Aim.Uz
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA TA`LIM VAZIRLIGI
Qoraqalpoq davlat universiteti
Yuridika fakulteti yurisprudensiya yo`nalishi
304–guruh talabasi Axmadjonov Javlonbekning
Bojxona huquqi fanidan
Referat
Mavzu : Bojxona huquqining huquqiy faoliyatdagi o‘rni.Bojxona huquqi tushunchasi va qo‘llanishi.
2022 -YIL
Bojxona huquqining huquqiy faoliyatdagi o‘rni.Bojxona huquqi tushunchasi va
qo‘llanishi.
Reja:
KIRISH
Bojxona huquqi tushunchasi
ASOSIY QISM
Bojxona huquqining asosiy tamoyillari
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash.
Bojxona huquqining qo‘llanishi
XULOSA
Bojxona huquqining huquqiy faoliyatdagi o‘rni.Bojxona huquqi tushunchasi va qo‘llanishi.
Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o’tish ularning bojxona rejimlariga muvofiq amalga oshiriladi. Quyidagi turdagi bojxona rejimlari (bundan buyon matnda rejim) belgilanadi:
erkin muomalaga chiqarish (import);
reimport;
eksport;
reeksport;
tranzit;
vaqtincha olib kirish (olib chiqish);
vaqtincha saqlash;
bojxona ombori;
erkin bojxona zonasi;
erkin ombor;
boj olinmaydigan savdo do’koni;
bojxona hududida qayta ishlash;
bojxona nazorati ostida qayta ishlash;
bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash;
yo’q qilish;
davlat foydasiga voz kechish.
Shaxs, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, tovarlar va transport vositalarining xususiyati, miqdori, qaysi mamlakatda ishlab chiqarilgani yoki qaysi maqsadga mo’ljallanganligidan qat’i nazar, istalgan rejimni tanlashga yoki uni boshqasiga o’zgartirishga haqli.
Rejimlarning qo’llanish tartibi O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi tomonidan belgilanadi.
Erkin muomalaga chiqarish. Erkin muomalaga chiqarish shunday rejimki, bunda bojxona hududiga olib kirilgan tovarlar ularni ushbu hududdan olib chiqib ketish majburiyatisiz bu erda doimiy qoladi.
Rejim import bojlarini, soliqlarni va boshqa boj to’lovlarini to’lashni, iqtisodiy siyosat choralariga hamda boshqa chora-tadbirlarga rioya etishni nazarda tutadi.
Reimport. Reimport shunday rejimki, bunda eksport rejimida bojxona hududidan olib chiqilgan O’zbekiston tovarlari import bojlarini, soliqlarni to’lamasdan, shuningdek ularga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qo’llanilmagan holda ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan muddatlarda qayta olib kiriladi.
Olib chiqilgan paytdan boshlab o’n yil ichida bojxona hududiga qaytarib olib kirilgan, tabiiy eskirish yoxud normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi o’zgarishlar hamda qonun hujjatlarida belgilanadigan boshqa hollarni istisno etganda, olib chiqilgan paytda qanday bo’lsa, shunday holatda turgan tovarlar reimport rejimiga joylashtiriladi.
Tovarlarni eksport rejimida olib chiqilayotganda to’langan eksport boji va soliqlar summasi, bu tovarlar olib chiqilgan paytdan boshlab uch yil ichida reimport rejimida qaytarib olib kirilgan taqdirda, bojxona organining taqdimnomasi bo’yicha qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda qaytariladi.
Tovarlar reimport qilinganda tovarlarni olib o’tayotgan shaxs tovarlarni olib chiqish chogida to’lov tarzida yoki boshqa imtiyozlar tufayli olgan summalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |