Referat fan : Iqtisodiyot nazariyasi mavzu: Menejmentning tadbirkorlikdagi o’rni Bajardi



Download 474,19 Kb.
Sana05.07.2022
Hajmi474,19 Kb.
#741006
TuriReferat
Bog'liq
Menejmentning tadbirkorlikdagi o\'rni.Husnora


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSTITETI


IQTISODIYOT FAKULTETI
REFERAT
FAN: Iqtisodiyot nazariyasi
MAVZU: Menejmentning tadbirkorlikdagi o’rni

Bajardi:_____________________
Qabul qildi:___________________

TOSHKENT-2022



Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………….3
Reja…………………………………………………………………………4
Asosiy qism…………………………………………………………………5
Xulosa……………………………………………………………………...15
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………16

Kirish
Menejment sohasining holati ishlab chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. Menejment fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat.

Reja :


1.Tadbirkorlik faoliyati.
2.Menejer fazifalari.
3.Menejment va tadbirkorlikdagi muvaffaqiyat.
4.Menejer mehnatini tashkil etish.

Tadbirkorlik faoliyati turlari xilma-xildir. Faoliyat maqsadi, turi va yo`nalishlariga qarab tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va konsalting turlarini ajratish mumkin.


Tadbirkorlik yoki biznes ( ingl- business — "bandlik"), deb har qanday qonuniy tijorat faoliyatiga aytiladi. Tadbirkorlik bilan shugullanuvchi shaxs tadbirkor, deyiladi. Xususiy tadbirkorlik kapitalistik iqtisodiyot negizidir. Sotsialistik iqtisodiyotlarda tadbirkorlik bilan hukumat, jamiyat yoki ishchilar kasaba uyushmalari shugullanadi.
Tadbirkorlik xojalik yuritish kolamiga qarab, yirik, oʻrta va kichik turlarga boʻlinadi. Yirik tadbirkorlik ishlab chiqarishda 500 dan ortiq kishi band boʻlgan, oʻrta tadbirkorlik esa 20 — 500 kishi band boʻlgan korxona (firma)lar, kichik tadbirkorlik 10 — 20 va undan kam kishi ishlaydigan korxonalarni qamraydi. Yirik va orta tadbirkorlikka, asosan, yirik ishlab-chiqarish, koʻp sonli tovarlar chiqaradigan, mexanizatsiyalashgan hamda avtomatlashgan sohalar kiradi. Kichik tadbirkorlik qishloq xoʻjaligi, aholiga xizmat koʻrsatish sohalarida keng tarqalgan. Kichik tadbirkorlik sharoitga tez moslasha olishi bilan boshqalaridan farqlanadi va shu bois u keng tarqalgan.
Tadbirkorlik (biznes) huquqi – tadbirkorlik (biznes) sub’ektlari o‘rtasidagi tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi va bozor sharoitida davlatning iqtisodiyotga rahbarlik qilish chora-tadbirlarini belgilovchi huquqiy qoidalar yig‘indisi.
Tadbirkorlik (biznes) huquqi sub’ektlari – belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar. Tadbirkorlik faoliyati - tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.
2015 yil 15 maydagi PF–4725-son Farmonning ijrosini
ta’minlash va tadbirkorlik tuzilmalariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati hamda ulardan foydalanish
imkoniyatlarini tubdan oshirish va shaffofligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 sentyabrdagi “Tadbirkorlik sub’ektlariga “yagona darcha”
tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2412-son Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan tuman (shahar)
hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari negizida tadbirkorlik sub’ektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona
markazlari tashkil etililishi belgilab qo‘yildi. Qarorga binoan “YAgona darcha” markazlarining asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilandi:
- “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlarini
ko‘rsatish;
- tadbirkorlik sub’ektlariga ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat
berish va litsenziyalash tartib-taomillaridan o‘tishda shaffoflikni ta’minlash;
- tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratik g‘ov-to‘siqlarga yo‘l qo‘ymasdan davlat xizmatlari ko‘rsatayotgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish;
- arizachilarga informatsion yordam ko‘rsatish, shuningdek
davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi va muddatlari to‘g‘risida
bepul konsultatsiya berish.
Aynan, tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab yuridik shaxs maqomi belgilanib, bu yuridik fakt huquqiy munosabatni belgilovchi ahamiyatga egadir.
Keyingi vaqtda O`zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining konsalting (maslahat) turi rivojlanmoqda. Bu tadbirkorlik turi ko`p yo`nalishlardan iborat bo`lib, kelajakda yaxshi rivojlanib ketishiga jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti guvohlik beradi.Tadbirkorlik faoliyati turlari nisbatan mustaqil bo`lib, bir-birini to`ldirib keladi. Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini belgi-lab beruvchi ishlab chiqarish tadbirkorligining ustuvorligini tan olish kerak.
Innovastion, ilmiy-texnik faoliyat, tovarlarni bevosita ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish va shu sohadagi axborot bilan ishlash faoliyati ishlab chiqarish tadbirkorligiga kiradi. Ishlab chiqarish bilan shug`ullanmoqchi bo`lgan har bir ishbilarmon tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bilan shug`ullanishini, qanaqa mahsulot ishlab chiqarishini, qanday xizmat ko`rsatishini oldindan belgilab olishi lozim. Shu ish amalga oshgandan keyin tadbirkor marketing bilan shug`ullanadi. Tovarga bo`lgan talabni bilish maqsadida u tovarning potenstial iste`molchilari, xari-dorlari, ulgurji va chakana savdo bilan shug`ullanuvchi tashki-lotlar bilan aloqa qiladi. Muzokaralar ishbilarmon va bo`lajak xaridorlar o`rtasida shartnoma tuzilishi bilan yakunlanadi. Tuzilgan shartnoma tadbirkorlikdagi tavakkalchilikning oldini olishga imkon beradi. Shu ishlar amalga oshmasa, tadbirkor faqat og`zaki va`dalar asosida ishlab chiqarish faoliyatini boshlaydi. Shakllangan barqaror bozor sharoitida rivojlangan mamlakat-larda og`zaki kelishuvlar ishonchli kafolat bo`lib, kerak bo`lgan hollarda shartnoma, bitim shaklida rasmiylashtiriladi. Biroq, bizning mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davrda og`zaki bitimlarning kafolati past va tavakkalchilik kuchlidir.
Menejer ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyatni boshqaradigan shaxsdir. Mamlakatimizda tadbirkorlar soni ortib borayotgani munosabati bilan bu sohada mutaxassislarga ehtiyoj sezilmoqda. Menejer nima? Aslida, bu tadbirkor bilan solishtirganda o'z huquqlari cheklangan menejer. Uning ish vazifalari ma'lum hajmga ega, biz bu haqda batafsilroq gaplashamiz. Menejer ishlab chiqarishning asosiy vazifalarini belgilash bilan shug'ullanadi. U mavjud resurslarni malakali boshqara olishi kerak. U o'zining barcha qarorlari uchun to'liq javobgardir. Menejer korxona ichida va undan tashqarida sodir bo'layotgan voqealardan xabardor bo'lishi kerak. U barcha o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi va kerak bo'lganda kompaniya oldida turgan vazifalar va maqsadlarni tushuntiradi. Shuning uchun, bunday lavozimni egallagan shaxs tezda eng to'g'ri qaror qabul qilish uchun doimo davom etayotgan voqealar markazida bo'lishi kerak. Ulardan biri odamlar bilan ishlashdir. U jamoa ichidagi munosabatlarni tashkil qiladi, ularning ishini uyg'unlashtiradi. Xodimlarni boshqarish davom etmoqda. Menejer tashqi aloqalar bo'yicha tashkilotning vakili ham hisoblanadi. Ushbu kasbning bir necha darajalari mavjud. Pastki bo'g'in menejeri ishchilar o'rtasidagi ishlarni tashkil qiladi. Ular tezda hal qilishni talab qiladigan ko'plab vazifalarga duch kelishadi. Ularga o'rta menejerlar rahbarlik qiladi. Ular katta bo'linmani boshqarishi va bo'ysunuvchilar va boshqaruv o'rtasida vositachi bo'lishi mumkin. Eng kichik toifani menejerlar deb atash mumkin yuqori boshqaruv. Ular umuman korxona bilan bog'liq masalalar bilan shug'ullanadilar. Bunday lavozimning xavfi va mas'uliyati ancha yuqori. Ammo bunday mutaxassislar juda yuqori baholanadi va ularning mehnatiga mos ravishda haq to'lanadi. Biz menejer kimligini aniqladik. Endi u bo'lishi kerak bo'lgan fazilatlarni ko'rib chiqing. Ushbu kasb egasi tushunishi kerak bo'lgan eng muhim narsa - bu korxonani qanday boshqarishdir. Menejer menejer, shuning uchun bu uning uchun eng muhim bilimdir. U hamma narsada juda yaxshi bo'lishi kerak. texnologik jarayon u ishlayotgan sanoat. Busiz uning funktsiyalarini to'liq bajarish mumkin emas. Menejer bir vaqtning o'zida tadbirkor bo'lishi kerak. U bozor munosabatlari va resurslarni taqsimlashning nozik tomonlarini tushunishga majburdir. Menejer lavozimini egallagan shaxs adekvat qarorlar qabul qila olishi kerak. Uning vazifalariga maqsadlarga erishishga bo'ysunadigan xodimlarni jalb qilish kiradi. Menejer bozor masalalarini va uning xususiyatlarini tushunishi uchun iqtisodiyot sohasida bilimga ega bo'lishi kerak. Bu kasbda ham tahlil zarur. Bunga raqobatchi tashkilot va firmalar faoliyatini o'rganish kiradi.
G’arb mutahassislarining baholashicha korxonaning 90 % muvaffaqqiyati yoki muvaffaqqiyatsizligi menejment samaradorligiga bog’liqdir.
Muvaffaqiyatli tashkilotlardagi boshqaruv ham o’zida bir qancha belgilarni mujassamlashtirgan :

  • Yuqori zveno rahbarlari vazifalaridan o’zlari erkin ishlay oladiganlaridan tuzilgan;

  • Bo’linmalar va ularning raxbarlari uchun erkin faoliyat yuritish sohasi yaratiladi, lekin markazlashtirgan boshqaruv ham bor ekan, bu erkinlik ma’lum chegaralarda ma’lum qilingan;

  • Rejalashtirish mexanizmlari asosiy yo’nalishlarini aniqlash faoliyatlarini muvofiqlashtirish va nazorat o’rnatish uchun ishlatiladi;

Menejerning mehnati, tovar ishlab chiqaruvchilar mehnatining ajralmas qismi bo’lib, menejmentning funksiyalari operativ bajarilishi to’g’ri tashkil qilinishiga bog’liq bo’ladi va ishlab chiqarish natijasiga ta’sir ko’rsatadi. Menejerning mehnati aqliy, ijodiy xarakterlarni o’zida mujassam etadi. Boshqaruv mehnati ishlab chiqarishga bevosita moddiy ta’sir ko’rsatmaydi, ammo ularning mehnati samarali bo’ladi. Boshqaruv mehnatining natijasi murakkab hisoblanadi. Boshqaruvchilik mehnatining o’ziga xos xususiyati uning aniq o’lchovini belgilash mumkin emasligidadir. Boshqaruvchilik mehnatining predmeti ishlab chiqarishning moddiy unsuri emas, balki axborot, har xil hujjatlar, boshqaruv yechimlari hisoblanadi. Menejer mehnatida axborotni qayta ishlash, ta’minlash va saqlash asosiy o’rinni egallaydi. Bitta buyum ishlab chiqaruvchining texnologik operatsiyasiga beshtagacha va undan ko’p operatsiyalar to’g’ri keladi. Boshqaruv maqsadga yo’naltirilgan jarayondek, avvalambor insonlarni boshqarishdir. Inson ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etuvchi asosiy komponentdir va har qanday jamiyatda u bir vaqtning o’zida boshqaruvning ham ob’ekti, ham sub’ekti bo’la oladi. Har qanday inson u egallagan lavozimidan qat’iy nazar vakolatli organlarda o’z aksini topgan jamiyat tomonidan boshqariladi. Har qanday darajadagi rahbar o’zining hoxishi bo’yicha boshqarmaydi. Teng huquqli jamiyatda jamiyat tomonidan nazoratdan hech kim erkin emas, hattoki eng yuqori darajali rahbar - Prezident ham. Jamiyatning har bir a’zosi boshqariluvchi hisoblanadi, chunki u ma’lum bir jamoaga kiradi. Shu bilan birga jamiyatning har bir a’zosi boshqaruvchi bo’lib hisoblanadi. U ishlab chiqarishning haqiqiy xo’jayiniga, ya’ni mulkdoriga aylanadi, shuning uchun u butun iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotda boshqaruvchi sifatida ishtirok etadi. U yoki bu darajada u jamoaning ishlari bilan boshqarishda qatnashadi. Menejer mehnati o’zini harakatlarida, operatsiyalarda, ya’ni insonlarni boshqaruv jarayonini bajarganda mujassamlashadi. U yopiq siklik formaga egadir. Boshqaruv jarayoni qo’yilgan maqsaddan boshlanib, vazifa va vazifaning yechilishi bilan yakunlanib, maqsadga erishish bilan tugaydi. Masala yechilgandan keyin, maqsadga erishishda, yana boshqa vazifa qo’yiladi, yangi maqsad va yana boshqaruv jarayoni boshlanadi. Lekin bunda boshqaruv jarayoni nazariy jihatdan to’g’ri bo’ladi, amaliyotda boshqaruv ko’pgina, bir-biridan farqlanadigan jarayonlarda namoyon bo’lishi mumkin. Korxonalarda menejer mehnati ko’pgina masalalarni hal qilishga qaratilgan bo’ladi:
– texnik, ya’ni uskunalardan foydalanishi, ishlab chiqarish maydonlari bilan bog’liq, ishlab chiqarishni tashkillashtirish va hokazo;
– texnologik, ya’ni loyihalashtirish va texnologik jarayonlarni takomillashtirish bilan bog’liq;
– iqtisodiy, ya’ni korxona ichki va tashqi muhitida iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish;
– tashkiliy, ya’ni ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishda boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish bilan bog’liq;
ijtimoiy, ya’ni ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirish bilan bog’liq va hokazo.
Zamonaviy boshqaruv xodimlarining xarakteristiq xususiyatlari - yuksak professionalizm va ishbilarmonlik xususiyatlari, boshqaruv bilimi asoslari va iqtisodiy fikr yuritishdan xabari bo’lishi kerak. Yuksak ma’rifatli va madaniyatli, demokratik, mohirlik va xalqqa hisob qila olish, xalqning ehtiyojini bilishi kerak. Bundan tashqari maqsadni ko’ra olish ijtimoiy muammolarni yecha olish, jamoani yarata olish va yo’naltirish xususiyatlariga ega bo’lishi kerak.

Xulosa
Bugungi kunda korxona va tashkilotlar boshqaruv tizimida strategiyani amalga oshirish bu amaliy ma’muriy ish bo’lib, tashkil etish, moliyaviy rejalashtirish, kerakli siyosatni yuritish, motivlarni va kompaniya madaniyatini hamda boshqarish usullarini yaratish, qisqasi kompaniya maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi hamma harakatlar majmuasidan iborat. Kompaniyaning ko’rinishi qanday bo’lishi va qanday raqobat mavqeiga ega bo’lishi lozimligini aniqlash bu kompaniyaning strategik tasviri yoki ko’rinishi demakdir.




Foydalanilgan adabiyotlar


  • Gʻulomov S. S, Abdullayev Yo., Menejment, T., 2002

  • Sadir Salimoye, Dilfuza Rahimova. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Download 474,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish