O‘zbekistonda va jahonda SAMBO sport turi.
Sambo
Sambo (rus. — qurolsiz oʻzini himoya qilish) — sport kurashi turi. Unga kurashning milliy
turlaridagi eng samarali usullar asos kilib olingan. 20- asrning 30y.larida SSSRda paydo boʻlgan. S.ning sport (kurash) va jangovar turlari mavjud. S kurashida kurashchilar maxsus belbogʻli kalta yaktak kiyadilar. S.da rakibining koʻl va oyoqlaridan olish, oyoqlar bilan oyoqlariga, qoʻliga va gavdasiga qarshi harakatlar qilish ruxsat etilgan. S.da oʻz oyogʻida t ik turib raqib kuragini yerga tekkizsa yoki ogʻrituvchi usul qoʻllanganda raqib oʻzini magʻlubiyatga uchraganligini tan olsa, shuningdek, ballar boʻyicha farq 12 taga yetsa, rakib man etilgan usulni qoʻllab jazolansa sof gʻalaba qayd qilinadi. Rakiblardan biri sof gʻalabaga erisha olmasa, olishuv natijasi
sportchilarning toʻplagan ballariga karab aniklanadi. Jangovar S.da kurashchilar boshga shlem, qoʻllariga barmoqlari ochiq qoʻlqop kiyib, ogʻizga kapa (t ishni himoya qilish uchun) solib musobakalashadilar. Jangovar S.da tepish, urish, ogʻrituvchi usullar koʻllash va boʻgʻish mumkin. Kurash 10x 10 m dan 13x13 m gacha kattalikdagi gilamda oʻtkaziladi. Kurashchilarning olishuv maydoni 6x9 diametrli boʻlishi kerak. Kurash tanaffussiz 4—5 min. davom etadi. S.ning sport
turida: yoshlar (20 yoshgacha) va erkaklar: 52, 57, 62, 68, 78, 82, 90, 100, 100 kg dan ortik: kizlar
(20 yoshgacha) va ayollar: 48, 52, 56, 60, 64, 68, 72, 80, 80 kg dan ortiq; oʻsmir oʻgʻil bolalar (16
—18 yosh): 48, 52, 56, 60, 65, 70, 75, 81, 87, 87 kg dan ortik; oʻsmir kizlar (16—18 yosh): 40, 44,
48, 52, 56, 60, 65, 70, 75, 75 kg dan ortiq vaznlarda bellashadilar. Faxriylar (35 yoshdan yuqori)
va S. ning jangovar turida esa 62, 68, 74, 82, 90, 100, 100 kg dan yuqori vazn toifasida musobaqalashadilar. S. boʻyicha Xalqaro havaskorlik federatsiyasi (FIAS; 1985 y. tashkil
etilgan)ga 80 ga yaqin mamlakat aʼzo. 1980 yildan Olimpiada oʻyinlari dasturiga kirit ilgan. 1973 yildan S.ning sport turi boʻyicha, 2001 yildan jangovar S. boʻyicha jahon chempionati oʻtkaziladi. Oʻzbekiston S. federatsiyasi 1964 y. tuzilgan. Ayol S.chilarning federatsiyasi dunyoda faqat Oʻzbekistonda tashkil etilgan (1996) va u ham Jahon hamda Osiyo federatsiyasiga aʼzo boʻlib kirgan. 1971 y. Toshkentda xalqaro turnir, 1972 y. 1Yevropa chempionati, 1998, 2001 va 2002 yilda esa oʻsmirlar, yoshlar va erkaklar oʻrtasida Osiyo chempionati, 2001 va 2003 yillarda ilk bor ayollar S. yulduzlarining jahon chempionati musobaqalari oʻtkazilgan. Oʻzbekiston S. terma jamoasi jahon chempionatida 1- oʻrinni egalladi (1993, Omsk), Osiyo chempionatida bir necha
marta jamoa hisobida (ayollar va erkaklar, qizlar va oʻsmirlar) gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. S. boʻyicha sport ustasi J. Sharapatov Osiyo S. federatsiyasining prezidenti (2001 yildan), xalqaro toifadagi sport ustasi Fazliddin Poʻlatov vitseprezidenti va Osiyoda S. kurashini rivojlantirish qoʻmitasi raisi (2003 yildan) hisoblanadi. Sobir Kurbonov, Sayfiddin Xodiyev, Bobomurod Fayziyev (2
martadan), Shuhrat Xoʻjayev, Akobir Qurbonov, faxriylar oʻrtasida esa Fazliddin Poʻlatov, Oʻrol Jumaniyozov, Oston Choʻliyev (2 martadan) jahon chempioni boʻlishgan. Oʻzbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida bolalar va qizlar S. bilan muntazam shugʻullanadilar.
Respublika oliy sport mahorati maktabi, viloyatlar sport mahorati maktablari, shuningdek, Olimpiya zaxir alar kollejidir
1. Ozbekiston faxriy sport ustasi 15 ta Ozbekiston sport ustasi tayorlagan trenerlarga, 10 yil ichida Ozbekiston birinchiligida yuqori natijaga erishgan kurashchilarga yoki 10 yil milliy kurash federatsiyasida ishlagan kishilarga beriladi.
2. Ozbekiston sport ustasi unvoni Ozbekiston birinchiligida birinchi orinni yoki Orta Osiyo va Qozoqiston birinchiligida birinchi orinni egallagan va ikki marta yoshlar ortasida resrublika golibi bolgan, atoqli polvonlar nomiga otkaziladigan ananaviy turnirlarda ikki marta golib chiqqan sportchiga beriladi.
3. Sport ustasi nomzodi unvoni yoshlar ortasida resrublika birinchiligida birinchi orinni, resrublika miqiyosidagi ochiq turnirlarda birinchi orinni olganlarga, viloyat chempionlarga, Toshkent shahar chempioniga va RDFSO birinchiligi golibiga beriladi.
4. Sport unvoni va razryadlari berish tartibi.
Ozbekiston faxriy sport ustasi yoki Ozbekiston sport ustasi unvoni Ozbekiston Davlat sport qomitasi va Ozbekiston kurash federatsiyasi buyrugi bilan beriladi.
Ozbekiston sport ustasi va razryadlar oldindan tuzilgan sport klassifikatsiyasi asosidagi normativlarni bajargan taqdirda taqdim etiladi.
Ozbekiston sport ustasi unvoni berilishida Resrublika toifasidagi hakamlar bolishi shart.
Razryadlar berilishida esa quyidagi sudiyalar sastavi bolishi lozim.
Sport ustaligiga nomzodlikka, I razryadlikka tavsiya etishda 1 ta respublika toifasidagi hamda 3 ta 1 kategoriyasidagi sudyalar:
2- razryadga 2 ta I kategoriyasidagi va 3 ta sport sudyasi. 3 razryadda va osmir razryadi uchun 2 ta sport sudyasi bolishi kerak. Birinchi sport razryadi bir yil mobaynida 10 ta 1 razryadli kurashchi ustidan golib kelsa yoki 6 ta sport ustaligiga nomzodlar ustidan galaba qilganlarga beriladi. Ikkinchi sport razryadi bir yil moboynida 8 ta 2- razryadli kurashchilar ustidan galaba qilgan kurashchiga taqdim etiladi. Uchinchi sport razryadi bir yil moboynida 6 ta razryadsiz osmirlar ustidan galaba qilgan kurashchiga taqdim etiladi. Birinchi osmir razryadi bir yil moboynida 8 ta 4 razryadli kurashchilar yoki 12 ta 2 razryadli osmirlar ustidan galaba qilgan kurashchiga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |