TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
REFERAT
FAKULTET: "Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm
YO'NALISH: "Turizm"
GURUH: Hind-ingliz
BAJARDI : Tojiqulova Marjona
REJA:
1. Qadimgi sharq hududida insoniyat sivilizatsiyasi
2. O'rta asrlarda sharq mamlakatlari va huquqining rivojlanisj xususiyatlari
3. Sharq davlatlarida islom dini ta'limoti
4. Sharqshunoslik haqida tushuncha
Qadimgi Sharq hududida mil. avv. X-VII ming yillikda insoniyat sivilizatsiyasi va madaniyat rivojlanishining ibtidoisi bilan bog’liq bo’lgan eng muhim jarayonlar ro’y beradi. Sharq madaniy faoliyatning turli shakllari va sohalari vujudga keladi. Yozuv, adabiyot, san’at, fan, birinchi jahon dini-buddizm paydo bo’ladi. Qadimgi Sharq tushunchasi, Sharq haqidagi hozirgi tasavvurlarga mos kelmaydi. Negaki, Qadimgi Sharq yer sharining Misrdan to Хitoygacha bo’lgan keng mintaqasini o’z ichiga olib, bu yerda mil. avv . VII ming yillikdan boshlab insoniyat tarixida shakllanishi eng yirik daryolar-Nil, Dajla va Frot, Hind va Gang, Хuanxe va Yanszi vodiysida, ya’ni dehqonchilik rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar mavjud bo’lgan joylarda ro’y berdi. Хuddi shu joylarda dastlabki davlatchilik tuzilmasi, siyosiy, diniy va savdo markazi sifatida shaharlar, yozuv vujudga kelgan. Bu yerda dastlab ma’naviy madaniyat ishlab chiqaruvchi mehnat faoliyatidan bevosita ajralib mustaqil faoliyatga aylandi. Jamiyat hayotida alohida kishilar qatlami boshqaruv , ta’lim, ma’lumotlarni to’plovchi va uzatuvchi sohalarda shug’ullanuvchilar ajraladi va ko’payib boradi. Misr, Mesopotamiya, Hind va Хitoy sivilizatsiyalari eng ko’hna va yirik madaniyatlar edi. Bu madaniyatlar ta’sirida Urartu, Finikiya, Хett, Elam sivilizatsiyalari shakllanib, insoniyat madaniyati tarixida sezilarli ta’sirga eng bo’ldi. I.P.Veynbergning ta’kidlashicha, qadimgi Sharq madaniyati “Ilk kashfiyotchi va asoschi sifatida ulkan missiyani bajardi", yozuvni ishlab chiqdi va davlatchilik poydevorini qurish, o’zining etnik, kasbiy, mulkiy ijtimoiy ahvoli bilan farqlanuvchi kishilarning birga yashashlari uchun sharoit yaratdi. Agar boshqa madaniyatlar ibtidoiy va qadimgi Sharq madaniyatining tajriba va yutuqlaridan foydalangan bo’lsa, qadimgi Sharq madaniyatining o’zi esa ibtidoiylikning bir tarzida shakllandi. Ibtidoiy muhitning ta’siri kuchli va doimiy bo’ldi.Ibtidoiy davrdan meros bo’lib mifologik fikrlash usuli, nutq va faoliyat o’tdi. Shu bilan birga qadimgi Sharq madaniyati namunalari o’z dunyosining “boshlovchisi” , “yangiliklarini” o’ziga xos jiddiy his qildi. Misr, Mesopotamiya, Hind va Хitoy miflarida nafaqat “dunyoning yaratilish” (osmon, yer, jonivorlar, inson) mavzui, balki, bu rivoyatlar olamida ibtidoiy dunyodan keskin farqlovchi “madaniyatlarning yaratilishi” mavzusi ham katta o’rin egallaydi. “Enklar va koinot” (Mesopotamiya), tangri Ptax haqida (Misr), Хitoyning afsonaviy hukmdori haqidagi miflarda xudolar va ilk ajdodlar dehqonchilik va hunarmandchilik kashfiyotchilari, ilk shaharlar bunyodkori, davlatchilik va dinni o’rganuvchilar, qonun va yozuv ijodkorlari sifatida ya’ni, ibtidoiylikdan farqlanuvchi sivilizatsiyaning barcha yutuqlarini yaratuvchilar bo’lib tasvirlanadi. Shuningdek, miflarda bir-biriga mos kelmaydigan, qarama-qarshi va bu ikki dunyoning dushmanligi mavzusi ham tasvirlanadi.Qadimgi Sharq xalqlarining urf-odatlari va e’tiqodlari haqida ma’lumot turli manba’larda, adabiyot va san’at yodgorliklarida saqlanib qolganki, bular bizning tasavvur dunyomizni keskin farq qiluvchi olamga boshlaydi. Qadimgi Sharq madaniyatining shakllanishida mifologik tafakkur katta rol o’ynagan.
O‘rta asrlarda Sharq jamiyatlarining tadrijiy rivojlanishi Yevropa feodal jamiyatlaridan farqli o‘laroq alohida yo‘llar bilan bordi. Sharqda ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy tuzumlarning an’anaviyligi ushbu rivojlanishning juda sekinlik bilan yuz berishiga sabab bo‘ldi. Bu esa ma’lum darajada o‘quv adabiyotlarida keng qo‘llaniladigan feodalizm tushunchasining ushbu jamiyatlarga nisbatan ishlatilishini xuddi quldorchilik tushunchasi singari shartli qilib qo‘yadi. Sharqda quldorchilik ijtimoiy ishlab chiqarishda hech qachon muhim rol o‘ynamaydi.
Jamiyat taraqqiyotiga nisbatan formatsion yondashuvlarda ishlab chiqarish munosabatlari asosiy omil sifatida ajratib ko‘rsatiladi, har bir muayyan jamiyat tizim tarzida ko‘riladi. Bunda ishlab chiqarish munosa-batlaridan boshqa barcha ijtimoiy aloqalar ular ustida turuvchi yasama ustqurma hisoblanadi. Bu tarixga monistik-materialistik qarashni belgi-laydi. Tarixga monistik-materialistik qarashning asosida tarixiy jarayonlarni formatsion davrlashtirish yotadi. Unga ko‘ra, quldorchilik tuzumi o‘rniga feodalizmning, feodal tuzum o‘rniga kapitalizmning va nihoyat, oxir-oqibatda butun insoniyatning porloq kelajagi» sifatida kommunizmning kelishi go‘yoki birin-ketin keladigan qonuniy va muqarrar tarixiy jarayonlardir.
Xuddi shuningdek, Yevropa mamlakatlarida ham, Sharq mamla-katlarida ham o‘rta asrlar yoki feodalizm davrining quyi va yuqori xronologik chegaralarini belgilash juda qiyin. Shunday bo‘lsada, sof metodik nuqtai nazardan insoniyat tarixining bunday uzoq davom etgan bosqichini ma’lum tizimga solib, chuqur va atroflicha o‘rganish maqsadida davrlashtirish va buning uchun uning quyi va yuqori chegaralarini aniqlab olish taqozo qilinadi. Sharq jamiyatlarining kamdan-kam uchraydigan hodisa ekanligi ijtimoiy taraqqiyotning ko‘p qirrali ekanligidan, faqat bazisdagi o‘zgarishlargagina bog‘liq ekanligidan dalolat beradi. Ma’lumki, Yevropa mamlakatlarida feodalizm tushunchasi o‘rta asrlar iborasining sinonimi sifatida ishlatiladi. Lekin buni Sharq mamlakatlariga nisbatan qo‘llanishi to‘g‘ri emas. Sharq mamlakatlarida o‘rta asrlarning yuqori xronologik chegarasini, ya’ni qachongacha davom etganligini aniqlash ham ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlar bilan bog‘liq. Sharq davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy tuzumidagi sifat o‘zgarishlari, kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi ularning hammasida bir vaqtda sodir bo‘lmagan. Lekin shunga qaramay, alohida Sharq davlatlari uchun o‘rta asrlarning yuqori xronologik chegarasi belgilanadi. Masalan, Xitoy uchun XX asrning boshidagi inqilobiy o‘zgarishlar (1911-1913 yillardagi inqilob), Yaponiya uchun XIX asr o‘rtasidagi Meydziisin inqilobi, mustamlaka ostidagi Sharq mamlakatlari, avvalo Hindiston uchun kolonial hukmronlikning o‘rnatilishi, an’anaviy tuzulmalarning asta-sekin sindirilishi, bu mamlakatlarning jahon kapitalistik bozoriga tortilishi o‘rta asrlarning yuqori xronologik chegarasi hisoblanadi. Sharq mamlakatlarining butun tarixiy