatini tashkil etadi. Matnda so’zlar, gaplar, abzaslar o’zaro mantiqiy bog’langan bo’lishi lozim. Shuning uchun ham ilmiy matnlar bu izchillikni yuzaga keltiruvchi ma’lumki,ma’lum bo’ladiki, ta’kidlash lozimki, ta’kidlash o’rinliki, darhaqiqat, binobarin, shunday ekan, birinchidan, ikkinchidan, ko’rinadiki, ta’kidlash joizki,xulosa qilib aytganda,xulosa qilganimizda,birgina misol,faqat bugina emas singari ko’plab bog’lovchi vazifasini bajaradigan so’z va birikmalar qo’llaniladi.
4. Qisqalik. Bu xususiyat aynan ilmiy bayonga xos xususiyatdir. Shuning uchun unda tilning tasviriy imkoniyatlaridan deyarli foydalanilmaydi. Gaplar darak mazmunida bo’lib, asosan sodda yoyiq holda bo’ladi. Ommabop uslub. Tashviqot-targ’ibot ishlarini olib borishda qo’llanadigan uslub, ya’ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Soddalik,tushunarli bo’lish, ta’sirchanlik,adabiy til me’yorlariga rioya qilish bu uslubning asosiy belgilaridan hisoblanadi. Ommabop uslubning radio, televideniyeda ishlatiladigan ko’rinishi og’zaki ommabop uslub deyilsa, gazeta jurnallarda ishlatiladigan ko’rinishi yozma ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so’zlar ko’p qo’llanadi. Nutq ta’sirchan bo’lishi uchun ta’sirchan so’z va birikmalardan,maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi. Radio va televideniyedagi ayrim chiqishlar bu uslubdagi matnda so’zlashuv uslubi elementlari ham ba’zan aralashib ketishi mumkinligini ko’rsatadi. Ma’lumki, publisistika badiiy, siyosiy, ilmiy jabhalarni qamrab oluvchi yirik soha hisoblanib,ommaviy axborot vositalari sanaladigan radio va televideniyeda, gazeta va jurnallar sahifalarida aks etadigan yangilik, xabar, reportaj, tahlilnoma, bosh maqola, maqola, ocherk, feleton, pamflet, e’lon,reklama singari qator janrlarni qamrab oladi. Ana shu qamrov doirasining kengligi o’z navbatida til birliklarining har bir janrda alohida tarzda me’yorlashuvini taqozo etadi. Bu o’rinda esa me’yorlashishning umumiy jihatlari xususida so’z yuritish imkoniyati mavjud. Badiiy uslub.Voqelikni badiiy obrazlar (timsollar) vositasida aks ettirib, tinglovchi yoki o’quvchiga estetik jihatdan ta’sir qiluvchi uslub badiiy uslub deb ataladi. Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo’ladi.Badiiy asar kishiga ma’lumot berish bilan birga timsollar (obrazlar) vositasida estetik ta’sir ham ko’rsatadi : O’lkamizda fasllar kelinchagi bo’lmish bahor o’z sepini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so’zlari, sheva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi. Badiiy uslub aralash uslub hisoblanadi, chunki bu uslubda so’zlashuv va kitobiy uslublarga xos o’rinlar ham uchraydi.Badiiy uslub o’zbek tili vazifaviy uslublari orasida o’ziga xos mavqega ega bo’lib, ayni paytda o’zining alohida me’yorlariga ham ega.Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi,umumxalq tilida mavjud bo’lgan barcha lingvistik birliklarning,shu bilan birga, boshqa vazifaviy uslublarga xos bo’lgan elementlarning ham ishlatilaverishi va ularning muhim bir vazifaga – badiiy-estetik vazifani bajarishga xizmat qilishi badiiy uslubning asosiy xususiyati hisoblanadi. Tabiiyki, bunday imkoniyatlar boshqa vazifaviy uslublarda chegaralangan. So’zlashuv uslubi. Uyda, ko’chada, insonlarning o’zaro so’zlashuvida qo’llanadigan uslub so’zlashuv uslubi deb ataladi. Bu uslubning adabiy til me’yorlariga rioya qiladigan ko’rinishi adabiy so’zlashuv uslubi deb yuritilsa, bunday me’yorlariga rioya qilinmaydigan ko’rinishi oddiy so’zlashuv uslubi deb ataladi. So’zlashuv uslubidagi nutq ko’pincha dialogik shaklda bo’ladi.Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasidan tuzilgan nutq dialogik nutq deyiladi. So’zlashuv uslubida gapdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi, piching,qochiriqlar, kinoyalar ko’plab ishlatiladi. Ko’proq sodda gaplar,to’liqsiz gaplar,undalmali gaplardan foydalaniladi. Kishilarning kundalik rasmiy-norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining o’ziga xos tarzda amal qilishidir. Uni ma’lum ma’noda tildagi boshqa uslublarga qarama-qarshi qo’yish mumkin. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, uslublarni bilish va o’rganish barcha uchun birdek muhimdir.Chunki nutqimizning chiroyli, mazmundor chiqishida uslubning o’rni beqiyos. Adabiy kechalarni rasmiy uchrashuvga aylantirmaslik uchun adabiy me’yorlar asosida so’zlashishimiz lozim, yoki ilmiy kengashlarda so’zlashuv uslubida maruza qilish ham kulgili holat 7 bo’ladi. Har bir shaxs eng kamida o’z sohasi tilini, uslubini o’rganib qo’ygani foydadan holi bo’lmaydi.
2.Atamalar haqida tushuncha. AKT sohasiga tegishli bir nechta maxsus atamalar . Atamalar (terminlar) - ilm-fan, texnika, san’atga xos so’zlardir.Bular odatda bir ma’noni bildiradi: (tilshunoslikda) urg’u, kesim, undalma, aniqlovchi, to’ldiruvchi, hol va b. Atamalar ikki guruhga bo’linadi: Ilmiy atamalar va Kasbiy atamalar Ma’lum bir fan doirasida qo’llaniladigan atamalar ilmiy atamalar deyiladi. Ma’lum kasb-hunar doirasida aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo’llaniladigan so’zlarga kasbiy atamalar deyiladi. Atamalar ilmiy nutqda qo’llanadi. Ular ikki xil usul bilan hosil qilinadi: a) umumxalq ishlatadigan so’zlar orasidan ayrimlarining ma’nosi torayib, umumxalq tilida bir ma’noni, ilmiy nutqda esa boshqa ma’noni ifodalaydigan bo’lib qoladi: fe’l (umumxalq tilida xarakter, fe’l-atvor ma’nosini, ilmiy tilda so’z turkumi nomini bildiradi); b) boshqa tillardan so’z olish orqali hosil qilinadi: omonim, paronim va b. AKT sohasida ko’p uchratiladigan va ko’p qo’llaniladigan maxsus atamalar va ularning izohli lug’atidan na’munalar : Abonent– hizmat ko’rsatuvchi axborot obyekti ( tizim,tarmoq,majmua) bilan o’zaro ishlash huquqiga ega qurilma, yuridik yoki jismoniy shaxs. Avtomatik tizim – Insson ishtirokisiz mustaqil faoliyat yurituvchi dasturiy va apparatli vositalar tizimi. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (ABT) – Matematik uslublar , texnik vositalar (kompyuterlar , aloqa vositalari , ma’lumotlarni chiqarish qurilmalari va x.k) va tashkiliy majmualar to’plami. Blog – Asosan muntazam ravishda chop etiladigan yozuvlar, tasvirlar va multimediadan iborat web-sayt. Bloger- chop etiladigan yozuvlar, tasvirlar va multimediadan iborat websayt asoschisi (yoki yozuvchisi, mualifi va b.). Bravzer (browser) – Gipermat(tovush , gipermedia)ni o’qish(chiqarish) , web-resurslarda navigatsialash va ko’rib chiqish dasturi. 8 Web – Umumjahon o’rgimchak to’ri (World Web Wide - WWW) Web Sayt - Umumjahon o’rgimchak to’ridan ma’lum bir axborot topish mumkin bo’lgan va noyab URL bilan belgilangan vitual joy. Gipermatn(hypertext) – Matnni kompyuterda ifodalash shakli. Gipermatnli axborot uzatish protokoli (HTTP) – Uzatish transporti bog’ini protokoli. U internet tarmog’ida xamkorlarning o’zaro harakatlari tartibini belgilaydi va Internet tarmog’i orqali gimermatn formatidagi hujjatlar uzatishga mo’ljallangan. Gipermedia – Barcha turdagi axborotlarni ifodalash texnoligiyasi. Gipermedia gipermatnga o’xshash, ammo, bog’lanadigan bloklar sifatida amtn parchalari emas, balki ixtiyoriy tabiatdagi ma’lumotlar : grafik tasvirlar, videokliplar ,tovush fayllari va shu kabilar bo’lishi mumkin. Global tarmoq – Bir necha mamlakatlarda joylashgan va xududiy tarmoqlarni birlashtirib yaratilgan tarmoq. Globallashuv - Axborot texnologiyalari , maxsulotlari va tizimlarining butun dunyoga tarqalishi jarayoni . Davlat axborot resurslari - Davlat axborot resurslari quyidagilardan shakllantiriladi : davlat organlarining axborot resurslaridan; yuridik va jismoniy shaxslarning davlat byujedi xisobidan yaratilgan axborot resurslaridan; yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlari hamda maxfiy axborotni o’z ichiga olgan axborot resurslaridan . Dastur – Ma’lum natijani olish uchun kompyuter va boshqa kompyuter qurilmalari faoliyati uchun mo’ljallangan jami ma’lumot va buyruqlarning qatim etishning obyektiv shakli. Dasturiy ta’minot - Axborotga ishlov berish tizimining barcha yoki ba’zi dasturlari , tariblari , qoidalari va ularga tegishli xujjatlar. Dasturiy vositalar ular yozilgan tashuvchidan qattiy nazar inelektual maxsulot xisoblanadi. Dasturlash – Dasturni yaratish jarayoni. Xisoblash mashinalari uchun dasturlar tuzish va amalga oshirish uslublari va vositalarini ishlab chiqish bilan shug’ullanuvchi fan. Dasturchi – Kompyuter ta’minotini yozuvchi kishi. Yorliq – Hujjat matnida yozilgan fayl yoki mundarijali manzil. Jamoat tarmog’i– Davlat tasaruffidagi axborot tarmog’i. Ijtimoiy tarmoq – Tarkibi ishtirokchilari tamonidan yaratiladigan ko’p foydalanuvchili ineraktiv websayt. 9 Ikoncha (Ikonka) – Displey ekranda operatsion tizimi muxitida obyekt yoki dasturni aks ettiruvchi kichik tasvir . Internet – 1) Butunjaxon global tarmog’i. 2) Ommaviy yoki xususiy ravishda yuqori darajali kommunikatsiya xizmatlarini ta’minlovchi global axborot tizimi. 3) Yer sharini qamrab olgan o’zaro bog’liq kompyuter tarmoqlari to’plami. Interfeys – Ikki tuzim o’zaro aloqada bo’ladigan makon. Ishlab chiquvchi(developer) – Dasturiy ta’minotni ishlab chiquvchi(ing. Software developer,software engineer) ,Web ishlab chiquvchi ( web developer) , Ma’limotlar bazasini ishlab chiquvchi ( database developer) shaxs. Kamera – Yorug’likga sezgir moddalarda predmetlarning tasvirini olishga mo’ljallangan qurilma. (ing camera) Kanal – Signal yoki ma’lumotlar uzatish vositasi yoki yo’li. (ing channel) Katalog – 1)izlab topish qulayligini xisobga olib tartibga solingan obyektlar ro’yxati . 2) Informatikada – bir xil turdagi obyektlar orasidan qidirishni ta’minlaydigan ma’lumotlarning tuzilmasini aniqlaydigan ma’lumotnoma. 3) Amaliy tizimlarda – talab qilingan ma’lumotlar yig’masini o’z ichiga olgan papkaga joylashgan yerini topish uchun boshqaruvchi dastur tomonidan ishlatiladigan indekslar majmuyi. Komunikatsiya – 1) Aloqa,xabar, aloqa vositasi, axborot , axborot vositasi,tutashma,muloqat ,ulanish. 2) Telekomunikatsiyalar. Faoliyat sohasi – axborot uzatish usullari va vositalari. Matn muxarriri – matn, dastur va hujjatlarni taxrirlashni ta’minlaydigan amaliy dasturlar majmuosi. 3.Ilmiy-ommabop uslub. Ilmiy-ommabop uslubdagi maqola namunasi. 1.Ilmiy va ommabop uslubdagi maqolalarning xususiyatlari . Maqola — publitsistik janr. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatida erishilgan yutuqlar, ilg’or ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xoʻjaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda 10 bosh maqola, nazariy va targʻibot maqola., muammoli maqola. keng qoʻllanadi. Bosh maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan maqola) tahririyatning eng masʼuliyatli maqola si boʻlib, unda ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni oʻquvchilar ommasiga yetkazish vazifasi qoʻyiladi. Bunday maqola muayyan masala yuzasidan yoʻl-yoʻriq koʻrsatishi, mavjud kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yulini belgilab berishi lozim.
Nazariy maqola va targʻibot maqola ning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy gʻoya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, oʻquvchining gʻoyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli maqola munozara va bahsla-shuv mazmunida boʻlib, unda biror masala yuzasidan muallif oʻz qarashlarini oʻrtaga tashlaydi. 2.Ilmiy-ommabop uslubdagi maqolalar haqida ma’lumot . Ilmiy-ommabop maqolalarning o`z o`rni bor. O`quvchilar bunday maqolalar orqali ilmiy ma’lumotlardan voqif bo`lish bilan birga, tarixiy davrning muhim hodisalari to`g`risada mushohada yuritishga ko`nikma hosil qiladilar. Jumladan, mustaqillik, yurt qahramonlari, ulug` allomalar hamda ma’naviyatimiz o`zanlarini belgilovchi dolzarb mavzudagi ijtimoiy ahamiyatga molik maqolalar yosh avlod dunyoqarashida o`ziga xos burilish yasaydi. Ya’ni, ularning tafakkur olami boyishi, shiddat bilan taraqqiy etayotgan onaYurtimizga nisbatan yuksak faxr-iftixor uyg`onishiga zamin hozirlaydi. Ilmiy-ommabop maqolalarni o`rganishda pedagogik texnologiyaning barcha interfaol usullaridan keng foydalanish mumkin. Faqat bunda ijtimoiy real voqelik, ijtimoiy hayotdagi hozirjavoblik hissi ustunligiga ko`ra, 11 ma’lumotlar yangilanib, almashtirib borilishini e’tibordan soqit qilmaslik zarur. Namuna: Axborot tizimlari, ularning turlari va tasniflanishi . Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yo‘lida bir vaqtning o‘zida ham yaxlit,ham o'zaro bog‘langan tarzda faoliyat ko'rsatuvchi elementlar (obyektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, har qanday tizim biror-bir aniq maqsad yo‘lida xizmat qiladi. Masalan, sizga ma’lum bo'lgan shahar telefon tarmoqlari tizimi, insondagi yurak-qon tomiri tizimi, asab tizimi va boshqalar sun’iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo'la oladi. Ularning har biri tizimga qo'yiladigan barcha shartlarga javob beradi, ya’ni har biri o'ziga xos yagona maqsad yo‘lida faoliyat ko'rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elementlardan iboratdir. Informatikada «tizim» tushunchasi ko'proq texnik vositalar, asosan kompyuterlar va murakkab obyektlami boshqarishga nisbatan ishlatiladi. “Tizim” tushunchasiga «axborot» so‘zining qo‘shilishi uning belgilangan funksiyasini va yaratilish maqsadini aniq aks ettiradi. Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yo‘lida axborotni yig'ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo‘llaniladigan usullar, vositalar va shaxslaming o‘zaro bog‘langan majmuasidir. Axborot tizimlarining avtomatlashtirilgan va avtomatik turlari ma’lum. Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimida boshqarish yoki ma’lumotlarni qayta ishlash funksiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, qolgani esa inson tomonidan bajariladi. Avtomatik axborotlar tizimida boshqarish va ma’lumotlarni qayta ishlashning barcha funksiyalari texnik vositalarda,inson ishtirokisiz amalga oshiriladi (masalan, texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish). Qo‘llanish sohasiga qarab, axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin: • ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarish; • loyihalashtirishni avtomatlashtirish; • tashkiliy jarayonlarni boshqarish; • texnologik jarayonlarni boshqarish. Ilmiy axborot tizimlari ilmiy- xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik axborotni tahlil etish,tajribalami boshqarish uchun mo‘ljallangan. 12 Loyihalashtirishni avtomatlashtirishning axborot tizimlari yangi texnika (texnologiya)ishlab chiqaruvchilar va loyihachi muhandislar mehnatini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Tashkiliy boshqaruvning axborot tizimlari — shaxslar funksiyalarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Bu sinfga ham sanoat (korxonalar), ham nosanoat obyektlari (bank, birja, sug‘urta kompaniyalari, mehmonxonalar va hokazolar) va ayrim ofislar(ofis tizimlari)ni boshqarishning axborot tizimlari kiradi. Texnologik jarayonni boshqarishning axborot tizimlari turli texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan (moslashuvchan ishlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va hokazolar). Qo'llash sohasidan qat’i nazar, axborot tizimlarining samarali faoliyat ko'rsatishi bir qator ta’minotlar bilan bog'liqdir. Ularni axborot, dasturiy, texnik, huquqiy, tashkiliy, matematik va lingvistik ta’minotlarga ajratish qabul qilingan. Axborot ta’minoti — axborot tizimlarida ma’lumotlar omborini(bazasini) yaratish, hujjatlashtirishning bir xil tartibga keltirilgan tizimlarini ichiga olgan axborotni kodlashtirish, joylashtirish va tashkil qilish bo'yicha uslublar va vositalar yig'indisidir.Qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarining ishonchliligi va sifati ko'p jihatdan ishlab chiqilgan axborot ta’minoti sifatiga bog'liq. Dasturiy ta’minot — kompyuter texnikasi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi (MQIT)ni yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig'indisidir. Dasturiy ta’minot tarkibiga bazaviy (umumtizimli) va amaliy (maxsus) dasturiy mahsulotlar kiradi. Bazaviy dasturiy vositalar inson va kompyuteming o‘zaro harakatlarini avtomatlashtirish, ma’lumotlarni qayta ishlash, namunaviy protseduralarni tashkil etish, MQIT texnik vositalari ishlashini nazorat va diagnostika qilish uchun xizmat qiladi. Amaliy dasturiy ta’minot axborot tizimi funksional vazifalarini hal etishni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlar yig‘indisini o‘zida namoyon etadi. Ular universal vositalar (matn muharrirlari, elektron jadvallar, ma’lumotlar omborini boshqaruv tizimlari) va maxsus vositalar — funksional kichik tizimlami amalga oshiruvchi turli xil (iqtisodiy, muhandislik, texnik va boshqa) obyektlar sifatida ishlab chiqilishi mumkin.
Texnik ta’minot ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi faoliyat ko'rsatishi uchun qo‘llaniluvchi texnik vositalar kompleksidir. Ushbu ta’minot m a’lumotlarni qayta ishlovchi,namunaviy operatsiyalami amalga oshiruvchi qurilmalami o‘z ichiga oladi. Bunday qurilmalarga kompyuterlardan tashqari,atrof (periferiya) texnik vositalari, turli xil tashkiliy texnika, telekommunikatsiya va aloqa vositalari ham kiradi. Huquqiy ta’minot axborot tizimini yaratish va uning faoliyat ko'rsatishini tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar yig'indisini o'zida namoyon etadi. Lingvistik ta’minot inson va kompyuter muloqotini ishlab chiqish hamda ta’minlash samaradorligini oshirish uchun MQITni yaratish va undan foydalanishning turli bosqichlarida ishlatilgan til vositalari yig‘indisidan iborat. Xulosa . Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki , ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini qo‘llash bo'yicha bir qator ishlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi, «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining « O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta ’lim axborot tarmog‘i ZiyoNET ni tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asos qilib olinmoqda. Mazkur qonun, qaror va farmonlarda «...maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o‘quv yurtlarining ta’lim jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallashga hamda ularni faol qo‘llanishga asoslangan ilg‘or ta’lim tizimlarini kiritish» vazifalari belgilab qo‘yilgan. Shu jumladan, ayni vaqtda O’zbekiston Respublikasi Axborot Kommunikatsiya Texnologiyalarini rivojlantirish vazirligining “1 – million o’zbek dasturchilarini yetishtirib chiqisharish” bo’yicha qaroriga ko’ra dasturchilarimiz va shu sohaga qiziquvchi barcha yoshlarga, maktab o’quvchilari , shu yo’nalishda o’qiyatgan bakalavrlarga ancha yaxshi sharoitlar yaratilib berilmoqda. Vazirlik chet davlatlar bir nechta grand 14 loyihalar bilan yoshlarimizning e’tiborini tortishmoqda. Ularni rag;batlantirish uchun bir nechta sertikifatlar, grand sertiifatlar, Online kurs platformalarida o’zining mutaxasisligi bo’yicha o’qish imkoniyatlarini , pulli o’quv kurslarini bepul qilish imkoniyatlarini taqdim etmoqda. Bunday imkoniyatlarni aytsak faqat bu sohada emas balki boshqa sohalarda ham laqlol ko’zga tashlanyabdi. Mana shularni hisobga olib ,men bu refaratni ham AKT sohasi bilimlari bilan hamda ilmiy bilimlar va adabiyotshunoslik,terminologiyashunoslik bilimlari bilan yoritib berdim. O’quvchiga AKT sohasiga tegishli ko’plab ma’lumotlarni topishi uchun, bilim darajasini oshirishi uchun, bilim salohiyatini ortirishi uchun “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug’ati.” ni , M. ARIPOV va b.larning“AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” ni , A.G’ Eshmurodov va b.larning - “Axborot texnologiyalari fanidan ma’ruzalar matni”ni o’qib chiqishini tafsiya etaman. Adabiyotshunoslik va Terminalogiyashunoslik bilimlarini egallash uchun esa Muhamyedov S.ning “O’zbek tili funksional stillarini belgilash to’g’risida O’zbek tili va adabiyoti” ,Qo’ng’urov R.Q. va b.larning “O’zbek tilining funksional stillari.” , M.A.Hamroyev.ning “O’zbek tilidan ma’ruzalar majmuasi” ,O’rinboyev B.ning “O’zbek tilining so’zlashuv nutqi sintaksisi masalalari.” L.Dehqonova va b.larning «ТERMINOLOGIYA VA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH ASOSLARI» fanidan ma’ruza matnini o’qishni.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Muhamyedov S. O’zbek tili funksional stillarini belgilash to’g’risida O’zbek tili va adabiyoti, 1983.
2. Qo’ng’urov R.Q., Karimov S.A., Qurbonov T.I. O’zbek tilining funksional stillari. – Samarqand, 1984.
3. M.A.Hamroyev. “O’zbek tilidan ma’ruzalar majmuasi”
4. O’rinboyev B. O’zbek tilining so’zlashuv nutqi sintaksisi masalalari. – Toshkent: Fan, 1975.
5. “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug’ati.” 2-nashr . T2010
6. M. ARIPOV, B. BEGALOV, U. BEGIMQULOY, M.MAMARAJABOV “AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” T-“Noshir”-2009
7. A.G’ Eshmurodov, R.M.Shaynazarov, S.A.Panjiyev - Axborot texnologiyalari fanidan ma’ruzalar matni:-Qarshi, QarMII, 2017
8. L.Dehqonova, SH Xudoyqulova «ТERMINOLOGIYA VA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH ASOSLARI» FANIDAN MA`RUZA MATNI Guliston – 2013
Do'stlaringiz bilan baham: |