Ko’rinish menyusi
tarkibiga, asosan, dasturning ekrandagi ko’rinishiga ta'sir
etuvchi (uskunalar paneli, adreslar satri, holat satrini ekrandan olib qo’yish yoki
joyiga qaytarib qo’yish, shrift o’lchami va kodlash usulini o’zgartirish) amallar kiradi.
Tanlangan menyusiga
kirgan amallar yordamida, asosan, o’zingizga yoqqan yoki
ko’p foydalanadigan Web-sahifalarni saqlab qo’yish, ularga yangilarini qo’shish,
tartiblash ishlarini bajarish mumkin.
Servis menyusi
dastur xususiyatlarini sozlash (dastur ishga tushirilganda
avtomatik yuklanadigan Web-sahifani tanlash, Web-
sahifadagi audio, video va animatsiyalarini ko’rsatish yoki ko’rsatmaslik va
hokazo) uchun mo’ljallangan.
Malumot menyusi
yordamida Microsoft Internet Explorer dasturidan
foydalanish haqida ma'lumot olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |