G'afur G'ulom
(1903 - 1966)
G'afur G'ulom
(1903 - 1966)
1903 yilning 10 mayida Toshkent shahrida tug’ilgan. “Shum bola” (1936) avtobiografik qissasida ijodkorning bolaligi, asr boshidagi Toshkent hayoti tiniq tasvirlangan.
“Dinamo” (1931), “Tirik qo’shiqlar” (1932) to’plamlarida shoir ruhidagi betakrorlik, milliy o’ziga xoslik aks etdi. Insonga xos mangu tuyg’ular “Qish va shoirlar” (1929), “Non” (1931), “Toshkent” (1933), “Qutbda saylov” (1937), “Men Yahudiy” (1941), “Qish” (1941), “Xotin” (1942), “Afsuski, afsusni qo’shib ko’mmadi” (1945) singari she’rlarda aks etdi. “Bog’” (1934), “Sog’inish” (1942), “Kuz keldi” (1945), “Kuzgi ko’chatlar” (1948) singari she’rlarida obod bog’, saxiy bog’bon, umiddagi kelajak gavdalanadi. G’afur G’ulomda yurt, xalq, kelajak oldidagi mas’ullik Ota timsolida aks etgan “Sen yetim emassan” (1942), “Sog’inish” (1942), “Biri biriga shogird, biri biriga ustod” (1950), “Sizga” (1947), “Bahor taronalari” (1948) singari she’rlarida yurt, xalq, kelajak mas’uliyati tasvirlanadi. “Netay” (1930), “Yodgor” (1936), “Shum bola” (1936-1962) qissalari, “Hiylai shar’iy” (1930), “Mening o’g’rigina bolam” (1965) singari hikoyalarida qahramon xarakterining milliy betakrorligini aks ettirgan.
Bolalar kitobxonligi
Gafur Gulomni
“Shum bola” asari
Bu asarni nomi shum Bola, bu kitob kitobxonlar tomonidan juda katta qiziqish bilan o'qilmoqda. Kitobning mazmuni o'quvchini befarq qoldirmaydi. Kitob keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan.
Kitob haqida batafsil malumot quyidagicha, kitobxonlar tomonidan juda katta qiziqish bilan o'qilmoqda. Kitobning mazmuni o'quvchini befarq qoldirmaydi. Kitob keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan. Kitob haqida qisqacha gap shundan iborat
Sir emas, hozirda G`afur G`ulom nomi tilga olinsayoq xayolimizga uning sho`ro yozuvchisi ekanligi, she`rlarida sho`roni kuylagani keladi — xafsalamiz sovigandek bo`ladi. Bugun, yubiley bahona adibning asarlarini qayta varaqlarkan, beixtiyor “keyingi yillarda qaror topgan bu xil munosabat adolatdan yiroqroq tushmaydimi” degan andisha tug`iladi...
G`afur G`ulomning keng ommaga ma`lum va suyuk qissasi —“Shum bola”ga hozirda ko`proq sarguzasht asar, kulgi asari deb qaraymiz. Ha, chindan ham Shum bolaning turfa xangomalarga boy sarguzashti, undagi ichakuzdi holatlar shunday o`ylashimizga asos berar. Biroq, e`tibor qilinsa, adibning kulgisi, sarguzashtli syujet botinida uning zamonasi haqidagi anchagina jiddiy o`y-fikrlari, tahliliy mulohazalari yotganini ham ko`rishimiz mumkin bo`ladi.
Ma`lumki, Shum bola hikoyasini o`zi o`sgan muhit bilan tanishtirishdan (shu o`rinda bir shartni qabul qilaylik: bu, aslida, o`smirlik paytidagi hayotning adib xotirasida tiklangan eng muhim nuqtalaridir) boshlaydi. Shum bolaning aytishicha, uning singari “bozorda sanqib yurgan daydi bolalar uchun quvonchli ermaklardan biri bozor, mahalla, ko`cha-ko`y jinnilari edi. O`sha yillari Toshkentda shunaqa ham jinni ko`p ediki, sanab sanog`iga yetolmaysiz”. Jinnilarning fe`l-atvoridagi kulgili holatlarni hikoya qilarkan Shum bola ularning foje taqdiriga oid tafsilotlarga ham to`xtaladi.
Ma`lumki, qissada tasvirlangan davr Turkistonda kapitalistik iqtisodiy munosabatlar qaror topa boshlagan paytga to`g`ri keladi. Bunaqa sharoitda esa, tarixdan yaxshi ma`lum, jamiyatda tabaqalanish kuchayadi: evini qilolganlar o`ta boyib, eplana olmaganlar qashshoqlashib boradi. Yangicha sharoitga tez moslashganlar “yangi boylar” qatlamini tashkil qiladiki, ularda zeb-hashamga, dabdabaga o`chlik ko`riladi. Xalqimiz bu xil fe`l-atvorni oddiygina qilib “pul quturtirgan”, “ko`rmaganning ko`rgani qursin” tarzida izohlasa-da, bu oddiy iboralar o`zida hodisaning ijtimoiy-psixologik asoslarini mujassam etadi. Gap shundaki, “yangi boylar” qo`lga kirgan katta davlatni xudoning bergani deb emas, avvalo, o`zlarining oqilligiyu abjirligi mahsuli deb biladi. Bu esa ularda o`zlarining o`zgalardan ustunligi tuyg`usini paydo qiladiki, ular beixtiyor buni barchaga tan oldirish, namoyish etish payidan bo`ladilar.
Yuqorida aytdikki, davrning jadidlar tanqid qilgan deyarli barcha illatlari “Shum bola” badiiy voqeligida u yoki bu darajada o`z ifodasini topgan. Qissadagi hayot tasviridan “ortiq bu tarzda yashab bo`lmaydi, jamiyat isloh qilinishi kerak” degan xulosa kelib chiqadiki, bu ham jadidlar qarashlariga hamohang. O`rtadagi farq esa, bizningcha, tasvir rakursida xolos: jadidlardan farq qilaroq, G`.G`ulom mehnatkash xalq hayotini “ichdan” tasvirlaydi. YA`ni, adib bu hayotni yashab o`tgan, sirtdan kuzatib bilgan emas. Bas, inqilobdan so`ng mehnatkashlar hayotida ozmi-ko`pmi ijobiy o`zgarishlar bo`lgan ekan, ularga adibning munosabati ijobiy bo`lmasligi mumkinmi edi?! Hozirda bu nav munosabatga, aytaylik, jadidlar munosabati yoki bugunda shakllangan munosabatni qarama-qarshi qo`yish to`g`rimikan?!
O`sha hayotni yashab ko`rmagan avlod bularning birini haq, ikkinchisini nohaq sanashga haqlimi?! O`tmish hayotini ham, o`z vaqtidagi unga turlicha munosabatlarni ham ixtiyorimizdan tashqaridagi mavjudlik, amalga oshib bo`lgan fakt sifatida boricha, butunisicha qabul qilingani to`g`riroq bo`lmaydimi?!...— yuqorida aytganimiz andisha shu kabi savollardan turtki oladi.
G’afur G’ulomda xalq og’zaki ijodi ta`sirining nihoyatda xilma-xil ko`rinishlarini topish mumkin: unda folklor asarlarini qayta ishlash, qoliplash usuli, “Shum bola”da “Uch yolg’ondan qirq yolg’on” ertagiga o`xshagan g’oyat jozibali yolg’on to`qib, juda qiziq kulgili voziyat-holat yaratadi. O`nlab feletonlarini Nasriddin Afandi latifalari syujeti, shakli asosida quradi va shu yo`l bilan ularni satirik hikoya darajasiga ko`tarib yuboradi.
G’afur G’ulom mumtoz adabiyotimiz va xalq ijodidan o`rganish bilan chegaralanib qolshadi, u jahon xalqlari, ayniqsa, rus adabiyoti maktabi bilan ham bahramand bo`ldi. V.Sheksperning “Otelo”, “Qirol Lir” Lope de Veganing “Qo`zibuloq qishlog’i”, F.Shimirning “Vilgelm Tell”, Nizomiy, Jomiy, A.Pushkin, L.Tolstoy, A.To`qay. T.Shevchenko, Prem Chand haqida maqolalar yozdi. Nozim Hikmat, Antol Gidash, Xodi Toqtosh, A.Lohutiy, M.Tursunzodadan tortib. A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, N.A.Nekrasov, V.V.Mayakovskiygacha bo`lgan ijodkorlar asarlarini o`zbekchaga tarjima qilib o`zbek kitobxonlarini jahon adabiyotining noyob durdonalari bilan tanishtirishda o`z hissasini qo`shdi.
|