rivojlanishiga yerga nisbatan davlat mulkchiligining keng tarqalishi katta ta’sir ko‘rsatdi. Albatta, davlat mulki jamoachi-dehqonlarning xususiy yer egaligiga asoslangan jamoa mulkchiligi shakli bilan qo‘shilib ketgan edi. Davlat mulki tor ma’noda faqat monarxning juda katta yer egaligini va davlat xazinasini o‘z ichiga olgan. U keng ma’noda hokimiyatga aloqasi bo‘lgan shaxslarga davlat fondidan in'om tarzida hadya qilib berilgan yerlarni ham o‘z ichiga olgan.
O‘rta asrlardagi hamma Sharq jamiyatlarida yer egaligi turli shakl-larining qo‘shilib ketganligi, iqtisodda davlatning o‘ziga xos nazorat qiluvchilik-tartibga soluvchilik rolining mavjudligi, avvalo, hukmron sinfning alohida tuzilishida o‘z ifodasini topadi.
Agar o‘rta asrlardagi G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida vujudga kelgan xususiy yer egalari qaram dehqonlarni ekspluatatsiya qilishda o‘z irodasini obyektiv ifoda etuvchi feodal davlatga tayangan bo‘lsalar, Sharq mamlakatlarida esa davlatning o‘zi hokimiyatga aloqador bo‘lgan va asosan erkin dehqonlardan renta solig‘i undirish hisobiga yashovchi chinovnik-byurokratlardan iborat hukmron doiralardan tuzilgan edi. Sharq mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari bu yerda G‘arbiy Yevropa feodal mamlakatlariga xos bo‘lgan davlat shakllarining tashkil topmaganligi bilan belgilanadi. Sharqda o‘z domenlari hududi doirasida suveren huquqlarga ega bo‘lgan feodallar-senorlarning o‘ziga xos ittifoqi tarzidagi senorlik monarxiyasi shakllanmadi. Davlat boshqaruvining bunday shakli sinflarning tashkil topish jarayoni nihoyasiga yetgan jamiyatda vujudga kelishi mumkin edi. Shuningdek, Sharq shaharining qandaydir biror mustaqilligi yo‘q edi, binobarin o‘z tabaqa maqsadlari va manfaatlari uchun kurashuvchi shaharliklar tabaqasi shakllanmagan jamiyatda tabaqa-vakillik monarxiyasining ham tashkil topishi mumkin emas edi. Sharq jamiyatlari ijtimoiy-siyosiy tuzumining yana bir muhim o‘ziga xos xususiyatini u yoki bu jamiyatning hukmron diniy mafkurasi, jamiyat a’zolarining dinga va hokimiyatga nisbatan munosabati belgilaydi. Masalan, konfutsiylikni o‘rta asrlardagi Xitoy davlati va huquqining hal qiluvchi elementi sifatida e’tirof etganda shuni ta’kidlash joizki, uni faqat shartli ravishda din deb atash mumkin. Bu ko‘proq axloqiy-siyosiy ta’limot, falsafiy an’anadir. Arab xalifaligi davlatining va boshqa musulmon dunyosi davlatlarining o‘ziga xosligi bevosita ularning universal din - islom bilan bog‘liqligida edi. Islom ta’limotiga binoan, diniy va dunyoviy hokimiyat bo‘linmas hisoblanib, bu Qur’onda ham o‘z ifodasini topgan. Bu hokimiyat Allohning cheksiz qudrati, kuchi va bo‘linmasligi haqidagi ilohiylashtirilgan (teokratik) g‘oyalar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan: «Allohdan boshqa xudo yo‘q va Muhammad - uning payg‘ambari». Islom musulmonlar dunyosidagi ijtimoiy tuzumning xarakterini ham, davlat muas-sasalarini ham, huquqiy institutlarni ham, axloqni ham, bir so‘z bilan aytganda, musulmonlarning butun ma'naviy sohasini belgilaydi.
Sharq xalqlari, jumladan, Markaziy Osiyo xalqlari tarixida Islom manaviyati falsafasi va shariat huquqiy tafakkuri shakllandi, taraqqiy topdi va hozir ham rivojlanmoqda. Shu bois, umumbashariy qadriyatlarga sodiqlik bilan birga. Milliy-tarixiy va huquqiy-manaviy meros va ananalarni, Islomiy qadriyatlarni tiklash va keng kolamda talqin etib avlodlarga tanishtirish davr taqozosi hisoblanadi. Islomiy qadriyatlar xalqimizning haqiqiy boyligi bolib, millatimiz ruhiyatining asosini tashkil etadi.
Shariat islomning eng muhim asoslaridan biri. «Ash-Sharia» yoki shariat arabch soz bolib, togri yol, ilohiy yol degan manoni bildiradi va eng avvalo Quroni Karim va sunna asosida tasdiqlangan musulmonlarning etiqodini belgilovchi, manaviy va diniy vijdonini belgilovchi, manaviy va diniy vijdonini shakllantiruvchi. Shuningdek, ularning yurish-turishini, ozaro munosabatlarini tartibga soluvchi diniy. Axloqiy va huquqiy meyorlar tizimi hisoblanadi.
Shariat hozirgi zamon dunyosining eng yirik huquqiy tizimlaridan biri bolib qolmoqda munosabatlarni tartibga soluvchi meyorlarni oz ichiga olgan. Shariat bu musulmon kishi uchun dunyoga kelishidan to olishigacha yurish-turishini belgilovchi qoidalar toplamidir. Bu manoda J.Gamilton yozganidek, AQSH aholisi uchun Konstitutsiya qanchali ahamiyatli bolsa, shariat musulmonlar uchun Asosiy Qonundir.1
Shariat Sharq xalqlari va Islom madaniyati erishgan buyuk qadriyatdir. U nafaqat diniy-huquqiy va manaviy ahloqiy muammolarni, balki musulmonlarning butun turmush tarzini oz ichiga olgan.
Shariat XIV asrlik boy tarixga, oziga xos huquqiy ananalarga ega. Oz taraqqiyoti davrida shariat ham yuksalish. Ham inqiroz bosqichlarni kechirgan. VIII asrdan shakllana boshlagan turli Islomiy aqidaviy (qadariya, xavorij, jarbiya, ashariya, mutazila, karromiya, murjia mazhablari) va huquqiy, yani sunniylik oqimiga mansub to'rtta: hanafiy, molikiy, shofiiy,xanbaliy mazhablari; shialik oqimiga bogliq bolgan uchta: jafariy, ismoliy, ziydiy mazhablari rivoj topganlar. Agar aqidaviy mazhablarda asosiy e'tibor kalom ilmi yani etiqod muammolariga qaratilgan bolsa, huquqiy mazhab namoyondalari huquqiy masalalar organishni birinchi oringa qoyganlar. Aqliy ilmlar bilan bir qatorda «Umumiy shariya» (shariyat ilmlari) ham oz taraqqiyot yolini bosib otgan. Aqliy ilmlar inson tafakkurining mahsuli bolib, shariat ilmlari (naqliy va vaziy ilmlar) rivoyatlar asosida organilgan. Shariat ilmlari qiroat, tafsir, hadis, fiqh kalom ilmlaridan iborat olgan, chunki uningsiz mazkur fanlarni organish mumkin bolmagan.
Shariat ikki: ilohiyot yoki etiqod (aqida) tamoyillari va huquq (fiqh) qismlaridan iborat. Fiqh yoki musulmon huquqi ham oz navbtida ikki qismga bolinadi; birinchi - muomalot qismi musulmonlarga ozlari singari barcha bandalar bilan munosabatlari qanday bolishi; ikkinchi- ibodat qismi esa Ollohga etiqod qilish majburiyatlari haqida korsatmalar beradi. Shariatning bu ikki qismi turli mazhablar (arabcha- oqim, yol) yoki musulmon huquqiy maktablari tomonidan qanday belgilangan va organilgan bolsa, shundayligicha huquqshunoslik fani mavzui (predmeti) ni tashkil etadi.
Islomda ilmning barcha tarmoqlari uch qismga, bir- biridan farq qiluvchi fanning uch - al-arabiyot, ash-shariat, al-hakamiyot-yonalishiga bo'linadi. Agar al-arabiyot yonalishi romantika, nazm, tilshunoslik va boshqa fanlarni oz ichiga olsa, al-hakamiyot yonalishi falsafa, aljabr (matematika), astrologiya singari aniq fanlarni qamrab oladi.
Shariat esa 6 ta fanni oz ichiga oladi:
1. Ilm at-Tasrif ul-Quron - Quroni karimni organuvchi fan.
2. Ilm ul-hadis - Paygambarimiz Muhammad salollohu alayhi vassalamning hadislarini toplovchi va organuvchi hadisshunoslik fani.
3. Ilm ul-qalam yoki Usul ad-Din dinning nazariy asoslarini organuvchi fan.
4. Ilm usulul-Fiqh fiqh manbalari va asoslarini organuvchi fan.
5. Ilm ul-Fiqh - fiqh tarmqolari, amliy fiqh haqida fan.
6. Ilm ul-faroiz - marhumning mulklarini uning merosxorlarini ortasidagi taqsimoti haqidagi fan.
Shariat ilmlari nimadan iborat deganda, Islom buyuk mutafakkiri Abdurahmon ibn Xaldun (1332-1406 yillar)ning mashhur asari bolmish «Al-Muqaddima»da keltirilgan fikrlari diqqatga sazovordir. U bashariy ilmlarni ikki qismga bolgan: birinchisi, inson tafakkuri yoli orqali unga erishiladigan tabiiy ilmlar va ikkinchisi, naql (rivoyat qilish) orqali erishiladigan ilmlardan iborat bolib, insonlar uni asoschisidan, yaratganning ozidan oladilar. Birinchi qism hikmat va falsafaga mansub ilmlar nomi bilan atalib, insonlar ularni turli mavzular va misollarga doir dalillar orqali qolga kiritadilar. Ikkinchi qism naqliy va vaziy ilmlar nomi bilan atalib, xabarlar (hadislar) orqali shariat asoschilaridan naql va rivoyat etiladi. Bu ilmlar (asosiy qoidalari) haqida aqlni ishga solib, fikr yuritish mumkin emas. faqatgina ularga bogliq bolgan fariy (juziy) masalalarni qiyos orqali belgilab olish mumkin. Bu esa shariy (shariatga mansub) ilmlar va ulardan iboratdir. Mazkur fanlar «aqliy» va «naqliy», «maqul» ilmlar deb ham yuritilgan.1
Demak, shariat ilmlari Islom dini va unga bogliq bolgan masalalarni qamrab olgan. Mazkur ilmlar qiroat ilmi, tafsir ilmi, hadis ilmi, fiqh ilmi va uning fariy (juziy) qismlari va kalom ilmidan iboratdir. Shariat ilmlari qatoriga arab tili va adabiyoti ham kiritiladi, chunki ularsiz shariat ilmlarini organish mumkin emas.
Shariat ilmlari va ularning turlari Islom dini boyicha ham aqidaviy (g'oyaviy), ham huquqiy mazhablarning asosiy negizi hisoblangan.
Quroni karim Islom dining asosiy manbai bolgani uchun qiroat va tafsir ilmlari vujudga kelgan. Qiroat ilmi mutavotir rivoyatlar (kop ishonarli kishilar qilgan rivoyatlar)ga oid ixtiloflarni nazarda tutish bilan Olloh kalomining togri va xatosiz oqish masalallarini organadigan fandir. Bundan tashqari, asosiy maqsad Quroni karimni togri va taxrif (ozgartirish)dan saqlashdir. Qiroat ilmi hech bolmaganda yetti xilga bolinadi. Ular boyicha juda kop kitoblar yozilgan.
Tavsir ilmi (ilm-ul-tafsir) arab tili grammatikasining qoidalari va balogat ilmining usullariga tayanib, Quroni karim oyatlarining mazmunini yoritib beradigan fandir. Bu fan doirasida oyatlardagi sozlarning manosi, oyatlar yuborilishining sabablari, Quroni karimdagi turli mujmal (noaniq) kalimalar va ishoralar, nosih va mansuh (bekor qiluvchi va bekor qilingan) oyatlarni bir-biridan ajratib olish, undagi turli qissa va hikoyalarni yoritib berish haqida soz boradi. Tafsir ilmidan maqsad va mohiyatini togri tushunishdir. Ushbu fan xuquqiy muammolarni Quroni karim oyatlari asosida hal qilishda katta yordam beradi.
Quroni karim tafsiri boyicha juda kop kitoblar yozilgan bolib, Ibn Abbos birinchilar qatorida asar bitgan va Ibn-an-Nadim uni qadimiy tafsirlar orasida zikr etgan.
Sharqshunoslik - Sharq (Osiyo va Shim. Afrikadagi davlatlar) tarixi, iqtisodi, tili, adabiyoti, etnografiyasi, sanʼati, dini, falsafasi, moddiy va maʼnaviy madaniyatini kompleks oʻrganuvchi fan. shahrining misrshunoslik, assiriologiya (ossuriyashunoslik), semitologiya, arabshunoslik, eronshunoslik, turkshunoslik, xitoyshunoslik, mongolshunoslik, hindshunoslik, yaponshunoslik kabi sohalari mavjud. Fanning rivojlanishi bilan shahrining yana yangi regional shoxobchalari (shumerologiya, urartologiya, kumranistika, koreistika va boshqalar) paydo boʻla boshladi. Afrikashunoslik shahridan ajralib chiqdi. shahrining kompleks fan sifatida rivojlanishi davom etmoqda. Sharq mamlakatlari va ularning tarixi mahalliy olimlar tomonidan qadimdan oʻrganila boshlangan. Qadimiy va oʻrta asr Sharq olimlari yaratgan asarlar sharq mamlakatlari uchun qimmatli manbalardir.Yevropada Sharq toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar yunon mualliflari asarlarida uchraydi. Yunonlar dastlab Eronni, keyinchalik oʻz yurtlaridan sharqsa boʻlgan hududlarni Sharq deb hisoblaganlar. Yevropada Osiyo va Shim. Afrika bilan savdo hamda siyosiy aloqalar oʻrnatila boshlanishi bilan Sharqqa boʻlgan qiziqish quchaydi. 12asr dan boshlab, Veniamin Tudelskiy (12-asr) va Marko Polo (13-asr) kabi yevropalik savdogar va diplomatlarning Yaqin va Oʻrta Sharqqa qilgan sayohatlari haqidagi esdaliklar koʻpaya boshladi. Xalqaro aloqalarning kengayishi shahrining rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. 15—16-asrlarda Yaqin Sharq davlatlari va Xitoy tarixiga oid asarlar paydo boʻldi. Parij, Oksford untlarining Sharq tillari kafedralarida qadimiy yahudiy va arab tillari oʻqitila boshladi.15-asrda Rossiyada Afanasiy Nikitinning Hindiston toʻgʻrisida, 17-asrda M. Petlin, rus elchilari F.I. Baykov va N.G.Siafariyning Xitoyga oid safarnomalari chop etildi.17-asrdan Yevropada Sharq tillaridan fors, turk, xitoy tillari oʻrganila boshladi. Ayrim Sharq tillarining lugʻatlari, Sharq mualliflari (asosan, Saʼdiy) asarlarining matn va tarjimalari nashr etildi. 17-asr oxirida Leyden, Parij, Oksford untlarining kutubxonalarida Sharq qoʻlyozmalari toʻplandi. 1667 yil Parijda d’Erbeloning "Sharq kutubxonasi" nomli toʻplami nashr etildi. Rossiyada 18-asr boshlarida (Pyotr I ning 1700 va 1702 yillardagi farmonlariga koʻra) Sharq tillarini oʻqitish joriy qilindi.18-asrning 2-yarmidan shahrini ilmiy asosda oʻrganish boshlandi. Mustamlakaga aylantirilgan Sharq mamlakatlaridan Gʻarbga katta moddiy boyliklar bilan bir qatorda koʻplab yozma yodgorliklar ham olib ketildi, Yevropaning Leyden, London, Parij, keyinchalik Peterburg kabi shaharlarida boy qoʻlyozma fondlari tashkil etildi. Ularda tarix, fan va madaniyat tarixi, dinshunoslik, huquq, falsafa, til va adabiyotga oid qoʻlyozma asarlar yigʻilgan boʻlib, ularni tarjima va tadqiq etish ilmiy shahrining shakllanishiga zamin boʻldi. Koʻp vaqggacha ilmiy shahrining asosiy va yagona sohasi Sharq filologiyasi edi. Yozma manbalarni ilmiy tavsiflash, kataloglashtirish, ularni tanqidiy matnlarini tuzish, manbaning kelib chiqishini aniqlash, garjima qilish va ilmiy izohlash shu sohaning asosiy vazifalari hisoblangan. Keyinchalik qoʻlyozma manbalar yoniga epigrafik materiallar (qabr toshlari, metall idishlar va boshqalar buyumlardagi bitiklar) qoʻshilishi natijasida sharq epigrafikasi rivojlana boshladi.Sharq filologiyasining oʻziga xos xususiyati — uning kompleksliligidir. Zero unda tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix, falsafa, din tarixi elementlari mujassamlashgan boʻlib, yozma manbalar ustida ishlash oʻrganilayotgan mamlakat tili, tarixi va madaniyatini bilish barobarida shu manba mansub boʻlgan soha boʻyicha ham maxsus bilimlarni talab etadi. Fargʻoniy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulugʻbek kabi allomalarning aniq va tabiiy fanlarga oid boʻlgan asarlarining rus va oʻzbek tiliga izohli tarjimalari bunga yorqin misoldir.Shu maʼnoda sharq filologiyasi hozirgi kungacha oʻz ahamiyatini saqlab kelmoqda, chunki hali oʻrganilmagan yozma manbalar juda koʻp va ularni tadqiq etish kompleks bilimlarni talab qiladi.Qad. fors tilidan "Avesto" fransuz tiliga tarjima qilindi (1771). Mix xatlar, Misr iyerogliflarini oʻqishga muvaffaq boʻlindi. Kalkutta (1784), Parij (1822), London (1823), Leypsig (1845) shahrilarida bir necha Osiyo jamiyatlari, Sharq tillarini oʻrganuvchi maxsus oliy oʻquv yurtlari — Venada Sharq tillari akademiyasi (1754), Parijda Jonli sharq tillari maktabi (1795) ochildi. Sharq tarixi va uning madaniyati (asosan, qadimiy va oʻrta asr tarixiga oid)ga bagʻishlangan yirik tadqiqotlar paydo boʻldi.Rossiyada G.S. Lebedev Yevropada birinchi boʻlib sanskrit grammatikasini tuzdi (1801). 19-asr sharqshunoslaridan eng mashhuri N.Ya. Bichurin boʻlgan. Untlarda Sharq tillari oʻqitishni M.V.Lomonosov taklif qilgan edi. 1807 yildan Qozon unti, 1819 yildan Peterburg untida sharqshunoslar tayyorlana boshladi. 1818 yil Peterburgda Osiyo muzeyi ochildi.19-asrning 2-yarmida Yevropadagi yirik kutubxonalarda saklanayotgan Sharq qoʻlyozmalari va kitoblarining kataloglari, Sharq tillari lugʻatlari tuzildi. "Islom ensiklopediyasi" (4 tilda) nashr etildi. 1873 yildan har 3 — 4 yilda sharqshunoslarning xalqaro kongresslari chaqiriladigan boʻldi. 19-asr oxiri — 20-asr boshida Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Turkiya va boshqalar Sharq davlatlarida yirik tarixchi va filologlar yetishib chiqdi. Ular manbalarni tanqidiy qoʻllanmalar asosida tadqiq qilishga kirishdilar.Rus sharqshunoslari shahrining yangi shoxobchalari, xususan, turkshunoslik, kavkazshunoslik va boshqalar boʻyicha qimmatli asarlar yozdilar. Turkshunoslik boʻyicha I. N. Berezin, M.K. Kozimbek, V.V. Radlov va boshqalar turkiy xalqlar tili, folklori va adabiyotiga oid yirik asarlar yaratdilar. Moʻgʻul, eron, kurd, osetin tillariga oid ilmiy asarlar nashr etildi. O.I. Senkovskiy, X.D. Fren, V.R. Rozen, G.S. Sablukov, A.V. Boldirev Oʻrta Osiyo, Sibir, Mongoliya, Xitoyning moddiy va diniy madaniyatiga oid manba va yodgorliklarni tadqiq qilib, nashr ettirishdi. Sharqiy Turkiston (Kuchon, Turfon)da topilgan budda, xristian va moniy adabiyotlari juda koʻp maʼlumotlarga ega. V.V. Velyaminov-Zernov, N.V. Xanikov, V.V. Grigoryev, N.I. Veselovskiy, V.V. Bartold va boshqalar tadqiqotchilar Oʻrta Osiyo tarixi va geogr. siga oid asarlar yaratdilar. B.A. Turayev qadimiy Sharq tarixi boʻyicha rus maktabining asoschisidir. Qozon, Peterburg va Moskva untlari, Moskvadagi Lazarev Sharq tillari instituti, Odessadagi Rishelye litseyi, Vladivostokdagi Sharq instituti va boshqalar bir necha oʻquv yurtlarida sharqshunoslar tayyorlandi. Sharqshunoslarning tadqiqotlari, asarlari "Aziatskiy vestnik" (1825—27), "Zapiski Vostochnogo otdeleniya Russkogo arxeologicheskogo obshestva" (1887— 1921), "Mir islama" (1912—13) jur. larida chop etilgan.20-asr boshlarida yirik rus sharqshunoslari yangi ochilgan Sh. markazlarida ish olib bordilar. N.Ya. Marr, S.F. Oldenburg , F.I. Sherbatskoy, B.Ya. Vladimirsov, V. V. Bartold, I. Yu. Krachkovskiy, V.V. Struve va boshqalar qimmatli asarlar yaratdilar. 1930 yil Osiyo muzeyi va boshqalar Sh. tashkilotlari asosida SSSR FA Sharqshunoslik instituti tuzildi. SSSR FA va respublikalar FA lari tizimlarida Sh. muammolarini oʻrganuvchi yangi markazlar (SSSR FA Tinch Okeani instituti, OʻzSSR FA, OzSSR FA, GruzSSR FA, TojSSR FA Sharqshunoslik ilmiy tekshirish institutlari, respublika FAlarning tarix, adabiyot va til intlari, shuningdek, boshqa respublikalar akademiyalari Sh. boʻlimlari) tuzildi.Leningrad, Toshkent, Dushanba, Boku, Yerevan, Tbilisi, Qozon va boshqalar shaharlarda Sharq qoʻlyozmalarining boy fondlari toʻplandi. 20-asrning 40-yillarida Moskva unti Tarix va filologiya fakultetida Sharq boʻlimi, Leningrad, Oʻrta Osiyo (Toshkent), Ozarbayjon (Boku) va Tbilisi universitetlarida Sharqshunoslik fakultetlari ochildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Oʻzbekiston sharqshunoslari, T., 1996.
Bahrom Abduhalimov, Surayyo Karimova.
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi(2000-2005)
Islomov Z.M. Davlat va huquq: umumnazariy masalalar. (Davlat nazariyasi). –T.: Adolat, 2000. –272 b.
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Sharqshunoslik sayti
Do'stlaringiz bilan baham: |