«Asem» fermer xo’jaligining byudjetga to’lanmalarini taxlili (mln.so‘m)
Ko’rsatkichlar nomi
|
satr
|
hisoblanadi
|
to’lanadi
|
Yagona soliq miqdori
|
310
|
131
|
131
|
daromad solg‘i
|
310
|
|
61,2
|
boshqa soliqlar
|
320
|
0
|
0
|
Soliq qonunchi-ligini buzish
tufayli belgilangan
|
|
0
|
0
|
iqtisodiy ogohlantirish
|
330
|
0
|
0
|
Mahalliy byudjetga to‘lanmalar
|
340
|
0
|
0
|
Jadvaldan ko‘rib turganimizdek faqatgina yagona soliq miqdori 131 mln.
so‘mni tashkil qilayapti. Daromad solig‘i esa 61,2 ming.so‘mni tashkil qilayapti.
Deyarli boshqa to‘lanmalar bo‘lmagan.
Demak, bu fermer xo‘jaliklar uchun soliq imtiyozlarining ta‘siri.
Yagona er solig‘idan imtiyozlar va solig‘i solinmaydigan er uchastkalari
quyidagilar:
- qishloq xo‘jalik aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi erlari;
- ixota daraxtlari egallagan erlar;
- sport inshoatlari, stadionlar, sport maydonlari, suzish havzalari.
Sport texnik turlari ob‘ektlari va boshqa jismoniy-tarbiya sog‘lomlashtirish
komplekslari band qilgan erlar;
- yangi o‘zlashtirilayotgan erlar va meliorativ holatni yaxshilash
ishlari olib borilayotgan. sug‘orilayotgan erlar–loyihada nazarda tutilgan
muddatga, lekin ishlar boshlanganidan etiboran ko‘pi bilan 5 yilga;
- maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash ob‘ektlari band qilgan erlar;
- yangi o‘tqazilgan bog‘lar va tokzorlar band qilgan erlar, ular meva
bera boshlaydigan muddatgacha;
- yangidan tut daraxtlari o‘tkazilgan erlar, 3 yillik muddatgacha;
- aholi shaxsiy tomorqa va dala hovlilari uchun ajratilgan er
maydonlariga qishloq xo‘jalik korxonalari tomonidan soliq to‘lanmaydi.
Yagona er solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi
- yangi tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari,
shuningdek, fermer xo‘jaliklari davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab ikki yil
muddatga soliq kodeksining 102 moddasiga ko‘ra ozod qilinadi.
Soliq kodeksi va me‘yoriy hujjatlarga ko‘ra, yangidan tashkil etilgan fermer
xo‘jaliklari 2 yil davomida er solig‘i to‘lashdan ozod etiladilar. Fermer esa ana shu
muddat davomida iqtisod qilgan mablag‘ hisobiga ishlab chiqarishni
rivojlantirishda qo‘shimcha imkoniyatga ega bo‘ladi. Misol uchun aytaylik, fermer
40 gektar er maydonga ega. U har yili o‘rtacha 233,1 ming so‘mni er solig‘i uchun
to‘lashi lozim. Bu raqam ikki yil ichida 466,2 ming so‘mni tashkil etadi. Endilikda
u mablag‘dan qo‘shimcha ravishda texnika. Mineral o‘g‘itlar sotib olishi, ekin
maydonlari unimdorligini oshirishi, sug‘orish tarmoqlarini tartibga keltirishda
foydalaniladi. Natijada dehqonchilik madaniyati, hissadorlik oshib, rejalarning
bajarilishi sof foydaning ko‘tarilishi ta‘minlanadi.
Biz fermer xo‘jaliklarni iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun aniq fermer xo‘jaligi ―Asem‖ fermer xo‘jaligi misolida ish olib boramiz. Xo‘jalikning moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobotni jadvaldan ko‘rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |