Bachadon (Uterus) — toq kovak a ’zo bo'lib, kichik chanoqda siydik qopi bilan to'g'ri ichak o'rtasida joylashgan. Bachadon uzunligi
6—7,5 sm, shundan 2,5—3 sm bachadon bo'yniga to ‘g‘ri keladi. Tub sohasi kengligi 4—5,5 sm, devor qalinligi 1—2 sm ni tashkil qiladi (1- ilova).
Bachadon tubi — bachadon nayining unga kirish sohasidan yuqoridagi qismidir.
Bachadon tanasi uchburchak shaklida pastga qarab to rayib boradi. Bachadon bo‘yni tananing davomi hisoblanadi. Bachadon tanasi asosining burchaklarida uning bo‘shlig‘iga bachadon naylari ochiladi. Bachadon tanasi va bo'yni o'rtasida bachadon bo'g'zi joylashib, homiladorlik davrida pastki segment shakllanadi.
Bachadon devori asosiy uchta qavatdan iborat. Tashqi qatlam seroz qavat bo'lib, qorin pardadir; o'rta qatlam — mushak qavatdir, mushaklar uzunasiga, ko'ndalang va qiyshiq yo'nalishda joylashgan bo'lib, hom iladorlik vaqtida gipertrofiyalanib, vazni bir kilogrammgacha yetadi; ichki qavat shilliq pardadan iborat.
Bachadon naylari (Tuba uterina, tuba Fallopii) — uzunligi 10—12 sm bo'lgan juft naysimon a ’zo. Bachadon naylari qorin parda ostida joylashib, bachadon keng boylami qismi hisoblanadi. Bachadon nayi bachadon ichi qismi, toraygan qismi, kengaygan am pular qismlardan iborat. Bachadon nayi uchlari am pular qism deb yuritiladi. Bu joyda ko'p shokilalar bo'lib, fm briyalar deb ataladi. Shdkilalardan biri qorin parda burmasi bo'ylab tuxum - dongacha cho'zilib boradi. Nay bo'shlig'i am pular qismida 6—8 sm, bachadonga yaqinlashgan sari torayib, taxm inan bir santmetrni tashkil qiladi. Nay tashqi tom ondan biriktiruvchi parda bilan qoplanib, ostida mushak qavat joylashadi.
Tuxumdonlar ( Ovarium) — ikkita yuza, ikkita qutbga ega bir juft a’zo bo'lib, uzunligi 2,5 sm, kengligi 1,5 sm, qalinligi 1 sm. Tuxum donning yuqori qirrasi bachadon nayiga qarab turadi. Bir qutbi bachadonga xususiy boylam bilan birikkan, ikki qutb chanoq yon devoriga qarab turadi, erkin qirrasi qorin bo'shlig'iga qarab turadi.
Tuxumdonda po'stloq va mag'iz qavat bo'lib, po'stloq qavatida follikula, mag'iz qavatida tom ir va nervlar joylashadi. Ust tomondan epiteliy qobiq bilan o'ralgan, uning ostida oqsil parda yotadi.
Bachadon arteriyasi, bachadon dum aloq boylami arteriyasi, tuxum don arteriyasi tarm og'i bilan bachadonda qon aylanishi ta’minlanadi.
Bachadon naylari ham tuxum don arteriyasidan qon oladi.
Bachadon va qin innervatsiyasi simpatik va parasimpatik asab sistemasi orqali amalga oshiriladi.
Jinsiy a ’zo boylamlari 4 juft bo’lib:
— keng boylam bachadon qovurg’alaridan boshlanib, chanoq yon yuzalariga yopishadi;
— yumaloq boylam keng boylam asosida joylashib, hom iladorlik oxirida qalinlashadi, ozg’in ayollarda bu boylamni paypaslab sezish mumkin;
— dum g’aza bachadon boylami dum g’azadan bachadon orqa yuzasiga qarab ketadi. U qisqaiganda bachadon orqaga tortiladi;
— tuxum donning xususiy boylami.
Do'stlaringiz bilan baham: |