kilometr gaz ta'minoti tarmoqlari va 260,3 kilometr avtomobil yo'llari, shu jumladan massivlar ichida kirish yo'llari va yo'llar, shuningdek 134 ta ijtimoiy infratuzilma obyektini barpo etish mo'ljallanmoqda.
Qurilish biror inshootni tayyorlash jarayoni, shuningdek shunday jarayon ketayotgan joydir.
Qurilish murakkab jarayon boʻlib, unda bir necha vazifalar amalga oshiriladi.
Qurilish — moddiy ishlab chiqarishning yirik sohalaridan biri; turli maqsadlardagi bino va
inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish; ishni yuri-tish uchun foydalaniladigan hudud bilan
birga qurilayotgan bino (inshoot); keng maʼnoda yaratuvchilik jarayoni. Tugallangan va foydalanishga topshirish uchun tayyorlangan ishlab chiqarish korxonalari, turar joylar, jamoat
binolari, inshootlari va boshqa obʼyektlar Q. mahsu-lotlari hisoblanadi. Q.da ishlab chiqarish sikli
nisbatan uzun boʻlib (bir necha oydan bir necha yilgacha), ishlab chiqarish jarayoni turli obhavo
sharoitida ochiq usulda olib boriladi. Pudrat va xoʻjalik usulidagi Q.ni va montaj ishlarini,
shuningdek, bino, insho-otlarni kapital taʼmirlash ishlarini qurilish tashkilotlari va maxsus tashkilotlar; loyihalash, loyiha-konstruktorlik va qidiruv ashkilotlari; foydalanishga topshirish va raz-vedkaparmalash tashkilotlari amalga oshiradi. Tiklanadigan obʼyekt xususiyatlariga koʻra sanoat, transport, qishloq, suv xoʻjaligi, uy-joy, kom-munal, ijtimoiy-madaniy va boshqa Q.larga boʻlinadi. Q. Oʻzbekiston Respublikasidagi moddiy ishlab chiqarishning eng muhim tarmoqlaridan birini
tashkil etadi. Respublika iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot tarkibida salmogʻiga koʻra Q. sanoat
va qishloq xoʻjaligidan keyin 3-oʻrinda turadi. 2003 yilda yalpi ichki mahsu-lotning 4,5% (2000
yilda 6,1%), xalq xoʻjaligida faoliyatkoʻrsatayotgan korxonalar va shkilotlarning 4,8% (11,9 ming) Q. hissasiga toʻgʻri keladi.
Qishloq hududlarini rivojlantirish
Mamlakat aholisining qariyb 16,4 millioni (jami aholining 49,4 foizi) qishloq hududlarida istiqomat qiladi (2018-y.). Mamlakatda tug‘ilish darajasi yuqori (23,3 promille) va shunga mos ravishda qishloq joylarida ortiqcha ishchi kuchi mavjud. 25 yoshgacha bo‘lgan odamlar aholining 45,5 foizini, 30 yoshgacha bo‘lganlar esa 55 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Qishloq hududlarida davlat xizmatlari, shuningdek transport va axborot-kommunikatsiya aloqalari darajasi pastligicha qolmoqda. Hududiy ehtiyojlarni batafsil baholashga asoslangan va raqobat afzalliklarini hisobga olgan holda kompleks strategiya va dasturlarni ishlab chiqish talab etiladi.
Agrar sektorda amalga oshirilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari aksariyat hollarda to‘g‘ridan to‘g‘ri fermyerlar va boshqa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga yo‘naltirilgan. Xorijiy mamlakatlar bo‘yicha ma’lumolar tahlil qilinganida, qishloq hududlarining iqtisodiy taraqqiy etishi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bilan bevosita bog‘liqligi va shundagina muvaffaqiyatga erishilishi, mahallalarning muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan subsidiyalarga asoslangan islohotlar samarasiz ekanligi kuzatildi. Iqtisodiyot va sanoat vazirligining muvofiqlashtiruvi ostida amalga oshirilayotgan qishloqlarni rivojlantirish dasturlari, asosan, hududiy iqtisodiy nomutanosiblikni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib, yirik shahar markazlari foydasi uchun, qishloq aholisining kichik bir qismi — fermyerlar va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanadigan boshqa tadbirkorlar sektori tomonidan qo‘llabquvvatlanadi, biroq qishloq mahallalari chetda qolmoqda. Qishloq hududlarini barqaror rivojlanishini ta’minlash mazkur ustuvor yo‘nalishning asosiy maqsadi bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |