Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banklari.
H o zirgi vaqtda mamlakatimizda boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlarini ishlab chiqishning katta tajribasi to’plangan. Bu tajriba ABT va har qanday boshqa axborot tizimlarini ishlab chiqishning markaziy masalasi, ma’lumotlarni tashkil qilish, saqlash va kompleks foydalanishdan iborat ekanligini ta’kidlaydi. Yakuniy natijada bu ma’lumotlarni boshqarishning rivojlangan tizimlarini yaratilishiga olib keldi, ular hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish asosida qurilgan har qanday axborot tizimining asosi bo’ladi.
M a’lumotlar banklari tamoyili asosida loyihalashtirilgan boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari bir qator o’ziga xos xususiyatlarga egaki, ular asoslari belgilangan vazifalar majmuini hal qilishga mo’ljallangan, ma’lumotlar massivlarining tizimi bo’lgan oldingi ishlanmalardan alohida farqlanadi. Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banklaridan foydalanishi o’zaro bog’langan ma’lumotlar majmuiga ko’p jihatdan kirishni, amaliy dasturlarning ma’lumotlarni jismoniy va mantiqiy tashkil qilish o’zgarishlaridan, mustaqilligining ancha yuqori darajasini, ma’lumotlarni boshqarishning integrasiyalashishi va markazlashishini, ortiqcha ma’lumotlarni bartaraf qilishni, paketlarni birga bo’lishlik imkoniyatini va ma’lumotlarni teleprosessorli ishlab chiqishni ta’minlaydi.
S hu bois ham qo’llanishning har qanday sohasi uchun ABTni ishlab chiqish eng avvalo ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan bankini tashkil qilish bilan bog’liqdir.
O byektning holati haqidagi axborot har qanday boshqaruvning asosi bo’lgani uchun, xuddi avtomatlashtirilgan tizimlardagi ma’lumotlar, ularning tashkil qilinishi, mukammal olib borilishi, saqlanishi, foydalani-lishi tizimning markazi bo’ladi. Texnik va dasturiy vositalar vaqt o’tishi bilan o’zgaradi, ammo ma’lumotlar qoladi, ular bilan ishlash ancha qimmatli ish bo’ladi va xuddi shu bois ham ularni tashkil qilishning, ma’lumotlar bankini yaratishning asosida tizimli tamoyillar yotadi.
M a’lumotlarning avtomatlashtirilgan banki deganda foydalanuvchilar ma’lumotlarining bazalari, bu bazalarni shakllantirish, olib borishning texnik va dasturiy vositalari, tizimning faoliyat yuritishini ta’minlovchi mutaxassislar jamoasi majmuidan iborat bo’lgan tashkiliytexnik tizim tushuniladi.
E ng umumiy ko’rinishda ma’lumotlar bankining asosiy vazifalarini quyidagicha shakllantirish mumkin: muammo sohaning xuddi o’xshash axborotli aks ettirilishi, foydalanuvchilarga kerakli ma’lumotlar saqlanishi, yangilanishi va berilishini ta’minlash. Har qanday ma’lumotlar bankining tarkibiy qismlari ma’lumotlar bazasi boshqarish tizimi (MBBT), ma’lumotlar bazasining ma’muriyati, amaliy dasturiy ta’minlanishdan iborat bo’ladi. Bu 1rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |