Ushbu sindrom kelib chiqishida jigardan oʻtuvchi portal venada dimlanish hamda ichki a’zolarda bosimning ortishi roʻy beradi. Bunga sabab mexanik jarohatlanishi, oʻsma kasalliklari, sirroz, qon tomir kasalliklari, gepatitlarning turli koʻrinishlari, toksik zararlanish, parazitar kasalliklar boʻlishi mumkin.
Portal gipertenziya rivojlanishida quyidagi bosqichlar farqlanadi:
Boshlangʻich davr – oshqozon ichak tizimida kuchsiz dispepsiya holati, jigar sohasida kuchsiz ogʻriq, qorin dam boʻlishi, ishtahaning pasayishi;
Kuchsiz belgilar davri – taloq biroz kattalashadi, qiziloʻngach qon tomirlarida oʻzgarishlar;
Avj olish davri – assit, qorin boʻshligʻida suyuqlik yigʻilishi, shish, teri ostiga qon quyilishlar bilan namoyon boʻladi;
Asoratlanish davri – qorin boʻshligʻida qon ketish, hazm qilish tizimida muammolar kelib chiqishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |