Referat Mavzu : Axborot tizimlari haqida umumiy tushuncha Bajardi: Raxmanqulova Zilola Tekshirdi


Ta'limiy Internet resurslar va ulardan o'quv jarayonida foydalanish



Download 1,58 Mb.
bet86/103
Sana01.07.2022
Hajmi1,58 Mb.
#725213
TuriReferat
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   103
Bog'liq
axborot tizimlari mustaqil ish Raxmanqulova Zilola 332

12.2. Ta'limiy Internet resurslar va ulardan o'quv jarayonida foydalanish
Respublikamizda keng imkoniyatlar mavjud. Ular: masofaviy ta’lim, “Internet” tarmog’iga ulanish, elektron darsliklar, elektron o’quv qo’llanmalar va hakozolardir.
T a ’lim Web-serverida EO’K ni taqdim etish xususiyatlari. Agar elektron o’quv kursi dastlab, alohida kompyuterda avtonom foydalanish uchun ishlab chiqilgan bo’lsa, uni tarmoqning (lokal yoki Internet) maxsus ajratilgan serverida joylashtirish uchun maxsus qayta ishlash talab etiladi. Avvaldan universal foydalanishga mo’ljallangan va shunga muvofiq, gipermatnli texnologiya asosida tayyorlangan kurslar bundan mustasno. Hozirgi vaqtda bunday yondashuv keng tarqalmoqda, shuning uchun elektron o’quv kursini ta’lim Web-serverida taqdim etish xususiyatlari nafaqat kursning o’zi bilan, balki axborotni va berilgan serverda o’quvchilar bilan o’zaro hamkorlikni tashkillashtirish uchun, qanday umumiy prinsiplar tanlangani bilan ham bog’liq. Ta’lim serverlarining Internet tarmog’ida ishlashi bilan tanishib, hozirgi vaqtda o’quv materiallarini taqdim etishga ham, o’quvchilar bilan o’zaro hamkorlikni tashkillashtirishga ham yagona yondashuv va standartlar ishlab chiqilmaganligini ko’rish mumkin. Taklif qilinayotgan axborot kurslarining muhofazalanganlik darajasi, berilgan o’quv yurti o’quvchilarining tor doirasi uchun faqat parol bo’yicha cheklangan foydalanishdan tortib, ochiq foydalanish rejimida o’quv-metodik materiallar, ilmiy maqolalar va sh.k.larni to’liq taqdim etilishigacha oraliqda tebranadi.
T a’lim tizimida maktab, oliy o’quv yurtidan tortib regional va Umum Rossiya darajasida telekommunikatsiyalar markazlari yaratilmoqda. Shu munosabat bilan, makonda taqsimlangan ta’lim tizimining asosi sifatida Internet global tarmog’ida ta’lim serverini yaratish texnologiyasining o’zini va ilmiy-metodologik asoslarni ishlab chiqish ayniqsa dolzarb bo’lib bormoqda. Rossiya o’quv yurtlari ishni asosan quyidagi yo’nalishlarda olib bormoqda.

  • O’quv yurtining ixtisoslashtirilgan ta’lim Web-serverida va alohida bo’linmalarningserverlarida turli xil o’quv-metodik, namoyish qilinadigan va obzorli materiallar taqdim etiladi. O’quv yurti mutaxassislari ushbu holatda ta’lim serveri konsepsiyasini mustaqil belgilaydilar (5rasm).

  • Regional ta’lim Web-serverlar bazasida axborot-ta’lim muhiti shakllantiriladi, uningmazmunan to’ldirilishi turli o’quv yurtlari pedagoglarining birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan amalga oshiriladi.

  • Umum Rossiya virtual ta’lim makonini yaratish dasturi doirasida, joylarda Rossiya virtualuniversitetining regional markazlari tashkil qilinadi. Mavjud bo’lgan, shu jumladan, ushbu dasturda qatnashayotgan boshqa oliy o’quv yurtlaridagi elektron o’quv resurslari to’g’risidagi axborotdan barcha manfaatdor shaxslar – o’qituvchilar, talabalar Internet orqali foydalanishlari mumkin bo’ladi. Barcha regional markazlar o’quv resurslaridan foydalanish uchun yagona qobiqdan foydalanadilar. Ularning gipermatnli texnologiya yordamida rasmiylashtirilgan bo’lishi, ular uchun yagona cheklash hisoblanadi.

Ta’lim Web-serveri konsepsiyasi. Makonda taqsimlangan ta’lim tizimini yaratishdagi ko’plab masalalarni hal qilishda, pedagoglar ham, o’quvchilar ham katta rol o’ynashlari mumkin. T a’lim Web-serveri negizidagi virtual o’quv markazini axborot jihatdan qo’llab-quvvatlash kompleksini shakllantirish va rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari sifatida, ikkita asosiy yo’nalishni belgilash mumkin.
B i rinchi yo’nalish – bu o’quv yurti serverida joylashtirilgan va virtual o’quv markazi ma’muriy, o’quv-metodik, ilmiy-tadqiqot faoliyatining axborot jihatdan qo’llab-quvvatlanishini ta’minlaydigan axborot-ma’muriy Web-saytini loyihalash. Bunday saytlar mustaqil ahamiyat kasb etadi, ularni rasmiy Web-sahifalar bilan almashtirib bo’lmaydi, chunki ularning strukturasi virtual o’quv markazi faoliyatining xarakteri bilan belgilanishi kerak. Bu, masofadan o’qitish ham, ijodiy loyihalarni bajarish ham, tarmoq olimpiadalarini o’tkazish ham bo’lishi mumkin. Tegishlicha, bu yo’nalishlarning har biri uchun, sayt negizida shuni tashkillashtirishga alohida yondashuv talab etiladi. Aynan, pedagog axborot resurslaridan foydalanish tartibini rejalashtirishi, o’quvchilar bo’yicha ma’lumotlar bazasida serverda to’planadigan axborot yordamida, o’quv yoki ijodiy jarayon boshqarilishini va monitoring tashkillashtirilishini mulohaza qilib ko’rishi mumkin. Loyiha dasturiy jihatdan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi (oliy o’quv yurtlarida bu axborot texnologiyalari markazlarining yoki boshqa o’xshash strukturalarning xodimlaridir). Albatta, bunday saytlar yaratilishini bosqichma-bosqich, pastdan yuqoriga texnologiyasida – o’quvchilarni oddiy ro’yxatga olishdan tortib, virtual o’quv markazi butun faoliyatini to’la ma’muriy boshqarishgacha, real amalga oshirish mumkin. Ikkinchi yo’nalishning mohiyati, ta’lim serverini mazmunan to’ldirish uchun turli elektron o’quv materiallari tayyorlashda ko’rinadi. Bu ishda asosiy rol, albatta pedagoglarga tegishli, lekin o’quvchilar uchun ham keng faoliyat maydoni ochiladi. Bu, masalan, obzorli materiallarni ichiga oluvchi Web-sahifalarni tayyorlash, u yoki bu fan bo’yicha eng qimmatli axborot manbalari (Internet havolalari) ro’yxatlari bo’lgan annotasiyalangan kataloglar, modellashtiruvchi dasturlarda ma’lumotlar bazalarini shakllantirish bo’lishi mumkin. Gipermatnli texnologiyadan foydalanish, ham pedagoglar, ham o’quvchilar uchun axborot bilan ishlash imkoniyatini doimo yaxshilab borgan holda, butun tizimni oson o’zgartirish va kengaytirish imkonini beradi. G ipermatnli texnologiyadan foydalanish o’z-o’zidan barcha ishlanmalarni yagona standart doirasiga kiritadi, lekin O’AT dasturiy ta’minoti kompleks ishlashi uchun, odatda, yagona axborot makoni shakllanishini ta’minlaydigan va o’zida, o’quvchilar, o’quv yurti pedagoglari va ma’muriyati operativ foydalana oladigan, muammoga yo’naltirilgan axborot muhitini ifodalaydigan standart dastur – qobiq tuziladi yoki jalb qilinadi. Bunday qobiqlarni (VLE, Netmaktab va boshqalar) joriy qilish pedagoglarning bevosita ishtirokida olib borilmoqda. Pedagoglar tajriba foydalanish bosqichidayoq, o’z takliflarini ishlab chiquvchilarga bergan holda, ta’lim jarayonini tashkillashtirish uchun ularning imkoniyatlarini o’rganadilar. Biroq, afsuski, bunday dasturiy ta’minot uchun yagona standart hozircha ishlab chiqilmagan. Masofadan va ochiq o’qitish dasturlarini amalga oshiradigan o’quv yurtlari va markazlari (mamlakatimizdagi va chet eldagi), axborot muhitini saqlab turish uchun faoliyatlarining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, o’zlarining dasturiy ta’minotini ishlab chiqishmoqda. B undan tashqari, standartlashtirilgan dasturiy vositalarning yo’qligi tufayli, o’quv yurtlari kommunikasion texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash uchun mo’ljallangan dasturiy ta’minotni sotib olishlariga yoki ishlab chiqishlariga to’g’ri keladi. Bularga, lokal tarmoq hamda Internet orqali o’quv-metodik materialdan foydalanishni va ular bilan ishlashni tashkillashtirish vositalari; ta’lim (o’quv) dasturlari, o’quv qo’llanmalari, topshiriqlarni va sh.k. tarmoqlar orqali yuborish, testlashni tashkillashtirish va o’tkazish kiradi.

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish