Referat hujjatchilik tarixi Topshirdi: Eminjonov a qabul qildi: Qosimova m farg’ona 2020 Reja



Download 42 Kb.
bet2/2
Sana14.08.2021
Hajmi42 Kb.
#147102
TuriReferat
1   2
Bog'liq
Hujjatchilik tаrixi mustaqil ish 5

bildargulik so‘zi ishlatilgan. Hozirgi kunda faol qo‘llanishga o'tgan “bildirishnoma”, “bildirish” shu so'zdan olingan. Sho'rolar davrida bu so‘z “raport deb yuritilardi. Qadimshunos olimlar tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida ko'pgina ma’lumotlarga ega bo'lindi. Namangan viloyati Kosonsoy shahri yaqinidagi Mog’il qal'asidan VII-VIII asrga oid 80 ta hujjat topilgan. Ular milliy so‘g‘d yozuvida bo'lib, toldan kesilgan tayoqcha, teri va xitoy qog‘ozlariga bitilgan. Hujjatlar mazmunan huquqiy xarakterga ega. Bir turkumi diplomatik aloqalarga oid bolib, arablarga qarshi harbiy kuchlami birlashtirish masalasiga bag'ishlangan. Hujjatlarda buyruqlar, soliq va boj yig‘ish moliyaviy harajatlar ro'yxati va boshqalar aks etgan. Xorazm xarobalaridan esa charm va taxtachaga yozilgan hujjatlar topilgan. Tuproqqal'a hayot bo‘lgan davrdagi xonadan a'zolarining ro'yxati, harbiy chaqiriq, soliq, jon-mol ro'yxati, xo'jalik asboblarining olingani haqidagi tilxat qadimgi hujjatlardan darak beradi. Turkiy tillar mutaxassisi S.E.Malov “Памятники древнетюркской письменности” (М-Л, 1951) asarida qadimgi turkiy yozuvida XIII asrlarda bitilgan qadimgi hujjat (shikoyat, oldi- sotdi, ijaraga qo'yish, tilxat) namunalarini keltiradi. Qimmatli ma’lumot beruvchi X-asr olimi Abu Abdulloh al-Xorazmiy ilmlar kaliti” asarining “arab” ilmlari qismida ish yuritish daftarlarini sharhlab, Samoniylar davlatidagi soliq xillari va ularni yig'ish yo'li, hajmi, Sharq mamlakatlarining hududlarida ishlatilgan og‘irlik hamda o'lchov birliklarini keltiradi. Askarlar ro'yxati, beriladigan maosh, kiyim-kechak shakllarini keltiradi. O'sha davrda Markaziy Osiyoda keng tarqalgan o'lchov birliklari haqida ma’lumot beradi. Ular boshqa manbalarda hozir uchramaydi.“Eski uyg‘ur yozuvi” (Q.Sodiqov), «Древний Хорезм» (С.П.Толстой), «Ганчи, ганчибоши в Кокандском ханстве» (А.Л.Тротская) kabi manbalarning ahamiyati katta. Ma’lum bo'lishicha, X-XIX asrlarda farmon, yorliq, noma, bitim, arznoma, qarznoma, vasiqa, vaqfnoma, tilxat kabilar keng iste'molda bo'lgan. Hozirgi kunda vaqfnoma, vasiqa, noma, arznoma kabi hujjatlar tilimizda ishlatilmaydi. Manba sifatida “Boburnoma" asarining o'z o‘rni bor, chunki unda farmon, mirzo, sulh, tamg'a hatto ariza o'rnida “arzadosh” qo'llanilgan. Shuni qayd qilish mumkinki, hozirgi kunda tilimizda tor ma’noga ega bo'lgan '"patta” so'zi XlX-asrda Qo'qon xonligida keng ishlatilgani ma’lum.Dunyoning har bir mamlakatida qadimdan rasmiy ish qog'ozlari qo'llanilib kelgan. Masalan: eramizdan avval bo'lgan Bobil (Vavilion) davlatining 1792 - 1950 - yillar podshoxi Xammurapining buyrug'i bilan tayyorlangan qonunlar majmuasi mavjudligi haqida amerikalik sharqshunos Edvard Kira “Они писали на глине” (1984-у) asarida ma’lumot beradi. Qonun majmuasi 247 moddadan iborat bo'lib, u basalt ustuniga qadimgi mixxat bilan yozilgan. Qonunda yerga egalik, savdo- sotiq, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar aks etgan. Bobil hozirgi Iroqning janubiga to‘g‘ri keladi. Rossiyada hujjat yuritish IX-X asrlardan boshlangan. X-asrga kelib shartnomalarda muhrlar qo’llana boshlagan. XlV-asr oxirlaridan boshlab hujjatlar qog‘ozlarda o‘z ifodasini topishga o‘tgan. Manbalar Pyotr davrida “Dokument” so‘zining ishlatila boshlaganidan darak beradi. U tor ma’noda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) o‘rnida ishlatilgan. Keng ma’noda - guvoh beruvchi, ibratli, namunali, dadil, isbotlovchi ma’nosida qo‘llanilgan.Turkiston Respublikasidan ajralib chiqqan O'zbekiston respublikasi 1924-yil 31-dekabrda 48-raqamli “Ishlarni o‘zbek tilida yuritish” to‘g‘risida muhim qaror qabul qildi. Qarorda butun boshqaruv idoralarida hamma rasmiy ish qog'ozlari faqat o‘zbek tilida yuritish, o‘zbekcha rasmiy hujjatlar tuzish, yo'riqnomalarni tayyorlash topshirildi. Qarorni hayotda qo'llash uchun ishchi hay’at yuzaga keldi. Har bir tashkilot, muassasa va idoralarda ish yuritish bo'limlari tashkil qilindi. Qarorda dekretga bepisand qarovchilarga chora ko'rish kerakligi ta'kidlangan edi. Ish qog‘oz namunalari maxsus tayyorlandi. Ammo 30-yillarda vaziyat o‘zgardi. Ayniqsa 1938-yilgi qabul qilingan “Об обязательном изучении русского языка” qaroridan keyin milliy tillar, xususan, o'zbek tilini cheklash siyosati boshlandi. Ish yuritish asosan, rus tilida yuritiladigan bo'ldi. Nihoyat, 1989-yili O'zbekiston Respublikasining “Davlat tili to'g'risida” qonuni qabul qilindi. Qonunga muvofiq 8 yil mobaynida barcha rasmiy hujjatlar o'zbek tilida yozilishi kerak edi. 1995-yil 21-dekabrda qonunning yangi tahrir qilingan variantida o'zgartirish va qo'shimchalar o'z ifodasini topdi. Qonunning 8-19-moddalarida ish yuritish o'zbek tilida, shuningdek, ish qog'ozlari rus hamda boshqa tillarda tuzish va qabul qilish mumkinligi ko'rsatib o‘tilgan. Bu respublikada milliy munosabatlarning barqarorligini ta'minlash bilan bog'liq edi.1995-yil 24-avgust 339-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi o'zbek tilining lotin imlosiga asoslangan yangi alifbo qoidalarini tasdiqladi. Ish qog'ozlari yangi alifboda qoidalarga rioya qilingan holda yoziladigan bo'ldi.

O'zbekiston mustaqil bo'lgach, ish yuritishning ijtimoiy hayotdagi o'rni o'zgacha tus oldi. Hujjatlarni avval rus tilida belgilangan qolipda yozilgan bo'lsa, ularni o'zbekona tayyorlash yo'liga o'tildi, e’tibor o'zgardi. Rasmiy ish qog'ozlarining ahamiyati ortdi, chunki jamiyat bilan uning a'zolari o'rtasidagi munosabat, hatto davlatlar orasidagi aloqa, davlat tashkilotlari ichidagi qonun- qoidalar davlat tilida keng yuritila boshlandi. O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi 1994-yil 18-avgustda 424-son qaror qabul qildi. Qaror tom ma’nodagi hujjatchilikni shakllantirish va rivojlantirish yo'lida muhim qadam bo'ldi. 1999- yil 29-martda 140-son qaroriga ilova qabul qilinib, unda ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo'yicha namunaviy yo‘riqnoma berildi. Yo‘riqnomada umumiy qoidalar, shuningdek, hujjatlashtirish, kelgan xat-xabarlarni qabul qilish va ro'yxatga olish, jo'natish, hujjatlarning ijrosi ustidan nazorat tartiblari ko'rsatilgan. Vazirlar Mahkamasining qarorlari so‘zsiz tom ma’nodagi o‘zbek hujjatchiligini hozirgi kun talablari asosida shakllantirish va rivojlantirishda maqsadga muvofiq ish bo’ladi.O‘zbek tilidagi hujjatchilikni takomillashtirishda mavjud tajribalardan foydalanish o'rinli. Bunda. albatta o'zbek tilining o‘z qonun-qoidalariga rioya qilish kerak. Masalan, sana yozishda o‘zbek tilining tabiatga mos qilib avval yil keyin oy “2007-yil 8-mart” deb yozish to'g'ri bo'ladi. Hujjatlarni sof o'zbek tilidagi andozalarini yaratish, bular bilan bog'liq atamalarning bir xilligiga erishish takomillashtirishning muhim masalalaridan. Hujjatlar tuzish, ijro etish uslubi ustida ish olib borish, Davlat bo‘yicha yagona nusxalarini ishlab chiqish shu kunning dolzarb vazifasiga kiradi. Bu ishlarning sust borishida hujjatlarni tuzish yo'llari, shakli, tili, uslubini o'rganuvchi va belgilab beruvchi ilmiy markazning yo’qligi deb hisoblash o'rinli.




Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish