5.11-jadval Tovar va xizmatlar narxlari darajasini aniqlab beruvchi omillar
Narxlarni aniqlab beruvchi omillar va uni tasdiqlanishi uchun zarur bo‘lgan qarorlar
|
Sharhlar
|
Xulosa va takliflar
|
1. Iste’molchilarning tovar va xizmatlardan foydalanishdan olgan iqtisodiy samarasi
|
Mazkur omilni baholash iste’- molchilar tomonidan tovarni ish- latish samarasiga asoslangan narx shakllantirish usullarini qo‘llashda zarurdir
|
. Samaraning miqdorini aniqlash usulini takomillashti- rish va ularni qo‘llash sohasini aniqlashtirish zarur
|
2. Tovar, xizmat va ular bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar sifatini baholash
|
Eng muhim narx shakllantiruv- chi omillardan biri hisoblanadi. Tovar sifatining kompleks ko‘r- satkichiga erishish uslublariga katta amaliy talab seziladi
|
Tovar, xizmat sifatini ko‘p mezonli solishtirma baho- ga erishish imkoniyatlarini ta’minlovchi usullarni ishlab chiqish talab etiladi
|
3. Korxona nisbatan tashqi muhit tahlili: talab, raqobat, bozor
|
. Narx shakllantirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotni olish maq- sadida bozorni tadqiq qilishni ko‘zda tutadi (talab hajmini prognoz qilish, uning elastikligi- ni baholash, raqobatchilar bozor siyosatini, umumiqtisodiy vazi- yatni o‘rganish)
|
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘- yicha baholar to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish va qayta ishlash usullarini ishlab chiqish:
- iste’molchilar; - raqobatchilar;
- o‘z va raqobatchilar tovarlarining sifati
|
4. Tovar, xizmat narx- larining yuqori va quyi chegaralarini aniqlash
|
Tovar, xizmat bahosining quyi chegarasi bo‘lib uni ishlab chiqish va tarqatish uchun qilingan xarajatlar hisoblanadi
|
Tovar, xizmat bahosining yuqori va quyi chegaralari qiymatlarini hisoblash usullariga aniqlik kiritish
|
5. Narx to‘g‘risidagi axborotni xaridorlarga yetkazishni tashkil qilish
|
Bo‘lajak foydalanuvchilaming axborotga ega bo‘lishlarini yaxshilashga va firma yaxshi obro‘sining shakllanishiga ko‘maklashadi
|
Istemolchilar va o‘rtada tu- ruvchilarga baholarni tushuntirishni tashkil qilish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish
|
6. Maqsadli bozorni aniqlash, segmentlash
|
Narx shakllantirish maqsadla- rini aniq belgilash, amaliy maqsadlari bo‘yicha yaqin bo‘lgan
|
Muammo yetarli darajada yaxshi ishlab chiqilgan
|
7. Narx shakllantirish- ning maqsadi (maqsadlari)
|
Sotuvga, foydaga va hozirgi ah- volga asoslangan uch asosiy gu- ruh maqsadlari mavjud
|
Maqsadlar korxona tomonidan mustaqil o‘rnatiladi. Narx shakllantirish bo‘yicha barcha qarorlar ular- ga mos holda qabul qilinadi
|
8. Narx shakllantirish- ning umumiy siyosa- tini aniqlash
|
Quyidagi qarorlarni yagona ti- zimga keltirish - narxlarning o‘zgarish chastotasi va tamo- yillari, raqobatchilar xatti-harakatlariga javob qaytarish siyo-sati
|
Mazkur muammo bo‘yicha qaror qabul qilish na- zariyasiga va o‘yinlar
nazariyasiga asoslangan
samarali uslubiy ishlanmalar mavjud
|
9. Narx shakllantirish usulini tanlash
|
Bozorda shakllangan holat va korxona maqsadlariga mos ra- vishda amalga oshiriladi
|
Qo‘llanilayotgan narx shakllantirish usullarini maqsadga muvofiqlarini tanlash maqsadida tahlil qilish lozim
|
10. Firma-ishlab chi- qaruvchilar tomonidan tovarlarning ilgari su- rilishi va taqsimlanishi strategiyasini baholash
|
Mazkur omillarni hisobga olish firma va uning raqobatchilari imkoniyatlarini miqdoriy baholash imkoniyatlarini ta’minlash uchun zarur
|
Mazkur muammo bo‘yicha ishlanmalar adabiyolarda mavjud emas
|
11. Tovar hayotiy sik- lining uning bahosiga ta’ siri
|
Mazkur omillarni hisobga olish tovar sifatini baholashda zarur
|
Tovar hayotiy siklining o‘ziga xos konsepsiyasi [1] da
|
Tovarlar va xizmatlarning bazaviy narxlarini belgilash sohasida to‘plangan tajribani, mavjud usullarning kuchli tomonlarini, shuningdek, kamchiliklarini e’tiborga olib, tovarlar va xizmatlarga narx belgilash chog‘ida hisobga olinishi kerak bo‘lgan quyidagi asosiy prinsiplarni taklif qilamiz:
• narx belgilash jarayonining maqsad yo‘nalishi;
• ko‘p variantlilik;
• uzluksizlik;
• operativlik;
• sikllilik;
• ko‘p mezonlilik;
• narx belgilash bosqichlarining ketma-ketligi;
• ilmiylik;
• qonuniylik;
• formallashtirish;
• moslashuvchanlik;
• universallik.
Narx belgilash jarayonining maqsad yo‘nalishi prinsipi hal qilish chog‘ida narxlar hisobga olinishi kerak bo‘lgan muammoni aniq belgi- lashni anglatadi.
Ko‘p variantlilik prinsipi tavsiya ruhiga ega bo‘lgan takliflarning varianti ko‘pligini anglatib, tovar, xizmat narxining uzil-kesil variantini tanlashni qaror qabul qiladigan shaxs ixtiyorida qoldiradi.
Uzluksizlik prinsipi tovarlar, xizmatlar narxini tashqi muhitdagi o‘zgarishlarga, korxonaning faoliyat ko‘rsatish maqsadlariga, uning faoliyat sharoitlariga, tovar hayotiy o‘xshashlarini tanlash imkoniyatini taklif etilgan siklining bosqichlariga muvofiq holda belgilash va o‘zgartirish borasidagi boshqaruv faoliyatini uzluksiz amalga oshirish zarurligini aks ettiradi.
Operativlik prinsipi ishlab chiqaruvchi korxonaning ish sharoiti o‘zgarishiga qarab uning narx belgilash sohasidagi siyosatiga tezlik bilan tegishli tuzatishlar kiritish zarurligini nazarda tutadi. Sikllilik prinsipi narx belgilash jarayoni o‘zining asosiy davr va bosqichlari bo‘yicha takrorlanib turishida namoyon bo‘ladi. Har gal yangi boshqaruv maqsadi qo‘yilganida yoki avvalgi maqsadga tuzatish kiri- tilganida shunday hol yuz beradi. Korxona faoliyatining maqsadi o‘zgargan taqdirda, tovar, xizmat narxini belgilash jarayoni o‘zining barcha davrlari bo‘yicha takrorlanadi.
Narx belgilash bosqichlarining ketma-ketligi prinsipi narx belgilash jarayoni bajarilishi natijasida pirovard maqsadga - korxonaning o‘zi e’lon qilgan maqsadlarga erishishini ta’minlaydigan tovar, xizmat narxining belgilanishiga olib keladigan harakatlarning muayyan ketma-ketligiga bo‘ysunishi kerakligini anglatadi.
Ilmiylik prinsipi narx belgilashning iqtisodiy-tashkiliy modelidan foydalanish natijasida qo‘lga kiritiladigan qarorlarning ilmiy jihatdan asoslangan bo‘lishini ta’minlashni zarur qilib qo‘yadi. Tovarlar, xizmatlar narxini belgilash modelining ushbu prinsipga mosligi unga narx belgilash bilan bog‘liq iqtisodiy va tashkiliy qarorlarning to‘g‘ri tanlangan dastlabki ma’lumotlardan foydalanishga, yetarli darajada aniq hisob- kitob natijalarini qo‘lga kiritish imkonini beradigan zamonaviy mate- matik apparatga hamda qaror qabul qilish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish- ga asoslanadigan usullarni kiritish bilan ta’minlanadi.
Qonuniylik prinsipi tovar, xizmat narxini amaldagi qonunlarga mu- vofiq hamda ularga zid bo‘lmagan tarzda belgilashni nazarda tutadi.
Formallashtirish prinsipi uni joriy etish mumkin bo‘lgan boshqaruv tartib-taomillari va funksiyalari uchun ularni formallashtirish va avto- matlashtirish bo‘yicha (iqtisodiymatematik usullar va EHM yordamida tegishli hisob-kitoblarni bajarish bo‘yicha) tavsiyalar ishlab chiqilishi kerakligini anglatadi.
Moslashuvchanlik prinsipi shundan iboratki, tovar, xizmatning ba- zaviy narxini belgilash uchun ishlab chiqilgan usullar va ularni bajarish ketma-ketligi qat’iy belgilangan algoritmdan iborat emasligini, aksincha ularni konkret sharoitlarga moslashtirish mumkinligini nazarda tutadi.
Ko‘p mezonlilik prinsipiga muvofiq maqsadlar va ularga mos mezonlar ko‘p bo‘lgan vazifalar uchun ushbu mezonlar bo‘yicha bir vaqt- ning o‘zida zarur ko‘rsatkichlarni hisoblab chiqarish imkoniyati ta’min- langan bo‘lishi kerak.
Universallik prinsipi iqtisodiy-tashkiliy model tarkibiga kiradigan hamma usullardan alohida-alohida hamda narx belgilashdan boshqa maqsadlar uchun ham foydalanish mumkinligini nazarda tutadi. Masalan, firmaning tovarlar, xizmatlarni ilgarilatish va tarqatish sohasidagi faoliyatini baholash usullari marketing faoliyatining samaradorligini tahlil qilish chog‘ida, sifatni baholash usuli - uni takomillashtirish yo‘- nalishlarini aniqlash uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Yuqorida bayon etilgan prinsiplarga muvofiq tovar, xizmatning ba- zaviy narxini belgilashni boshqarish jarayonini amalga oshirish korxona tomonidan narx belgilash maqsadlariga erishilishini, bozorda vujudga kelgan real vaziyatga mos bo‘lgan tovar, xizmat bahosining bazaviy da rajasiga operativ ega bo‘lish hamda korxonaning faoliyat sharoitlarida yuz berayotgan o‘zgarishlarga muvofiq bu darajaga keyinchalik tuzatish kiritish imkoniyatini ta’minlaydi.
Virtual tovarlar, xizmatlar narxini belgilash usulini tanlash. Bozorda real vujudga kelgan vaziyatga (talab va raqobat xususiyatlariga), mahsulot sifatining ko‘rsatkichlariga, ishlab chiqaruvchi firmaning bozorda- gi siyosatiga mos keladigan narxni belgilash usulini tanlab olish narx belgilash metodologiyasining muhim masalasidir.
Biron-bir narx belgilash usuli yoki bir necha usul turli sabablarga ko‘ra tanlab olinadi va ishlab chiqaruvchi korxonaning narx sohasidagi siyosatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadigan ko‘pdan-ko‘p omillarga bog‘liq bo‘ladi. Tovarning xususiyati (yangilik darajasi, mahsulotning assortiment va sifat ko‘rsatkichlari, tovarning bir xilligi yoki darajalanganligi, hayotiy siklining bosqichi); firma narx yordamida bozorda erishmoqchi bo‘layotgan maqsad; firmaning moliyaviy va tarmoq xususiyati; bozor konyunkturasining holati, korxonaning distribyutiv imkoniyatlari (sotish tarmog‘ining rivojlanganligi, vositachilar soni) ana shunday omillardir. Tovar, xizmat narxini belgilash jarayonida unga ta’sir ko‘rsatadigan eng muhim omillarning miqdorini yetarli darajada hisobga olishga harakat qilish zarur. Bunda vaziyatga qarab omillarning bir guruhi asosiy bo‘la- di, qolganlari (asosiy bo‘lmaganlari) esa sharoit yoki cheklovlar sifatida hisobga olindi. Narx belgilash vaziyatga qarab u yoki bu omilga (xarajatlar, sifat, talab, mahsulotni qo‘llashdan olinadigan samara va boshqalar) bo‘linishi munosabati bilan narx belgilashning tegishli muqobil usullari ajratiladi. Mavjud narx belgilash usullari g‘oyat xilma-xil bo‘lsa-da, ularni quyidagi asosiy guruhlarga birlashtirish mumkin:
• narxlarni chiqimlar asosida belgilash;
• narxlarni talabga qarab belgilash;
• narxlarni raqobatga qarab belgilash.
Tovarlarning narxlarini ular iste’molchilarga keltiradigan iqtisodiy samara asosida belgilash usulidan samarani miqdor jihatidan baholash imkoniyati mavjud bo‘lgan, raqiblar tovarlarining sifat ko‘rsatkichlari haqidagi axborotni bilish imkoniyati esa kamroq bo‘lgan yoki funksional vazifasi jihatidan yaqin turuvchi tovarlar bozorining ko‘rib chiqilayot- gan segmentida bunday imkoniyat yo‘q bo‘lgan hollarda foydalanish maqsadga muvofiq.
Tovarning bazaviy narxini belgilashga qaratilgan boshqaruv qarorlarining aksariyat qismi ancha murakkabligiga quyidagilar sabab bo‘ladi:
• tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxona faoliyatining eng muhim iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlariga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan yuksak mas’uliyat;
• narx belgilashni boshqarish tizimida hal qilinadigan aksariyat vazifalarning optimallik mezonlari ko‘pligi;
• tegishli vakolatga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan narxlar bo‘yicha qarorlar tayyorlash, shuningdek, ishlab chiqish va ruxsat berishga mo‘ljallangan vaqtning cheklanganligi;
• narx belgilash bilan bog‘liq boshqaruv qarorlarining oqibatlari inersiya bo‘yicha yuzaga chiqishi va shuning natijasida darhol nomatlub tamoyillaming oldini olish mumkinemasligi.
Tovarlar narxining bazaviy darajasini belgilashda asosli qarorga kelish uchun tegishli iqtisodiy-tashkiliy model (ITM) taklif qilinadi. ITM tovarning bazaviy narxini belgilashning barcha prinsiplari va bosqichlari majmuyidan iborat bo‘lib, bu prinsip va bosqichlar narx belgilashni boshqarishning uslubiy va axborot ta’minotini belgilaydi. Tovarning bazaviy narxi va uni belgilash bilan bog‘liq tadbirlar boshqarish obyekti bo‘ladi. Narxlar bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun javobgar bo‘lgan, korxonaning narx belgilashni axborot va tashkiliy jihatdan ta’minlash bo‘linmalari va xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiradigan shaxs yoki bir guruh shaxslar tovarning bazaviy narxini boshqarish subyekti bo‘ladi.
Tovarning bazaviy narxi, qoida tariqasida, qarorlar qabul qiladigan shaxs tomonidan tanlab olingan narx belgilash usuli bo‘yicha (yoki bir usul ustunlik qilgani holda bir necha usullar bo‘yicha) hisob-kitoblarni amalga oshirish natijasida belgilanadi.
ITM doirasida qabul qilinadigan qarorlarning markaziy obyekti bozor talablariga va korxona maqsadlariga juda yaxshi mos keladigan “xarajatlarsifat” nisbatini shakllantirishdan iborat.
Mavzu yuzasidan test savollari:
Internetda bazi bir tovar va xizmatlarning narxlari yuqoriligiga sabab bo’luvchi omillar nechta?
A)4ta C)3ta
B)2ta D)6ta
2. “Telecom you CAN” firmasi qaysi davlatga tegishli?
A)AQSH C)Germaniya
B)B.Britaniya D)Rossiya
3. Tovarlar narxining bazaviy darajasini belgilashda asosli qarorga kelish uchun qanday model tavsiya etiladi?
A)Shopbot C) iqtisodiy-tashkiliy model (ITM)
B)Marketing Mix D) Tannarx plyus foyda
4. Iste’molchi “portreti” demografik ma’lumotlar nimaga asoslanib tuziladi?
A) shu mamalakat aholisi haqidagi ma’lumotlar asosida
B) shu mintaqa aholisi haqidagi ma’lumotlar asosida
C) shu mamlakat iqtisodiy holatiga asoslanib
D) shu mamlakat YaIMga asoslanib
5. Waldo qaysi firma tomonitan chiqarilgan?
A) Microsoft C)Apple
B) Anderson Consulting D) Ernst & Yung
6. Arzon bo’lishiga ta’sir qiluvchi omillar nechta?
A)4 ta C) 3 ta
B) 8 ta D)6 ta
7. maxsulotlar va xizmatlar aloxida emas gurux xolida tavsiya qilinadi. Bu electron biznesning qanday strategiyasi?
A) Tovarlar differenstiyasi C) Ommaviy kastomizastiya
B) Guruhlashtirish D) onlayn tizim
8. Anderson Consulting firmasi tomonidan 1996 yilda chiqarilgan, Bruce Krulwich tomonidan 1997 yilda to’ldirilgan kompyuter dastur qaysi?
A)Waldo C) You Can
B) Lifestyle D) Ulf-vulkan
9. ”Unumli qidiruv ippoteka bilan xaridor uchun “on-layn” rejimida qidirish vaqtini qisqartiradi, va oxir oqibat iste’molchi eng kam prostentli qarzni topadi” . Ushbu fikr kim tomonidan aytilgan?
A) Skot Xerr C) Angus Read
B) Ernst Yung D) Anderson
10. Internetda ba’zi bir narxlari yuqoriligiga sabab bo’luvchi omillardan biri qaysi?
A) Yetkazib beruvchi kanal xarajatlari
B) Erkin hududlarning mavjudligi
C) Savdo bo’yicha uni tahlil qilish bo’yicha xarajatlar
D)Barcha javoblar to’g’ri
Do'stlaringiz bilan baham: |