Korsakov sindromi (amnestik sindrom):
- xozirgi vaktdagi xotiraning buzilishi (fiksatsion amneziya);
- vaktga, turgan joyiga dezorientirovka;
- konfabulyator buzilishlar yigindisidan iborat.
Korsakov sindromi alkogolizmda, bosh miya jaroxatlaridan keyin, utkir gipoksiya (osish, gaz bilan zaxarlanish) xolatlarida uchraydi.
Korsakov sindromli bemor demonstratsiyasi.
Bemor 30 eshda avlodlarida ruxiy kasallikni rad etadi. Bolaligida kizamik, angina, gripp kasalliklari utkazgan.Yaxshi usgan, ma`lumoti 10-sinf, yaxshi ukigan. Fe`li doim tinch, yumshok, uyatchan, ziéðàê bulgan. Maktabni bitirgandan keyin universitetning kechki fiz.mat bulimida ukigan va ombor mudiri bulib ishlagan. Ukish va ish engil berilgan, kiyinchilik sezmagan. Spirtli ichimliklar vakt-vakti bilan iste`mol kilgan. Keyinchalik alkogolga moyillik, xoxish paydo bulgan. SHu sababli oilada janjal bulib turgan. SHunday kunlarning birida, mast xolatda oilaviy janjal sababli uz joniga kasd kilgan, ipdan echib olingan. 2 kun reanimatsiya bulimida es-xushi yuk xolatda saklangan. Komadan chikkandan keyin, bezovta bulgan, uzini notugri tutgan, dezorientirovka xolati kuzatilgan, uzini narsalarini kushni krovatdan kidirgan, atrofdagi odamlarni bilmagan, xar tomonga yugurmokchi bulgan. Bu xolat bir necha soat davom etgan. Uykudan keyin es-xushi uziga kelgan, bushashib, befark bulib kolgan. Savollarga darrov javob berolmagan bulib, utgan vokeani eslolmagan. SHu xolatda bemorni ruxiy kasalxonaga kuchirilgan. Kasalxonaga kelgan kuni bemorning buynida strangulyatsion tugun izi kuringan. Bemor kam kuvvat, kam xarakat, mustakil xech narsaga kizikmagan. Uzini bulimdaligini bilmaydi, uzini krovatini topolmaydi, erdamga muxtoj. Suxbat vaktida tezda xoldan toyadi. Savollarga bir necha marta kaytargandan keyin javob beradi. Uzi xakida kiska anamnestik ma`lumot beradi, oxirgi vaktlardagi vokealar vaktini adashadi. Xotirasida kupol buzilishlar aniklanadi, asosan xozirgi vaktda oxirgi 2 yillik xaetidan xech narsa aytolmaydi. Kaerdaligini va atrofdagi odamlarni bilmaydi. Xozirgi kunni, oyni, yilni aytolmaydi. Uzini krovatini, davolovchi xakimini eslolmaydi. Suxbat paytida bir necha marotaba bir xil savol bilan murojaat kiladi. Bir odam bilan bir necha marotaba salomlashadi. Ba`zan xotirasidan yukolgan xodisa urnini, uzok yillik vokealar bilan tuldirishga xarakat kiladi.Bir oyga yakin kasalxonaga etganiga karamay, bir necha kun oldin kievdan kelganini tasdiklaydi. Onasi kasalxonaga kelmagan bulsa xam, xozir onasi bilan suxbatlashganini aytadi. Uylanganligi 3 oylik bolasi borligi, universitetda ukishi butunlay xotirasidan yukolgan. Xatto kaerda ishlagani, kanday ishni bajarganini xam bilmaydi. Uz joniga suikasd kilganini xam eslamaydi. Uzini bemor xisoblamaydi. Ba`zida jaxldor bulib,uyga javob berishini suraydi, ishga kech kolaetganini aytadi. Lekin tezda tinchlanadi, xech narsaga kizikmaydigan, befark bulib koladi. Kup vakt tushagida etadi, xech kim bilan gaplashmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |