Шахс
Давлат ва жамият
Узлуксиз таълим
Фан
Ишлаб чиқариш
Мактабгача таълим
Умумий ўрта таълим
Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими
Олий таълим
Олий ўқув юртидан кейинги таълим
Кадрлар малакасини ошириш ва уларни қайта тайёрлаш
Мактабдан ташқари таълим
I-IV синфлар
V-VI синфлар
Академик лицей
Касб-ҳунар коллежи
Бакалавриат
Магистратура
Аспирантура
Адьюнктура
Докторантура
Мустақил тадқиқотчилик
Oliy ta`lim tizimida katta o`zgarishlar amalga oshirildi. Oliy ta`lim ikki bosqichdan bakalavriat va magistraturadan iborat bo`lib, qayta tashkil etildi. 62 ta oliy o`quv yurtlarida ta`lim olayotgan bo`lajak bakalavr va magistrlar soni 2003-2004 o`quv yilida 254400 nafarni tashkil etdi. Bu oliy o`quv yurtlarida 18486 nafar professor-o`qituvchilar mehnat qilmoqdalar. Ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari fan nomzodidir. O`tgan 4 yil davomida barcha yo`nalishlar bo`yicha bakalavr va magistrlar uchun qo`yiladigan talablarni o`zida mujassamlashtirgan Davlat ta`lim standartlari, o`quv dasturlari yaratildi. Oliy ta`lim uchun 1129 nomdagi darslik va o`quv adabiyotlari nashr etildi va oliy o`quv yurtlari kutubxonalariga tarqatildi.
Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko`maklashish, qo`llab-quvvatlash bo`yicha davlat siyosati sobitqadamlik bilan olib borilmoqda. Iste`dodli yoshlarni moddiy va ma`naviy rag`batlantirish, chet elda o`qishni qo`llab-quvvatlash maqsadida Respublika bolalar fondi, Sog`lom avlod uchun, Iste`dod jamg`armalari tashkil etildi. Zulfiya mukofoti ta`sis etildi. Ta`lim sohasida xalqaro tashkilotlar bilan bir qator hamkorliklar yo`lga qo`yildi. 2000 dan ortiq talaba va mutaxassislar chet elda taxsil olib keldi.
O`zbekiston ta`lim tizimi dunyo miqyosida katta qiziqish uyg`otmoqda. Moskvadagi Oliy ta`lim Xalqaro Fanlar akademiyasi prezidenti V. Shukshunov O`zbekistonda ishlab chiqilgan ushbu Milliy dasturni mazmun-mohiyati jihatidan tengi yo`q hujjat, deb ta`rifladi. O`zbekistonda yaratilayotgan ta`lim tizimi Ta`limning o`zbek modeli deb e`tirof etildi.
Milliy dasturni hayotga tatbiq etish borasida keyingi 10 yil davomida talay natijalarga erishildi. Talabalar ta`lim olayotgan oliy ta`lim muassasalaridagi o`zgarishlarning amaliy natijasi 2008 yilning sentabrida O`zbekiston Milliy universitetining 90 yilligini nishonlash tantanasida yorqin va yaqqol ko`zga tashlandi.
Xulosa qilib aytganda, taraqqiyotning o`zbek modeli jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy va ma`naviy hayotida o`zini to`la oqladi. Mustaqil O`zbekiston taraqqiyotining o`ziga xos yo`nalishi qat`iy belgilangan tartibda mamlakat ravnaqi uchun xizmat qilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Karimov I.A. O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li. T.: O`zbekiston, 1992.
Karimov I.A. Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: O`zbekiston, 1997.
Karimov I.A. Ma`naviy yuksalish yo`lida. T.: O`zbekiston, 1998.
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T.: O`zbekiston, 1998.
Karimov I.A. Amir Temur faxrimiz, g`ururimiz. / Ma`naviy yuksalish yo`lida. T.: O`zbekiston, 1998.
Karimov I.A. Erishgan marramizni mustahkamlab, islohotlar yo`lidan izchil borish asosiy vazifamiz. T.: O`zbekiston, 2004.
Karimov I.A. Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o`z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog`liq Ma`naviy yuksalish yo`lida. T.: O`zbekiston, 2004.
Karimov I.A. Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar, deb hisoblashar edi. T.: O`zbekiston, 2005.
Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch. T.: O`zbekiston, 2008.
Karimov I.A. Eng asosiy mezon hayot haqiqatini aks ettirish. – T.: O`zbekiston, 2009.
Do'stlaringiz bilan baham: |